117
jahon bozorida raqobatlasha oladigan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish
va ularni eksport qilish evaziga mamlakatga qadri baland valyutalarning ko‘proq
kirib kelishini ta’minlaydi.
Yuqori texnik saviyadagi tayyor mahsulotlar ulushi oshirilishi quyidagi
jihatlarga bog‘liq:
- xorijiy mamlakatlardaga korxonalar bilan O‘zbekistondagi eksport qiluvchi
korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarining shakllanishiga ko‘maklashish;
- yuqori texnologiya va ilm talab qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi soha
va soha ichi tizimi yaxshilanishiga xizmat qiladi;
- eksportning intellekgual mulk ob’ektlari litsenziyalarini hamda nou-xau
shaklida texnik-tijorat
sirlarini sotish, injiniring va lizing sohalarida xizmatlar
ko‘rsatish kabi turlarini rivojlantirish yo‘li bilan respublikamizda erishilgan ilmiy-
texnik yutuqlarining jahon xo‘jaligi aylanmasiga kirib borishini tezlashtirish;
- ilmiy ishlanmalarga, xususan, amaliy fan va texnologiyalar transferti
sohasidagi ilmiy ishlanmalarga bozor yo‘nalishini
beruvchi shart-sharoit
yaratuvchi innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini ishlab
chio‘ish;
- innovatsiya jarayonini davlat tomonidan va tijorat usulida qo‘llab-
quvvatlashning eng maqbul uyg‘unlashuvi asosiy yo‘llarini belgilab olish hamda
ilmiy-texnik ishlanmalarni tijorat ahamiyatiga molik natijalar darajasigacha
etkazish;
- o‘zbek olimlari va mutaxassislarining chet eldagi etakchi institutlar,
tashkilotlar va firmalar bilan hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish;
Yuqori darajali marketing tadqiqotlari o‘tkazish,
tijorat va texnologiya
menejmenti sohasidagi yutuqlarni o‘rganish, xorijiy bozorlarning konyunkturasi,
sig‘imi hamda raqobatchilarning narx siyosati, kooperatsiya, o‘o‘shma korxonalar
tashkil etish bo‘yicha hamkorlar qidirish yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni
o‘rganish.
O‘zbekistonning XMI bilan keng ko‘lamda hamkorlik istiqbollari davlatlarni
va ayrim davlatni qamrab olgan holda ko‘p samara berishi shubhasiz. Agar
118
O‘zbekistonning ko‘pgina mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va gumanitar
maqsaddagi aloqalarini, hamkorlikdagi o‘zaro
manfaatdorlikni, boy mineral va
xomashyo resurslarini, yaxshi tabiiy-iqlim sharoitlarini, yuqori ta’lim va ilmiy-
texnikaviy
salohiyati, uning infratuzilmasi va axborot imkoniyatlari jadal
rivojlanishini hisobga olsak bunga amin bo‘lamiz.
O‘zbekiston XMI lar umuman respublika mustaqilligi e’lon qilingan birinchi
yildanoq hamkorlik qiladilar. Agar hamkorlik va sheriklik, shuningdek strategik
sheriklik mohiyati ochib berilsa, unda mamlakatimiz qaysi yo‘nalishdan
borayotganligi ayon bo‘ladi. Hamkorlik o‘zaro manfaatlar
mos kelishini aks
ettiruvchi ayrim masalalarda birgalikda harakat qilishdir. Sheriklik esa hamkorlik
qilayotgan tomonlarning ichki va tashqi siyosatini belgilovchi nazariy tamoyillarda
yakdillikni ko‘zda tutadi. Bu geosiyosiy yoki iqtisodiy tavsifdagi strategik
manfaatlar va yuqoridarajada bir-birini tushuna bilishlik va ishonchni qo‘shilib
ketishdir.
Bunday sheriklik yuqori darajadagi ishonchni umumiy manfaatlar yo‘lida keng
doiradagi masalalar bo‘yicha harakatlar uyg‘unligi, ba’zi hollarda esa o‘zaro
yordamni taqozo etadi.
Mazkur ishda ko‘rib o‘tilgan XMIlar bilan hamkorlik, agar u ekologiya
sohasida faol yo‘naltirilgan bo‘lsagina istiqbolli bo‘ladi.
Bu borada iqtisodchilar,
moliyachilar jamiyatini ta’lim va fan sohasidagi taraqqiyoti uchun o‘z kuch-
g‘ayratlarini birlashtirishlari va uyg‘unlashtirishlari lozim. O‘zbekistonda «Ekosan»
xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgan. Davlat ekologik xavfsizligi borasida ko‘p ishlar
qilinmoqda, bir qator xalqaro tashkilotlar jumladan, XMIlar bilan hamkorlik yo‘lga
qo‘yilgan. Bu hamkorlik albatta rivoj topadi, chunki buni turmushning o‘zi va
farovon yashash taqozo etadi. Lekin, hali ko‘p ish qilish, avvalo Orolni qutqarish
lozimdir.
Umuman, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat qarzlari yuzaga kelishida davlat
tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat juda muhim o‘rin egallaydi
va bevosita tasir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham davlat qarzlarini boshqarishni
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish eng muhim taraqqiyot
119
omili bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu holat esa mamlakatning jahon hamjamiyatidagi
nufuzini oshishiga, dunyo mamlakatlarining O‘zbekistonga nisbatan ishonchini
ortib borishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: