Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi


 O‘zbekiston valyuta bozorini statistik o‘rganish



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

 
10.3. O‘zbekiston valyuta bozorini statistik o‘rganish
Jaxonda 
hamon 
kuzatilayotgan 
moliyaviy-iqtisodiy 
beqarorlik 
mamlakatimizda erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish modeli naqadar to‘g‘ri va puxta 
ekanini yana bir bor isbotlamoqda. 


209 
Avvalambor, iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo‘lishi, iqtisodiyotning 
siyosatdan ustunligida o‘z ifodasini topgan iqtisodiy siyosat, davlatning bosh 
isloxotchi vazifasini o‘z zimmasiga olishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli 
ijtimoiy siyosat olib borish, isloxotlarni bosqichma-bosqich va vazminlik bilan 
amalga oshirish kabi tamoyillar dunyoda avj olib borayotgan moliyaviy-iqtisodiy 
inqiroz sharoitida o‘zining xayotiyligini namoyon etdi (10.2-jadval).
YUqorida qayd etib o‘tilganidek, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
tamoyillarining to‘g‘ri tanlanganligi, jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining 
oqibatlarini oldini olish va yumshatish imkonini beradigan omillarning 
shakllantirilganligi ushbu inqirozning iqtisodiyotimizga ta’sirini kamaytirishda 
muxim omil bo‘lmoqda. 
10,3-jadval 
MDX mamlakatlarida YAIM, inflyasiya va joriy hisob balansi 
ko‘rsatkichi (yillik o‘zgarish, %) 
 
YAIM 
Inflyasiya 
Joriy hisob balansi 
2015 2016 2017 2018 2015 2016 2017 2018 2015 2016 2017 2018 
MDX 
mamlakatlari 
1,2 
4,2 
4,0 
1,5 
9,5 
9,8 
6,2 
7,1 
1,5 
1,7 
-4,0 
-2,3 
Rossiya 
0,5 
4,0 
1,3 
0,7 
9,9 
8,8 
7,4 
12,1 
1,4 
1,2 
1,6 
3,1 
Ukraina 
1,0 
5,0 
0,0 
-8,2 
10,0 
9,1 
10,2 
22,1 
1,4 
0,8 
-9,2 
-2,7 
Qozog‘iston 
1,5 
7,0 
6,0 
4,3 
8,7 
8,0 
5,8 
6,7 
1,1 
1,5 
-2,0 
-3,0 
Belarus 
7,6 
5,5 
0,9 
1,5 
6,0 
19,8 
10,1 
9,5 
-5,6 
-8,7 -10,2 -8,1 
Turkmaniston 
7,0 
10,1 
10,2 
10,3 
8,0 
9,1 
9,7 
9,5 
9,2 
8,7 
1,5 
0,8 
Ozarbayjon 
12,3 
5,0 
5,8 
2,8 
7,0 
7,8 
2,4 
1,4 
0,6 
-0,2 -1,2 
-0,5 
Armaniston
0,0 
2,6 
6,6 
5,1 
7,2 
2,6 
5,8 
3,0 
-1,5 
-2,8 
-1,7 
-2,0 
Gruziya
3,0 
3,2 
3,3 
4,7 
6,5 
6,3 
-0,5 
3,1 
-16,7 -15,7 -2,6 
-3,0 
Qirg‘iziston 
2,9 
-1,4 
10,9 
3,6 
19,2 
2,8 
6,6 
7,5 
-8,4 
-9,3 
-4,0 
-4,3 
Moldova
0,0 
7,0 
8,9 
2,0 
4,7 
7,9 
6,5 
7,1 
-16,6 -17,4 
5,0 
-4,5 
Tojikiston 
3,0 
6,5 
7.4 
6.4 
11,5 
9,8 
5,1 
6,1 
-8,3 
-9,2 
0,3 
0,3 
O‘zbekiston 
7,8 
6,2 
5,3 
5,6 
6,1 
7,3 
14,4 14,3 
6,8 
6,5 
2,2 
2,5 
Manba: “Global economic prospects” Xalqaro valyuta jamg‘armasi xisoboti 2019 y.


210 
SHu o‘rinda tijorat banklarining likvidliligi va kapitallashuv darajasini 
oshirishga qaratilgan siyosatning izchillik bilan amalga oshirilganligini aloxida 
ta’kidlash joiz. 2016-2018 yillarda Prezidentimizning tijorat banklarining 
kapitallashuv darajasini oshirishga qaratilgan qator farmon va qarorlari qabul 
qilindi. 
Tijorat banklarining ustav kapitali miqdorini oshirish maqsadida 800 mlrd. 
so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.
Puxta o‘ylangan pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi natijasida 
inflyasiyani prognoz ko‘rsatkichlari chegarasida saqlab qolishga erishilmoqda. 2018 
yilda Davlat byudjeti defitsiti yalpi ichki maxsulotga nisbatan 1,2 foizni tashkil qildi. 
Tashqi savdo tarkibida chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lindi. 
Mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar miqdorining 
barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. 2018 yilda iqtisodiyotimizga jalb etilgan 
xorijiy investitsiyalar 4 milliard AQSH dollardan ziyodni tashkil qildi. SHunisi 
axamiyatliki, xorijiy investitsiyalarning 75 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilingan 
xorijiy investitsiyalar xissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Joriy yilda mamlakatimizga 4 
milliard AQSH dollardan ortiq investitsiya jalb etish ko‘zda tutilgan. 
Mamlakatimiz tashqi qarzining mo‘tadil darajasini ta’minlashga muvaffaq 
bo‘lindi. Mamlakatimizda jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlarini oldini 
olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga 
oshirish boshlab yuborildi. Joriy yilning o‘tgan davri yakunlari bu dastur ijrosi 
o‘zining dastlabki, ishonchli natijalarini berayotganini ko‘rsatmoqda. 
Mazkur dasturda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
jixatdan qayta jixozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan yuqori 
texnologiyalarni keng joriy etish, joriy kon’yunktura keskin yomonlashib 
borayotgan xozirgi sharoitda maxsulot eksport qiladigan korxonalarning tashqi 
bozordagi raqobatdoshligini oshirish, korxonalarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish 
uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo‘lmagan 
stavkalarda 12 oygacha bo‘lgan muddatga imtiyozli kreditlar berish, tayyor 


211 
maxsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil 
etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to‘lovlardan (qo‘shimcha 
qiymat solig‘i bundan mustasno) ozod qilish muddatini uzaytirish, banklar kreditlari 
bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan va joriy qarzlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish va 
boshqa muxim imtiyozlar berishga doir vazifalarning xal etilishi ko‘zda tutilgan. 
SHu o‘rinda mamlakatimizda mehnatni rag‘batlantirish, ish haqini ko‘paytirish 
va aholi daromadlari o‘sishini ta’minlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirish 
bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar haqida alohida aytib o‘tish kerak. 2017 yil bilan 
taqqoslaganda, real daromad aholi jon boshiga 110,2 % ko‘paydi. Hisob-kitoblarga 
ko‘ra, o‘rtacha ish haqi 23,2 foizga oshdi. 
Tashqi bozorda kon’yunkturaning yomonlashuviga qaramasdan, 2018 yilda 
tashqi savdo aylanmasi hajmini saqlab qolishga erishildi. Eksport qilinayotgan 
mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning natijasida xom ashyo 
bo‘lmagan tayyor tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Lekin 
tashqi savdo aylanmasidagi salbiy saldo 3,2 mlrd. dollardan oshdi. Bu esa to‘lov 
balansi ishonchliligi va iqtisodiyotimiz barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Keyingi 
yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmog‘ining 
barqaror o‘sish tendensiyasi va xom ashyo etkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari 
ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2018 yilda umumiy 
eksport hajmida xom ashyo bo‘lmagan tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni 
tashkil etdi. Ayni vaqtda O‘zbekiston uchun an’anaviy eksport xom ashyosi bo‘lgan 
paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20 foizdan 2018 yilda 10-12 foizga 
tushdi.
Ta’kidlash kerakki, tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi, avvalo, 
rivojlanib borayotgan Osiyo qit’asi bozorlari bilan savdo aylanmasining o‘sishi 
hisobiga sifat jihatidan o‘zgarmoqda.
Bu ko‘rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo‘shimcha 
qiymatga ega bo‘lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, 
birinchi 
navbatda, 
iqtisodiyotimizning 
o‘sib borayotgan salohiyati va 


212 
imkoniyatlaridan dalolat beradi. SHu bilan birga, bunday holat eksportimizning xom 
ashyo resurslari narxi tez-tez o‘zgarib turadigan jahon bozori ta’siriga bog‘liqligini 
kamaytirishda muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasini mutassil oshirib borishda 
respublikamiz Markaziy bankining valyuta siyosati ham muhim ahamiyatga ega 
(10.4-jadval).

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish