3.2. Maktabning ota-onalar bilan hamkorligining mazmuni
Pedagoglar va ota-onalarning о‘zaro hamkorligi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va uning vazifasiga ota-onalarning faol pedagogik pozitsiyasini shakllantirish kirishi lozim. Tо‘g‘ri tashkil etilgan ish ta’limiy xarakterga ega bо‘ladi. Pedagog oilada tarbiyaning ijobiy tajribalariga tayanishi, uni yoyishi kerak. Hamkorlikning eng birinchi va hal qiluvchi sharti pedagog va ota-onalar о‘rtasidagi ishonchli munosabatlardir. Aloqa shunday bо‘lishi kerakki, ota-onalarda tarbiyaviy va taxlimiy jarayonga nisbatan qiziqish uyg‘onsin.
Ikkinchi, yanada ahamiyatli bо‘lgan vazifa – oilani pedagogik kо‘nikma va bilimlar bilan qurollantirishdir. Pedagogik hamkorlik jarayonini bunday tarzda tashkil etish natijasida ota-onalarning faqatgana о‘zining farzandini tarbiyalashdagina ema, balki butun sinning tarbiyaviy ishlarida faol ishtirochkchiga aylanishini kо‘rish mumkin. Pedagoglar va ota-onalar sherik sifatida bir-birlarini tо‘ldirib boradilar. Sherikchilik munosabatlari ikkala tomnning tengligini, о‘zaro iliq munosabat va hurmatni nazarda tutadi.
Oila va maktabning hamkorligida quyidagilar nazarda tutiladi:
- oilani uning bola tarbiyasidagi imkoniyatlarini aniqlash maqsadida о‘rganish;
- oilalarni bola tarbiyasidagi ahloqiy imkoniyatlari bо‘yicha guruxlash;
- pedagog va ota-onalarning birgalikdagi harakatlari bо‘yicha dastur tuzish;
- tarbiyaviy faoliyatning oraliq va yakuniy natijalarini taxlil qilish;.
Hozirgi vaqtda barcha mutaxassislar ota-onalarni maktab ishiga jalb etishning zarurligini tan oladilar, ammo pedagog va ota-onalarning о‘rtasidagi munosabatlarda ma’lum bir disgarmoniya, muvofiq emaslik ham kuzatiladi. Bunday munosabatlarning rivojlanishiga shaxsiy hamda kasbiy omillar tо‘sqinlik qilishi mumkin: vaqtning yetishmasligi, о‘ziga ishonmaslik, etnik stereotiplar, alam qilish hislari- bularning barchasi, shaxsiy va kasbiy qarashlar oilalarga bolalarining tarbiyasida faol ishtirokchi bо‘lishiga tо‘sqinlik qiladi. Shuning uchun pedagoglarning о‘zlari tashabbus kо‘rsatib har bir alohida oila bilan qanday hamkorlik qilishni tushunishlari kerak. Ota-onalarning ishtirokida individual yondoshish tamoyilidan foydalanib kо‘pchilik oilalarni ishga jalb etishning turli-tuman usullarini ishlab chiqish mumkin.
Ota-onalarning ishtirokini 5 darajasi ajratiladi
1) bir martalik yordam kо‘rsatish;
2) ota-onalarning qobiliyatlaridan ba’zan mashg‘ulotdar о‘tishda foydalaniladi;
3) ota-onalar doimiy ravishda yordam kо‘rsatadigan kо‘ngilli yordamchilarga aylanadilar;
4) ota-onalar sinfda ishning asosiy yо‘nalishlarini aniqlashga yordam beradilar;
5) ota-onalar maktabning ishida yordam beradigan kо‘p masalalarni muhokama qilishda ishtirok etadilar;.
Har bir variantda ota-onalarda tajriba almashishb, bir-biridan ma’ulm bir malakalarni о‘rganish imkoniyati mavjud. Shuning uchun ish davom etgan sari ota-onalar ishtirokining imkoniyatlari kо‘payib boradi. Pedagog oila a’zolarining qaysi biri sinfning ishida ishtirok etishidan fqat’iy nazarmota-onalarga yordam berishga doimo tayyor bо‘lishi kerak. Asta-sekinlik bilan berilgan yordam va qо‘llab-quvvatlash ota-onalarga о‘zarini ancha dadil tutishga, mustaqil ishlashga imkon yaratadi.
Ota-onalarning kuchli tomonlari va ijobiy sifatlari e’tiborga olish ishning muvaffaqiyatli bо‘lishini ta’minlaydi. О‘zaro munosabatlarning rivojlanib borishi bilan ishonch mustahkamlanadi, ota-onalar rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolani tarbiyalashda ma’lum bir ma’suliyatga ega bо‘ladilar.
Bolani har tomonlama rivojlantirishda maktab va oila hamkorligining mazmuni, shakl va metodlarini takomillashtirish juda muhim. Maxsus muassasa pedagogi bu vaziyatda bolalarning tarbiyachisi va ota-onalarning sherigi sifatida ish kо‘radi. Pedagoglar va oila a’zolari о‘rtasidagi aloqaning xarakteri va samaraliligi maktabning oila bilan hamkorligidagi ishning metodlarini tо‘g‘ri tanlashiga ham bog‘liq bо‘ladi.
Shunday qilib rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolani shakllanishida maktab va oilaning о‘zaro hamkorligi muhim va ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |