Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra
bozorlar 
quyidagi turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish 
vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy-
texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori. 
Muomalaga chiqadigan subyektlarning xususiyatiga
ko‘ra ulgurji va 
chakana savdoni ajratish mumkin. Chakana savdoda, asosan, sotib oluvchilar 
fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do‘konlar va 
boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda mahsulotlar yirik partiyalarda 
ko‘tarasiga sotiladi.
Bozorning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib 
iste’mol
tovarlari va 
xizmatlar bozori
hisoblanadi. Bu bozorda xo‘jalik subyektlarining barcha uchta 
turi: uy xo‘jaliklari, davlat va korxonalar qatnashadi. 


180 
Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi 
intellektual tovarlar 
bozoridir
. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan tovarlar – ilmiy g‘oyalar, 
texnika yangiliklari, san’at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi 
qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnika ishlanmalarini ayirboshlash 
katta o‘rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat bo‘lib, 
bu bozorda asosan, innovatsiya firmalari ish ko‘radi. Mazkur firmalar yangiliklar 
yaratish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xizmat 
ko‘rsatadi. 
Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida
tovar sifatidagi mehnat 
vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna
xomashyo, yoqilg‘i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari ulgurji ravishda 
sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste’molga emas, ishlab chiqarish 
iste’moliga xizmat qiladi, ya’ni ishlab chiqarish talabini qondiradi. 
Bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste’mol tovarlari 
va resurslar bozori orqali ancha to‘liq va yorqin namoyon bo‘ladi (5.4-rasm).

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish