Amudaryo ekoturistik rayoni. Amudaryoning o‘zaniga yaqin sohillarida to‘qayzorlar mavjud bo‘lib, ular ekoturlar uchun juda qiziqarli noyob landshaft hisoblanadi. Quyi Amudaryoning o‘ng sohilida to‘qay landshaftidagi qushlar va hayvonlarni muhofaza qilish uchun Badayto‘qay qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Ornitafaunani saqlash uchun Xorazm buyurtmaxonasi tashkil yetilgan. Bulardan tashqari, Qizilqumning g‘arbiy qismida, Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, kembriy va kembriygacha davrda burmalangan tog‘ jinslari ochilmalaridan iborat, balandligi 485 metrlik Sulton Uvays tog‘lariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Amudaryo rayonida O‘zbekistonning ko‘hna shaharlaridan biri Xorazm joylashgan, uning arxitektura yodgorliklari tarixiy turizm markazlaridan biri hisoblanadi. Yekoturlarni tarixiy turlar bilan kompleks olib borish mumkin.
Qizilqum rayoni cheksiz qumliklardan iborat bo‘lsada, lekin boy o‘simlik va hayvonot olamiga ega. Masalan - rekreatsion, geoyekologik, geomorfologik, geodemografik, geopolitik, geokartografik, geobotanik rayonlar va h.k. Ekoturistik ob’ektlardan biri bo‘lgan qo‘riqxonada Buxoro bug‘usi (xongul), to‘ng‘iz, qirg‘ovul, echkemar, jayron, qum charxiloni, Turkiston kobrasini va hattoki, Prjivalskiy otlari saqlanadi. Qizilqumda bahor oylarida kishilarga estetik zavq berib, hordiq chiqaradigan chiroyli gulli o‘simliklar lola, chuchmoma, eremurus, boyg‘alcha, lolaqizg‘aldoq, boychechak kabilar o‘zgacha go‘zallik kasb etadi. Tuyalar karvoni esa unga yanayam ekzotik tus beradi hamda uni jozibadorligini oshiradi.
Nurota ekoturistik rayoni o‘zining ajoyib tabiat manzaralari, tarixiy arxitektura yodgorliklari bilan kishilarni maftun yetadi. 1975- yilda tashkil yetilgan va maydoni 17,8 ming ga bo‘lgan Nurota tog‘ yong‘oqzor-meva qo‘riqxonasi mavjud. Bu qo‘riqxonaga «Yekosan» qoshidagi «Ekosantur» firmasi tomonidan ko‘plab marshrutlar uyushtirilgan. Oqtog‘ning janubiy yon bag‘rida joylashgan shamol ta’sirida tebranib turuvchi bahaybat harsang toshli «Sangijumon», «Koriz qoldiqlar» kabi tabiat yodgorligi ekoturizmning muhim ob’ektlaridan bo‘lib hisoblanadi. Ko‘p asrlik ziyoratgoh «Chashma buloq» yaqinida «Chilustun» masjidi, madrasa, Abul Xasan Nuriy maqbarasi va qal’asi joylashgan. Qoratog‘ tizmasining janubiy yon bag‘rida «Sarmish darasi»dagi qoyalarda avlodlarimizning hayoti va madaniyatini aks yettiruvchi lavhalar, rasmlar ishlangan. Janubiy Nurota tizmasida uzunligi 110 m, absolyut balandligi 1060 m, maydoni 163 m keladigan «Maydon karst g‘ori», Shimoliy Nurota tizmasidagi uzunligi 130 m, absolyut balandligi 1100 m, maydoni 70 m keladigan «Xonaixudo karst g‘or» da g‘orshunoslikni rivojlantirish mumkin. Bulardan tashqari, XI asrda bunyod etilgan va XVIII asr boshlarigacha turgan «Raboti Malik karvonsaroyi» sayyohlarning to‘xtash joyi shuningdek, savdogarlarning savdo qilish joyi bo‘lgan. Raboti Malik yonida ming yillik tarixga ega bo‘lgan madaniy yodgorlik-sardoba uchraydi. Yer ichiga 12 m botirilgan sardobada butun yoz bo‘yi muzdek va toza suv saqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |