Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


II B O‘ L I M. BOZOR IQTISODIYOTI NAZARIYASI



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

II B O‘ L I M. BOZOR IQTISODIYOTI NAZARIYASI 
5-bob. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL QILISHI
Oldingi bobda tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonlarining 
rivojlanishi natijasida pulning vujudga kelganligi, tovar-pul munosabatlarining 
rivojlanib, iqtisodiyotning barcha jabhalarini qamrab olganligi, asta-sekin bozor 
iqtisodiyotining shakllanib kelayotganligi bayon etildi. Ushbu bobda bozor 
iqtisodiyotining mazmuni, uning asosiy belgilari, subyektlari va rivojlanish 
bosqichlari talqiniga alohida o‘rin ajratilgan. Bozor iqtisodiyotining doimiy va 
asosiy muammolari, uning afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham o‘rin berilgan. 
Shuningdek, bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari 
hamda unsurlarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratilgan. 
5.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari
 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun 
xos bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan 
amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi 
ko‘plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan 
shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. 
Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy 
evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib 
qoldi. 
Oldingi bobda ta’kidlanganidek, xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi va 
ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va 
mavjud bo‘lishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat 
taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab 
chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash 


164 
va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning 
rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. 
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin 
almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining 
muhim shartlari bo‘lib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil 
bo‘lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab 
chiqaruvchi faoliyatining nisbatan samarali yo‘nalishlarini ko‘rsatib beruvchi erkin 
narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish