Logistik menejmentda ko‘pincha faktografik usullardan foydalaniladi, ular uchun dastlabki axborotlar dinamik qatorlarga ega bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, logistikada foydalaniladigan iqtisodiy yoki texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining dinamik qatorlari ma’lumotlar nuqtalarining eng katta miqdoriga ega, shuning uchun qisqa dinamik qatorlar deb ataladilar.
Logistik menejerlar tomonidan foydalaniladigan bashoratlash usullarining qisqacha ta’rifini ko‘rib chiqamiz.
“Delfi” usuli. Ekspertlar guruhi maxsus anketa yordamida so‘rov qilinadi, unda savolga javob keyingi savolni keltirib chiqaradi. Ekspertlarning belgilangan guruhi uchun yaroqli bo‘lgan axborotlarning har qanday qatori va boshqalar uchun yaroqsiz bo‘lgan barcha axborotlar bashoratlash uchun yaroqli bo‘ladi. Bu usul monitarli ishlab chiqishning guruhli samarasini elementlashtiradi. Bashoratlash davri – o‘rtacha va uzoq muddatli bo‘ladi.
“Bozorni tadqiq qilish” usuli. Haqiqiy bozorlar haqidagi gipotezalarni tanlab olish va testdan o‘tkazish uchun tizimli, shakllangan va ongli tadbirlar. Bashoratlash davri – o‘rtacha va uzoq muddatli bo‘ladi.
“Izchilbitimlar”usuli. Bu usul ekspertlar guruhi bitta ekspertga qaraganda yaxshiroq bashorat qilishi mumkinligiga yo‘l qo‘yishga asoslangan.
Cheklashlar mavjud emas, muhokamalar rag‘batlantiriladi. Olingan bashoratlar ijtimoiy omillarga bog‘liq bo‘ladi va to‘g‘ri bitimlarni aks ettirishi mumkin. Bashoratlash davri – o‘rtacha va uzoq muddatli bo‘ladi.
“Sotishdarajasinibaholash”usuli. Mahsulotlarni sotishlar darajasi haqidagi fikrlar sotish hodimlari guruhlari bo‘yicha ishlab chiqilishi mumkin va ko‘pincha haridorlarning talablari va ehtiyojlari tendensiyasini aks ettiradi. Bashoratlash davri – o‘rtacha va qisqa muddatli bo‘ladi.
“Fikrlarnibashoratlash”usuli. Bu usulda firma xodimlarining bo‘ladigan tendensiya haqidagi, hamda ba’zida kelajakdagi alohida xizmatlar, jarayonlar tendensiyalari haqidagi fikrlari va tasavvurlaridan foydalaniladi. Umumiy holda usul qat’iy ilmiy bo‘lmaydi. Bashoratlash davri – o‘rtacha va uzoq muddatli bo‘ladi.
“Tarixiy o‘xshashlik” usuli. Bozorga yangi tovarni qo‘yish va sotishlar hajmini o‘sishini o‘tmishdagi xuddi shunday bir-birini o‘rnini almashtiruvchi tovarlarni bashoratlashga asoslangan solishtirma tahlil qilish usuli. Bashoratlash davri – o‘rtacha va uzoq muddatli bo‘ladi.
“Sirg‘aulchano‘rtacha”usuli. Dastlabki dinamik qatordagi har bir nuqta mavsumiylik va ma’lumotlarni muntazam emasligi ta’sirini bartaraf etish uchun arifmetik o‘rtachalash yo‘li bilan bir necha nuqtalar yig‘indisi bilan silliqlantiriladi. Bashoratlash davri – qisqa muddatli bo‘ladi.
“Eksponensialsilliqlash”usuli. Bu usul sirg‘aluvchi o‘rtacha usuliga o‘xshash, ammo o‘rtachalashtirish dinamik qatorning dastlabki ma’lumotlari tomonidan berilgan belgilangan og‘irliklar bilan o‘tkaziladi. Har bir keyingi miqdor oldingidan olinadi. Bashoratlash davri – qisqa muddatli bo‘ladi.
“Boks–Jenkinsqatorlaridanfoydalanish”usuli. Usul statistic modellar va vaqt qatorlarini ishlab chiqishdan foydalanadi. Bashoratlash davri – o‘rtacha va qisqa muddatli bo‘ladi.
“Klassikdinamikqatorlar”usuli. Mavsumiy to‘lqin, trend va nomuntazam tarkibiy qismni dekompozitsiyalash uchun usul. Logistikada 3 dan
12 oygacha davrga bashoratlash uchun eng yaxshi usullardan biri bo‘ladi. Bashoratlash davri – o‘rtacha va qisqa muddatli bo‘ladi.
“Trendning proeksiyasi” usuli. Trend uchun tahliliy formulani qurish va uni bashorat davrida davom ettirishdan iborat. Bir necha variantlarga ega: oddiy, nominal, logarifli va boshqalar. Bashoratlash davri – o‘rtacha va qisqa muddatli bo‘ladi.
“Fokusnibashoratlash”usuli. 3 oygacha davrga yyetarlicha aniq bashorat olish uchun bir necha oddiy hal qiluvchi qoidalarni beradi. Retrospektiv axborotlarni imitatsion komputerli modellashtirish usulidan foydalaniladi. Bashoratlash davri – o‘rtacha muddatli bo‘ladi.
“Spekrtlitahlil”usuli. Asosiy tarkibiy qismlarni tegishli spekrtli qalinliklar bilan dinamik qatorlarga ajratish qo‘llaniladi. Bu tarkibiy qismlar egri
spekrtli qalinliklar bilan cheklangan geometrik figuralardan iborat bo‘ladi. Bu tarkibiy qismlarni navlarga ajratish trendning matematik ifodalanishini beradi. Bashoratlash davri – o‘rtacha va qisqa muddatli bo‘ladi.
“Regression modellar”usuli. Logistik ko‘rsatkichlar, masalan talabni regressiv modelning bir necha o‘zgaruvchanlari bilan bog‘lashga asoslangan. Omillarni modelga tanlab olish statistikaning ma’lum usullari bilan amalga oshiriladi. Regressiv tahlil dasturlari EHM ning standart matematik ta’minlanishiga kiradi. Bashoratlash davri – o‘rtacha va qisqa muddatli bo‘ladi.
“Ekonometrikmodellar”usuli. Ekonometrik model – bu tayyor mahsulotni sotish sohasidagi iqtisodiy faollikning belgilangan sektorini bayon qiluvchi mustaqil regressiv tenglamalar tizimidir. Regressiv tenglamalarning parametrlari odatda yyetarlicha tez baholanadi. Qoidaga ko‘ra, bu modellar istiqbolda nisbatan mustaqildirlar. Ammo majmuada ular baholanayotgan ko‘rsatkichning tendensiyasini yakka regressiv modellar va trendlar bashoratiga qaraganda yaxshiroq aks ettiradilar. Bashoratlash davri – o‘rtacha va qisqa muddatli bo‘ladi.
“Tijorattakliflariasosidabashoratlash”usuli. Bu bozorlar belgilangan mahsulotni xarid qilish istaklari haqidagi tijorat axborotlari va ommoviy axborot vositalaridagi sotish haqidagi takliflarni tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sotishlar haqidagi respektiv axborotlar asosida mo‘ljallangan talabning o‘sishining o‘rtacha indekslari hisoblab chiqiladi. Odatda tahliliy modellar qo‘shiladi va ularga tuzatishlar kiritiladi. Bashoratlash davri – o‘rtacha muddatli bo‘ladi.
“Kirish–chiqishmodeli”usuli. Belgilangan iqtisodiy obyekt yoki iqtisodiyot sektoridagi tovarlarning ichki va tashqi oqimlari haqidagi axborotlarga asoslangan tahlil usuli. Belgilangan chiqishga erishish uchun kiruvchi moddiy oqim qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi. Biznesning o‘ziga xos sohalarida qo‘llaniladi. Bashoratlash davri – o‘rtacha muddatli bo‘ladi.
“Kirish – chiqishning iqtisodiy modeli” usuli. Ekonometrik modellar va kirish-chiqish modellarining kombinatsiyasidan iborat. Kirish-chiqish modeli ekonimetrik modeldagi uzoq muddatli tendensiyalarni bashoratlash uchun foydalaniladi. Bashoratlash davri – o‘rtacha muddatli bo‘ladi.
“Yetakchiindikatorlar”usuli. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamik qatorlaridan foydalaniladi, Ularni o‘zgarishi qidirilayotgan ko‘rsatkichni bashoratlash uchun tendensiyani aks ettirishga imkon beradi. Bashoratlash davri – o‘rtacha va qisqa muddatli bo‘ladi.
“Hayotiydavrningtahlili”usuli. Bu usul talab va sotishlar hajmini bashoratlash uchun yangi tovarlarning egri hayotiy davridan foydalaniladi. Hayotiy davrning pallalari tegishli tahliliy bog‘liqliklar bilan belgilanadi. Bashoratlash davri – o‘rtacha va uzoq muddatli bo‘ladi.
“Dinamikmodellashtirish”usuli. Chakana savdo shohobchalari va distribyutorlik markazlarida sotishlarning yakuniy hajmini imitatsion dinamik
modellashtirish uchun EHM dan foydalaniladi. Modellashtirishning dastlabki parametrlari zahiralarni boshqarish siyosati, ishlab chiqarish jadvali va moddiy resurslarni harid qilish siyosati tomonidan beriladi. Bashoratlash davri – o‘rtacha va uzoq muddatli bo‘ladi.