Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

10.1-jadval 
O‘zbekistonning savdo bo‘yicha asosiy sheriklari milliy valyutalari va 
so‘mning AQSH dollariga nisbatan almashuvkurslari dinamikasi 
(-
mustahkamlanish, + valyuta qiymatining pasayishi) 
 
Valyuta 
2017 yildagi 
o‘zgarishlar 
2018 yildagi 
o‘zgarishlar 
Evro 
8,7% 
0,3% 
Xitoy yuani 
-3,0% 
-4,8% 
Rossiya rubli 
0,7% 
5,4% 
Koreys voni 
-2,3% 
1,3% 
Ukraina grivnasi 
-0,3% 
0,4% 


205 
Turk lirasi 
3,9% 
21,9% 
Qozoq tengesi 
0,6% 
0,7% 
Eron reali 
2,8% 
7,8% 
O‘zbek so‘mi 
152% 
5,5% 
Manba
: O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
Valyuta qadrsizlanishining ichki va tashqiga bo‘linishi, yana uning kursi 
dinamikasi va xarid qilish qobiliyati xalqaro iqtisodiy munosabatlar mehnat 
unumdorligi ahamiyatga ega. Ichki inflyasiya natijasida pulning qadrsizlanish 
valyuta kursining pasayishida yuqori bo‘lsa, unda milliy bozorda yuqori narxlarda 
import tovarlar sotish rag‘batlantiriladi. Agar inflyasiya natijasida valyutaning 
tashqi qadrsizlanish uning ichki qadrsizlanishdan yuqori bo‘lsa, unda valyuta 
dempingi uchun sharoitlar yuzaga keladi. 
Valyuta dempingi - bu valyuta kursining tushurish natijasida, uning xarid qilish 
qobiliyatini pasayishidan foydalangan holda, tashqi bozordagi raqobatchilarni siqib 
chiqish maqsadi bilan bog‘liq holda tovarlarni jami o‘rtacha narxlaridan past 
darajada keng ko‘lamda eksport qilishdir. 
Valyuta dempingi uchun qo‘yidagilar harakterlidir: 
1) eksportyorlar ichki bozordan tovarlarni inflyasiya ta’sirida o‘zgarib turgan 
narx bo‘yicha sotib olib, tashqi bozorda tovarni jahon o‘rtacha narxlarida past 
darajada narxlar bo‘yicha barqaror valyutaga sotadilar; 
2) eksport baholarini pasayish manbai bo‘lib barqaror valyutada olingan 
tushumni qadrsizlangan valyutaga almashtirishda yuzaga kelgan kurs farqi xizmat 
qiladi; 
3) tovarni chetga katta hajmda chiqarish eksportyorlarni yuqori foyda olishini 
ta’minlaydi. Dempinglar ham tovarlarning ishlab chiqarish tannarxidan past bo‘lishi 
mumkin. Ammo eksportyorlar uchun tovarni juda ham past narxda sotish foydali 
emas, chunki xorijiy sheriklar milliy tovarni qayta eksport qilishi natijasida milliy 
tovarlar bilan raqobat yuzaga kelishi mumkin. 


206 
Valyuta dempingini turli xil tovar dempinglari bilan ularning asosiy xususiyati 
- tovarlarni past narxlarda eksport qilish birlashtiradi, lekin ular bir-biridan farq 
qiladi. Tovar dempingidan ichki narx bilan eksport bahosidagi farq asosan davlat 
byudjeta hisobidan qoplanadi, valyuta dempingida esa kurslar o‘rtasidagi farq 
hisobidan olingan eksport mablag‘i (premiya) hisobiga qoplanadi. 
Tovar dempingi birinchi jahon urushiga qadar yuzaga kelgan. Bu paytda 
koxonalar tashqi bozorni egallash uchun asosan o‘z jamg‘armalariga tayanar edilar. 
Valyuta dempingi birinchi martda 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi 
davrida qo‘llanila boshlangan. Uning bevosita kelib chiqish sababi, jahon valyuta 
inqirozining rivojlanishi bir xil darajada, bir xil muvozanatda bo‘lmaganidir. 
Ma’lumki, valyuta dempingi davlatlar o‘rtasida qarama-qarshiliklar keltirib 
chiqaradi, ularning an’anaviy iqtisodiy aloqalarini buzadi va raqobatni kuchaytiradi. 
Valyuta dempingini amalga oshirayotgan mamlakatda eksportyorlarning foydasi 
oshadi, lekin baholarning o‘sishi natijasida mehnatkashlarning yashash darajasi 
pasayadi. Valyuta dempingi bo‘lgan mamlakatda esa arzon chet el tovarlari bilan 
raqobatlasha 
olmayotgan 
iqtisodiy 
tarmoqlarda 
rivojlanish 
qiyinlashadi, 
sekinlashadi, ishsizlik kuchayadi. Yirik eksportyor firmalar valyuta dempingidan 
o‘z raqobatchilarni kuchsizlantirish uchun valyuta va savdo urushi vositasida 
foydalanadilar. 
SHu tarzda, valyuta kurslarini o‘zgarishini tashqi bozorda sotiladigan yalpi 
mahsulotni mamlakatlar o‘rtasida qayta taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Suzib 
yuruvchi valyuta sharoitida kurs munosabatlarining baholar shakllanishi va 
inflyasiya jarayoniga ta’siri kuchayadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatning 
valyuta kursi 20%ga ko‘tarilishi, 25% kvotasiga ega bo‘lgan mamlakatda import 
tovarlarining, narxlarini 16% oshishiga olib keladi, buning natijasida mamlakatdagi 
umumiy baholar darajasi 4-6 %ga oshadi. 
Suzib yuruvchi valyuta kursi rejimida ichki bozorlarga bunday ta’sir qilish 
omili doimiy harakterga ega, lekin ayni vaqtda qayd etilgan kurs rejimida rasmiy 
devalvatsiyada namoyon bo‘ladi. 


207 
Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida kursning o‘zgarishi ta’siri kuchayadi. 
Mamlakatga chet-el kapitalining oqib kelish natijasida ssuda kapitali va kapital 
qo‘yilmalarining hajmi vaqtincha ko‘payadi va bu mamlakatlar iqtisodiyotini 
rivojlantirish uchun va davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun ishlatiladi. 
Mamlakatdan oqib ketish uning etishmovchiligiga, ishsizlikning ko‘payishiga olib 
keladi. Valyuta kursini tebranishini mamlakatning valyuta - iqtisodiy potensialiga, 
eksport kvotalariga, XIMdagi pozitsiyasiga bog‘liq. Valyuta kursi mamlakatlar, 
milliy eksportyorlar va importyorlar o‘rtasidagi kurash ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi, 
davlatlararo kelishmovchiliklar manbai hisoblanadi. 
Milliy valyutaning barqarorligini, uning bozorda erkin almashinuvini 
ta’minlanish uchun O‘zbekiston davlati aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan 4 ta 
alohida dasturlar to‘plamini ishlab chiqdi va amalga oshirmoqda. 
Birinchidan, o‘z davlatimiz tovar bilan baqaror ta’minlangan taqdirdagina real 
kuch va obro‘ga ega bo‘ladi. So‘mning xarid quvvatini oshirish uchun respublika 
bozorini mumkin qadar tezroq iste’mol mollari bilan to‘ldirish zarur. Bozorni 
o‘zimizda ishlab chiqarilgan mollar bilan ham to‘ldirish choralarini ko‘rish kerak. 
Bunda g‘oyat muhim vazifa odamlarning eng zarur talablarini qondiruvchi o‘z 
mahsulotimizning ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirishdan iborat. 
Ikkinchidan, valyutaning barqaror amal qilishi uning erkin almashinuvi etarli 
valyuta zaxirasi bo‘lishga bog‘liq. Bizning valyutamiz har qanday baqaror valyutaga 
erkin almashina oladigan bo‘lsagina, u tan olingan va hurmat qozongan valyuta 
bo‘ladi. Buning uchun eksport imkoniyatini kengaytirish, korxonalarini eksport 
uchun mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga aylantirish, jahon bozorida o‘z 
mustahkam mavqeimizni qo‘lga kiritishimiz zarur. 
Uchinchidan, har bir korxona, har bir kishi ishlab topgan so‘mini qadrlashni 
o‘rgangan taqdirdagina milliy valyuta real to‘lov vositasiga aylanadi. Buning uchun 
qat’iy moliya-kredit siyosatini izchilik bilan o‘tkazish zarur. Biz o‘z moliyamizdan 
shuning o‘zini bilib, ehtiyotkorona va tejab tergab foydalanshimiz, uning behuda 
sarflanib ketishga yo‘l qo‘ymasligimiz zarur. Iqtisodiyotda sarflangan har bir so‘m 


208 
salmoqli foyda bilan qaytishi, ertangi kunga, respublika istiqboliga xizmat qilishi 
kerak. 
To‘rtinchidan, milliy valyutani mustahkamlashning eng muhim sharti - 
inflyasiyaga qarshi baquvvat puxta o‘ylangan siyosat o‘tkazishdir. Inflyasiya 
darajasini keskin kamaytirishgina milliy valyutani baqaror valyutaga aylantira olishi 
mumkin. So‘m o‘zining yuksak to‘lov qobiliyatini uzoq muddat davomida saqlab 
qolgan taqdirdagina milliy valyutamiz o‘z quvvatiga va obro‘siga ega bo‘ladi. Biz 
pul miqdori tovarlar va xizmatlarning miqdori tegishli darajada o‘sishi bilan 
mustahkamlanmagan holda ortib borishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Xarid qilish 
uchun mollar etarli bo‘lmagan holda aholi qo‘lida pulning ortiqcha ko‘payib ketishi 
avvalo, narxlarning oshishishga, inflyasiyaning yana avj olishiga olib keladi. SHu 
sababli ishlab chiqarishni bozorni mol bilan to‘ldirishda taqchilik bo‘lib turgan 
hozirgi bosqichi ishlab chiqarishda iste’mol fondining o‘sishining ishlab 
chiqariladigan mahsulot va xizmatning moddiy hajmi ko‘payishiga bevosita bog‘liq 
qilib qo‘yish zarur. 
Belgilangan 4 ta dasturning amalga oshirilishi milliy valyutamizning 
mustahkamlanishiga, mehnat unumdorligi ham valyutalarga nisbatan uning 
almashuv kursining barqarorlashuviga, albatta, yordam berishi kerak. Buning uchun 
bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. 1994 yil 15 oktyabrdan boshlab valyuta 
birjasida muntazam ravishda valyuta savdolarini o‘tkazilishi, valyutaning almashuv 
kursini kunlik o‘tkazishi, valyuta savdosi hajmining o‘sishi kabilar bu tadbirlarga 
misol bo‘la oladi. Belgilangan tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi 
valyutamizning almashuv kursini barqarorlashuviga, uning quvvati va obro‘si 
oshishiga so‘zsiz ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Milliy valyuta kuchli bo‘lgan taqdirdagina 
iqtisodiyot ham baquvvat bo‘ladi. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish