TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
tafakkur faollashishiga, tanqidiy mushohada qilishga, nutqning rivojlanishiga, u yoki bu vazifani
bajarishga qiziqish uyg‘otadi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini
faollashtirish, ularning yangi materialni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda maqsadga
erishishni ta’minlovchi ta’lim usullari kuchli motivlashtiruvchi omildir.
Hozirgi vaqtda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini o‘zaro muloqotlar orqali
rivojlantirishda shaxsiy munosabatlarni hisobga olgan holda surdopedagog va o‘quvchilar guruhi
(surdopedagog – o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quvchi) faoliyat ko‘rsatishlari zarurligi ma’lum. Chunki
guruhdagi faoliyatlar o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zaro muloqot eshitishida nuqsoni
bo‘lgan bolalarda fikr almashish va so‘zlashuv malakasini shakllantirishga imkon yaratadi
1
.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar og‘zaki nutqini muloqat quroli sifatida shakllantirishdan va
eshitish idrokini rivojlantirishda didaktik o‘yinlarni qo‘llash zarurati mazkur usullarning
samaradorligini, kerakli bilim va ko‘nikmalar egallashda ahamiyatli ekanini dalillamoqda. Eshitishida
nuqsoni bo‘lgan bolalar shaxsiy sifatlari shakllanishida, nutqiy rivojlanishni va nutqiy muloqotni
amalga oshirish va rivojlantirishda didaktik o‘yinlarning ahamiyati katta. Ma’lumki, rolli o‘yinlar
obyektiv olamdagi inson amaliy faoliyatini shartli ravishda aks ettirishda, ta’lim samaradorligini
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rollarga asoslangan o‘yinlar eshitishida nuqsoni bo‘lgan
bolalar nutqini faollashtiradi va motivlashtiradi. O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning tabiiy va
sevimli faoliyatidir. Shuning uchun ta’lim-tarbiya berish, ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini
hosil qilishda mashg‘ulotlarni yosh xususiyatlariga muvofiq o‘yin tariqasida uyushtirishga e’tibor
berilmoqda. Haqiqatan ham, bola har qanday mashg‘ulotga qaraganda, o‘yinga tez intiladi va
qiziqadi. Rollarga asoslangan o‘yin ta’lim usuli sifatida bolalarni uyushtiradi va bilim imkoniyatlarini
kengaytirib, shaxs sifatida shakllantiradi. Rolli o‘yinlar bolaning erkin fikrlashi, suhbatdoshiga
nimanidir aytishi, so‘rashi, isbot qilishi, tushuntirishiga imkoniyat yaratadi. Dialogdan farqli ravishda,
rolli o‘yinlar nimaga (motiv) va nima uchun (maqsad, sabab) kabi savollarga javob beradi. Shunday
qilib, o‘yinda qatnashayotgan bolalarning asosiy diqqatini suhbat mazmuniga qaratadi. Bolalar o‘yin
jarayonida suhbatni boshlash, suhbatdoshiga savollar berish, savollarga javob berish kabi
malakalarni egallaydilar. O‘quvchilar o‘yinni aniq maqsadga yo‘naltirga holda amalga oshirsa,
kutilgan natijaga erishishi mumkin. Rolli o‘yin o‘quvchilar guruhi tomonidan qiziqib qabul qilingan,
ularga tanish bo‘lishi kerak. Oldindan har bir obrazni izohlab berish lozim. O‘quvchi o‘yin jarayonida
ikkilamchi darajali rollarda ishtirok etishi mumkin, lekin bosh rolda emas. Chunki bu holda rolli o‘yin
ta’limning an’anaviy usullaridan biriga aylanib qoladi. Muloqotda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘yin
jarayonida emas, balki undan keyin muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Bolalar nutqini
rivojlantirish davomida mustaqil fikrlashga, izlanuvchanlikka va umumlashtirishga undovchi
usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarni yangi material bilan tanishtirishda, oldin
o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashda, ularning so‘z boyligini oshirish va tafakkurini
rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanish mumkin. Ta’kidlash joizki, soddalik, bir xillik,
xohishsiz takrorlashlar bolalarni toliqtirib, befarq qilib qo‘yadi. O‘yin davomida «Kim tez bajaradi?»
- deb faolliklarini oshirish ularda qiziqish uyg‘otadi. Shuningdek, topshiriqlarni bajarishda bolalar
g‘olib chiqish, boshqalardan orqada qolmaslik, ularni bajarishga qodir ekanini ko‘rsatish hissi bilan
harakat qiladilar. Bolalarning
aqliy va jismoniy
rivojlanishida o‘yin
muhim
ahamiyat kasb etadi.
Chunki u keng tarbiyaviy muammolar bilan uzviy bog‘liqdir. O‘yinlar faqat didaktik vosita bo‘lib
qolmay, bola faoliyatining asosiy shakli ham hisoblanadi. Shuning uchun biz o‘yinning nozik
tomonlarini hisobga olmay, o‘yin faoliyatini boshqarishni o‘rganmay turib, oldimizda turgan
mas’uliyatli vazifalarni hal qila olmaymiz. Didaktik o‘yinlarni rollarga bo‘lib bajarish, biror qoida
asosida bajarish, ijodiy ravishda bajarish kabi turlar berilgan. Bundan maqsad bolalarning so‘z
1
Qodirova F.U. Boshlang‘ich sinf kar o‘quvchilar nutqini shakllantirish.: Ped. fan. nomz. dis. avtoref…– T.: TDPU.2006.
142
Do'stlaringiz bilan baham: |