TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
majburiyatini yuklaydi. Qozog‘istonda malaka oshirish jarayonini tashkil etish Qozog‘iston
Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga asoslanadi. Unga ko‘ra qo‘shimcha ta’lim ilmiy
tashkilotlar, malaka oshirish institutlari, ilmiy, pedagogik, muhandislik-texnika va tibbiyot xodimlari
tomonidan amaliyot o‘tash va stajirovkada ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim
tashkilotlarida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda malaka oshirish tizimi respublika ta’lim tizimining
to‘laqonli tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikamizda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning o‘rni
tobora ortib bormoqda, chunki ijtimoiy-iqtisodiy sharoit bugungi kunda muttasil o‘zgarib,
takomillashtirilmoqda. Natijada murabbiylar tomonidan yangi ish usullarini qidirib topish, yangi
bilim sohalarini, oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi dasturlariga kiritilmagan
fanlarni o‘rganishga ehtiyoj sezilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida
boshqaruv tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan sport
tashkilotlari, ta’lim va sport-ta’lim muassasalarining yuqori malakali murabbiylari va sport
mutaxassislari bilan ta’minlashni kengaytirish uchun Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi bolalar va
o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlari
jadallashtirildi. Dunyoda murabbiylar malakasini oshirish kurslarining asosiy mazmuni quyidagilarga
qaratilgan:
- trenerlarning javobgarlik mas’uliyati va o‘qitish vazifalarini aniqlash;
- sport nazariyasi bo‘yicha asosiy bilimlar va musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishda sport turlari
bo‘yicha o‘ziga xos talab me’yorlarini bilish;
- amaliy ko‘nikmalarga urg‘u berish tamoyillariga asoslangan ish sur’atiga ega bo‘lish;
- o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish usullarini aniqlash.
Shuningdek, trener – murabbiylar amaliy mashg‘ulotlar, musobaqalarga tayyorgarlik,
menejment va jamoalarni shakllantirish bo‘yicha o‘z ish uslublariga ega bo‘lishi kerak. Xulosa shuki,
bolalar va o‘smirlar sport maktablari murabbiylarining malakasini oshirish kurslarida dasturlarning
maqsad va vazifalari, shuningdek, dasturlarni o‘zlashtirish natijalariga qo‘yiladigan talablar
tinglovchilarda bolalar va o‘smirlar sport maktablarida sport tayyorgarligini tashkiliy-uslubiy
ta’minlash uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga mos bo‘lishi lozim.
Unga ko‘ra, quyidagilar tavsiya etiladi:
1) olimpiya zaxiralarini tayyorlash sohasida davlat siyosati va me’yoriy-huquqiy ta’minot tizimi
to‘g‘risida bilim tizimini rivojlantirish;
2) sport bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarni metodik ta’minlash bo‘yicha ko‘nikma va
malakalar tizimini shakllantirish;
3) zamonaviy sharoitlarda olimpiya zaxiralarini tayyorlash tizimini moliyaviy-iqtisodiy
ta’minlash bo‘yicha tizimni takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |