O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNVERSITETI “Mintaqaviy turizm” fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Mintaqalarda ekologik turizm resurslari va ulardan foydalanish Bajardi: TL-81 guruh talabasi
Saidov Bobur
Tekshirdi:Rahimova Dilfuza
Toshkent -2022
Mavzu: Mintaqalarda ekologik turizm resurslari va ulardan foydalanish Reja: 1. Ekologik turizmning maqsadi va vazifalari 2. Ekologik turizmning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni 3. Ekologik turizmni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari 4. O‘zbekiston Respublikasining ekoturistik rayonlari
Ekologik turizmning maqsadi va vazifalari Ekologik turizm o‘tgan asrning oxirlaridan boshlab jahon turizmi industriyasiga asta-sekin kira boshladi. Butunjahon turizm tashkilotining ma’lumotlari bo‘yicha keyingi besh yilda ekologik turizmda turistlar oqimi tobora ko‘payib borayotganligi haqida hisob – kitob natijalari keltirilgan. Ushbu turizm yo‘nalishida janubiy Yevropa, Janubiy – sharqiy Osiyo, kichik Osiyo, Xitoy va Afrika qit’asidagi davlatlar oldingi o‘rinlarda borishmoqda. Albatta, qayd qilingan geografik tabiiy manzillar betakror tabiat mintaqalar bo‘lib, doimiy bahor va yoz iqlimiga ega bo‘lgan davlatlarning tabiatdagi biologik xilma-xillik resurslari, sharoitlari bu mintaqalarda yil davomida turistlar oqimining ko‘payishini ta’minlaydi. Hozirgi kunga kelib jahonda ekologik turizm jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan turizm sohalaridan biriga aylandi.
Ekoturizmning maqsadi – hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun tabiatdan turistik yo‘nalishda oqilona foydalanishdir. Ekoturizmning maqsadini amalga oshirish uchun «O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi» da keltirilgan rejaviy dasturni keltirish kifoya qiladi. Bu konsepsiyada respublikamizda ekologik turizmni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish muhimligi alohida qayd qilingan:
ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish;
ekoturistik fan, ta’lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;
aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o‘stirish;
ekoturizm yo‘nalishidagi ta’lim va tarbiyani yo‘lga qo‘yish;
Qayd qilingan vazifalarni bajarishda quyidagi ekoturistik tamoyillarni ya’ni yekologik munosabatlarni turizm orqali tartibga solishga yo‘naltirilgan qoidalarga qattiq, ma’suliyat bilan rioya qilish talab qilinadi:
ekoturizmda tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalarining ustivorligi;
ekoturizmning tarixiy, madaniy va boshqa turizm turlari bilan bog‘langanligi;
turizm va servis sohasi yo‘nalishidagi barcha ta’lim muassasalarida ekoturistik o‘quv kiritilishining maqsadga muvofiqligi;
mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini o‘stirishda ekoturizmni jalb qilish zaruriyati;
tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning mazmunini ekoturistik marshrutlarda aks ettirish;