O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 4-may,
272-son
Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 4-maydagi 272-son
qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qarori bilan
tasdiqlangan Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni
litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizomning 2
-bandi
ikkinchi xatboshisi
quyidagi
tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu Nizom yuridik shaxslarning avtomototransport vositalari va
shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini
boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun
nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha
faoliyatni litsenziyalashga tatbiq etilmaydi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “
Avtomototransport vositalari va shahar
elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda
ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish
faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 2018
-yil 31-maydagi 408-son
qarorida
:
a) qarorning
nomlanishi
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari
haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash
tartibini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”;
b)
1-band
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Quyidagilar:
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari
haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash
tartibi to‘g‘risidagi nizom 1
-ilovaga muvofiq;
Davlat ta’lim
muassasalari hamda avtomototransport vositalari va
shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish
faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik
shaxslarning o‘quv guruhlarini
ro‘yxatga olish, shuningdek, imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik
guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2
-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
tadbirkorlik subyektlari
—
yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish tartibi
to‘g‘risidagi nizom 2
1
-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari
haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
tartibi to‘g‘risidagi nizom 3
-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari
haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablari
4-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari
haydovchilarining malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari 5
-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin”;
v)
1-ilovada
:
Nizomning
nomlanishi
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari
haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoli
yatini litsenziyalash
tartibi to‘g‘risidagi nizom”;
1-band
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur Nizom avtomototransport vositalari va shahar elektr
transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish
huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni
o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsati
sh faoliyatini litsenziyalash
tartibini belgilaydi”;
2-band
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti
vositalari
haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi
haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha
nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘r
satish faoliyatini tashkil etish uchun yuridik
shaxslarga litsenziya berish, litsenziya amal qilishini to‘xtatib turish yoki
to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim si
fatini nazorat qilish davlat
inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi”;
3-bandga
“malakasini
oshirish”
so‘zlaridan
keyin
“hamda
avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik
guvohnomasini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish” so‘zlari qo‘shilsin;
4-bandda
:
birinchi xatboshiga
“malakasini oshirish” so‘zlaridan keyin “hamda
avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik
guvohnomasini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi
sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin:
“o‘quv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish
orqali, ularning kundalik ta’lim jarayonidagi ishtirokini nazorat qilish hamda
yakuniy imtihonlarni nazorat qilib, ta’lim sifatini baholab borish tiziml
arining
mavjudligi hamda ushbu tizimlarning Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
(keyingi o‘rinlarda —
DYHXX) bilan integratsiya qilinganligi”;
quyidagi mazmundagi 6
1
-
band qo‘shilsin:
“6
1
. Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari —
yuridik
shaxslarga qo‘yiladigan maxsus litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar
kiradi:
haydovchilikka nomzodlarn
i imtihondan o‘tkazish bo‘yicha davlat
xizmatini ko‘rsatish uchun elektron buyurtma (murojaat)larni qabul qilish
tizimining mavjudligi;
haydovchilikka nomzodlarning elektron ro‘yxatini shakllantirish,
imtihonlarni o‘tkazish muddatlarini belgilash va
haydovchilikka nomzodlarni
hamda DYHXX mas’ul xodimini oldindan xabardor qilish tizimining
shakllantirilganligi;
haydovchilikka nomzodlarni nazariy imtihondan o‘tkazish uchun o‘quv
dasturini qamrab olgan elektron (animatsion) test savollari to‘plamining
shakllantirilganligi;
nazariy imtihonlarni o‘tkazish uchun kamida 72 m
2
bo‘lgan, alohida
kabinalarga ajratilgan (operator va nomzodlar maxsus oyna bilan ajratilgan)
shuningdek, texnik vositalar (kameralar) bilan maxsus jihozlangan zal (xonalar),
avtomototran
sport vositalarining toifa(lar) yo‘nalishi bo‘yicha amaliy
imtihonlarni o‘tkazish uchun kamida 10000 m
2
yer maydoniga ega bo‘lgan,
avtomatlashtirilgan avtodrom va maxsus jihozlangan avtomototransport
vositalarining mavjudligi, ularning mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan
talablarga muvofiqligi;
haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish, ulardan nazariy va
amaliy imtihonlarni inson omilisiz, avtomatlashtirilgan holda qabul qilish,
natijalarini baholash, elektron bayonnomalarni shakllantirish va uzatish
tizimlarining mavjudligi;
imtihonlarni o‘tkazish tizimlari unumdorligining xizmat ko‘rsatish
hududi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri)da imtihon
topshiruvchilar soniga muvofiqligi;
imtihonlar jarayonini vakolatli davlat organlari tomonidan onlayn
rejimida nazorat qilish hamda jamoatchilik e’tiboriga videotranslatsiya qilish
imkoniyatining mavjudligi;
nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga
haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan
maxsus
himoyalangan sertifikatlarni shakllantirish, sertifikatlar rekvizitlarini davlat
xizmatlari markazi hamda ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan holda
taqdim etish imkoniyatining mavjudligi;
o‘tkazilgan imtihon natijalari bo‘yicha elektron ma’
lumotlar bazasini
shakllantirish, ularning tahlillariga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim
sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tuziladigan o‘quv
muassasalari reytingini yuritish va e’lon qilish mexanizmining yaratilganligi;
mazkur bandda nazarda tutilgan barcha jarayonlarning DYHXX yagona
boshqaruv markaziga integratsiya qilinishi, boshqarilishi va nazorat qilinishi;
tadbirkorlik subyektlari
—
yuridik shaxslar tomonidan imtihonlarni
o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish
ga doir tartib-taomillar
(murojaatlarni qabul qilish, qayd etish, ko‘rib chiqish, imtihonlarni tashkil etish,
o‘tkazish, baholash mezonlari, axborot almashinuvi, ish yuritish va boshqa
ma’muriy tartib
-taomillar) DYHXX bilan 15 ish kuni mobaynida kelishilgan
holda tasdiqlanganligi (DYHXX kelishish jarayonida avvalgi rad etish
sabablaridan boshqa sabablarni vaj qilishi taqiqlanadi)”;
7-bandga
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi —
o‘n birinchi xatboshilar
qo‘shilsin:
“haydovchilikka nomzodlarni nazariy imtihondan o‘tkazish uchun o‘quv
dasturini qamrab olgan elektron (animatsion) test savollari to‘plamining
mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan yuridik shaxsga tegishliligi haqidagi
hujjat (avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari —
yuridik
shaxslar uchun);
nazariy imtihonlarni
o‘tkazish uchun texnik va texnologik vositalar bilan
maxsus jihozlangan zal (xonalar), avtomototransport vositalarining barcha
toifalari bo‘yicha amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun avtomatlashtirilgan
avtodrom va maxsus jihozlangan avtomototransport vositalarining mulkiy yoki
boshqa ashyoviy huquq bilan yuridik shaxsga tegishliligi haqidagi hujjat
(avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik
guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyati
bilan shug
‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari —
yuridik shaxslar uchun);
avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
o‘tkazishda foydalaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlarning
qonunchilik
hujjatlari talablariga muvofiqligi to‘g‘risida vakolatli organning ekspertiza
xulosasi nusxasi (avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari —
yuridik
shaxslar uchun)”;
to‘qqizinchi xatboshi
tegishlicha o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
10-banddagi
“ilovadagi” so‘zi “1
-
ilovadagi” so‘zi bilan almashtirilsin;
21-bandning
ikkinchi xatboshisi
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“DYHXX avtomototransport vositalari va shahar elektr transport
vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish tizimida davriy ravishda o‘quv hamda nazariy va amaliy imtihonlar
jarayonining monitoringini olib boradi hamda aniqlangan kamchiliklar
yuzasidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat
inspeksiyasiga taqdimnoma kiritadi”;
23-band
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari
haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
o‘tkazish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash uchun qo‘shimcha
litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishini rejali
tekshirish DYHXXning vakolatli vakili ishtirokida amalga oshiriladi”;
27-bandning
oltinchi xatboshisidan
“amal qilish muddatini uzaytirish,”
so‘zlari chiqarib tashlansin;
29-band
quyidagi tahririda bayon qilinsin:
“29. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari
haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatini ko‘rsatish faoliyatini amalga
oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun bazaviy hisoblash
miqdorining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Litsenziya olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan davlat
bojining 90 foizi undiriladi.”;
ilovada
:
ilova belgisi
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari
haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash
tartibi to‘g‘r
isidagi nizomga 1-
ilova”;
nomlanishi
quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari
haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish fa
oliyatini litsenziyalash
sxemasi”;
sxemaning
rus tilidagi matnida 1-bosqichni amalga oshirish mexanizmi
matnidagi “v sfere podgotovki, perepodgotovki i povisheniya kvalifi
katsii
voditeley avtomototransportnix sredstv i sredstv gorodskogo elektricheskogo
transporta” so‘zlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 2-
ilova qo‘shilsin:
“Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti
vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport
vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik
guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish
faoliyat
ini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |