Birinchi variant vaziyatni belgilab beruvchi omillar salohiyatli miqdorlari yutuq va yutqazishning miqdorlari, ehtimol bo‘lgan yutuq va ehtimol bo‘lgan xatarning miqdorlarini solishtirishdan iborat bo‘ladi.
Ichki evristik startegiyaning ikkinchi varianti aytib o‘tilgan omillarning ichki miqdori oldindan berilgan chegaraviy va me’yoriy miqdorlar bilan solishtiriladi. Masalan, boshqaruv strategiyasi shunday bo‘lishi kerakki, xatarning kattaligi berilgan chegaradan oshib ketmasin, bunda salohiyatli yutuq oldindan berilgan miqdordan pastga tushmasligi kerak.
Bunday solishtirishlarning natijalari, chegaralarning belgilangan miqdorlari, hamda bu solishtirishlardan xulosalar va bu xulosalar asosida qabul qilingan xarajatlar haqidagi qarorlarning o‘zlari qaror qabul qiluvchi shaxs yoki shaxs lar guruhi tomonidan ekspert baholari asosida ishlab chiqiladi.
Tashqievristikstrategiya ikkita bo‘lajak vaziyatlardagi bir xil ko‘rsatkichlarni solishtirishdan iborat bo‘ladi. Bu xarajatlarning ikkita ehtimol bo‘lgan variantlari oqibatlarini taqqoslash va ulardan istaganlarini tanlash imkoniyatini beradi. Tashqi evristik strategiya boshqaruv jarayoni bo‘yicha xarajatlarning ikkita bo‘lajak variantlarini ishlab chiqishni ko‘zda tutsa ham, u taqqoslash va tanlash jarayonini o‘zining va ularni shakllantirshni soddalashtirishga olib keladi.
Bunday holatda boshqa teng sharoitlarda bir turdagi ko‘rsatkichlarni taqqoslash amalga oshiriladi. Masalan, to‘lovlarning hajmlari va muddatlari boshqaruvning boshqa variantidagi to‘lovlarning hajmlari va muddatlari bilan xatarning miqdori esa, xatar miqdori bilan va h.k. solishtiriladi. Ikkilamchi darajali detallar hamda boshqaruv strategiyasining har xil variantlari uchun o‘zgarishsiz qoluvchi ko‘rsatkichlar uchun ko‘rsatkichlar taqqsolash jarayonlaridan oldinroq chiqarib tashlanadi. Ko‘proq obyektivlikka erishish uchun bunday solishtirish va taklashni ham ekspert usullari tomonidan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Boshqaruvning u yoki bu evristik strategiyasini tanlash nafaqat uni amalga oshirilishi strategiyasini hisobga olish, balki bu bo‘lajak samaradorlikni unga erishishning qiyinligi darajasi bilan solishtirish natijasida amalga oshirilishi kerak. Erishiladigan samaradorlikning amaliy miqdori ko‘proq ishlab vujudga kelgan ishlab chiqarish sotish vaziyatini baholashning aniqligiga va ushbu vaziyatdagi ehtimol bo‘lgan muqobil harakat hisoblab chiqish va baholashning to‘g‘riligiga bog‘liqdir.
Shunday qilib, samarali logistik boshqaruvni amalga oshirish uchun, hammadan avval, vujudga kelgan ishlab chiqarish sotish vaziyatini huddi shunday “bilim olish” zarur.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirishni talab qiluvchi vaziyatlar, ya’ni aralashmasi noqulay rivojlanish tendensiyasiga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday vaziyatlar quyidagi tartibda tasniflanishlari mumkin.
Joriy vaziyatni vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi tendensiyasining darajasiga ko‘ra (vaziyat ko‘proq va kamroq davomiylik davri davomida doimiy bo‘lib qoladimi yoki dinamik o‘zgaradimi) barcha vaziyatlarning turg‘un va dinamika ajratish mumkin.
Ham turg‘un va ham dinamik vaziyatlarni ularni rivojlanishlarning barcha ehtimol bo‘lgan yo‘llarini to‘liq aniqlik bilan bashoratlash mumkin emas. Vaziyatni o‘zgarishi yoki rivojlanishi nafaqat hodimning bama’ni xarajatlar oqibatida, balki hodisalar va tashqi iqtisodiy va texnologik (yakuniy hisobda esa
– bozor) muhiti holati ta’siri ostida sodir bo‘lishi mumkin. Bu hodisalar va holatlarni vaqtning qndaydir uzoq davri uchun oldindan aytib berish mumkin
emas. Shuning uchun vaziyatlar diterminasiyalangandan (chegaraviy holati) u yoki bu darajadagi noaniqlikka ega vaziyatgacha o‘zgaradi.
Barcha vaziyatlar, turg‘un yoki dinamik, diterminatsiyalangan yoki diterminatsiyalanmaganlar har xil omillarning kichik yoki katta soniga bog‘liq bo‘lishlari mumkin. Birinchi holda oddiy, ikkinchi holda esa murakkab vaziyatlar haqida gapiriladi.
U yoki bu turdagi vaziyatni “bilib olgan” pirovardida har xil turdagi – guruhli yoki (ko‘pincha) yakka tartibdagi ekspertizalar yordamida o‘tkaziladi. Shubhasiz, bunday turdagi bilib olishni amalga oshirish uchun sodir bo‘layotgan ishlab chiqarish sotish jarayonlarini modellashtirish va hisoblab chiqish kabi quroldan, shu jumladan komputer va hozirgi zamon texnikasini qo‘llash bilan foydalanish mumkin.
Ishlab chiqarish va sotish tizimlaridagi logistik boshqaruv qarorlarini qo‘llashni talab qiluvchivaziyatlarni tasniflanishi 41-chizmada berilgan.