1.Siz qaysi to’garak a’zosiz? To’garak faoliyati sizni qoniqtiradimi?
2.O’tkazilayotgan to’garak mashg’ulotlarini darslardan farqi bormi?
3.To’garak faoliyatini yaxshilash bo’yicha qanday takliflaringiz bor?
4.Yana qanday to’garaklar tashkil etilishini xohlar edingiz?
Deyarli juda ko’p o’quvchimiz turli to’garaklarga a’zoligini yozgan.Jismoniy tarbiyadagi ba’zi o’quvchilarimiz esa to’garaklar bo’lishidan xabarim yo’q,to’garaklar bor-yo’qligini bilmayman degan fikrlarni bildirgan.To’garak mashg’ulotlarini darslardan farqi bormi degan savolga esa quyidagicha javob berganlar:
-farqi bor,darsdan ko’ra ijobiy;
-ha albatta,darsdan ko’ra o’zimizni erkin his qilamiz;
-darsdan ko’ra qiziqarliroq,juda zo’r;
-ba’zan mashg’ulotlar shunchaki o’tkaziladi,faqat yo’qlama uchun kiramiz;
-to’garaklar bizga juda katta yordam bermoqda;
-to’garaklar ochganingiz uchun katta rahmat aziz ustozlar kabi fikrlarni bildirganlar.
Qanday takliflaringiz bor degan savolga:
-to’garak mashg’ulotlari ko’rgazmalar,slaydlar bilan o’tilsa;
-o’quvchilarni qiziqtirish kerak;
-ustozlar mashg’ulotlarni vaqtida o’tishini xohlaymiz;
-to’garaklar uchun vaqtni ko’proq ajratilsa;
-to’garaklar bo’yicha ”Zakovat” kabi intellektual tadbirlar ko’proq o’tkazilsa;
Nimagadir ko’p o’quvchilarimiz oddiygina ”Volleybol”,”Futbol”,”Raqs”,Matematika,Ingliz tili,Sport o’yinlari bo’yicha ham to’garaklar tashkil etilsa qatnashar edim degan fikrni ham bildirganlar. Bu fikrlar nimani bildiradi.Albatta ishlarimizda yutuqlarimiz bilan birga kamchiliklarimiz ham borligini bildiradi. Shuningdek guruh rahbarlari bilan to’garak rahbarlari o’rtasida hamkorlikning yo’qligi deb o’ylayman.Guruh rahbarlari ma’naviyat soatlarida guruhdagi o’quvchilarni to’garaklarga a’zoligini o’rganishi,ularni qiziqishlari bo’yicha to’garak rahbarlariga yo’naltirishi maqsadga muvofiqdir.Shundagina to’garak rahbarlariga ham o’quvchilarni jalb etish bo’yicha bir oz yengillik bo’ladi. O’quvchilarni ba’zi e’tirozlari juda o’rinli.Masalan to’garak mashg’ulotlari jadval bo’yicha 60 minut belgilangan.Lekin aksariyat hollarda 30-40 minutdan keyinoq o’quvchiga ruhsat berib yuborayotgan holatlar bo’lyapti.
Hammamiz bilamizki, to’garaklar o’quv yili davomida faoliyat ko’rsatadi va to’garak rahbari to’garak ishiga javobgar shaxs hisoblanadi.To’garak mashg’ulotlarining yillik ish rejasi to’garak rahbari tomonidan ishlab chiqiladi va na’munaviy dastur asosida 40 soat etib belgilangan. Yaqinda dekabr oyida to’garak mashg’ulotlari jurnallarini tekshirib chiqdik.Kollej bo’yicha 15 ta to’garak rahbari to’garak jurnalini topshirdi. Ularni ichini tekshirib chiqqanimizda deyarli hammasida bittadan bo’lsa ham kamchilik aniqlandi. Masalan,Azimova Nilufar yo’qlama qilinmagan,baholanmagan xatto sanalar qo’yilmagan.Ingliz tili Sobirova Gulnoza,Ismoilova Dildora 1-semestr 25 soat,2-semestr 15 soat belgilangan.Kimdadir 44 soat,30 soat,36 soat xatto 200dan oshiq soat belgilagan o’qituvchilarimiz ham aniqlandi. Agar har bir to’garak rahbari maxsus Nizom bilan yaxshi tanishib chiqsa,bunday holatlar bo’lmasa kerak.Chunki Nizomda to’garak rahbarining vazifalari,uning ish hujjatlari qanday tartibda yuritilishi kerakligi ,soatlar miqdori qat’iy ko’rsatib qo’yilgan.Afsuski,aksariyat o’qituvchilarimiz ushbu Nizom bilan yaxshi tanishib chiqmaganlar.Shu o’rinda men to’garak ishlarini yanada yaxshilash maqsadida quyidagi taklifni bildirmoqchiman:
Do'stlaringiz bilan baham: |