Marg’ilon Pedagogika kollejida faoliyat yuritayotgan fan va sport to’garaklari faoliyati haqida ma’lumot. 2017-yil 9-yanvar.
Ma’ruzachi: Y.Rahimova
Marg’ilon Pedagogika kollejida 2016-2017 o’quv yilida jami: 109 ta fan va sport to’garaklari bo’lib, bulardan umumta’lim fanlari bo’yicha 56 ta,jismoniy tarbiya yo’nalishida 24 ta,musiqa ta’limida 14 ta,umumkasbiy fanlardan 15 ta to’garaklarimiz faoliyat yuritadi.Ushbu to’garaklar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2008 yil 4-noyabrdagi 205-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Nizom asosida tashkil etilgan. Nizomga muvofiq to’garaklar uzliksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo’lib,o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga,ularning umumta’lim fanlariga,kasb-hunarga,ommaviy sport va jismoniy tarbiya,sog’lomlashtirish tadbirlariga,badiiy havaskorlik,estetik talablarini qondirishga qaratilgandir.O’rta maxsus,kasb-hunar ta’limi muassasalarida to’garaklarni tashkil qilishni asosiy maqsadi,o’quvchilarning darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish,ularning qobiliyatlari va intilishlarini maqsadli rivojlantirish,olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amalda qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish,kasbiy mahoratlarini oshirishga keng imkoniyatlar yaratish hamda tanlangan kasbiy yo’nalishlari bo’yicha mehnat bozoriga tayyorgarlik salohiyatini kuchaytirishdan iboratdir.Kollejimizda faoliyat yuritayotgan barcha to’garaklarimiz ham ana shu maqsad asosida ish olib boradi.Mana bu yil to’garaklar faoliyatini alohida nazoratga olganligimizning ikkinchi yili.Biz bu ish bo’yicha kichik ishchi guruhni tashkillab olganmiz. To’garaklar faoliyatini nazorat qilish uzliksiz ravishda amalga oshirilmoqda va bu yil anchagina ishlarimiz jonlanib qoldi. Birgina dekabr oyida 10 dan oshiq ochiq to’garak mashg’ulotlari va taqdimot tadbirlari tashkil etilib to’garak rahbarlarimiz tomonidan o’tkazildi.Yanvar oyidagi ta’til kunlarida esa deyarli hamma kafedralardagi to’garaklar ishladi va mashg’ulotlar,musobaqalar,tanlovlar o’tkazildi. Men shu o’rinda ta’til kunlarida faoliyat ko’rsatgan eng faol to’garaklarni aytib o’tmoqchiman. Ular maktabgacha tarbiya bo’limidagi ”Tomosha” qo’g’irchoq tetri,”Yosh psixolog” to’garagi,Tabiiy fanlar kafedrasidagi ”Yosh kimyogar” to’garagi, Xorijiy tillar kafedrasidagi rus tili va ingliz tili fan to’garaklari,Matematika va informatika kafedrasi ”Yosh matematik” to’garagi,Musiqa bo’limidagi ”Doirachilar”,”Fortepiano” kafedrasidagi to’garaklar, shuningdek Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasidagi ”Kurash”,”Volleybol” to’garagi rahbarlarini faoliyatlarini alohida qayd etib o’tmoqchiman. Biz kunma-kun kafedradagi to’garaklar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni jamlab bordik. Kafedrlardagi ta’til kunlari uchun belgilangan barcha tadbirlarimiz o’z o’rnida bajarildi va bunda kafedra mudirlarimizning roli ham katta bo’ldi. Buning uchun ularga ham alohida minatdorchilik bildirmoqchimiz. Shu o’rinda Jismoniy tarbiya, Xor dirijorligi va xonandalik, Mehnat,tasviriy san’at kafedrasidagi to’garaklarni ham ozgina faollikka chaqirib qolaman.
Biz pedagogik kengashga ushbu masala bo’yicha tayyorgarlik ko’rish jarayonida to’garak ishlarini yaqindan o’rganish maqsadida o’quvchilarimizdan anketa so’rovnomalar oldik. Anketa savolliklari quyidagicha :
Do'stlaringiz bilan baham: |