Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi


O‘zbekiston valyuta bozorini takomillashtirish yo‘llari



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

9.4.O‘zbekiston valyuta bozorini takomillashtirish yo‘llari 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng xalqaro 
iqtisodiy moliyaviy munosabatlarning sub’ekti sifatida, jahon xo‘jaligida muxim 
o‘rin egallab bormoqda. O‘zbekistonda ko‘plab xorijiy investitsiyalarga asoslangan 
qo‘shma korxonalar, transmilliy korporatsiyalarning vakolatxonalari ochilmoqda. 
O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan tovarlar va xizmatlar bilan savdo-sotiq qilish, 
ssuda kapitali va investitsiyalarning harakati, ishlab chiqarish va ilm-fan borasida, 
ishchi kuchining migratsiyasi va xalqaro turkum sohalarida tashqi iqtisodiy, 
moliyaviy aloqalarga kirishgan. Bu o‘z navbatida mamlakatimizda valyuta 
munosabatlarini yanada rivojlantirishni va shu orqali chet el investitsiyalarini jalb 
qilishni taqazo qiladi. SHu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasida valyuta 
munosabatlarini tartibga solish yo‘llarini takomillashtirishning bir qancha 
yo‘nalishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish lozim. 
1. Valyuta risklarini samarali boshqarish va tartibga solish. 
Hozirgi vaqtda respublika bank tizimida valyuta risklarini tartibga solish 
mexanizmi Markaziy bankning 1998 yil 28 martdagi 392-sonli xati, ya’ni «Ochiq 
valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalari»ga muvofiq holda amalga oshiriladi. 
Ochiq valyuta pozitsiyasi miqdori vakolatli bank tomonidan sotib olingan va 
sotilgan chet el valyutasi summalari o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi. Bunda har 
qanday bir turdagi chet el valyutasi bo‘yicha ochiq valyuta pozitsiyasi limiti har bir 


194 
operatsion ish kuni oxirida 5 foizdan, uning summar limiti esa - vakolatli bank o‘z 
mablag‘larining - 20 foizidan oshmasligi kerak. 
Xususan, ushbu tartibda ochiq valyuta pozitsiyasi vakolatli bank tomonidan 
mijozlar topshiriqnomalari bo‘yicha chet el valyutasini xarid qiliщda ochiq valyuta 
pozitsiyasi vujudga kelishi mumkinligi nazarda tutilgan. Bu esa amaldagi me’yoriy 
bazani qayta ishlashni talab etadi. 
Xorijiy tajribani o‘rganib chiqish valyuta pozitsiyasi hisobi chiqarilayotganda 
u forvard kontraktlari bo‘yicha balansga keltirilganlik hisobga olingan chet el 
valyutasidagi aktiv va passivlar o‘rtasidagi mavjud farq deb tushunilishini ko‘rsatdi. 
SHuningdek, AQSH, Avstraliya va bir qator boshqa davlatlarda ochiq valyuta 
pozitsiyasi limitlari bozor kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda banklar 
tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. 
Banklarning ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish mexanizmi valyuta bozorida 
jamg‘arish (to‘plash) maqsadlarida tijorat banklari tomonidan chet el valyutasini 
xarid qilinishiga doir operatsiyalarini nazorat qilish hamda ba’zi bir darajada 
ayirboshlash kursining noqulay o‘zgarishi natijasida tijorat banklarining mumkin 
bo‘lgan yo‘qotishlardan himoyalash imkonini beradi. Valyuta ayirboshlash kurslari 
tebranishi natijasida tijorat banklarining ko‘zda tutilmagan zararlarini kamaytirish 
uchun valyuta riskini tartibga solish sohasida quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rish 
maqsadga muvofiq deb hisoblanadi: 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bu boradagi amaldagi 
yo‘riqnomasini ochiq valyuta pozitsiyasini chet el valyutasidagi aktivlar va passivlar 
o‘rtasidagi farq sifatida deb tasniflanib o‘zgartirilishiga erishish; 
- barcha banklarning ochiq valyuta pozitsiyasining amaldagi miqdorlarini 
ularning chet el valyutadagi aktivlari va majburiyatlari nisbatini qiyoslash yo‘li bilan 
aniqlash; 
- AQSH dollari va evro bo‘yicha valyuta pozitsiyalari limitlarini 
diversifikatsiya qilish. Bunda ular valyuta hisob-kitoblarining asosiy birliklari 
ekanligini nazarda tutish lozim; 


195 
- vakolatli banklarga mamlakatlar, korrespondent-banklar va operatsiyalar 
turlari bo‘yicha mustaqil ravishda limitlarni ishlab chiqishni tavsiya etish. 
Korrespondent banklar bo‘yicha limitlar mamlakatlarga doir limitlar miqdori 
doirasida o‘rnatilishi lozim. Ushbu limitlar ham o‘z navbatida operatsiyalar turlari 
(korrespondent hisobraqamlar bo‘yicha limitlar, depozit schetlar bo‘yicha limitlar, 
qoplash schetlari bo‘yicha limitlar, kafolatlar bo‘yicha limitlar, akkreditiv va kredit 
liniyalari bo‘yicha limitlar) bo‘yicha bo‘lib chiqilgan bo‘lishi lozim. Mamlakatlar 
bo‘yicha limitlarni o‘rnatishning moliyaviy baholash asosiga banklarning 
ishonchliligi va ularning bozorda tutgan o‘rnini hisobga olgan holda etakchi reyting 
agentliklarining ma’lumotlarini olish mumkin. 
2. CHet el valyutasida bajarilayotgan operatsiyalarning buxgalteriya xisobini 
takomillashtirish masalasi. 
Ayirboshlash shohobchalari orqali xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish 
bo‘yicha operatsiyalar birjadan tashqari valyuta bozoriga nisbatan sezilarli darajada 
yuqoridir. Natijada, bank balansining valyuta moddalarini qayta hisoblashda keskin 
farq qiluvchi ob’ektiv bo‘lmagan daromadlar va xarajatlar yuzaga keladi. Bu soliqqa 
tortiladigan bazaga keskin ta’sir etadi. 
3. Banklar tomonidan yo‘l cheklari, to‘lovnomalar va boshqa to‘lov 
hujjatlarining muomalaga chiqarilishi. 
Mijozlarning, ayniqsa xorijiy turistlarning hisobvaraqlariga chet el valyutasini 
jalb qilishning usullaridan biri bu tijorat banklari tomonidan to‘lov hujjatlaridan 
foydalanishni kengaytirishdir (yo‘l cheklari, egasining nomi ko‘rsatilgan cheklar va 
boshqalardan). Hozirgi vaqtda norezidentlarning to‘lov hujjatlaridan foydalanishga 
bo‘lgan potensial talabi cheklangan. Buning sababi shundaki, ushbu operatsiya 
turlari faqat Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida ko‘rsatiladi. Ayni paytda, 
vakolatli banklar o‘z mijozlari - rezidentlar uchun yo‘l cheklarini muomalaga 
chiqarishni endi boshladilar va bu ular uchun yangi xizmat turidir. SHu sababli, bu 
operatsiyalarni amalga oshirishda biroz nomutanosibliklar yuzaga kelmoqda. 
Yaqin vaqt mobaynida turizm sohasiga valyuta tushumlarining ko‘payishi va 
xorijiy banklarning to‘lov hujjatlariga xizmat ko‘rsatilishining oshishi kutilmoqda. 


196 
Bundan tashqari, bank tomonidan o‘z to‘lov mablag‘larini muomalaga chiqarilishi 
ushbu bankka mijozning valyuta hisobvarag‘idan 1-2 oy muddatga amalda kredit 
berilishini bildiradi. 
YUqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi 
tijorat banklari tomonidan quyidagilarni amalga oshirilishini maqsadga muvofiq deb 
hisoblaymiz: o‘z mijozlari - jismoniy shaxslar uchun xalqaro standartlar darajasida 
yo‘l cheklarini chiqarish uchun chora-tadbirlarni ko‘rish; xorijiy bank-
korrespondentlar bilan ular tomonidan muomalaga chiqarilgan to‘lov hujjatlariga 
qabul qilish va xizmat ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar tuzish. 
4. Vakolatli bank tomonidan norezidentlar bilan offshor operatsinlarini amalga 
oshirilishi masalalari. 
Xorijiy valyutasida tushumni ko‘paytirish imkoniyatlaridan biri - bu 
norezidentlarga, birinchi navbatda Markaziy Osiyoning O‘zbekistonga qo‘shni 
hududlarda yashovchi boshqa davlatlar fuqarolariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar 
turlari va hajmini kengaytirishdir. Hozirgi vaqtda, Boltiqbo‘yi mamlakatlari 
banklarida norezidentlar tomonidan ochilgan hisobvaraqlarning umumiy miqdori 
ushbu banklar balansining anchagina qismini tashkil etadi va ularga sezilarli foyda 
keltirmoqda. Hozirgi vaqtda, ushbu masala O‘zbekiston banklari tomonidan 
Markaziy Osiyo bank xizmatlari bozorida uzoq muddatli istiqboldagi vazifa bo‘lsa 
ham, ammo respublikamizga chegaradosh hududlarda bank tizimi etarlicha 
rivojlanmaganligini hisobga olgan holda quyidagilarni amaga oshirishni maqsadga 
muvofiq deb hisoblaymiz: norezident yuridik shaxslar tomonidan minimal me’yoriy 
talablarga rioya qilgan holda omonat qo‘yilmalarini saqlash va to‘lovlarni amalga 
oshirish imkoniyatlarini kengaytirish. 
SHuningdek, offshor hududlar ochish masalasi ko‘rib chiqish kerak. Xususan, 
turistik shahar hisoblangan Samarqand, Buxoro yoki Xivani offshor hudud qilishga 
erishish. Bu holda atrofdagi qo‘shni davlatlardan qo‘shimcha valyuta resurslarini 
jalb etish imkoniyati tug‘iladi. 
5. Jalb qilingan valyuta mablag‘laridan foydalanish masalalari. 


197 
Hozirgi vaqtda vakolatli banklarning majburiyatlar ostida olingan va 
omonatlarga jalb qilingan valyuta mablag‘laridan foydalanish imkoniyatlari 
cheklangan bo‘lib, bu o‘z navbatida ushbu ish sohasidagi faollikning sustligida ham 
namoyon bo‘lmoqda. Birinchidan, investitsiya loyihalari uchun valyuta kreditlarini 
berish uchun ushbu loyihalarning eksportga yo‘naltirilganligi va valyutada o‘z-
o‘zini qoplashini ta’minoti lozim. SHu tufayli, ushbu shartlarga javob beradigan 
loyixalar soni ham kam miqdorni tashkil etadi. Ikkinchidan, jismoniy shaxslarga 
valyuta kreditlarini berilishi qariyb to‘xtatib qo‘yilgan. Ushbu omillarni hisobga 
olgan holda va valyuta kreditlari aylanishini oshirish maqsadida quyidagilar tavsiya 
etiladi: 
- vakolatli banklarning jismoniy shaxslarga tegishli garov ta’minoti ostida chet 
el valyutasida mikrokreditlar, shu jumladan naqd pulda berishlarini rivojlantirish va 
ushbu mexanizmni takomillashtirish lozim; 
- valyuta kreditlari bo‘yicha to‘lovni amalga oshiruvchi korxonalarning 
eksportdan olingan valyuta tushumini ushbu kreditlarga doir asosiy qarz va foiz 
to‘lovlari summasi miqdorida majburiy tarzdagi sotuvdan ozod etish va vakolatli 
banklarga chet el valyutasidagi lizing kreditlari berilishini tavsiya etish. 
6. Xorijiy valyutadagi qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish. 
Vakolatli banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va 
norezidentlari uchun chet el valyutasidagi qarz majburiyatlari (obligatsiyalar, turli 
xil imtiyozli aksiyalar, depozit sertifikatlari va veksellar)ni muomalaga chiqarilishi. 
6.
Xalqaro bozorlarda mablag‘larni jalb qilish.
7.
Hozirgi vaqtda, xalqaro bozorlarda qarz majburiyatlarini muomalaga 
chiqarish yo‘lidagi g‘ovlardan biri bu jahon bozorida respublikamiz tijorat 
banklari va umuman mamlakatimiz reytingini mavjud emasligidir. YUqorida 
qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, shuningdek xalqaro kapital 
bozorlaridagi salbiy an’analarni hisobga olsak vakolatli banklar tomonidan 
xalqaro qarz majburiyatlari bozorida muomalada bo‘ladigan qarz 
majburiyatlarini muomalaga chiqarish etarlicha istiqbolga ega emasligini 
ko‘rishimiz mumkin. 


198 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish