Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
O‘quvchi yonida o‘tirgan sherigiga o‘z tilaklarini bildirishi kerak. Bu topshiriq shaklini biroz 
o‘zgartirish mumkin. Ota-onasiga, boshqa mamlakatda yashovchi do‘stiga maktub yozish 
topshiriladi. Bunda, albatta, xat matnida qo‘llangan gaplarning mazmuniy xususiyatlari aniqlanishi 
lozim bo‘ladi. Klaster metodi, umuman, bir tushunchaga oid turli tushunchalarni birlashtirib tasavvur 
hosil qilish imkonini beradi. Masalan, o‘quvchilarga muayyan tushunchani berib, uning 
sifatlovchilarini aniqlash topshirilishi mumkin. “O‘zbekiston qanday davlat?” so‘rog‘i “mustaqil”, 
“boy”, “huquqiy”, “buyuk”, “ilg‘or”, “yetakchi”, “demokratik”, “obod” kabi sifatlarni birlashtiradi. Bu 
so‘zlar, shuningdek, tuzilishiga ko‘ra ham guruhlashtirilishi mumkin. Yoki o‘quvchilarga tanish 
bo‘lgan asar, teatr, kino, multfilm qahramonlarini sifatlash topshiriladi. Masalan: “Zumrad va 
Qimmat” ertagi qahramoni Zumradga shunday ta’riflar berish mumkin: “jabrdiyda”, “bardoshli”, 
“chidamli”, “kuchli”, “ishonuvchan”, “mehribon”, “go‘zal”, “g‘amxo‘r”. Bu ta’riflarning nechog‘li 
asosli yoki asossiz ekanligi dars jarayonida bahs-munozara vositasida aniqlanadi. Biror so‘zning har 
bir tovushi uchun alohida so‘z topish taklif qilinadi. Masalan, “odob”, “oy”, “do‘st”, “oyna”, “bosh” 
kabi.
O‘qituvchining topshirig‘i bo‘yicha bir o‘quvchi yig‘ma polotnoga, boshqa bolalar esa stolning 
chap tomoniga olma rasmini, o‘ng tomoniga pomidor yoki meva-sabzavotlarining rasmini 
qo‘yadidar. Ular shu narsalarga daxldor sifatlarni daktil harflar yordamida og‘zaki talaffuz qiladilar. 
Masalan, “olma” – “shirin”, “nordon”, “cho‘zinchoq”, “qizil”, “sariq”, “dumaloq”. Pomidor – 
“nordon”, “qizil”, “dumaloq”, “cho‘zinchoq”. So‘ngra meva-sabzavotlarning belgi-xususiyatlarini 
solishtirib, o‘xshash va farqli jihatlarini topadilar. 
O‘qituvchi “Tun” deganda, o‘quvchilar ko‘zlarini yumadilar. “Kun” deganda, ko‘zlarini ochib, 
javob beradilar. Ma’lum bir narsaning belgisini, xossasini aniqlash vazifasini beradi. Masalan, 
“Xushbo‘y gul”, “oq gul”, “chiroyli gul”, “qizil gul”, “sun’iy gul” va hokazo. O‘qituvchi polotno yoniga 
uchta hayvon tasviri tushirilgan rasmlarni (masalan, quyon, tulki, bo‘ri) qo‘yadi. Rasmlar yoniga 
ma’lum raqamlarni joylashtiradi (quyonning yoniga “4”, tulkining yoniga “5”, bo‘rining yoniga “6” 
raqami). Shu raqamlarda ko‘rsatilgan songa muvofiq hayvonning xususiyatlarini sanab berish kerak. 
Masalan, quyon: oppoq, epchil, chaqqon, qo‘rqoq. O‘qituvchi ikkita-uchta rasmlarni (olma, daraxt, 
qiz) ko‘rsatib, shulardan birini tanlashni tavsiya etadi. O‘quvchilar rasmlardan birini tanlashgach, 
o‘qituvchi ular haqida qisqacha ma’lumot beradi. Bolalar narsaning belgisiga ko‘ra savol berishadi 
va uning nima ekanligini topadilar. Masalan, “Kattami?”, “Shirinmi?”, “Dumaloqmi?”, “Qizilmi?”,
“Yeyiladimi?”, “Kiyiladimi?” va hokazo. O‘quvchi bu savollarga faqat “Ha” yoki “Yo‘q” deb javob 
beradi. 
O‘qituvchi bu ko‘rinishdagi o‘yin jarayonini tashkil etishda o‘z faoliyatini rejaga va qo‘yilgan 
maqsadga muvofiq olib borishi kerak. U mashg‘ulotga tayyorlanishi jarayonida oldindan zarur 
didaktik materiallarni tayyorlashi, o‘yinni uyushtirishni nazorat qilishi, yakunlash, baholash va
rag‘batlantirish kabi barcha tadbirlarni belgilab olishi lozim. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish