Toshkent davlat iqtisodiyot


Nazorat va mulohaza savollari



Download 470,38 Kb.
bet99/118
Sana14.04.2022
Hajmi470,38 Kb.
#552118
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   118
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

Nazorat va mulohaza savollari





    1. Logistik tamoyillarning maqsadi haqida nima bilasiz?

    2. Logistika va savdoni tashkil qilish uchun qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

    3. Tovar harakati bo‘g‘inlarida qanday logistika mavjud?

    4. Savdo korxonalaridagi logistik xizmatlar haqida nimalar bilasiz?

    5. Logistikani savdoda qo‘llashning asosiy samaradorligi nimalardan iborat?

16–bob


TIZIMLI YONDOSHISH TAMOYILLARIDAGI LOGISTIK BOSHQARUV


    1. Boshqaruvga an’anaviy yondoshishlarni taqqoslash


Logistikani moddiy oqimlarni boshqarish usullari va vositalarining yig‘indisi sifatida belgilash ushbu boshqaruv nuqtai nazaridan muhim bo‘lmagan bir qator omillardan fikran boshqa tomonlarga ketish imkonini beradi. Shunday qilib to‘g‘ridan-to‘g‘ri logistik zanjirni tuzish mumkin bo‘ladi. Bu o‘z navbatida ularda sodir bo‘layotgan jarayonlarni shakllangan holda bayon qilishni amalga oshirish va shu asosda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga imkon beradi. Ko‘rsatib o‘tilgan qarorlar yagona maqsad bilan – iste’molchilar tomonidan qo‘yilayotgan talablarni qanoatlantiruvchi chiquvchi moddiy oqimni shakllantirish uchun ishlab chiqiladi.


Moddiy oqimning tabiati shundayki, u iste’molchiga yetib borgunga qadar ishlab chiqarish, omborxona, transport bo‘g‘inlarini o‘tadi. Moddiy oqimni logistik jarayonning turli-tuman ishtirokchilari tashkil qiladilar va yo‘naltiradilar. Amalga oshirish tamoyili logistika konsepsiyasida birinchi o‘ringa qo‘yiladigan tizimli yondoshish moddiy oqimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarishning metodologik asosi bo‘ladi.
Boshqaruvga an’anaviy yondoshishda logistik zanjirning har bir bo‘g‘ini o‘zining shaxsiy maqsadlari va samaradorligi mezonlarini mo‘ljallovchi shaxsiy boshqaruv tizimiga ega. Logistik zanjirning har bir oldingi bo‘g‘inining ushbu bo‘g‘in boshqaruv tizimi ta’siri ostida uning maqsadlari va mezonlarini hisobga olish bilan shakllangan chiquvchi oqimni keyingi bo‘g‘in uchun kiruvchi bo‘ladi. Ohirgi bo‘g‘inning chiquvchi oqimi butun logistik zanjirning natija beruvchi moddiy oqimi bo‘ladi. Uning parametrlari logistik zanjirning bo‘g‘inlaridan har birida izchil amalga oshiriladigan mustaqil boshqaruvchi ta’sirlar natijasida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham, boshqaruvning umumiy maqsadlari nuqtai nazaridan ular ichki sabablar natijasida vujudga kelgan bo‘ladilar.
Logistik yondoshishda boshqaruvchi ta’sirlar boshqaruvning yagona logistik tizimi tomonidan boshqaruvning yangi obyekti – to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqimga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu boshqaruvchi ta’sirlar tadqiqot qilinayotgan logistik zanjir samaradorligining umumiy maqsadlari va mezonlaridan kelib chiqqan holda shakllanadi, chunki chiquvchi moddiy oqimning parametrlarini butunlay oldindan aytib beradigan boladi.
Haqiqiy logistik tizimlarni faoliyat yuritishi ham bu tizimlar ichida va ham ularning atrof muhit bilan munosabatlarida murakkab aloqalar mavjudligi bilan ta’riflanadi. Bunday sharoitlarda tizimni faoliyat yuritishining asosiy maqsadlari va
ularning oldiga qo‘yilayotgan talablarni hisobga olmasdan xususiy qarorlarni qabul qilish yyetarli bo‘lmasligi va hatto xato bo‘lishi mumkin. Tizimli yondoshish qat’iy metodologik konsepsiya ko‘rinishida bo‘lmaydi. U idrok etish konsepsiyalarining o‘ziga xos tamiyillarining yig‘indisi bo‘lib, unga rioya qilish belgilangan tartibda aniq tadqiqotlarni ko‘zlashga imkon beradi. Logistik tizimlarni shakllantirishda tizimli yondoshishlarning quyidagi tamoyillarini hisobga olish kerak:
tizimni yaratish bosqichlari bo‘yicha izchil harakatlanish tamoyili. Bu tamoyilga rioya qilish shuni bildiradiki, tizim avval makro darajada, ya’ni atrof muhit bilan o‘zaro munosabatlarda, keyin esa mikro darajada, ya’ni o‘z tuzilishining ichida tadqiqot qilishi kerak;
loyihalashtirilayotgan tizimlarning axborotli ishonchlilik, resursli va boshqa ta’riflarini moslashtirish;
alohida tizimchalar maqsadlari va butun tizim maqsadlari o‘rtasida ihtilof yo‘qligi tamoyili.
Tizimli yondoshishning mohiyati uni tizimlarni shakllantirishga klassik induksiv yondoshish bilan taqqoslashda namoyon bo‘ladi. Klassik yondoshish xususiydan umumiy (induksiya) ga o‘tishni bildiradi. Ushbu jarayonga klassik yondoshishda tizimni shakllantirish uni alohida ishlab chiqilgan tarkibiy qismlarini birlashtirish yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Birinchi bosqichda alohida tizimlarni faoliyat yuritishining maqsadlari aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda, alohida tizimchalarni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan axborotlar tahlil qilinadi. Uchinchi bosqichda birgalikda tizimning ish qobiliyatini tashkil qiluvchi tizimchalar shakllantiriladi.
Tizimli yondoshish klassikdan farqli ravishda umumiydan xususiyga izchil o‘tishni ko‘zda tutadi, bunda ko‘rib chiqishning asosida tizim yaratilayotgan yakuniy maqsad yotadi. Tizimli yondoshishda tizimni shakllantirishning izchilligi ham o‘z ichiga bir necha bosqichlarni oladi:

Download 470,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish