3.3. Maktab-va oilaning hamkorligini tashkil etish yо‘llari
Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni tarbiyalashda maktab va oilaning hamkorligi muhim bо‘lib uning samarali bо‘lishi pedagog va ota-onalarning bir fikrdaligidan kelib chiqadi.
Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolaning shaxsni shakllanishida va rivojanishida ham pedagog va ota-onalarning hamkorligi zarur.
Ota-onalarning bola hayotida faqatgina uyda emas, balki maktabda ham ishtiroki:
- dunyoni bolalar pozitsiyasida kо‘rishga;
- farzandiga о‘ziga teng sifatida qarashga;
- bolaning kuchli va kuchsiz tomonlarigi bilish va ularni e’tiborga olish;
- bolani hissiy о‘llab-quvatlashga tayyor bо‘lish;
-bola bilan ishonchli munosabatlar о‘rnatish, uning ishlarida ishtirok etish, uning quvonchlari va g‘amlarini birgalikda sezish imkonini beradi.
Zamonaviy tadqiqotlar bolaning tarbiyasida oilaning asos ekanligini ta’kildaydi va oiladagi tarbiyaning kuchi va turg‘unligini beglilaydigan omillarni kо‘rsatib bergan. Bularga quyidagilar kiradi:
1. chuqur, hissiy xarakterga ega bо‘lgan ota-onaning farzandga bо‘lgan sevgisi va unga javob hislar;
2. onaning, otaning va boshqa oila a’zolarining tarbiyaviy ta’sirining doimiyligi va uzoq davom etishi;
3. ilk yoshdanoq bolaning turli faoliyatga jalb etish.
Pedagoglar va ota-onalar birgadikdagi harakatlari, intilishlari bilan istalyotgan natijalarga erishishga harakat qilishlari kerak.
Ota-onalar va pedagoglar quyidagilarni esda saqlashlari lozim:
- bola shaxs va biz uning individualligini qо‘llab-quvvatlashimiz zarur;
-ota-onalarda va pedagoglarda bola unga yordam berishga tayyor insonlarni kо‘rishi, his etishi lozim;
- pedagoglar bolalarda ota-onalariga bо‘lgan beqiyos hurmat hissini tarbiyalashlari lozim;
-ota-onalar bolada pedagogga nisbatan ishonch hissini tarbiyalashlari va guruxning ishlarida faol ishtirok etishlari lozim;
Ota-onalar va pedagoglar tarbiyaga bо‘lga munosabatini о‘zgartirishi, yoshining psixologik xususiyatlarini bilish asosida bola bilan dialoglar о‘tkazishni;
-ota-onalar va pedagoglar bolani tarbiyalashda va о‘qitishda tushunish, ehtiyotkorlik, madaniyatli mnosabatda bо‘lishlari, bolaning sizgi va hislarini inkor emasliklari zarur.
Maktab va oilaning hamkorlik shakllariga quyidagilar kiradi:
- oilaga tashrif buyurish;
- suhbatlar, shkola roditel rebenok otkloneniye
- maslahatlar;
-ota-onalar majlislari, seminar-praktikumlar;
- ochiq eshiklar kuni;
- ochiq darslar, mashg‘ulotlar;
- ota-onalar konferensiyalari;
- sо‘rovnomalar о‘tkazish;
- yaxshi ishlar kuni;
- ma’lumot kechalari;
- stol atrofidagi muhokamalar;
- maktab mutahassislari bilan uchrashuv kechasi; (psixolog, logoped. metodist, vrach);
- adabiyotlar kechasi;
- sport musobaqalari;
- dam olish kechalari;
- xalq bayramlari;.
Ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashning eng samarali shakklaridan –bular stol arofidagi suhbat, tajriba almashish, sо‘rovnoma, yangi metodik adabiyotlar bilan tanishish, ochiq eshiklar kuni, yakka tartibdagi maslahatladir. Bayramlar umumiy ishning sevimli qismidir. Bayramlarda ota-onalar tо‘laqonli ishtirokchilar bо‘lib, yangiliklar bilan tanishadilar, g‘oyalar almashinadi, amaliy maslahatlar, bayram liboslarini tayyorlash bо‘icha ishlar maslahatlashiladi.
Bunday yondoshuv ijodiy hamkorlikka undaydi, ishonch uyg‘otadi, kо‘p muammolarni hal etadi.
Oilada rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolani tarbiyalashda, uning shaxsini rivojlantirishdagi ijobiy muhitni yaratishda eng avvalo, psixologik-pedagogik bilimlar, amaliy kо‘nikma va malakalarga ega bо‘lish lozim.
Ota-onalarning pedagogik madaniyatini va maktadagi hamkorlik jarayonidagi ishtiroki darajasini aniqlashda ijtimoiy-pedagogik mktodlardan sо‘rovnoma, test, yakka suhbatlar, oilaga borish, bolalar va klarning ota-onalarini kuzatish metodlarini qо‘llash mumkin.
Ota-onalarning toifalariga bog‘liq ravishda yangi faol ish shakllaridan “stol atrofidagi yig‘ilishlar”, auksionlar, kо‘rgazmalar, viktorinalar, pedagogik kaleydoskoplar, disputlar, qiziqishlari bо‘yicha klublar, tanlovlar, “Savol-javob kechalari”dan foydalaniladi.
Hamkorlikni tashkil etishda pelagoglarning о‘zlarini ham kasbiy malakalarining darajasini oshirish zamonaviy talablardan,ta’limni modernizatsiyalashga bо‘lgan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak.
Maktab va oota-onalarning hamkorligining mazmuni va metodikasi quyidagilardan о‘z ichiga oladi:
1. bolalarni tarbiyalash ishida maktab va oilaning birligi;
2.pedagoglar va ota-onalar о‘rtasida о‘zaro ishonch, bolaning qiziqishlari va ehtiyojlarini va tarbmiyachilar sifatida о‘zlarining vaziflarini tushunish; oilada pedagogning, maktabda ota-onalarning hurmatini mustahkamlash;
3. ijobiy tanqid va о‘z-о‘zini tanqid asosida tо‘g‘ri munosabatlarni о‘rnatish;
4. rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni tarbiyalashda о‘zaro yordam;
5. oilada tarbiyalashning eng maqbul tajribalarini о‘rganish va ularni ota-onalar о‘rtasida tashviqot qilishi, maktab ishida oilada tarbiyalashning ijobiy metodlaridan foydalanish;
6. maktabning oila bilan ishlashida turli ish shakllaridan foydalanish: ota-onalar va oilaning boshqa a’zolari bilan tanishish, maslahatlar, ota-onalarning guruxli va umumiy majlislari, konferensiyalari, ota-onalar universitetlari, tashviqotning kо‘rgazmali shakllari;
7. ota-onalar bilan individual va guruxli ishlash shakllari bir-birini tо‘ldiradi. Ota-onalar bilan pedagogning har kungi muloqoti individual ish uchun katta imkoniyatlar yaratadi, maktab va oilaning aloqalarini mustahkamlaydi;
8. ota-onalarning faollarini, jamoatchilikni maxsus ta’lim muassasasining faoliyatiga, ota-onalar bilan ishlashga jalb etish.
Tadqiqot asosida ota-onalarni maktab faoliyatiga jalb qilish bо‘yicha harakatlar yо‘nalishini ajratishimiz mumkin:
1. Oila va maktab о‘rtasidagi dastlabki aloqalar:
— ota-onalarni bolalari bilan yoki ularsiz muassasani mashg‘ulotlar boshlanguniga qadar taklif qilish;
— pedagoglarning oilalarga borishi;
— muassasa haqida ota-onalarga yozma ma’lumotlar berish;
— shartnoma tuzish.
2. Keyinchalik ota-onalar va pedagoglarning о‘zaro hamkorligi quyidagi jarayonlarda amalga oshiriladi:
— ota-onalar farzandlarini muassasaga olib kelganlaridagi va olib ketayotganlaridagi kundalik aloqalar;
— ota-onalar bilan bolalari haqida, ularning muvaffaqiyatlari va muammolari bо‘yicha norasmiy suhbatlar;
— ota-onalarni farzandlari haqidagi yozma ma’lumotlar bilan tanishtirish;
— vrachga borish kerakligi haqidagi maslahatlar va hokazo;
— ota-onalarni farzandlari qanday о‘qiyotganini bilish yoki muassasaning ishi bilan tanishishlari uchun maktabga kelishlari.
Ota-onalarga maktabga yordam kо‘rsatish taklif etiladi; ular о‘yin majmualarini ishlab chiqishda, bolalar uchun materiallar yig‘ishda va hokazolarda yordam bera oladilar.
4. Ota-onalar bolalarning muassasaga kо‘nikib ketishi maqsadida kundalik mashg‘ulotlarda, turli xil tadbirlarda ham ishtirok etishlari; kundalik mashg‘ulotlarda, ekskursiyalar о‘tkazishda va boshqa tadbirlarda yordam berishlari mumkin.
5. Ota-onalar uylarida bolalari bilan ishni davom ettiradilar yoki uy rejasini bir qismini amalga oshiradilar.
6. Ota-onalar farzandlari tо‘g‘risida qaror qabul qilishda ishtirok etishlari mumkin; ota-onalar komitetlari muassasaning ishiga doir masalalarni hal etishda ham ishtirok etadilar.
7. Ota-onalar uchun jamoatchilik tadbirlari samaralidir, ularga tarbiya masalalari bо‘yicha kurslarga, seminarlarga borish, ma’ruzachilarni taklif etish, ota-onalar klubining ishlari va hokazolar kiradi.
8. Maktab ota-onalarga bolani parvarishlash, rivojlantirish, oilada tarbiyalash yuzasidan ma’lumotlar va amaliy maslahatlar yig‘ishda, krizisli vaziyatlardan chiqishda yordam beradi.
Pedagoglar ham, ota-onalar ham bolalarni sog‘lom va baxtli bо‘lishlarini kо‘rishni istaydilar. Ota-onalar pedagoglarning bolalarniqiziqishlari va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ishlarini davom ettirishlari lozim. Ota-onalar hayot tajribasiga ega, vaziyatni taxlil qila oladigan katta odamlardir, shuning uchun ba’zi muammolarni hal qilishda pedagog ulardan kerakli va zarur maslahatlarni iolish mumkin.
Shu tarzda ta’limiy ishlarnining kо‘p qismini bolalr va ota-onalar bilan bir vaqtda tashkil etish mumkin,yuzaga keladigan muammolarni, belgilangan vazifalarni birgalikda, bir-birlarining manfaatlarini e’tiborga olgan holda kuchlarni birlashtirib hal etish zarur.
Ota-onalarni maktab faoliyatiga jalb etish bо‘yicha maxsus metodika ishlab chiqilgan. Ushbu metodika uch bosqichni о‘z ichiga oladi:
birinchi bosqich — farzandining ta’limida ota-onalarning ehtiyojlarini e’tiborga olish;
ikkinchi bosqich— maxsus muassasalarda ta’lim xizmati buyurtmachilari bо‘lgan ota-onalarning pedagogik bilimlarini oshirish;
uchinchi bosqich maktab faoliyatida pedagoglar va ota-onalarning sherikchiligi bо‘lib, uning asosini munosabatlarning insonparvarligi, insoniy qadriyatlar, shaxsga yо‘naltirilgan yondoshuv tashkil etadi.
Bunday metodikani joriy etish ota-onalar bilan ishlashning murakkablashgan 2 blokli tizimining yaratish imkonini beradi. Har bir blokning о‘z ichiga faoliyatning vazifalari, shakli va metodlarini oladi.
Maktabda ushbu ishning mazmunini amalga oshirishda faoliyatning jamoali va individual ish shakllari qо‘llaniladi. Hamkorlikni amalga oshirishda jamoali va individual ish shakllari birgalikda qо‘llash maqsadga muvofiq bо‘ladi. Bularga: suhbat, fikrlash-maslahatlar, yakka topshiriqlarni bajarish, muammoni hal etishda birgalikda izlanish, maktablar yozish va hokazolar kiradi. Bu shakllar har bir ota-ona bilan о‘zaro munosabatlarda ulardaning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yondashilganda samarali bо‘ladi.
Ota-onalarni о‘ziga qaratish, ularning ishonchini qozonish, ochiq sо‘zlashuvga chiqirish, pedagog bilan о‘zining ichki fikrlari, shahbalari bilan bо‘lishishga istak uyg‘otish muhim. Bularning barchasi rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolani tо‘g‘ri tushunishga, uni uyda va maktabda tarbiyalashdagi muammolarning maqbul usullarini topishga yordam beradi. Bunday muvaffaqiyatli shaxslararo hamkorlikning psixologik sharti diqqat, tushunish, ast-seinklikdir.
Oila bilan ishlashning nazariy va amaliy tomonlarini taxlil hozirgi vaqtdagi yana bir muammoni- ota-onalar va bolalarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etish muammolarini ochib berdi. Pedagoglarning asosiy vazifalaridan biri- oilada meyoridagi munosabatlarni rivojlanishi uchun sharoit yaratish bо‘ilib, u faqatgina ota-onalar va bolalar faoliyatida yuz berib turli shakllarda amalga oshiriladi. Masalan, bilish faoliyatining shakllari- bu bilim, kо‘nikma va malakalarning jamoatchilikda namoyon etish, faoliyat yо‘nalishlari bо‘yicha hisobotlar, bilim va ijod bayramlari, ochiq eshiklar kunidir. Bunday tadbirlarning mavzusi, predmeti va о‘tkazish metodikasini pedagoglar va ota-onalar birgalikda belgilaydilar. Tarbiyachi topshiriqlar tuzadi, guruxlarni shakllantirishga, tayyorlov ishlarini olib borishga yordam beradi, ota-onalar esa yasatishda, rag‘batlantiruvchi mukofotlarni tayyorlashda, natijalarni baholashda ishtirok etadilar.
Mehnat faoliyati shakllari –sinfni bezatish, maktab hovlisini tozalash va kо‘kalamzorlashtirish, gullar ekish, kutubxona tashkil etish va hokazolar. Dam olish shakllari –spektakllar, bayramlar, musobaqalar, tanlovlar va hokazolardir.
Faollashtirish shakllari- diskussiyalar, dialogalar, vaziyatlarni muhokama qilish, bolarning nutqini yokiijodlrini taxlil qilish, teringlar, о‘yinni modellashtirish metodi va hokazolar.
Kо‘rgazmali shakllar- kutubxonalar , videofilmlar, ota-onalar va bolalar uchun eslatma-tavsiyalar, taklifnomalar, kitoblar kо‘rgazmasi, о‘yinlar, bolalar izgan yoki birgalikda chizilgan rasmlar, fotokо‘rgazmalar, gazetalar va hokazolar.
Ota-onalar bilan ishlashning ancha yangi shakllaridan biri bо‘lgan ma’lum bir mavzu bо‘yicha, masalan, “Oilada bolaning mehnat tarbiyasi”, “Maktabda bolalarning mehnat tarbiyasi” mavzularidagi videofilmlarn yaratish kiradi.
Gazetani chiqarish hamkorlikning qiziqarli shakllaridan biridir. Gazetani tayyorlashda maktab ma’muriyati, pedagoglar, mutaxassislar, ota-onalar va bolalar ishtirok etadilar.
Nazariya va amaliyotda korrekion ta’lim muassasalarda ota-onalar bilan ishlashning bir qator umumiy vaziflari aniqlangan:
—ota-onalarning boshqa ijtimoiy institutlarda (oila va xokazo) amalga oshirilmaydigan qiziqishlari, fikrlari va savollarini о‘rganish;
— ota-onalar tomonidan turli ijtimoiy rollarni о‘zlashtirishlarida о‘zlarining rivojlanishi uchun optimal sharoitlar yaratish;
— ota-onalar bilan hamkorlik modelini tuzish uchun boshqa ta’lim muassasalarining tajribalaridan foydalanish;
— ota-onalar bilan ishlash vositalari va usullarini kengaytirish;
— birlashma ishtirokchilarining о‘sishlari uchun sharoit yaratish, ijodiy muhitni yuzaga keltirish.
Ota-onalar majlislarini eski strukturada о‘tkazish ularning ishonchlarini oqlamaydi. Korreksion ta’lim muassasasining meyoriy –huquqiy bazasiga muvofiq ota-onalar ta’lim xizmatarining buyurtmachilari hisoblanadilar va ularta’lim jarayonini tashkil etishda ishtirok etishga huquqli bо‘lib, о‘zlarining boshqaruv organlarini tashkil etish va ba’zi masalalarni ota-onalar majlislarida, konferensiyalarda va boshqa ish shakllarida mustaqil raishda hal qilishlari mumkin.
Hozirgi vaqtda kо‘pgina ta’lim muassasalari ota-onalarning anjumanlarini о‘tkazmoqdalar, bu anjumanlarda rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning ta’limi, ularni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda. Bu anjumanlar ilmiy-amaliy, nazariy, tajriba almashish turida bо‘lishi mumkin. Anjumanlar yiliga 1 marta о‘tkaziladi, ammo jiddiy tayyorgarlikni talab etadi, ota-onalarning ishtiroki, bolalar rasmlari kо‘rgamalari, konsertlari nazarda tutiladi.
Konferensiyalarning tuzilishi:
1) maktab rahbarining nutqi; 2) ota-onalarning ushbu muammo bо‘yicha oila tajribasi yuzasidan chiqishlari (3-5); 3) videofilmlar; 4) xoxlovchilar chiqishlari; 5) bolalarning chiqishlari; 6) yakun.
Ota-onalar bilan ishlashning yangi shakllaridan biri –bu vasiylik kengashini tuzishdir. Maktabning vasiylik kengashi kollegial organ bо‘lib, jamoatchilik asosida doimiy faoliyat kо‘rsatadigan о‘z-о‘zini idora qilish organidir.
Vasiylik kengashi rais va vasiylik kengashining 7 nafar a’zolaridan iborat bо‘ladi. Vasiylik kengashiga maxsus ta’lim muassasasi rahbari, muassasaga qatnaydigan bolalarning ota-onalari, shuningdek maktab xodimlari, ta’lim muassasasini mablag‘ bilan ta’minlaydigan tashkilotlardan vakillar kiradi.
Vasiylik kengashining vazifalariga kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |