Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

Nazorat uchun savollar: 
1.
Valyuta operatsiyalarini xuquqiy-me’yoriy bazasini nimalar tashkil 
qiladi? 
2.
Valyuta siyosatini amalga oshirish asoslari 
3.
O‘zbekiston valyuta bozorini statistik o‘rganish 
4.
O‘zbekiston valyuta bozorini takomillashtirish yo‘llari 
 
 
 
 


215 
11-BOB. FOND BOZORI STATISTIKASI
11.1.Tijorat banklarining qimmatli kog‘ozlar bozorida tutgan o‘rni va 
ahamiyati 
Jahon iqtisodiyotida saqlanib qolayotgan murakkab vaziyat va dunyo 
bozorlarida yuzaga kelgan noqulay kon’yunkturaga qaramasdan, mamlakatimiz 
iqtisodiyoti 2015 yilda ham yuqori sur’atlarda o‘sishda davom etdi. 
Xususan, 2015 yil yakuni bo‘yicha mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot 
hajmining real o‘sishi 2014 yilga nisbatan 8 foizni va uning nominal hajmi 171,4 
trln. so‘mni tashkil etdi. 
YUqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan belgilab berilgan 2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlantirishning barcha ichki imkoniyat hamda zahiralarini izlab 
topish va safarbar etish, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan isloh qilish, 
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni chuqurlashtirish, shuningdek, kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini jadal rivojlantirishga, ichki talabni 
rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va samarali 
makroiqtisodiy siyosatning yuritilishi hisobiga ta’minlanmoqda. 
So‘nggi yillarda respublikada ishbilarmonlik va investitsion muhitni tubdan 
yaxshilash, tadbirkorlikka keng imtiyoz va preferensiyalar yo‘lini ochib berish 
hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga muhim ahamiyat berilayotganligi va bu 
borada amalga oshirilayotgan tizimli ishlar iqtisodiyotga yo‘naltirilgan 
investitsiyalar hajmining oshishida muhim omil bo‘lmoqda
73

Qimmatli qog‘ozlar bozori savdo – sotiq kapitalining taraqqiyoti jarayonida 
paydo bo‘ldi va ko‘pchilik G‘arb mamlakatlarida u xo‘jalik mexanizmining eng
barqaror va yo‘lga qo‘yilgan qismlaridan birini namoyon qiladi. 
73
2015 йилда Пул-кредит соҳасидаги вазият ва монетар сиёсатнинг 2016 йилга 
мўлжалланган асосий йўналишлари маълумотлари. 


216 
Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlar bozori allaqachon 
birja va nobirja tizimiga uyushtirgan bo‘lib, o‘zining qonun-qoidalariga va 
an’analariga, ba’zida esa asrlar tarixiga egdur. O‘zbekiston Respublikasidaqimmatli 
qog‘ozlar rivojlanishiga kelsak, uning paydo bo‘lishi mamlakatimizdagi 
xususiylashtirish va davlat korxonalari aksiyalashtirish jarayoni bilan bog‘liqdur. 
Qimmatli qog‘ozlar bozori boshqa bozordan avval unda muomlada 
bo‘ladigan tovari, ya’ni qimmatli qog‘ozlari farqqiladi.O‘z navbatida qimmatli 
qog‘ozlar muomilasi ushbu bozor katnashchilarining maxsus tarkibini, uning amal 
qilish tartibini, boshqarish qoidalarini va xokazolarni aniqlaydi. 
- Qimmatli qog‘ozlar bozori – bozor iqtisodiyotini eng asosiy qismlaridan 
biridir. Moliya bozorining ajralmas qismi bo‘lib, u omonatlarni joylashtiruvchi va 
ularni iqtisodiyotda sarmoyalashtirish hamda ishlab chiqarish istiqbolini 
takomillashtirish uchun moliyaviy aktivga aylantiruvchi kanal bo‘lib xizmat qiladi. 
Qimmatli qog‘ozlar bozori bank kredit tizimini to‘ldiribgina qolmay u bilan 
hamkorlik ham qiladi. Tijorat banklari odatda bir yildan oshiq muddatga kredit bera 
olishmaydi. Qimmatli qog‘ozlar bozori esa xorijiy korporatsiyalar uchun pul 
mablag‘larini xar qanday muddatga, shu bilan birga bank kreditga nisbatan qulay 
shartlar bilan jalb qilish imkoniyatini beradi. 
Pul bozori esa qimmatli qog‘ozlar bozorining bir qismi xisoblanib,unda qisqa 
muddatli (bir yilgacha) qarz majburiyatlari, asosan, depozit sertifikatlar, veksellar,
xazina majburiyatlari muomilada bo‘ladi. Pul bozori davlat xazinasiga naqt pulning 
jalb qilinishining ta’minlaydi, korxona va xususiy shaxslar uchun esa ularning 
vaqtincha bekor turgan pul mablag‘laridan daromad olish imkoniyatini yaratadi. 
Qimmatli qog‘ozlar tovarlarning eng mashqul turlaridan biri sanaladi,shuning 
uchun emitetlar va sarmoyadorlarning o‘rtasida moliyaviy vositachilik qilish hamda 
fond bozorlarida qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ushbu bozorning 
professional qatnashchilari – brokerlar, dilerlar, investitsiya komponiyalari, 
investitsiya fondlari va banklar tomonidan amalga oshiriladi. 
Mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozori shakllanish jarayonidir.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozorida asosan 


217 
xususiylashgan davlat korxonalaining erkin sotishga mujallangan aksiyalar 
paketlarini fond birjasida va fond do‘konlari orqali sotish O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Respublikamizda amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy isloxatlarning mazkur bosqichida qimmatli qog‘ozlarning 
dastlabki bozori ustun turadi. Ikqilamchi bozor esa endigina shakllana bo‘layapti. 
Qimmatli qog‘ozlar fond bozorining asosiy vositasi hisoblanadi. Qimmatli 
qog‘ozlar – bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy 
xuquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi dvidend yoki foiz ko‘rinishda 
daromad to‘lashni hamda ushbu xujjatlardan kelib chiqadigan xuquqlarni boshqa 
shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul xujjatlaridir. 
Qimmatli qog‘ozlarning fundamental xususiyati ularning aylanuvchanligi va 
likvidliligidir (tez pulga aylana olishi). 
Aylanuvchanlik – bu qimmatli qog‘ozlarning bozorda xarid qilinishiga va 
sotilishiga, shuningdek, ko‘pchilik hollarda boshqa tovarning aylanishini 
osonlashtiruvchi mustaqil to‘lov vositasi sifatida qo‘llanishga qodirligidir. 
Likvidlilik esa qimmatli qog‘ozlarning bozor narxining kamroq o‘zgarib 
turishi hamda sotish uchun unchalik ko‘p bo‘lmagan xarajatlar bilan, shuningdek, 
qimmatli qog‘ozlar egasi uchun deyarli zararsiz bo‘lgan holda tezda sotilish va pul 
mablag‘lariga (nakd pul naqdsiz shaklda) aylana olishidir. 
Qimmatli qog‘ozlarning eng keng tarqalgan turi aksiya hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari 
to‘g‘risida» gi qonunga muvofiq, aksiya – bu aksiyadorlik jamiyatining ustav 
fondiga yuridik yoki jismoniy shaxs muayyan hissa qo‘shganidan guvohlik 
beruvchi, aksiya egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi
hamda unga dividend olish va qoida tariqasida, ushbu jamiyatni boshqarishda 
katnashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli 
qog‘ozdir. 
Imtiyozli deb aksiyalar shuning uchun aytiladiki, ularning egalari oddiy 
aksiyalar egalariga karaganda bir qator imtiyozlarga ega, ya’ni: 
- ularga divedendlar odatda belgilangan mikdorda tulanadi; 


218 
- imtiyozli aksiyalarga divedendlar oddiy aksiyalardan oldin tulanadi; 
- imtiyozli aksiyalar egalari aksiyadorlik jamiyatining faoliyati tugatilgan 
chogida jamiyat mulkining ma’lum ulushini olishga ustunlik xuquqlariga egadur. 
Aksiyalarning bahosi to‘g‘risida gapirganda quyidagi tushunchalarni ajrata 
bilish kerak: 
-
Qog‘ozda ko‘rsatiladigan naminal narxini;
-
Aksiyaning bozorda sotiladigan dastlabki emissiya narxini;
-
Qimmatli qog‘ozlarning ikqilachi bozorida sotiladigan bozor (kurs) 
narxini; 
-
Moliyaviy xisobot asosida aniklanadigan muozanat (balans) narxini. 
Aksiyaning asosiy xarakteristikasi uning kurs narxi xisoblanadi (aksiya kursi) 
– bu aksiyaning bozorda sotiladigan narxi hisoblanadi. 
Obligatsiyalar – bu ularning egasi pul mablag‘lari berganligini tasdiq eguvchi 
va qimmatli qog‘ozlarning nominal kiymatini ularda ko‘rsatilagan muddatda, 
belgilangan foiz to‘langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli 
qog‘ozlardir. 
Obligatsiya chiqargan tashkilot (emitent) karzdor rolida, xaridor
(sarmoyadorlar) esa kredit beruvchi rulida katnashadi. 
Obligatsiyalarning aksiyadan asosiy farqi quyidagilar:
- Obligatsiya faqat unda kursatilagan muddat davomida daromad keltiradi; 
- Obligatsiya odatda o‘z egasiga oldindan belgilangan foiz shaklida daromad 
keltiradi; 
- aksiyador jamiyati obligatsiyasi uning egasiga mazkur jamiyatning 
aksiyadori sifatida katnashish, ya’ni aksiyadorlarning umumiy yigilishida ovoz 
berish xuquqini bermaydi. 
Obligatsiyalarni sotib olish aksiyalarni sotib olishga kamrok xatarli (riskli) 
hisoblanadi. Kompaniya qashshoqlikka uchragan holda obligatsiya egasi kreditor 
sifatida naqadar oddiy aksiyalar, balki imtiyozli aksiyalarning egalaridan ham oldin 
karzlarini olish xuquqiga egadur. 


219 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish