TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
boyligini oshirish, tasavvur va tafakkur doirasini kengaytirish, ularda jamoa munosabatlarini
tarbiyalashdan iborat.
O‘yin — bu bolalar uchun o‘qish, mehnat qilish va tarbiya vositasidir. Biroq pedagog ushbu
tavsiya materiallarini o‘rgatishda darsning asosiy qismini o‘yin mashg‘ulotiga aylantirib
yubormasligi, shuningdek, o‘yindan darsdagi bo‘sh vaqtni to‘ldirish maqsadida foydalanmasligi va
dars jarayonida o‘yin o‘tkazishdan oldin asosiy maqsadni tushunib olishi zarur
1
.
O‘yin elementlari va o‘yin xarakteridagi topshiriqlar bolalarni mashg‘ulot materiallarini
o‘zlashtirishiga qarab belgilanadi. Ma’lumki, nutq faoliyatiga psixologik nuqtayi nazardan
yondashsak, fikrni bayon qilish jarayoni bir necha bosqichdan iborat ekanini ko‘ramiz, ular: motiv,
maqsad va niyatdir. Ular so‘z va jumlalar orqali suhbatdoshga yetkaziladigan fikr, unga iltimos qilish,
buyruq berish, uning fikrini ma’qullash yoki unga e’tiroz bildirish, uni ishontirish, gapni inkor qilish
kabilar tarzida namoyon bo‘ladi.
Mavjud hayotiy vaziyatda motiv, maqsad va niyat tabiiy muloqat tarzida amalga oshiriladi.
Biroq, zaif eshituvchi bolalarni so‘z boyligini oshirishda fikr va xohish-istaklarini bildirish va
ma’lumot olishga undash uchun maxsus vaziyatlarni tashkil qilish zarurati paydo bo‘ladi. Bu
vaziyatlar ularning ehtiyojidan kelib chiqishi kerak. Bunday vaziyatlarning mavjud holatlariga
maksimal holda yaqinlashish o‘yinlar tufayli amalga oshadi. Shu bois ham o‘yinlarni qo‘llash muhim
ahamiyatga ega. So‘z boyligini rolli o‘yinlar yordamida oshirish ham bolaning so‘zlashga, xayoliy
vaziyatga qarab harakat qilishga asoslanadi
2
.
Agar o‘yinda har bir tovushlar, so‘zlar va nutq modellarining ma’nosini anglash uchun yaxshi
sharoit bo‘lsa, bola ularni puxta o‘zlashtiradi. Maxsus o‘yinlar yordamida eshitishida nuqsoni
bo‘lgan bola nutqini eshitib tushunishga, to‘g‘ri talaffuz qilishga, kundalik muloqotga oid
iboralarning ohangini ham o‘zlashtirib olishga imkoniyat yaratish mumkin. Lekin o‘yinlar lug‘atiga
kiritilgan so‘zlarning ma’nosini yaxshiroq tushunishga, ularni mustahkamlash va faollashtirishga
yordam beradi. O‘yin jarayonida bolalarning so‘z boyligi ortib boradi va ular yangi kiritilgan so‘zlarni
o‘zlashtirilgan so‘zlar bilan bog‘lab, ularni nutqda qo‘llashga o‘rganadilar. Quyida shu maqsadga
yo‘naltirilgan bir necha usullarni keltirib o‘tamiz.
Boshlang‘ich talim jarayonida o‘quvchilar og‘zaki nutqini shakllantirish, o‘zaro bog‘liq
gaplardan matn tuzish malakasini hosil qilish, erkin fikr yuritish, munosabatini bemalol bayon
qilishga o‘rgatish uchun R.Djonson, D. Djonson usuli – uch-to‘rt o‘quvchining bir vazifani bajarishga
asoslangan usuli nihoyatda samaralidir. Masalan, sinfdagi bir o‘quvchi qur’a tashlash yo‘li bilan
tanlanadi. Sinf o‘quvchilari muayyan qoidaga ko‘ra (soniga ko‘ra, ixtiyoriga ko‘ra) ikkiga bo‘linadi,
har bir o‘quvchi bir bo‘lak qog‘ozga ta’rifga asoslangan bir jumla yozadi. Bir guruh o‘quvchilari ijobiy
baho, ikkinchi guruh o‘quvchilari salbiy baho berishadi. Masalan: Nafisa a’lochi o‘quvchi. Nodira
jahldor o‘quvchi va shu kabi. Har bir guruhdan bir o‘quvchi oqlovchi, qoralovchi vazifasida chiqadi.
Har ikki guruh o‘quvchilari raqib guruhga xos fikrining aksini isbotlashga urinadi. Boshlang‘ich ta’lim
jarayonida so‘zlashuv nutqini rivojlantirishda quyidagi usul ijobiy natija beradi: “1” dan “10” gacha
raqam yozilgan qog‘oz bo‘laklari o‘qituvchi stoliga qo‘yiladi yoki qo‘lida bo‘ladi. O‘qituvchi
o‘quvchilariga “omadini sinab ko‘rishni” taklif etadi. Qaysi o‘quvchiga necha raqam chiqsa, shuncha
sodda gap tuzish kerak. Muhimi, ikki va undan katta raqam chiqqan bo‘lsa, mazmunan o‘zaro bog‘liq
matn tuzish kerak. Mavzu erkin. O‘quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar tashigan ma’no xususiyatlari
ham aniqlanishi zarur. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida yozma bog‘langan nutqni rivojlantirish,
o‘quvchilarni qiziqtirish va e’tiborini bir nuqtaga jalb etish uchun quyidagi topshiriq beriladi.
1
Yo‘ldoshev J, Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. –T.: O‘qituvchi, 2004. .
2
Аvliyakulоv N.Х. Zаmоnаviy o‘qitiSh tехnоlоgiyalаri. –T., 2001.
143
Do'stlaringiz bilan baham: |