98
banki, Osiyo taraqqiyot banki, Amerikaaro rivojlanish banki, Afrika rivojlanish
banki, Islom taraqqiyot banklarini kiritishimiz mumkin.
Mintaqaviy rivojlanish
banklarini tuzishga XIX asr orxiridan boshlab harakat qilingan. Xususan, ularni
tashkil etilgan sanalarini quyidagi ko‘rishimiz mumkin.
1.
Osiyo taraqqiyot banki – tashkil etish g‘oyasi 1957-yil, Nizomi 1966-yil
dekabrda tasdiqlangan.
2.
Amerikaaro Rivojlanish banki – tashkil etish g‘oyasi 1889-yil, Nizomi 1959-
yil dekabrda tasdiqlangan.
3.
Afrika rivojlanish banki – 1960-yil, Nizomi 1963-yilda tasdiqlangan.
4.
Evropa taraqqiyot va tiklanish banki – tashkil etish g‘oyasi 1989-yil oktyabr,
Nizomi 1990-yil 9-aprelda tasdiqlangan.
Endi biz, O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan mintaqaviy
rivojlanish banklari, xususan Osiyo taraqqiyot banki,
Islom taraqqiyot banki
faoliyati bilan tanishib chiqamiz.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) - 1966 yilda tashkil topgan va unga bugungi
kunda 67 ta davlat a’zo bo‘lib, shundan 48 tasi Osiyo, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi
mamlakatlari, shuningdek, 19 tasi Evropa va Amerikaning sanoati rivojlangan davlat
hisoblanadi.
OTBning maqsadi Osiyo qitasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarga iqtisodiy
rivojlanishda ko‘maklashishi, hududiy hamkorlikni rag‘batlantirish, a’zo-
mamlakatlarga texnik yordam ko‘rsatish va ularning iqtisodiy siyosatini
muvofiqlashtirishdan iborat.
OTB
transport va kommunikatsii, energetik loyihalar, qishloq xo‘jaligi va
tabiiy resurslar, moliya, ijtimoiy infratuzilma sohalarini moliyalashtiradi.
OTBga a’zolik BMTning Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy
masalalar bo‘iicha komissiyasidagi barcha mamlakatlar va Osiyo mintaqasidagi
boshqa mamlakatlari (agar ular BMT yoki uning ixtisoslashgan agentliklariga a’zo
bo‘lsalar) uchun ochiq. A’zolikda mavjud bunday keng imkoniyatlar OTBda Osiyo
mintaqasidan tashqari mamlakatlar ulushining ortishiga olib keldi,
ularga bank
aktsiyalarining qariyb 37 foizi va ovozlarining 35 foizi to‘g‘ri keladi.
99
Yaponiya, AQSh, Xindiston, Avstraliya, Janubiy Koreya OTBning yirik
aktsiyadorlari (aktsiyalar paketi 5 foizdan ko‘p bo‘lgan) hisoblanadi. Xitoy,
Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Bangladesh kabi mamlakatlar asosiy qarz oluvchi
mamlakatlar sanaladi.
47
OTBda Osiyo rivojlanish fondi (20,5 mlrd. doll.)
va Maxsus texnik yordam
fondi (721,7 mln. doll.) mavjud
48
. 1988 yilda Bank va Yaponiya hukumati o‘rtasida
texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha Yaponiya maxsus fondi tashkil etildi.
OTB faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
investitsiya loyihalarini moliyalashda uzoq muddatli va imtiyozli shartlar
bilan 40 yilgacha bo‘lgan kreditlarni yiliga 1 foizdan berish; tijorat kreditlarini 3
yillik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha berish;
rivojlanayotgan a’zo mamlakatlarga ularning iqtisodiy rivojlanish rejalarini
muvofiqlashtirish, shuningdek, moliyalashga tayyorlash va loyihalarni hamda
rivojlanish dasturini amalga oshirishga yordam berish;
xalqaro
moliyaviy institutlar, milliy davlat va xususiy tashkilotlar bilan
investitsiyalarni birgalikda amalga oshirishga taalluqli masalalarda hamkorlik
qilish;
mintaqada iqtisodiy o‘sish va hamkorlikni rag‘batlantirish uchun zarur
ekspert xizmati va maslahatlarining turli shakllarini tashkil etish.
OTB rivojlanayotgan mamlakatlarga quyidagi
fondlar hisobidan kreditlar
beradi:
oddiy fond hisobidan tijorat shartlari asosida 25 yil muddatga (barcha
kreditlarning qariyb 2/3 qismi);
Osiyo rivojlanish maxsus fondi hisobidan imtiyozli 1-3% stavkalar
bo‘yicha kambag‘al mamlakatlarga 40 yilgacha muddatga.
47
A.V.Vaxabov, Sh.X.Xajibakiev, Sh.I.Raxmanov, X.A.Usmanova. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
munosabatlar. O‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisod-Moliya, 2014. 372-b.
48
http://www.adb.org/about/members.asp
100
Boshqa rivojlanish banklari kabi OTBda ham kreditlashda balansni ta’minlash
maqsadida davlat sektoriga berilgan kreditlar jami loyihalarining 20 foizidan
oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: