115
1. Onkologiya xizmatlarini
rivojlantirish
Bo‘lib bo‘lib
to‘lash sharti
bilan sotish
(Instalment Sale)
71,55
25,51
37,04
2. Xorazmdagi “Tashaka”
irrigatsiya tizimidagi
asosiy suv xo‘jaligi
kanallarini
rekonstruktsiyalash
“Istisna’a”
Jidda
deklaratsiyasi
119,57
56,48
90,37
3. O‘zbekistondagi
gidroenergetika
stantsiyalarini
modernizatsiyalash
Lizing
184,00
67,00
100,00
4. O‘zbekiston
“UZINFOINVEST”
korxonasiga texnik
yordam granti
texnik yordam
granti
0,42
0,20
0,30
Manba: Cumulative IDB Group Operations by Major Modes of Financing
(1398H - 1437H) (1 January 1976 - 3 November 2018). Islamic Development Bank,
Annual Report: 1437H (2017); Sha’ban 1437H (June 2018). Jeddah. Kingdom of
Saudi Arabia. xvii/85 p.
O‘zaro aloqalar muttasil rivojlanib borayotganini e’tirof
etgan holda,
hamkorlikni bundan ham kengaytirish imkoniyatlari mavjudligini ta’kidlash lozim.
Birinchi navbatda, ITB O‘zbekiston uchun o‘ta muhim bo‘lgan iqtisodiyotni tarkibiy
o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish dasturlarini amalga oshirishda bizning asosiy
hamkorimiz bo‘lishi mumkin. Bu dasturlar eksport tarkibida yuqori texnologik,
yuksak sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar ulushini oshirishni hisobga olgan holda
boy tabiiy resurslarni, mineral, uglevodorod va qishloq xo‘jaligi xom-ashyolarini
chuqur qayta ishlashga yo‘naltirilgan.
Ushbu dasturlardagi loyihalar, asosan,
iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlari, jumladan, tog‘-kon,
neft-gaz, kimyo va
to‘qimachilik sanoatini modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik qayta
jihozlashga tegishlidir.
Shuni eslatib o‘tish lozimki, mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi
muhim o‘ringa ega hisoblanib, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 90% dan ortig‘i
sug‘oriladigan yerlarda yetishtiriladi. Shu bilan birga, mintaqamizda suv resurslari
taqchilligi tobora ortib bormoqda. Shuning uchun ushbu sohaga suvni tejaydigan
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, irrigatsiya tizimini yaxshilash, sho‘rlangan
116
yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash bo‘yicha yirik hajmdagi ishlarni
amalga oshirish zarur ishlardan biridir. Bu jarayonda ITB
bilan hamkorlik istiqbolli
yo‘nalishlardan bo‘lishi mumkin.
ITB Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini
kengaytirishda quyidagi to‘rt yo‘nalishga katta e’tibor bermoqda:
- institutstional salohiyat va tadbirkorlar raqobatbardoshligini oshirishni
qo‘llab-quvvatlash orqali savdo sohasini kengaytirish;
- kichik va o‘rta biznes korxonalarini tashkil etish va moliyalashtirish yo‘li
bilan xususiy sektorni o‘sishiga ko‘maklashish;
- mintaqaviy darajada hukumatlararo avtomobil va temir yo‘l tarmog‘ini
samarali va kompleks tashkil etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni qo‘llab-
quvvatlash orqali Markaziy Osiyo mamlakatlariga xos bo‘lgan savdo to‘siqlarini
olib tashlash;
- sog‘liqni saqlash, suv ta’minoti va ta’lim
kabi ijtimoiy sohalardagi
investitsiyalar hajmini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: