Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-rasm. Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

5.2-rasm. Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari 
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga
barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar 
bo‘lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg‘or texnologiya va yangi texnik 
vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi, 
modernizatsiyalash diversifikatsiyalash va boshqalar. 
 
5.2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
 
Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lini tanlagan 
har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal 
bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, har qanday iqtisodiy 
tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish 
kerak bo‘ladi: 
Zamonaviy bozor xo‘jaligi modеllari 
Mеzonlar 
Ko‘rsatilgan
mеzonlarga muvofiq 
kеluvchi davlatlar 
Davlat dasturlari-
ning maqsadga 
yo‘naltirilganligi 
Iqtisodiyotni tartibga 
solish tamoyillari 
Davlat sеktorining 
iqtisodiyotdagi 
ulushi 
Korporativ 
iqtisodiyot 
Aralash 
iqtisodiyot 
Ijtimoiy 
yo‘naltirilgan 
bozor iqtisodiyoti 
Fuqarolar 
manfaatlarini 
himoya qilish 
Uzoq muddatli 
dasturlarning 
ishlab chiqilishi 
30% 
Gеrmaniya 
Tadbirkorlikni 
rivojlantirish 
bo‘yicha shart-
sharoitlar yaratish 
Taktik usullardan 
ustun ravishda 
foydalanish 
10% atrofida 
AQSh 
Yirik ishlab 
chiqarish 
manfaatlarini 
himoya qilish 
Asosiy ustuvor-
liklarni bеlgilab 
olish 
Ahamiyatsiz 
darajada 
Yaponiya, 
Shvеtsiya 


169 
1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur? 
2) ushbu mahsulot va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida 
ishlab chiqariladi? 
3) bu mahsulot va xizmatlar kim uchun ishlab chiqariladi?
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha – «nima, qanday qilib, kim 
uchun ishlab chiqarish zarur?» tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an’anaviy 
iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar davomida mavjud bo‘lib kelayotgan 
an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa, ma’muriy-
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi taqsimot 
va rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolarni 
o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o‘ziga xos 
xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi. 
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti 
sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va 
taklif nisbatiga bog‘liq. Bunda mavjud bo‘lgan resurslar qanday hajmda band 
qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga 
olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar ko‘rmaslik va yuqori 
darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot 
va xizmatlarning qanday to‘plami jamiyat talablarini to‘la qondira olishi e’tiborga 
olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud bo‘lgan, binobarin, foyda 
keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona 
foydasi hajmini tovarni sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab 
chiqarishning umumiy xarajatlari o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi. 
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantiradi. Birinchi bo‘lib 
tejamli texnologiyalarni qo‘llash korxonaning o‘z raqobatchilari oldidagi 
vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi 
korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi 
texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‘lgan 
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha 


170 
xulosa qilinadigan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida «nima, kim uchun va 
qanday qilib ishlab chiqarish zarur» degan muammoga quyidagicha javob beriladi: 
a) yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar to‘lovga layoqatli 
iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;
b) tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini 
beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi; 
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslarni tejash imkonini beradigan 
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi. 
Oldingi bobdan ma’lumki, mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor 
iqtisodiyoti o‘zining afzalliklari bilan ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur 
iqtisodiy tizimning samarali va barqaror amal qilishi, rivojlanishiga zamin 
yaratadi. Eng avvalo, bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko‘rsatib o‘tish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish