D - hujjatlar, M - materiallar
Zahiralarni saqlash bir qancha miqdorda harajat hamda ishchi kuchini talab qiladi. Quyida harajat guruhlari beriladi.
Omborxonalarning band bo‘lishi;
bino amortizatsiyasi;
v) remont harajatlari;
g) isitish vositalariga harajatlar, elektr-energiya va suv vositalari;
d) ijara to‘lovi.
Xizmat ko‘rsatuvchi ishchilarga harajatlar:
ombor ishchi - xizmatchilari uchun maosh;
Transport vositalari uchun harajatlar:
amortizatsiya;
energiya va yoqilg‘i uchun harajatlar;
v) joriy ta’mirlar uchun harajatlar;
g) sug‘urta va transport vositalari uchun soliq.
Materiallarni saqlash natijasida kelgan zararlar:
ombor qorovullari va materiallarning eskirishi;
Shuning uchun, bu tizim nisbatan noqulayroq bo‘lib, faoliyatni doim nazorat qilishni hamda uni optimallashtirish yo‘llarini topishini talab qiladi.
Ishlab chiqarishni materiallar bilan ta’minlashda yetkazib beruvchi firmalar bilan shartnomalar tuzish tizimi o‘zini oqladi. Bu tizim XX asrning 70 - yillari oxiri
80 - yillari boshida ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda faoliyat yuritish bo‘limlari nisbatan kamroq. Bu tizim iste’molchi va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi munosabatni, yuqorida aytib o‘tilgandan ham qisqaroq yo‘llar bilan amalga oshiradi. Yuklar birdaniga ishlab chiqaruvchiga emas, balki birinchi navbatda ulgurji savdo kompaniyasiga kelib tushadi. Bu kompaniya o‘zining bir necha yirik omborlariga ega bo‘lib, asosan xomashyolarni iste’molchi - ishlab chiqaruvchilarga tez yetib borishini ta’minlaydi.
Bu tizim oldingisiga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Birinchi o‘rinda ma’muriy harajatlarni kamaytiradi. Shartnomalar tizimi muzlatilgan kapitalni bo‘shatib yuborishga sharoit yaratadi. Iste’molchiga eng qulay tomoni, u istagan paytda o‘zining omboridan voz kyechishi mumkin. Ulgurji savdo kompaniyalari ham turli xil xizmatlari bilan iste’molchilarni o‘zlariga jalb qilishlari mumkin.
Bu tizimning eng qulay tomon tezkor tovarlar yetkazib berishni ham tashkil qilish mumkinligidir. Katta assortimentdagi tovarlarni saqlovchi ombor xo‘jaligi
24 soatda iste’molchiga kerakli tovarni yetkazib berishi mumkin. GFR ning tajribasiga ko‘ra, xususiy omborlar talabning 50 - 60 %ini qondirishi mumkin. Vositachi firma omborlari esa talabning 90 %gacha bo‘lgan qismini qondirish mumkin.
D- hujjatlar oqimi, M- materiallar oqimi.
DМ
chizma. Korxonalarda vositachi tashkilotlar qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy- texnika ta’minoti
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, yetkazib beruvchilar yordamida ishlab chiqarilgan buyurtma ombor xo‘jaligidagi qayd qilish bo‘limiga jo‘natiladi. Qayd qilish bo‘limi 1 yoki 2 marta shartnomalar tizimi bilan birlashgan yetkazib beruvchilarga buyurtma yuboradi. Yetkazib beruvchi ertasiga so‘ralgan materiallarni jo‘natadi va ular omborning jamg‘arish bo‘limiga yig‘iladi. Bunda 14 ta forma blank o‘rniga bittasidan foydalaniladi. Bu blank formula bir vaqtning o‘zida ham buyurtma, ham hujjat bo‘ladi.
Rivojlangan bozor sharoitida ta’minotning logistika bo‘limining asosiy muammosi talab ehtiyojlarining tez o‘zgarishidir. Bu ko‘pincha yetkazib beruvchida ishlab chiqaruvchiga kerak bo‘lmaydigan tovarlarning yig‘ilib qolishida o‘z aksini topadi.
Oxirgi o‘n yillikda ta’minotning bir qator usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, u ishlab chiqarishning aniq bir talabini qondirishga mo‘ljallangan. Ular quyidagilar:
kanban usuli (Yaponiyada ishlab chiqilgan usul bo‘lib, umumiy ishlab chiqarishni materiallar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan oxirgi talabni hisobga oladi);
talab va materiallarni rejalashtirish tizimi. (25 - chizma). Bu 3 bosqichda amalga oshiriladi: birinchisi dasturli rejalashtirish, ikkinchisi materiallarni taqsimlash va uchinchisi savdoni nazorat qilish;
«Aynan vaqtida» usuli, bu usul zahiralar to‘planib qolishining oldini oladi. ( 26 -chizma);
talab bo‘yicha ta’minot tizimi, bunda uzoq muddatli ma’lum shaklli shartnoma yetkazib beruvchilar bilan tuziladi. Materiallar bosqichma - bosqich iste’molchiga yetkazib turiladi;
«bashorat ko‘rsatkichlari» usuli (katta miqdordagi materiallarga talab ma’lum darajada hujjatlashtiriladi va talab asosida materiallar yetkazib beriladi);
iste’molchi va yetkazib beruvchi o‘rtasidagi kerakli ma’lumotlarni internet orqali almashish usuli. Buyurtma kelib tushgandan so‘ng, qolgan hamma ma’lumotlar kompyuter orqali olinadi.
Zamonaviy savdo uchun oldindan talab qilinadigan materiallarni bashorat qilish xosdir. Bashoratning chuqur o‘rganilishi zahiralar miqdori, yetkazib berishga va ta’minotga tayyorligini belgilaydi. Bashorat asosida ta’minot rejasi tuziladi. Ta’minot shunday balanslashtirilishi kerakki, uning asosida ishlab chiqarishning bosqichli dasturi tuziladi. Mana shu dastur materiallarni ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi omil bo‘ladi. 25-chizmada ishlab chiqarishning dasturli rejasini ishlash chizmasi berilgan.
Ishlab chiqarish rejasi
Ichlab chiqarishning dasturli rejasi darajasi
Faoliyat darajasi
chizma.Ishlabchiqarishningdasturlirejasiniishlashchizmasi.