TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
Muammoli ta’lim real ijodiy jarayonni modellashtirish hisobiga muammoli vaziyatni yaratish,
muammoni hal qilish yo‘llarini izlashni boshqarishga xizmat qiluvchi o‘qitish metod va vositalari
tizimini o‘z ichiga oladi. Unga ko‘ra yangi bilimlarni egallash pedagog yordami bilan ta’lim oluvchilar
tomonidan mustaqil kashfiyotlarni yaratishdek taassurot uyg‘otadi. Buning uchun quyidagi ikki omil
mavjud bo‘lishi zarur:
1. Muayyan o‘quv materialini o‘zlashtirish bo‘yicha bilish ehtiyojining yuzaga kelishi.
2. Ma’lum vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan umumlashgan yangi bilimlarni egallash.
Bu turdagi ta’limda muammoli vaziyatlarni modellashtirish uchun eng maqbul material fan va
texnika tarixiga oid ma’lumotlar hisoblanadi
1
.
Zamonaviy ta’lim amaliyotida modul ta’limidan ham samarali foydalanilmoqda. Modul ta’limi –
o‘quv materiali (axboroti)ni blok – modul asosida taqdim etishga asoslanuvchi ta’lim sanaladi.
Mazkur ta’limning mohiyati ta’lim mazmunining mustaqil tashkiliy-metodik bloklar – modullardan
tarkib topishi bilan tavsiflanadi. Modullarning tarkibiy tuzilmasi va hajmi didaktik maqsad, ta’lim
oluvchilarning ixtisosligi, tabaqasi, ta’lim oluvchining o‘quv kursini individual o‘zlashtirishga bo‘lgan
xohishidan kelib chiqib belgilanadi. Modullar majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin.
Mazkur ta’limning muhim elementi sifatida bilimlarni baholashning reyting tizimi ko‘zga
tashlanadi. Modul ta’lim oluvchilarining mustaqil ta’lim olishlarini yo‘lga qo‘yish, ularni ma’lum
o‘quv materiallari bilan ta’minlash, ularning ta’limiy faoliyati yuzasidan monitoringni tashkil etishda
foydalaniladi. Uni qo‘llashda beriladigan yaxlit o‘quv materiali blok, modul (alohida ajratilgan
qism)larda 1-blok, 2-blok va h.k. tarzida taqdim etiladi.
Modul ta’limi asosida masofaviy ta’limni ham yo‘lga qo‘yish mumkin. Bunda ta’lim oluvchilar
alohida chop etilgan yoki kompyuter varianti ko‘rinishidagi bloklardan iborat materiallar bilan
ta’minlanadi. Taqdim etilgan materiallar ta’lim oluvchilar tomonidan to‘la o‘rganilgandan so‘ng
ularga nazariy bilimlarga egalikni mustaqil baholash va mavjud bilimlarni mustahkamlashga xizmat
qiluvchi psixologik topshiriqlar beriladi.
Dasturiy ta’lim – ta’lim oluvchilarning ehtiyoj, qiziqish, imkoniyat, bilimlarni o‘zlashtirish va yosh
darajalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha tashkil etiladigan ta’lim.
O‘yin texnologiyalari ta’lim oluvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy
voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko‘nikma, malakalarni hosil
qilishga xizmat qiladi.
Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: ta’lim oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim
muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarining vakili sifatida turli rollarni bajarish ta’lim
oluvchilarga pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish asosida
ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy va ruhiy tayyorgarlikka erishish nuqtayi
nazaridan yordam beradi.
O‘quv mashg‘ulotlarida o‘yinlar va o‘yinli vaziyatlarni qo‘llash quyidagi asosiy yo‘nalishlarda
amalga oshiriladi:
- didaktik maqsad ta’lim oluvchilar oldiga o‘yinli topshiriq shaklida qo‘yiladi; o‘quv faoliyati
o‘yin qoidalariga bo‘ysundiriladi; didaktik o‘quv materialdan o‘yin vositasi sifatida foydalaniladi;
o‘quv faoliyatida didaktik vazifani o‘yin vazifasiga aylantiruvchi musobaqa elementi qo‘llaniladi;
muvaffaqiyatli bajarilgan didaktik topshiriq o‘yin natijasi sanaladi.
O‘quv jarayonida o‘yin texnologiyalarining o‘rni, shuningdek, o‘yin elementlari hamda
ta’limning o‘zaro uyg‘unligi ko‘p jihatdan pedagog tomonidan pedagogik o‘yinlar mohiyati,
funksiyasi va turlarining qanchalik tushunilishi bilan belgilanadi. Aksariyat pedagogik o‘yinlar o‘zida
turli belgilar
2
ni namoyon qiladi. Zamonaviy sharoitda interfaol ta’lim tobora ommalashmoqda.
1
Проблемное обучение // http://psihotesti.ru/gloss/tag/problemnoe_obuchenie.
2
Игровые технологии // http://www.vashpsixolog.ru/lectures-on-the-psychology/168-metodicheskaya-rabota/1465.html.
134
Do'stlaringiz bilan baham: |