Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi


-jadval  Xalqaro moliya korporatsiyasining operatsion faoliyatining asosiy



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

5.3-jadval 
Xalqaro moliya korporatsiyasining operatsion faoliyatining asosiy 
ko‘rsatkichlari, mln. AQSh doll. 
Yangi investitsion 
majburiyatlar 
Yillar 
2014y. 
2015y. 
2016y. 2017y. 
2018y. 
Loyihalar soni 
528 
518 
576 
612 
599 
Mamlakatlar soni 
103 
102 
103 
113 
98 
XMKning o‘z mablag‘lari 
hisobidan moliyalashtirish 
12664 
12186 
15462 
18349 
17261 
Manba: Big challenges, big solutions. IFC Annual Report 2018. Washington, 
2018 P. 25.
Xususan, XMK bozor holatiga yaqin shartlar bo‘yicha 12 yilga imtiyozli davr 
bilan 3 yildan 15 yilgacha qarz beradi. qariyb 80% passivlarini moliya bozoridan 
jalb qiladi, qolgan 20% esa XTTBdan qarzga olinadi. Odatda XMK boshqa 
investorlar ishtirokida loyihalarni moliyalashtiradi. Uning ulushi 25-35%ni tashkil 
qiladi. Birgalikda moliyalashtirish XMKning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, u qarz 
berishdan tashqari xususiy korxonalar kapitaliga ham pul qo‘yishni amalga 
oshirishda ham namoyon bo‘ladi.
52
XMKning xususiyati shundaki, uning mablag‘laridan investitsiya olish uchun 
korxona va tashkilotlarga kredit berilganda, JTTB va XRA talab qilgandek a’zo 
mamlakatlarga hukumat kafolatlari talab qilinmaydi. Bu xususiy kompaniyalar 
uchun ular faoliyati ustidan davlat nazoratidan saqlaydi, va rivojlanayotgan 
mamlakatlar iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish manfaatlariga xizmat qiladi. 
XMK kompaniyalarga risklarni boshqarishga va jahon kapital bozoriga 
chiqishning kengroq imkoniyatiga ega bo‘lishga yordam beruvchi yangi moliyaviy 
instrumentlarni ishlab chiqishni davom ettirmoqda. Ushbu moliyaviy mahsulotlar 
jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: XMK o‘z mablag‘laridan zayomlar; 
52
A.V.Vaxabov, Sh.X.Xajibakiev, Sh.I.Raxmanov, X.A.Usmanova. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar. O‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisod-Moliya, 2014. 372-b. 


104 
sindikatlashgan zayomlar; hissali moliyalashtirish; qarz instrumentlari va 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondlari; tuzilmaviy moliyalashtirish; vositachilar 
orqali moliyalashtirish; risklarni boshqarish bo‘yicha mahsulotlar; milliy valyutada 
moliyalashtirish; savdoni moliyalashtirish; ekspert baholash va boshqalar.
XMKga a’zolikka kirishda quyidagi shartlarga amal qilinadi: XTTB a’zoligi; 
XMK kelishuv moddasini imzolash. 
XMK turli xil tarmoqlardagi loyihalarni moliyalashtiradi, ularga, qishloq 
xo‘jaligi, tog‘ sanoati, ishlab chiqarish, turizm va boshqalarni kiritish mumkin. 
Ammo birinchi navbatdagi yo‘nalish, xususiy sektor bo‘lib hisoblanadi. XMK 
faoliyatining to‘rtta asosiy yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mumkin: xususiy sektor 
loyihalarini moliyalashtirish; rivojlanayotgan mamlakatlardagi tashkilotlarga 
xalqaro moliya bozorlaridan kapital jalb qilishda yordamlashish; ta’lim, sog‘liqni 
saqlash va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan xususiy investitsiyalar 
yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, innovatsion moliyaviy 
mahsulotlardan foydalanish va salohiyatni oshirish orqali ichki moliya bozorlarini 
rivojlantirish; xukumatlarga maslahat va texnik yordam ko‘rsatish. 
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA). 
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi 
(XRA) – Jahon banki guruhiga kiruvchi xalqaro tashkilot bo‘lib, u 1960 yilda tashkil 
etilgan. XRA Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq, uning maqsadi 
iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, samaradorlikni oshirish va shuning asosida, 
sust rivojlangan a’zo mamlakatlarda aholi turmush tarzini oshirish, shuningdek, 
ana’naviy kreditlarga nisbatan og‘ir bo‘lmagan qulay shartlarda moliyaviy ko‘mak 
berish hisoblanadi. 
Mamlakatlarga rivojlanish jarayonida yordam ko‘rsatish maqsadiga ega 
bo‘lgan XRA strategiyasining asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 
makroiqtisodiy va tarmoq siyosatining puxta o‘ylangan chora-tadbirlarini qabul 
qilish 
orqali 
iqtisodiy 
o‘sishni 
jadallashtirish; 
ijtimoiy 
sohalarning 
mustahkamlanishi va rivojlanishini qa’tiy qo‘llab-quvvatlash orqali inson kapitaliga 
investitsiyalash; boshqaruv samaradorligini oshirish uchun tashkiliy-texnik 
imkoniyatlarni kengaytirish; barqaror rivojlanish maqsadlarida atrof-muhitni 


105 
saqlash; qurolli to‘qnashuvlar oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish; 
mintaqaviy integratsiya va savdoni qo‘llab-quvvatlash. 
XRA nol va past foizli kreditlar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga 
qaratilgan grantlar ajratish orqali qashshoqlikni qisqartirish, ijtimoiy tengsizlikni 
kamaytirish va aholi turmush tarzini oshirishni ko‘zda tutadi.
XRAdan qarz olish huquqiga yalpi milliy mahsuloti aholi jon boshiga 
$1175dan kam bo‘lgan mamlakatlar ega bo‘lishadi (2017-yil). 
XRA mamlakatlarga 5-10 yil imtiyozli davrli 25-40 yilga nol va past foizli 
kreditlar beradi. XRA kreditlarining qaytarish muddatlari 20, 35 va 40 yilni tashkil 
etadi. 
XRA 82 ta qashshoq mamlakatga yordam ko‘rsatuvchi yirik tashkilot bo‘lib, 
shundan 40 tasi Afrikada joylashgan. Xozirgacha kuniga tashkilot 2 dollardan 
kamroq daromad topadigan 2,5 mlrd.dan ortiq kishining turmush darajasini 
o‘zgartirishga erishgan. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish