chizma. Ishlab chiqarish, sotish tizimi bo‘linmalarini to‘liqlikning har xil darajasidagi logistik tizimchalar bilan qamrab olinishi
Tarkibiy qismlarni qamrab olish to‘liqligining birinchi darajali logistik tizimlari uchun jo‘natishga tayyor mahsulotlarni omborga joylashtirish, ularni iste’molchilarga tashishni tashkil qilish vazifalarini bajarish xosdir. Bunday logistik tizim chiqishda iste’molchilar talabnomalaridagi kundalik cho‘qqilar va o‘zgarishlar ta’minlanadi.
Tarkibiy qismlarni qamrab olish to‘liqligining ikkinchi darajali logistik tizimlari uchun ular huquq doiralarini shaxsiy ishlab chiqarishlarini chiqishlargacha tarqalishi xosdir.Bunday tizimlar to‘liqlikning birinchi darajasiga xos bo‘lgan jo‘natishga tayyor mahsulotlarni iste’molchilar va omborlarga tashish bilan bir qatorda yana tayyor mahsulotlarning korxona ichidagi omborlarini ham qamrab oladilar. Bunday tizimlarning vazifalariga buyurtmalarni ishlab chiqish, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish, tayyor mahsulotlarni korxonada saqlash va tayyor mahsulotlarning korxona ichidagi zahiralarini boshqarish ham kiradi.
Tarkibiy qismlarni qamrab olish to‘liqligining uchinchi darajasidagi logistik tiizmlar uchun ularning huquq doiralarini qo‘shimcha kirish omborlari, dastlabki materiallarni yetkazib berish tizimi, harid qilishlar va ta’minlash sohasi hamda materiallarni ishlab chiqarish jarayoni vaqtida harakatlanishga ham yoyiladi. Bu kengaytirilgan huquq doirasiga muvofiq oldingi ko‘rib chiqilganga qo‘shimcha sifatida, bunday tizimlar xom-ashyo va butlovchilarni harid qilish, xom-ashyo va butlovchilarni yyetkazib berishni boshqarish, xom-ashyo va butlovchilar zahiralarini hamda tugallanmagan ishlab chiqarish darajasini boshqarish vazifalarini bajaradilar. Bunday darajadagi logistik tizimning ishi odatda amaldagi yillik rejadan foydalanish bilan amalga oshiriladi. Uchinchi darajadagi tizimlarni logistik boshqarish oldindan bo‘ladigan ta’sirlarni silliqlashdan iborat bo‘ladi, ichki sharoitdan kelib chiqib chetga chiqishlarga javob qaytarish bilan cheklanib qolmaydi.
Tarkibiy qismlarni qamrab olish to‘liqligining to‘rtinchi darajasi logistik
tizimlari o‘z huquq doiralarini ishlab chiqarish, sotish jarayoning barcha elementlari va bosqichlariga, shu jumladan shaxsiy ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishgacha tarqatadi. Bu marketing tadqiqotlari natijalarini rejalashtirish, ishlab chiqarish, ta’minot va moliya operatsiyalari bilan bog‘lashga imkon beradi. Bunday logistik boshqaruv integratsiyalash tamiyilidan foydalanadi va iqtisodiy murosaning oldin eslatib o‘tilgan g‘oyalariga asoslanadi. Bunday darajadagi logistik tizimning ishi odatda uzoq muddatli rejalardan foydalanish bilan amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish, sotish tizim bo‘linmalarini qamrab olish to‘liqligining har xil darajadagi logistik tizimlar bilan qamrab olish mavjud.
Aniq ishlab chiqarish, sotish tizimiga logistik boshqaruvni tadbiq etishning maqsadga muvofiqligi har biri alohida holda maxsus ko‘rib chiqishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |