Nazorat uchun savollar:
1.
Banklarning qaysi xalqaro moliya institutlari bilan xamkorlikni amalga
oshiradi?
2.
Jahon mintaqalari rivojlanishida xalqaro moliya-kredit tashkilotlarining
tutgan o’rni va ahamiyati qanday?
3.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishishida banklarning rolini aniqlab
bering?
4.
Banklarning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligini
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari qaysilar?
120
6-BOB. BANKLARDA QIMMATLI QOG‘OZLAR OPERATSIYALARI
STATISTIKASI
6.1 Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq aktiv va
passiv operatsiyalarini statistik o‘rganish
Pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanishda asosiy e’tibor bank
tizimida ortiqcha likvidlikni shakllantiruvchi va inflyasion bosimning oshishiga olib
kelishi mumkin bo‘lgan omillarga qaratildi.
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi
pul bozoridagi foiz stavkalarini
boshqarish hamda iqtisodiy o‘sish jarayonlarini rag‘batlantirish maqsadlariga
yo‘naltirildi.
Umuman olganda, pul-kredit sohasida amalga oshirilgan ushbu tadbirlar pul
massasining prognoz ko‘rsatkichlaridan past bo‘lishini ta’minlash va inflyasiya
darajasiga monetar omillar ta’sirining oldini olish imkonini berdi.
Jumladan, 2015 yil 1 yanvaridan qayta moliyalash stavkasining 1 foizli
bandga pasaytirilishi hamda iqtisodiyotdagi inflyasion kutilmalarning pasayib
borishi kabi omillar ta’sirida 2015 yilda jami depozitlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan
foiz stavkasi yil boshidagi 7,7 foizdan 6,7 foizgacha pasaydi.
O‘z navbatida, depozitlar va banklararo pul bozorida foiz stavkalarining
pasayishi tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratilayotgan
kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining pasayishiga xizmat qildi. Xususan, 2015 yilda
tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi yillik hisobda
10,5 foizdan 9,5 foizgacha pasaydi.
2015 yilda valyuta siyosati milliy valyuta almashuv kursi keskin tebranishlari
oldini
olishga,
inflyasion
jarayonlarni
jilovlashga
hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning ichki va tashqi bozorlardagi
raqobatbardoshligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.
Bunda valyuta bozorini samarali tartibga solish maqsadida valyuta kursining
o‘zgarib boruvchi boshqariladigan strategiyasini qo‘llash orqali so‘mning AQSH
dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko‘rildi.
121
Natijada 2015 yil davomida so‘mning AQSH dollariga nisbatan ayirboshlash
kursi 16 foizga pasayib, 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, bir AQSH dollari 2810
so‘mni tashkil qildi.
Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining asosiy qismi AQSH dollarida
amalga oshirilishini inobatga olib, so‘mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan
almashuv kurslarini belgilashda operatsion mo‘ljal sifatida so‘mning AQSH
dollariga nisbatan almashuv kursidan foydalanildi.
SHunga muvofiq, so‘mning AQSH dollaridan boshqa xorijiy valyutalarga
nisbatan almashuv kurslari ushbu valyutalarning tashqi valyuta bozorlaridagi AQSH
dollariga nisbatan kurslari dinamikasi va ichki valyuta bozorida so‘mning AQSH
dollariga nisbatan almashuv kursi ta’siri ostida shakllandi.
Mazkur davrda so‘mning Buyuk Britaniya funt sterlingiga nisbatan almashuv
kursi 11 foizga, evroga nisbatan 2,8 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 15,8 foizga,
YAponiya ienasiga nisbatan 17 foizga va Janubiy Koreya voniga nisbatan 8,7 foizga
pasaydi.
Bundan tashkari, berilgan kursatkichlar aksioner jamiyatlari aksionerini
inobatga olmagan xolda xisoblangan. Mavjud tendensiya respublika korxonalari
tomonidan xorijiy sarmoyalarni jalb etish maksadida qimmatli qog‘ozlar bozoridan
keng foydalanilayotganidan dalolat beradi.
2016 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish
tizimlaridan foydalanuvchilar soni 1 061 mingtani, shundan «Internet-banking» va
«Bank-mijoz» dasturiy majmuasi xizmatlaridan foydalanuvchilar 81,5 mingtani,
«Mobil-banking» va «SMS-banking» xizmatlaridan foydalanuvchilar 979,5
mingtani tashkil etib, ularning soni 2014 yilga nisbatan qariyb 2 barobarga ko‘paydi.
Bank plastik kartalari muomalasini kengaytirish va takomillashtirish bo‘yicha
amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida so‘nggi 5 yil davomida muomalaga
chiqarilgan bank plastik kartalari soni 2 barobardan ziyodga oshdi va 2016 yil 1
yanvar holatiga ularning umumiy soni 16,3 mln. donadan ortiqni tashkil etdi (2.2.4-
diagramma).
122
2015 yilda bank ustav kapitalini oshirish maqsadida aksiyadorlik-tijorat
banklari tomonidan jami 553,6 mlrd. so‘mlik aksiyalar investorlar o‘rtasida
joylashtirildi va ularning 319,6 mlrd. so‘mlik qismi nodavlat sektori hissasiga to‘g‘ri
keldi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga
asosan «O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan 157 mlrd. so‘mlik, Xalq banki
tomonidan 54 mlrd. so‘mlik aksiyalar chiqarilib, investorlar orasida joylashtirildi.
SHuningdek, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ustav kapitali – 35 mlrd.
so‘mga, «Agrobank»niki – 50 mlrd. so‘mga, «Mikrokreditbank»niki – 25 mlrd.
so‘mga va «Qishloq qurilish bank»niki – 25 mlrd. so‘mga oshirildi.
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha amalga
oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar natijasida bank tizimining umumiy kapitali
so‘nggi 5 yil davomida 2,4 martaga o‘sdi.
Aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning banklardagi depozitlari hajmining
o‘sishini rag‘batlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar, jumladan, doimiy
ravishda jozibador omonat turlarini taklif qilish, o‘zoq muddatli bank depozit
sertifikatlarini va obligatsiyalarini muomalaga chiqarish hamda bu borada joriy
etilgan imtiyozlar va qulay shart-sharoitlarni ommaviy axborot vositalarida keng
yoritish o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
2016 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan muomalaga
chiqarilgan va joylashtirilgan depozit va jamg‘arma sertifikatlari 703,4 mlrd. so‘mni
hamda obligatsiyalar 247,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Umuman olganda, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida jalb qilingan
depozitlarning umumiy hajmi 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 35,6 trln. so‘mni
tashkil etib, 2015 yil boshiga nisbatan 28,0 foizga oshdi.
Qimmatli qog‘ozlarga egalik xuquqini soddalashtirish maksadida, Markaziy
depozitariy bazasida ayni vaktda, markaziy ruyxatlovchini rivojlantirish takliflari
kurilmokda. SHuningdek aloxida faoliyat turlarini birlashtirib olib borishga oid
cheklovlar bekor qilinmokda, bu investorlarga fond bozorida «bir oyna orkali»
tamoyili asosida xizmat qilishga yordam beradi.
123
Natijada barcha kursatilgan chora-tadbirlar fond bozori faoliyati tizimini
tuldirish va rivojlantirishga yunaltirilgan, bu esa xujalik sub’ektlarinig fond bozori
orkali investitsiya jalb etishlarini engillashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |