Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi


Mamlakat iqtisodiyotini inqirozdan chiqishida valyutani boshqarish



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

9.3. Mamlakat iqtisodiyotini inqirozdan chiqishida valyutani boshqarish 
siyosati 
Mamlakat 
iqtisodiyotining 
ma’lum 
jabhalarida 
yuzaga 
keluvchi 
nomutanosibliklar iqtisodiyotning notekis rivojlanishiga, unda inqirozlarning 
yuzaga kelishiga olib keladi. Bugungi kunning eng dolzarb muammosi - bu 2008 yil 
va 2014 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, 
yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat.
Ma’lumki, yirik rivojlangan mamlakatlarda uzoq yillardan buyon muttasil 
davlat byudjeti taqchilligi kuzatilgani va ularning salbiy tashqi savdo balansiga ega 
ekanligi, davlat tashqi qarzining miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan yuqori 
bo‘layotgani, rivojlangan mamlakatlarda qayta moliyalash stavkasining past 
darajada ushlab turilishi oqibatida jaxon kapital bozorida arzon kreditlarning 
vujudga kelishi, ipoteka kreditlari berish talablarining asossiz ravishda bo‘shashtirib 
yuborilganligi, moliyaviy institutlarning o‘z mablag‘lari va qarz majburiyatlari 
o‘rtasidagi nisbatning keskin buzilishi, jaxon iqtisodiyotida real va moliyaviy sektor 
o‘rtasidagi nisbatni keskin o‘zgarishi jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kelib 
chiqishiga sabab bo‘ldi.


191 
Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining miqyosi, ko‘lami va oqibatlari 
avvalambor, muayyan mamlakatning moliya-valyuta tizimining qay darajada 
rivojlanganligi, milliy kredit institutlarining kapitallashuvi va likvidliligi (to‘lov 
imkoniga ega ekanligi) xamda ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga 
qanchalik qaram ekanligiga, mamlakatning oltin-valyuta zaxirasining xajmi, xorijiy 
kreditlarni 
qaytarish 
qobiliyati, 
mamlakat 
iqtisodiyotining 
barqarorligi, 
diversifikatsiya va raqobatbardoshlilik darajasi kabi omillarga bog‘liqdir. 
Bunday omillar turli mamlakatlarda turlicha ta’sir ko‘rsatishi va inqirozga 
qarshi chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishda bular e’tiborga olinishi zarur. Ayni 
paytda inqirozdan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini engillashtirish jaxon 
xamjamiyati tomonidan qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qanchalik 
samaradorligiga, ularning o‘zaro uyg‘unligiga bog‘liqdir.
SHu bilan birga, Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi o‘z takliflarida, 
inqirozni bartaraf etishda va jaxon iqtisodiyotini retsessiyadan chiqishida, milliy 
valyuta tizimlarini tartibga solish siyosati muximligini ta’kidlaydilar. Valyuta 
kurslarining o‘zgarishi valyuta inqirozi davrida muhim o‘rin tutadi va doimiy 
ravishda kurslar o‘zgarishiga e’tibor berishi lozim. 
Fiksirlangan kurslarga nisbatan suzuvchi kurslar rejimining afzalligi va 
zarurligini, uchta iqtisodiy ko‘rsatkichga - pul massasi, narxlar va ishlab chiqarish 
quvvati hamda davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi roli va o‘rniga qarab asoslab 
berish mumkin. 
Taniqli iqtisodchi olim M.Fridmenning fikricha, bozorning o‘zi valyuta 
chayqovchiligi bilan bog‘liq ishlarini hukumatdan ko‘ra birmuncha yaxshiroq olib 
boradi. Neoklassik yo‘nalish tarafdorlari iqtisodiyotni valyuta kurslarini 
shakllantirish, bozor omillarini kuchaytirish va suzuvchi kurslarni xalqaro hisob-
kitoblarda avtomatik qo‘llashga o‘tish yo‘li bilan barqarorlashtirish mumkin deb 
hisoblashadi. Valyuta inqirozlarining oldini olishga yo‘naltirilgan bir necha 
nazariyalar mavjud. 
Valyuta kursi ma’lum belgi atrofida tebrangan hollarda odatda valyuta koridori 
kiritiladi. Valyuta koridori kiritilishining sababi shundaki, bozor ishtirokchilarini 


192 
valyuta risklaridan himoya qiladi va kurs tebranishi kurslarining qisqarishiga olib 
keladi. Valyuta kursining bu holati valyuta-rezervlari harakat kursining qarshiligi 
koridorning yuqori chegarasiga nisbati holatida sarflanadi va harakat qarshiligi quyi 
chegara nisbatida hosil qilinadi. 
Koridorni kiritganda o‘zgarmaydigan valyuta kursiga erishish yuqori 
chegaradan chiqib ketishi o‘rinsiz vosita bo‘lib, ular valyuta rezervlarining 
sarflinishiga olib keladi. Inqiroz holatida bu qulay usul bo‘lib, valyuta savdolarini 
o‘tkazadigan vaqtda o‘sish kursining limitini kiritilishiga olib keladi. 
Valyuta koridori kiritilgandan keyin rasmiy kurs tezda yuqori chegaraga etadi 
va buning natijasida talab-taklifdan o‘sishi valyuta koridori mustahkam valyuta 
kursiga aylanadi va muntazam ravishda quydagilar vujudga keladi: 
- qora valyuta bozorining vujudga kelishi; 
- milliy valyutaning real narxlar aniqlanishi mexanizmining natijasida bozor 
iqtisodiyotining asosiy prinsiplarining buzilishi va iqtisodiyotning yomonlashuvi; 
- investitsiyaning qisqarishi va chet el mamlakatlarining moliyaviy yordamiga 
muhtojlik yuzaga keladi. 
Valyuta koridorining yana bir salbiy tomoni bu tijorat banklari faoliyatining 
diskreminatsiyasi bo‘lib, valyuta koridori banklarga sharoit yaratish, valyutani 
savdoda boshlang‘ich kursda sotib olish va qo‘shimcha foyda olish maqsadida uni 
qimmatroq kursda qayta sotish usulidan foydalanishga olib keladi. Bunday holat 
ba’zida bank sohasida yaxshi raqobatning yomonlashishiga qolgan banklarning 
inqirozga uchrashishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zi davlatlarda 
krizis boshlanishida banklarga ochiq valyuta pozitsiyasiga ega bo‘lish taqiqlangan 
holatlari mavjud. Bu holat moliyaviy mustahkamlikni pasaytiradi va bunday 
kursning tushib ketishi banklar uchun valyuta riskini oshiradi. 
Ma’lum davlat doirasida valyuta-moliyaviy inqirozning vujudga kelish 
sabablari valyutani boshqarish siyosati, xususan, valyuta kursining rejimi va to‘lov 
balansini tuzishda etarli choralarning ko‘rinmaganligi, shuningdek, boshqa 
mamlakatlardagi valyuta inqirozining asoratlari natijasi hisoblanadi. 


193 
Asosli valyutalar nazariyasi valyutalarni asosli, qattiq va yumshoqlarga bo‘lish 
shart deb, bozor iqtisodiyoti sharoitida rezerv valyuta saqlash zaruratini tasdiqlaydi, 
hattoki, bu milliy manfaatlarga zid bo‘lsa ham belgilangan paritetlar asosida valyuta 
barqarorligi nazariyasi belgilangan paritet va kurslar rejimini tavsiya qiladi. Faqatgina 
to‘lov balansining sezilarli barqarorligida o‘zgarishlarga yo‘l qo‘yadi. Bu nazariya 
tarafdorlari iqtisodiy matematik modellarga tayangan holda, valyuta kursini 
o‘zgaruvchan kurslarga mos holda jahon bozorida narxlar o‘zgarishiga etarli javob 
bermasligini inobatga olgan holda to‘lov balansini muvozanatda saqlashning samarali 
vosita ekanligini e’tirof qiladilar. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish