Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

ijobiy jihatlarini
ham sanab o‘tish mumkin. Jumladan: 
- uning ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va 
ko‘nikishining yuqori darajasi; 
- fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy 
etishning jadal sur’ati; 
- turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati; 
- buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash; 
- cheklangan axborot – turli resurslarning narx darajasi va ularning sarflanish 
darajasiga yo‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish 
imkoniyati. 
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, 
bozor iqtisodiyotining ham o‘ziga xos 
kamchilik va ziddiyatlari mavjud.
Bozor iqtisodiyotining 
asosiy ziddiyati
shundan iboratki, u o‘zining bosh nazorat mexanizmi — raqobatning 
kuchsizlanishiga yo‘l qo‘yadi va hatto buni rag‘batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda 
raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:
1) bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan 
quvib va o‘z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan 
yo‘lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo‘shilib ketishi, 
kompaniyalarning xufyona kelishuvi, raqobatlashuvning noqonuniy usullari 


172 
(masalan, jismoniy kuch ishlatish, zo‘ravonlik, tazyiq o‘tkazish va h.k.) ni qo‘llash 
– bularning barchasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik 
ta’sirining pasayishiga olib keladi;
2) bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning 
zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi 
real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo‘lishini; v) kompleksli, 
markazlashgan va qat’iyan bir butun bo‘lib birlashgan bozorning tarkib topishini; 
g) boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya 
bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar 
mavjud bo‘lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani 
qo‘llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish
aksariyat hollarda ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan 
yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyojli tovarlar bilan ta’minlanishiga ham 
kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga 
ham putur yetkazadi. Bozor tizimi o‘zining iste’molchining xohishiga ancha mos 
keluvchi resurslarni taqsimlash layoqatini ham yo‘qotib borishi mumkin. 
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi 
tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog‘liq. Bunday 
iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini 
bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin. 
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan yana biri 
shundan iboratki, u ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga 
taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va 
xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo‘ladi. 
Tovarlar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi ro‘y berib turadigan 
nomuvofiqlikni bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati 
hisoblanadi. Bu pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni orqali namoyon 
bo‘ladi. 


173 
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish