Logistik rejalashtirishning asosiy nuqtai nazarlari.
Logistik strategiyani ishlab chiqish firmada marketingli va ishlab chiqarish strategiyalari va missiyasini belgilash bilan bir qatorda markaziy o‘rinni egallaydi. Logistik strategiya firmaning korporativ strategiyasiga zid bo‘lmaydi va uning missiyasi o‘zanida oqishi kerak. Logistik strategiyani ishlab chiqishda quyidagi asosiy savollarga javob berish kerak:
Biz hozir kompaniyalarning qanday turidan iboratmiz?
Kelajakda kompaniyalarning qanday turi bo‘lishni istaymiz?
Bizning iste’molchilarimiz kimlar?
Bizning biznesimizning tabiati va xususiyatlari qanday?
Bizning biznesimiz rivojlanishining muqobil imkoniyatlari qanday?
Bizning raqiblarga nisbatan kuchli va kuchsiz tomonlarimiz qanday?
Biz qanday korporativ strategiyani belgilamoqchimiz?
Qanday marketingli strategiya bizga to‘g‘ri keladi?
Marketingli strategiyani belgilashda logistik strategiya qanday bo‘lishi kerak?
Logistik strategiyaning asosiy maqsadlari va vazifalari qanday?
Strategik logistik reja nimadan iborat bo‘lishi kerak?
Strategik rejani amalga oshirish uchun qanday byudjet zarur?
Strategik rejaning monitoringini bajarishning qanday tashkil qilish mumkin?
Qanday logistik faollik rejada ustivor bo‘lishi kerak?
Logistik faollikning integratsiyalash darajasi qanday bo‘lishi kerak?
Logistik rejaning birligi nimadan iborat?
Tashqi atrof-muhitning tabiati qanday?
Bozorning tabiati, darajasi, xususiyati qanday?
Bizning bozordagi asosiy raqiblarimiz qanday va har bir raqib bizning firmaga nisbatan nimadan iborat?
Bizning oldingi logistik strategiyamiz qanday edi va ular hozirga vaqtda qanday o‘zgargan.
Oldingi logistik strategiyalarni amalga oshirishga moliyaviy kiritmalar qanday edi va yangi investitsiyalarni qayerdan olish mumkin?
Tashqi atrof-muhit asosiy omillari o‘zgarishining bashorati qanday?
Bizning strategic logistik rejamizning poydevori nimadan iborat bo‘lishi kerak?
Logistik strategiyaning maqsadlariga erishish uchun eng dolzarbroq dasturlar qanday bo‘lishi kerak?
Logistik strategiyani bajarish bilan bog‘liq hatarlar qanday?
Logistik strategiyaning bajarilishini qanday miqdiriy baholash mumkin?
Firmaning logistik strategiyasini ishlab chiqishni yiriklashtirilgan holda quyidagi chizmada tasavvur qilish mumkin.
chizma. Firmaning logistik tizimini ishlab chiqish ko‘rsatkichi
Chizmada fizmaning korporativ strategic maqsadlari, marketing va ishlab chiqarish strategiyalarini bog‘lovchi logistik strategiya quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
logistik tarmoqning konfiguratsiyasi;
logistik sotishning tashkiliy tuzilishini muvofiqlashtirish va ishlab chiqish; mahsulotning sifati va iste’mol servisiga strategik talablarni belgilash; zahiralarni boshqarishning integratsiyalangan tizimlari;
logistik axborot tizimi.
Logistik tarmoqning konfiguratsiyasi bo‘yicha strategik qarorlar o‘z ichiga sifatni belgilash, logistik zanjirlar, kanallar, omborlar, terminallar, dispetcherlik markazlari, yukni qayta ishlash shohobchalari va boshqalarni oladi. Ular tayyor mahsulotlarni sotish bozorlarini iqtisodiy qoplanishini ta’minlaydilar.
Muvofiqlashtirish va tashkil qilish strategiyasi logistik tizimning tashkiliy- vazifaviy tuzilishi, logistik tiizm bo‘g‘inlarining soni, ustivor asosiy logistik faollik va logistik tizimdagi logistik vositachilar o‘rtasidagi o‘zaro strategik munosabatlarni belgilab beradi.
Iste’mol servisining strategiyasining mahsulot sifati va logistik servisning asosiy parametrlari identifikatsiyalashtiradi, ular firma mahsulotlari iste’molchilari
talablari va bo‘ladigan kutishlarga mos kelishlari kerak. Zahiralarni boshqarishning integratsiyalangan strategiyasi moddiy resurslarni yyetkazib beruvchilardan yakuniy iste’molchilargacha to‘liq logistik zanjirda zahiralarni aniqlash, nazorat qilish, tartibga solish vazifalaini keng yoyishni ko‘zda tutadi.
Logistik strategiyaning asosiy tashkil qiluvchilardan biri logistik axborot tizimi bo‘lib, u asosiy bazisli va majmuaviy logistik faollik va biznes sohasini axborot va telekommunikatsoin kanallar va axborot komputerli texnologiyalar bilan bog‘laydi. Logistik axborot tizimi tashqi muhit bilan marketing strategiyasi, firmaning ichki mikromuhiti bilan ishlab chiqarish strategiyasi orqali interfeysni ta’minlaydi.
Ko‘rib chiqilgan strategiyaga ko‘ra, logistik strategiyani ishlab chiqish to‘rtta bosqichda amalga oshiriladi: baholash, imkoniyatlarni tahlil qilish, ustivorliklarni o‘rnatish, bajarish.
Birinchi bosqichda logistik strategiya firmaning bozordagi missiyasi va korporativ strategiyasiga nisbatan pozitsiyalanadi. Umumiy iqtisodiy va siyosiy vaziyat sinchiklab tahlil qilib chiqilishi va 5-15 yilga uni o‘zgarishining ko‘zda tutiladigan tendensiyasi belgilanishi kerak. Logistik strategiyaning marketing va ishlab chiqarish strategiyasi bilan interfeysi batafsilroq baholanadi. Xususan, tashqi atrof logistik muhitiga nisbatan iqtisodiy tendensiyalar, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamikasi, demografik tendensiyalar, tegishli sohalardagi texnologik va ilmiy daraja, sotish bozorlarining rivojlanishi tendensiyasi, raqiblarning ehtimol bo‘lgan guruhlari, qonunchilik va boshqalar baholanishi kerak.
Ikkinchi bosqichda, umuman korporatsiya va alohida tarkibiy bo‘linmalar
darajasidagi ehtimol bo‘lgan strategik qarorlar tanlab olinadi va tahlil qilinadi, Logistik strategiyaning tarkibiy qismlariga nisbatan bazaviy talablar belgilanadi.
Uchinchi bosqichda ustivorliklarni belgilash va ehtimol bo‘lgan muqobillar majmuasidan ustivorlik qiluvchi logistik strategiyalardan birini tanlashdan iboratdir. Bunda strategiyani bajarish ularni olish manbalari uchun ehtiyoj resurslarini erta identifikatsiyalanishi muhim ahamiyatga ega.
To‘rtinchi bosqichda ham umumiy logistik tizim va han menejmentning alohida darajalari uchun antigratsiyalangan ko‘rsatkichlarni belgilash bilan bevosita strategik logistik tizimni ishlab chiqishdan iboratdir. Ushbu bosqichda logistik tizimning tashkiliy tuzilishi tasdiqlanadi, bazaviy logistik axborot tizimi, strategik vazifalarni bajarilishini baholash va monitoring tizimi belgilanadi.
Xorijiy firmalar tomonidan ishlab chiqilgan logistik strategiyalarning asosiy maqsadlari odatda quyidagilardan iborat: xarajatlarni kamaytirish; logistik tizimda investitsiyalarni kamaytirish; logistik servisni yaxshilash.
Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi asosan moddiy resurslarni harakatlanishi, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlar va mahsulotlar zahiralari bilan bog‘liq operatsion tashkil qiluvchi xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan. Eng yaxshi strategiya “omborga joylashtirish-tashish” tizimining
ehtimol bo‘lgan variantlari orasidan omborlarni yaxshiroq joylashtirish, zahiralar darajasini muvofiqlashtirish, topish va yo‘nalishlarning muvofiq usullari tanlab olish yo‘li bilan muqobil tanlov natijasida shakllantiriladi. Servisning darajasi odatda muvofiq umumiy xarajatlar topilguncha qaror cheklanadi, bunda foydani ko‘paytirish ustuvor vazifa bo‘ladi.