Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

 
Nazorat uchun savollar: 
1.
Banklarning qaysi xalqaro moliya institutlari bilan xamkorlikni amalga 
oshiradi? 
2.
Jahon mintaqalari rivojlanishida xalqaro moliya-kredit tashkilotlarining 
tutgan o’rni va ahamiyati qanday? 
3.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishishida banklarning rolini aniqlab 
bering? 
4.
Banklarning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligini 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari qaysilar? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


120 
6-BOB. BANKLARDA QIMMATLI QOG‘OZLAR OPERATSIYALARI 
STATISTIKASI 
6.1 Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq aktiv va 
passiv operatsiyalarini statistik o‘rganish
Pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanishda asosiy e’tibor bank 
tizimida ortiqcha likvidlikni shakllantiruvchi va inflyasion bosimning oshishiga olib 
kelishi mumkin bo‘lgan omillarga qaratildi. 
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi
 
pul bozoridagi foiz stavkalarini 
boshqarish hamda iqtisodiy o‘sish jarayonlarini rag‘batlantirish maqsadlariga 
yo‘naltirildi. 
Umuman olganda, pul-kredit sohasida amalga oshirilgan ushbu tadbirlar pul 
massasining prognoz ko‘rsatkichlaridan past bo‘lishini ta’minlash va inflyasiya 
darajasiga monetar omillar ta’sirining oldini olish imkonini berdi. 
Jumladan, 2015 yil 1 yanvaridan qayta moliyalash stavkasining 1 foizli 
bandga pasaytirilishi hamda iqtisodiyotdagi inflyasion kutilmalarning pasayib 
borishi kabi omillar ta’sirida 2015 yilda jami depozitlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan 
foiz stavkasi yil boshidagi 7,7 foizdan 6,7 foizgacha pasaydi. 
O‘z navbatida, depozitlar va banklararo pul bozorida foiz stavkalarining 
pasayishi tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratilayotgan 
kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining pasayishiga xizmat qildi. Xususan, 2015 yilda 
tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi yillik hisobda 
10,5 foizdan 9,5 foizgacha pasaydi. 
2015 yilda valyuta siyosati milliy valyuta almashuv kursi keskin tebranishlari 
oldini 
olishga, 
inflyasion 
jarayonlarni 
jilovlashga 
hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning ichki va tashqi bozorlardagi 
raqobatbardoshligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi. 
Bunda valyuta bozorini samarali tartibga solish maqsadida valyuta kursining 
o‘zgarib boruvchi boshqariladigan strategiyasini qo‘llash orqali so‘mning AQSH 
dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko‘rildi. 


121 
Natijada 2015 yil davomida so‘mning AQSH dollariga nisbatan ayirboshlash 
kursi 16 foizga pasayib, 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, bir AQSH dollari 2810 
so‘mni tashkil qildi. 
Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining asosiy qismi AQSH dollarida 
amalga oshirilishini inobatga olib, so‘mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan 
almashuv kurslarini belgilashda operatsion mo‘ljal sifatida so‘mning AQSH 
dollariga nisbatan almashuv kursidan foydalanildi. 
SHunga muvofiq, so‘mning AQSH dollaridan boshqa xorijiy valyutalarga 
nisbatan almashuv kurslari ushbu valyutalarning tashqi valyuta bozorlaridagi AQSH 
dollariga nisbatan kurslari dinamikasi va ichki valyuta bozorida so‘mning AQSH 
dollariga nisbatan almashuv kursi ta’siri ostida shakllandi. 
Mazkur davrda so‘mning Buyuk Britaniya funt sterlingiga nisbatan almashuv 
kursi 11 foizga, evroga nisbatan 2,8 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 15,8 foizga, 
YAponiya ienasiga nisbatan 17 foizga va Janubiy Koreya voniga nisbatan 8,7 foizga 
pasaydi. 
Bundan tashkari, berilgan kursatkichlar aksioner jamiyatlari aksionerini 
inobatga olmagan xolda xisoblangan. Mavjud tendensiya respublika korxonalari 
tomonidan xorijiy sarmoyalarni jalb etish maksadida qimmatli qog‘ozlar bozoridan 
keng foydalanilayotganidan dalolat beradi. 
2016 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish 
tizimlaridan foydalanuvchilar soni 1 061 mingtani, shundan «Internet-banking» va 
«Bank-mijoz» dasturiy majmuasi xizmatlaridan foydalanuvchilar 81,5 mingtani, 
«Mobil-banking» va «SMS-banking» xizmatlaridan foydalanuvchilar 979,5 
mingtani tashkil etib, ularning soni 2014 yilga nisbatan qariyb 2 barobarga ko‘paydi. 
Bank plastik kartalari muomalasini kengaytirish va takomillashtirish bo‘yicha 
amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida so‘nggi 5 yil davomida muomalaga 
chiqarilgan bank plastik kartalari soni 2 barobardan ziyodga oshdi va 2016 yil 1 
yanvar holatiga ularning umumiy soni 16,3 mln. donadan ortiqni tashkil etdi (2.2.4-
diagramma). 


122 
2015 yilda bank ustav kapitalini oshirish maqsadida aksiyadorlik-tijorat 
banklari tomonidan jami 553,6 mlrd. so‘mlik aksiyalar investorlar o‘rtasida 
joylashtirildi va ularning 319,6 mlrd. so‘mlik qismi nodavlat sektori hissasiga to‘g‘ri 
keldi. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga 
asosan «O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan 157 mlrd. so‘mlik, Xalq banki 
tomonidan 54 mlrd. so‘mlik aksiyalar chiqarilib, investorlar orasida joylashtirildi. 
SHuningdek, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ustav kapitali – 35 mlrd. 
so‘mga, «Agrobank»niki – 50 mlrd. so‘mga, «Mikrokreditbank»niki – 25 mlrd. 
so‘mga va «Qishloq qurilish bank»niki – 25 mlrd. so‘mga oshirildi. 
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha amalga 
oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar natijasida bank tizimining umumiy kapitali 
so‘nggi 5 yil davomida 2,4 martaga o‘sdi. 
Aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning banklardagi depozitlari hajmining 
o‘sishini rag‘batlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar, jumladan, doimiy 
ravishda jozibador omonat turlarini taklif qilish, o‘zoq muddatli bank depozit 
sertifikatlarini va obligatsiyalarini muomalaga chiqarish hamda bu borada joriy 
etilgan imtiyozlar va qulay shart-sharoitlarni ommaviy axborot vositalarida keng 
yoritish o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. 
2016 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan muomalaga 
chiqarilgan va joylashtirilgan depozit va jamg‘arma sertifikatlari 703,4 mlrd. so‘mni 
hamda obligatsiyalar 247,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi. 
Umuman olganda, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida jalb qilingan 
depozitlarning umumiy hajmi 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 35,6 trln. so‘mni 
tashkil etib, 2015 yil boshiga nisbatan 28,0 foizga oshdi. 
Qimmatli qog‘ozlarga egalik xuquqini soddalashtirish maksadida, Markaziy 
depozitariy bazasida ayni vaktda, markaziy ruyxatlovchini rivojlantirish takliflari 
kurilmokda. SHuningdek aloxida faoliyat turlarini birlashtirib olib borishga oid 
cheklovlar bekor qilinmokda, bu investorlarga fond bozorida «bir oyna orkali» 
tamoyili asosida xizmat qilishga yordam beradi. 


123 
Natijada barcha kursatilgan chora-tadbirlar fond bozori faoliyati tizimini 
tuldirish va rivojlantirishga yunaltirilgan, bu esa xujalik sub’ektlarinig fond bozori 
orkali investitsiya jalb etishlarini engillashtiradi.

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish