41-chizma.Ishlabchiqarishvasotishtizimlaridagivaziyatlarningtasnifi. Shunday qilib, vaziyatlarni ekspertli baholash va odillik boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun texnologiyalar va ishlab chiqarish transportda tashishlar va omborga joylashtirishni tashkil qilgan va tijorat faoliyati olib borishning turli tuman jihatlariga tegishli bo‘lgan ish tajribasi va bilimlarga ega bo‘lgan bir qator malakali mutaxassislarni jalb qilishni talab qiladi. Shuning bilan birga, bu ekspertlar tomonidan bajariladigan davriy xarakterga ega bo‘ladi.
Bu ziddiyatning echimini komputerlashtirish yordamida topish mumkin. Komputer texnikasida avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazalari va bilimlar bazalarini yaratishning katta tajribasi to‘plangan. Bu yerda to‘plangan va taqdim etilgan ma’lumotlarni kerakligicha ishlab chiqish va ekspert xulosalarini berishni amalga oshiruvchi muammoli yo‘naltirilgan komputerga ekspert tizimlarni yaratish keyingi qadam bo‘ladi.
Kosyuterli ekspert tizimiga murojat qilish boshqaruv hodimlariga ishlab chiqarish sotish tizimida vujudga kelgan vaziyatlarda yuqori malakali va komputer bilan ta’minlanadigan mutaxassislarni jalb qilmasdan qarorlarni operativ qabul qilishga imkon beradi. Bunday tizimlarni qo‘llash o‘qitish rolini o‘ynaydi va vaqt
o‘tishi bilan ulardan foydalanuvchi hodimlarning malakasini oshishiga olib keladi. Shuning bilan bir vaqtda kompaniyaning sirlari va o‘ziga xos “nau-xau” lari uning ichida qoladi, chunki, birinchidan ular ekspertli komputer bazasida jamlangan, ikkinchidan, chetdan vaqtincha bo‘lsa ham tegishli axborotlar bilan tanishtirish zarur bo‘lgan ekspertlar jalb qilinmaydi.
Komputerli ekspert tizimlarining kamchiligi hozircha ular tomonidan sog‘lom fikrdan foydalanish imkoniyatining chelanganligidir. Shuning uchun logisti boshqaruv majmuasi ko‘pining turidagi tizimlar qo‘llashga asoslanishi kerak. Logistik malakali hodimlar bunday majmualarning ajralmas qismi bo‘ladi. Ular oxirgi so‘zni aytishlari kerak.
Omborga joylashtirishlari boshqarishda tovarlar bo‘lovchilargan narxlarning dinamikasi, ularning navlari, yetkazib berishga tariflar bilan bog‘liq turli tuman axborotlarning hajmini baholash masalasini hal qilish zarur. Ma’lumki, boshqaruv qarorlarni nafaqat asoslangan holda, balki operativ qabul qilish zarur, chunki qarorlarni qabul qilishda kechikish qo‘shimch xarajatlarga olib keladi.