Logistikada axborot tizimlari.
Logistika axborot tizimlarining turlari.
Logistika axborot tizimlarini ko‘rish tamoyillari.
Logistika axborot texnologiyalari.
Qaysi axborot logistika axboroti bilan ta’minlanadi?
10-bob
XARID QILISH LOGISTIKASI
10.1. Xarid qilish logistikasining vazifalari va faoliyatlari
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xarid qilish logistikasining maqsadi, bu ishlab chiqarish jarayonining materiallarga bo‘lgan talabini yuqori iqtisodiy samara bilan qondirish hisoblanadi. Lekin bunga erishish uchun xarid logistikisining oldida turgan bir qator vazifalarni bajarish kerak. Bu vazifalarni quydagicha guruhlash mumkin:
xomashyo va komplekt mahsulotlarni ma’lum bir muddatda yetkazish. O‘z muddatidan ilgari olingan mahsulotlar korxonaning aylanma fondiga qo‘shilishi mumkin, o‘z muddatidan kech olingan xomashyo va materiallar ishlab chiqarish jarayoniga salbiy ta’sir qilishi yoki uning yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin;
materiallarning talab qilingan miqdori bilan yetkazib berilgan miqdorning o‘zaro mos kelishi (talab qilingan kam yetkazilgan mahsulotlar korxona aylanma fondining balansiga salbiy ta’sir qilishi mumkin);
xomashyo hamda komplekt mahsulotlariga bo‘lgan talab sifatini nazorat qilishi. (Talabni qondiruvchi, minimal narxdagi).
Yuqori darajadagi sifatga ega bo‘lgan, talabni qondiruvchi materiallarni, minimal narxdagisini izlash, xarid qilish logistikasining iqtisodiy samaradorligi asosini tashkil qiladi. Bozorni o‘rganishda, firma oldida turgan asosiy masala narx hisoblanadi, bundan tashqari esa logistika harajatlari hisoblanadi. Ulgurji xaridor uchun harajatlarning aniq hisob - kitobi zarur. Chunki materiallarning, xomashyoning aniq hisob-kitobi ishlab chiqarishning kelajak strategiyasini belgilaydi.
G‘arb amaliyotida bir necha umumiy qoidalar mavjud bo‘lib, ular faqatgina yetkazib beruvchilar va bank sohasini yaxshilamay, balki korxonaning raqobat kurashida g‘olib chiqishini ham ta’minlaydi. Bu kodeks hamkorlarning etik me’yorlarini belgilab beradi.
Uni qisqacha shunday deyish mumkin: muvaffaqiyatli tayyorgarlik va ishlab chiqarish asosida, bir tomondan ishbilarmonlar o‘rtasidagi yaxshi munosabat yotsa, ikkinchi tomondan kreditor hamda yetkazib beruvchilar bilan yaxshi munosabatlar yotadi. Asosiy e’tiborni kreditorlarga qaratish kerak, chunki firma faoliyatida ularning ishonchi va yordam berishga tayyorligi muhim ahamiyatga ega.
Yetkazib buruvchilar bilan muomala qilishning bir qancha shartlari mavjud:
yetkazib beruvchilarga, xuddi mujozlardek muomala qilish kerak;
qiziqishlar umumiyligini namoyish etishni yoddan chiqarmaslik lozim;
yetkazib beruvchining o‘z vazifalari bilan tanishtirib berish va uning faoliyatini nazorat qilish zarur.
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilishga ko‘maklashishga tayyor bo‘lish kerak;
majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olishni nazorat qilish lozim;
ish faoliyatidan yetkazib beruvchining qiziqishlarini e’tiborga olish kerak;
faoliyat doirasida barqaror muloqotni ta’minlash zarur.
G‘arb mamlakatlarida iqtisodiyotning yangi sohalari rivojlanishi, sanoati rivojlangan mamlakatlarda tovarlar taklifining kengayishi, xomashyo va materiallar sohasi faoliyatini yanada qiyinlashtiradi. Muvaffaqiyatli savdoni amalga oshirish uchun bozorlar haqida keng axborotga ega bo‘lish kerak. Buning uchun bozor tadqiqotlari olib borilishi kerak. Bozor tadqiqotlarini olib borishda muammoning to‘g‘ri qo‘yilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bozorni tadqiq qilish muammosini yechishda eng sodda algoritm korxonaning axborotlar bilan ta’minlanganligida o‘z aksini topadi. (22-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |