Birinchi bosqich. Tizimni faoliyat yuritishining maqsadlari belgilanadi va shakllantiriladi.
Ikkinchi bosqich. Tizimni faoliyat yuritishining maqsadlari va tashqi muhitning cheklashlari tahlili asosida tizim qanoatlantirishi kerak bo‘lgan talablar aniqlanadi.
Uchinchi bosqich. Ushbu talablar asosida, mo‘ljalga ko‘ra, ba’zi bir tizimchalar shakllantiriladi.
To‘rtinchi bosqich. Tizimni sintez qilishning eng murakkab bosqichi: har xil variantlarni tahlil qilish va tizimchalarni tanlash, ularni yagona tizimda tashkil qilish, bunda tanlov mezonlaridan foydalaniladi. Logistikada tizimlarni sintez qilishning asosiy usullaridan biri – modellashtirishdir.
Ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarishga an’anaviy va logistik yondoshishlar 36-chizmada ko‘rsatilgan.
chizma. Boshqaruvga yondoshishlar. a) an’anaviy b) logistik
Makrodarajadgi logistik boshqaruv uchun alohida korxonalar va firmalar logistik zanjirning bo‘g‘inlari bo‘ladilar, mikrodarajada esa bitta korxonaning ta’minot xizmatlari, ishlab chiqarish, moliya – sotish bo‘limlari kabi faoliyat yurituvchi bo‘linmalari bo‘ladi.
Logistik boshqaruv ishlab chiqarish, sotish faoliyatiga tizimli yondoshishni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.
Iqtisodiyotda tizimli yondoshish iqtisodiy tizimni tizimli tahlil nuqtai nazaridan butun bir yaxlit sifatida o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Iqtisodiy tizim ochiq tizim bo‘lgan holda, bir tomondan, umumiy ijtimoiy tizimning tarkibiy qismi sifatida, boshqa tomondan esa – jamiyat iste’moli resurslari tizimining bir qismi bo‘ladi. Iqtisodiy tizim maqsadga qaratilgan va tizimi obyektlarning vazifalari, ularning xususiyatlari va ular o‘rtasidagi aloqalar bilan belgilanadi. Tizimli obyektlar – bu kirish, jarayon, maqsad, chiqish, teskari aloqalar va cheklashlar. Iqtisodiy tizimni o‘rganishga tiizmli yondoshish iqtisodiyotning barcha kategoriyalari va qonunlarini ularning birliklari va o‘zaro asoslanganliklarida o‘rganishni taqazo etadi. Qabul qilinayotgan qarorlarning samaradorligi tizimli yondoshishni o‘lchovi bo‘ladi.
Shunday qilib, tizimli yondoshish har bir tizim hatto ayrim, tarqoq tiizmchalardan tashkil topgan vaqtda ham integratsiyalangan yaxlit ekanligini bildiradi. Tizimli yondoshish o‘rganilayotgan obyektni umumiy maqsad bilan birlashtirilgan o‘zaro bog‘liq tizimchalarining majmuasi sifatida ko‘rishga, uning intagratsiyalangan xiussiyatlari, ichki va tashqi aloqalarini ochib borishga imkon beradi.
Alohida elementlar (bo‘g‘inlar) ning xususiy maqsadlarini butun tizimning yagona maqsadina tahlil qilish asosida qo‘yish va erishishga asoslangan tizimli yondoshishni deduktivli deb atash mumkin.
Butun tizim faoliyatining har biri o‘zining xususiy maqsadini ko‘zlovchi alohid elementlar faoliyatini birlashtirish natijasi sifatida olinadigan an’anaviy yondoshishni indektivli deb atash mumkin.
Boshqaruv logistik tizimlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunday tizim avval atrof muhit bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish maqsadida tahlil qilinishi, keyin esa shakllanayotgan tizim ichidagi o‘zaro aloqani belgilashi kerak.
Boshqaruvning logistik tizimlari, haqiqatdagi har bir tizim kabi rivojlanishning har xil bosqichlarida bo‘lishi va ishlab chiqarish hamda sotishning har xil tarkibiy Qismlarini qamrab olishning to‘liqligi darajasi bilan farqlanishlari mumkin.
Boshqaruvning logistik tizimlarini qo‘llash uchun rivojlanishning to‘rtta darajasi yoki ishlab chiqarish, sotish tizimi tarkib qismlarini qamrab olish to‘liqligining to‘rtta darajasi xosdir.
1 – birinchi daraja 2 – ikkinchi daraja 3 – uchinchi daraja 4 – to‘rtinchi daraja
Do'stlaringiz bilan baham: |