Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
Trenerlarning bilim, ko‘nikma, kasb mahorati darajasini muntazam oshirib borish o‘quv 
jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi va buning natijasida yuqori sport natijalariga 
erishiladi. 
Ko‘pgina xalqaro sport federatsiyalari o‘zlarida mavjud sport turlariga imkon qadar ko‘proq 
sportchilarni jalb qilish uchun malaka oshirish tizimi bilan jiddiy shug‘ullanmoqda. 
Misol uchun, yengil atletika turli darajadagi murabbiylarni tayyorlashning ko‘p bosqichli 
tizimini yaratdi (CTCS), bu ma’ruza materiallarini juda jiddiy o‘rganish va imtihonlarning qiyinligi 
bilan ajralib turadi. Trenerlarni tayyorlashning beshta darajasi bo‘yicha o‘tkazilgan kurslar natijalari 
to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi ma’lumotlar 
bazasiga kiritiladi. (Sport Federatsiyasi xalqaro assotsiatsiyasi; IAAF, IAAF). O‘qituvchilar uchun 
materiallar IAAF rivojlanish bo‘limi tomonidan tayyorlanadi. Ma’ruza kursi juda jiddiy va doimiy 
yangilanadi. Imtihon talablari juda yuqori, murabbiylar yozma va og‘zaki imtihonlardan o‘tadilar, 
pedagogik amaliyotni baholaydilar va o‘quv dasturini ishlab chiqadilar. 
AQShda trenerlarning malakasini oshirish. 1981-yilda o‘z faoliyatini boshlagan Trenerlarning 
malakasini oshirish tizimiga murabbiylik faoliyati falsafasi, sport fanlari, sport tibbiyoti va 
menejment kurslari kiradi. Bunda 30 yil davomida 3.5 million murabbiylar, taxminan 1 million 
mansabdor, 300,000 sport ma’murlari, 80 million ota-ona va 30 million yosh sportchilar ishtirok etdi. 
Kanadada sportni rivojlantirish masalalari Federal sog‘likni saqlash, jismoniy tarbiya va bo‘sh vaqtni 
tashkil etish vaziri tomonidan boshqariladi. 1961-yilda Kanada Olimpiya jamoasining Rim o‘yinlarida 
mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, Kanada hukumati maxsus qonunni qabul qildi va “Sport-Kanada” 
tashkilotini tashkil etdi.
Mamlakat bo‘ylab tarqalgan sport federatsiyalari rahbariyati markazlashtirildi. Kanadada 
1974-yilda sertifikatlash va malaka oshirish dasturi tashkil etildi. Tashkil etilganidan buyon ushbu 
tashkilot murabbiylarni o‘qitish va sertifikatlash bo‘yicha jahon yetakchisiga aylandi. Uning 
seminarlarida har yili 60.000dan ortiq murabbiylar va bir milliondan ortiq tinglovchilar ishtirok 
etdilar. Trenerlarning malakasini oshirish bepul internet jurnali nashrlarida ham amalga oshiriladi, 
ularning har bir sonida 300.000dan ortiq mutaxassis ishtirok etadi
1
. Yevropada Yevropa Ittifoqi 
tashkil etilishi munosabati bilan murabbiylar tarkibi malaka darajasini aniqlash uchun bir tizim ishlab 
chiqilgan. Yevropa Ittifoqining Oliy ta’lim va sport fanlari komissiyasi tomonidan murabbiylarning 
kasbiy malakasining 5 darajadan iborat tuzilmasi ishlab chiqilgan. Ushbu hujjat murabbiylarning 
yetakchi uyushmalari uchun direktiv hisoblanadi va u Fransiya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, 
Portugaliya, Niderlandiya va Buyuk Britaniyada ham amal qiladi. Ushbu mamlakatlarda murabbiy 
faoliyatini litsenziyalash tizimi joriy etilgan.
Trenerlarning professional maqomini joriy etish jarayonining bir qismi sifatida barcha 
murabbiylar maxsus murabbiylik litsenziyasiga ega bo‘lishi kerak. Trener litsenziyasi sport 
federatsiyasi yoki boshqa davlat organi tomonidan ro‘yxatga olinishi kerak. Litsenziya murabbiyning 
tayyorgarlik darajasini ko‘rsatadi.
Xitoyda murabbiy fiziologiya, sotsiologiya, psixologiya, menejment kabi sohalarda yaxshi 
bilimga ega bo‘lishi kerak va bu bilimlarni amalda qo‘llashi mumkin. Professional qonunlarga ko‘ra, 
Xitoyning barcha murabbiylari beshta toifaga bo‘linadi: milliy daraja, mintaqaviy daraja, birinchi 
daraja, ikkinchi daraja va uchinchi daraja. Ushbu darajaga muvofiq, Xitoy Sport federatsiyalarida 
milliy va mintaqaviy darajadagi murabbiylar va boshqa uchta daraja uchun to‘rtta dastur ishlab 
chiqilgan. Rossiya Federatsiyasida sport murabbiylarining majburiy malakasini kamida to‘rt yilda bir 
marta oshirish to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. Qonun sport tayyorgarligini amalga oshiruvchi 
tashkilotlarga murabbiylar malakasini oshirishni to‘rt yilda kamida bir marta ta’minlash 
1
Озолин Э.С. «Система повышения квалификации и сертификация тренеров за рубежом» ФГБУ ФНЦ ВНИИФК 


139 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish