AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI BOSHQARISH HUQUQINI
BERUVCHI HAYDOVCHILIK GUVOHNOMALARINI OLISH UCHUN
IMTIHONLARNI O‘TKAZISH SOHASIGA XUSUSIY SEKTORNI JALB ETISHGA
DOIR QO‘SHIMCHA CHORA
-
TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga
solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida” 2020
-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son
qaroriga
muvofiq,
shuningdek, yo‘l harakati sohasida davlat tomonidan ko‘rsatiladigan
xizmatlarga xususiy sektorni kengroq jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi
qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga
solinadigan sohalarga xususiy sektorni jal
b etish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida” 2020
-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son
qaroriga
muvofiq,
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari
haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega
tadbirkorlik subyektlariga (keyingi o‘rinlarda —
tadbirkorlik subyektlari) barcha
toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari)
boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun
nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqi berilganligi ma’lumot uchun
qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2021
-yil 1-iyundan
boshlab:
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari xizmat ko‘rsatish
hududlarida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi o‘rinlarda —
DYHXX) nazariy va
amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini tadbirkorlik
subyektlarining tegishli litsenziyasi amal qilish sanasidan e’tiboran to‘xtatsin;
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkor
lik subyektlari hamda davlat
xizmatlari markazlari bilan o‘zaro axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilishini tashkil
etish choralarini ko‘rsin;
tadbirkorlik subyektlarida haydovchilik guvohnomasini olish uchun
o‘tkaziladigan nazariy va amaliy imtihonlar jarayon
i ustidan DYHXX vakilining
bevosita yoki onlayn nazoratini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Sog‘liqni saqlash
vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi
avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimini yaratish bo‘yicha texnik
topshiriqni ishlab chiqsin:
DYHXXga tegishli barcha axborot tizimlarini mazkur Yagona axborot
tizimiga integratsiya qilish;
o‘quv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlar to‘g‘risida ma’lumotlar
bazasini shakllantirish;
o‘quv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish
orqali ularning kundalik ta’lim jar
ayonidagi ishtirokini (davomatini) nazorat
qilish;
yakuniy imtihonlarni nazorat qilish orqali ta’lim sifatini
baholash;
imtihon natijalari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish,
ularning tahlillariga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’l
im sifatini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tuziladigan o‘quv muassasalari reytingini
yuritish va e’lon qilish;
Yagona axborot tizimini Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlar
bazasi bilan integratsiya qilgan holda haydovchi va haydovchilikka
nomzodlarning avtomototransport vositasini boshqarishga yaroqliligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda olish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga
muvofiq ayrim
qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va
idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ
-huquqiy hujjatlarni bir oy
muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning b
ajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi
ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.