Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti



Download 1,12 Mb.
bet1/18
Sana05.04.2017
Hajmi1,12 Mb.
#6079
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
OLIY VA O'RTA TIBBIY TA'LIM BO'YICHA

O'QUV-USLUB IDORASI
TOSHKENT DAVLAT IKKINCHI TIBBIYOT INSTITUTI


E.Y. QOSIMOV, M.Z. ZOHIDOVA, SH.YA. ZOKIRXO'JAYEV

HAMSHIRALIK ISHI ASOSLARI

O'QUV QO'LLANMA


Toshkent -2003
Oliy o'kuv yurtlariaro ilmiy-uslubiy birlashmalar foliyatini Muvofiklashtiruvchi Kengash Prezidiumining (31-sonli majlis bayonidan № Q 951 30 noyabr 2002 yil) muhokamasidan utgan.


Takrizchilar: tibbiyot fanlari doktori, professor G.S. Rahimboyeva,

tibbiyot fanlari doktori, professor N.M. Xolmatova,

tibbiyot fanlari doktori, professor T.S. Soliyev

Mas'ul muharrir: filologiya fanlari nomzodi N.N. Do'stxo'jayeva


Nashr uchun mas'ul: I.E. Jo'rayev

Ushbu o'quv qo'llanma tibbiyot oliygoxiarida xamshiralik ishi bo'yicha bakalavr darajayeiga erishish uchun ta'lim olayotgan talabalarga tavsiya etiladi. «Hamshiralik ishi asoslari» fani xamshiralik ishining zamini bo'lib, bu yo'nalish tarixi, falsafasi, satomatlik tushunchasi, uning ko'rsatqichlari, salomatlikka ta'sir etuvchi omillar, sog'liqni saklashning ustivor yo'nalishlari, salomatlikni tiklash choralari kabi masalatarni o'rgatadi, bolalar, ayollar, aholining ijtimoiy muxofazaga muxtoj guruxlari bilan ishlashni ko'zda tutadi, xamshiralik ishi asoslari bo'yicha hamshiralik jarayonini bilish nuqtai nazaridan ta'lim beradi. hamshira tashxisi, deontologiya masalalari va shaxslararo muloqot (kommunikatsiya), sanitariya-oqartuv ishlarining yangi shakllarini va xamshiralik ishining klinik aspektlarini o'rgatadi.



Qo'llanma oliy malumotli xdmshiralar uchun tibbiyot oliygoxlari tomonidan tavsiya etilgan namunaviy dastur asosida yozildi.




MUNDARIJA


Kirish. Prof. M.Z. Zohidova




I. Hamshiralik ishi asoslari




1.1. Hamshiralik ishi tarixi, falsafasi va nazariyasi. M.Z.Zohidova, D.U.Mahmudova




1.2. Xalkaro «LEMON» dasturida hamshiralik ishi haqida. M.Z.Zohidova, SH.F.Usmonova




1.3. Hayot, salomatlik va atrof-muhit. M.Z.Zohidova, I.E.Jo'rayev




1.4. Hamshiralik.jarayoni bosqichlari va monitoringi. M.Z.Zohidova, I.E.Jo'rayev




1.5. Hamshiralik tashxisoti. M.Z.Zohidova




1.6. Sog'lomlashtirish va sanitariya-okartuv ishlari. I.E.Jo'rayev




1.7. Hamshiralik ishida diyetologiya asoslari. SH.YA.Zokirxo'jayev




1.8. Umumiy klinik tashxisot asoslari. B.N.Nuriddinov




1.9. Laborator tekshiruv asoslari. I.E.Jo'rayev




II. Hamshiralik ishi deontologiyasi




2.1. Hamshiralik jarayonida kommunikatsiyaning ahamiyati. E.Y.Qosimov




2.2. Hamshira va bemor muiosabati. E.Y. Qosimov, Z.M.Saidiy




III. Hamshiralik ishi va harbiy-dala terapiyasi asoslari




3.1. Harakatdagi armiyada terapevtik yerdamni tashkil etish asoslari. E.Y.Qosimov, M.I.Shamsutdinova




3.2. Radiatsiya nurlaridan zararlanish. SH.A.Bobojonova




3.3. Yaradorlarda ichki a'zolar kasalliklari. M.Z.Zohidova




3.4. Kuyish kasalligi. M.I.Shamsutdinova




3.5. Zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatiladigan holatlar (va shoshilinch terapevtik muolaja qoidalari). I.E.Jo'rayev






KIRISH

Mustaqil O'zbekistonimizga puxta nazariy bilimli, chuqur zikrlaydigan, amaliy ko'nikmalarni aniq, yuqori malakada bajapya oladigan, bemor va jamiyat oldida o'zini javobg xisoblaidigan, tibbiy xexnikani mukammal tushunadigan va bilan ishlay oladigan, jismoniy va akliy potensialga ega tibbiyot xamshiralarini tayyorlash zamon talabidir.

Tibbiyot fanining oxirgi erishgan yutuqlari faqat shu sohada ishlab kelayotgan vrachga taalluqli bulibgina qolmasdan, o'rta tibbiyot xodimlariga Ham teshgishlidir mutaxassislar – taraqqiyot negizidir. Hozirgi kundagi “Hamshiralik ishi mutaxassisi” faqat muolajalarni bajaruvchi bo'libgina qolmay, balki mustaqil ravishda, kasallik belgilariga asosan “hamshira tashxisi” qo'yishi, bemor bilan muloqotga kirishib, uning muammolarini aniqlashi, yordam rejasini tuzib, shu asosida ish yurgizishi, bemor oldida javoblarlikni his etib, kasallikning yengillashiga yordam berishi kerak.
HAMSHIRALIK ISHI ASOSLARI

1.1. HAMSHIRALIK ISHI TARIXI, FALSAFASI VA NAZARIYASI

Hamshiralik ishi tushunchasi mashhur ingliz tibbiyot hamshirasi Floryans Naytingeyl tomonidan kiritilgan. U o'zining 1859 yilda parvarish haqida yozgan kitobida «Hamshiralik ishi -bemor tuzalishi uchun uning atrofida qilinadigan barcha hatti-harakatlar majmuidir», deb yozgan.

Hozirgi zamonda hamshiralik ishi xalq sog'lig'ini saqlash tizimining salmokli tarkibi hisoblanadi. Uning ko'lami keng va ko'p qirrali bo'lib, tibbiy sanitariya ishlarini va aholi salomatligini saqlash borasida atrof-muhitning zararli ta'siridan holi qilish kabi masalalarni kamrab oladi.

Hamshiralik ishi o'ziga xos mustaqil ilm va ajoyib san'at bo'lib, xamshira vazifalari, odam shaxsi, atrof-muhiti va sog'liq bilan bog'liq masalalar uning falsafiy o'zagini tashkil qiladi.

Hamshira faoliyatining asosida bemor bilan munosabat yotadi. U bemorning kasalligi tufayli kechirayotgan azob-ukubatlariga hamdard va malham bo'ladigan g'amxo'r insongina emas, balki uning qarindoshi va yaqinlari bilan yupatuvchi suhbat va iliq munosabat muhitini tashkil etuvchi shafkat hamshirasidyar, Hamshira o'z ish faoliyatida turli bemorlarga duch keladi va shuning uchun ham har bir kasal odamning xastaligi og'ir - yengilligiga qarab, uning psixologiyasi (ruhiy holati) - dunyoqarashi, madaniyati, kamgapligi, andishaliligi, asabiyligi va hokazo turfa fazilat va xususiyatlariga qarab muomala usullarini ishlab chiqishi, bemorni yupatishi, bemor ko'ngliga o'tiradigan ran topishi va xastalangan yuragiga botadigan hatti—harakatlarni qilmasligi yoki yarashmaydigan qshshqlar bnlan «qovun tushurib» qo'ymasligi, yurish-turishi sokin, mayii va shu bilan bir qatorda kat'iyligi bilan ta'sir ko'rsatish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.

Bemor va uning yaqinlari bilan bo'layotgan jarayonda hamshira - odobi, hatti-harakati, aytayotgan gaplari, tovush intonatsiyasi, undagi vazmchnlik, kat'iylik va shu bilan bir qatorda iliq yoki muloyim tabassum ham katta ahamiyat kasb etadi.

Ma'lumki, insonning salomatligi, kayfiyatining yaxshi me'yorda saklanishi, ruhan tetikligi aksariyat atrof-muhitga, uning ekologik holatiga, havoning tozaligiga hamda ijtimoiy, ruhiy jarayenlarining mutanosibligiga bog'liq.

Odam sog'lig'i uning biron kasallikka chalinganligi bilan emas, atrof-muhit bilan gormonik taraqqiy etishiga qarab o'lchanadi. Shuningdek, o'zgaruvchan muhit bilan kishi vujudining to'g'ri moslashuvi asosiy omillardan biridir.

Hamshiralik ishi fanining maqsad va vazifalari odamning sihat-salomatligi va muhitning mutanosibligini ta'minlaydi. Hamshiralik ishining falsafasi zaminida insonga bo'lgan mehr, uning salomatligini saklash hukuqlarini va insoniylik fazilatlarivi hurmatlash yotadi. Bunga erishish uchun hamshira yurak haroratini, bor bilimini, vaqtini ayamasligi kerak. U har doim insonlarga yaxshilik qilishga intilib yashashi va tibbiy qasamyodiga, kalol kasbiy burchiga sodiq bo'lishi lozim.

Tibbiy hamshiralarning Xalqaro Kengashida qabul qilingan axloqiy kodeks 4 ta asosiy tamoyilni qamrab olgan:

1. Inson sog'lig'ini muhofaza qilishga yordam berish.

2. Inson kasalliklari oldini olish (profilaktika) ishlarida faol qatnashish.

3. Kasallikka chalingan bemorlarning sog'lig'ini tiklash.

4. Surunkali xastalangan bemorlarniig og'ir ahvolini yengillashtirish kabilardan iborat.

Bu vazifalarni bajarish hamshiralardan jamiyat va hamkasblari oldida katta mas'uliyatni va jasoratni talab qiladi.

1998 yilda tashkil qilingan O'zbekiston O'rta Tibbiy va Farmatsevtika xodimlarining Assotsiatsiyasi qabul qilgan Axloqiy kodeks (nizom) majmui va Qasamyodi Respublikamizda faoliyat ko'rsatayetgan 250 mingdan ziyod o'rta tibbiyot xodimlari va hamshiralarining kundalik ishlarida dastur-amal vazifasini o'tamoqda.

1997 yildan O'zbekiston Respublikasida MDH mamlakatlari ichida birinchi bo'lib «Hamshira» jurnalining chop etilishi o'rta tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim mezonini yuqoriroq pog'onaga ko'tardi. Ularning ma'naviy, deontologik va etik nuktai nazardan boyishlariga katta hissa qo'shuvchi bu jurnal kundalik o'quv dasturi vazifasini bajarmokda.

Endi hamshiralar o'zlarining yuksak minbarlariga ega bo'ldilar. Ularning ovozi, fikr-mulohazalari, dardu nidolari sevinch-quvonchlarini faqat ular ishlab turgan poliklinika yoki kasalxona, istirohatxona yoki muassasa jamoasi, rahbarlarigina emas, butun O'zbekiston biladi.

Biz bunday jurnalga allaqachonlardan beri muhtoj edik. Jahondagi yirik davlatlar qatoridan joy olgan, ekologik jixatdan nihoyatda murakkab hududda joylashgan, aholisining yarmidan ko'pini o'quv yoshidagi bolalar va yoshlar tashkil qiladigan O'zbekiston, albatta. a'lo darajada ishlaydigan hamshiralar «ko'shiniga» ega bo'lishi zarur. Bir narsani ko'zda tutaylik: bemor vrachni kuniga faqat bir necha daqiqa davomida ko'radi, faqat bir inson bemor bilan har doim yonma-yon hamda birga. Bu inson - hamshira. Hamshira vrach ko'rsatgan yo'ldan bemorni yetaklab borib, uni sog'lomlik tomon kuzatadi.

Shu so'zlarni bitayotib, beixtiyor esladikUsh, hamshira so'zining o'zi nihoyatda chuqur mazmunga ega. U har birimiz uchun opa yoki singil. Gap shundaki, hamshira ayni vaqtda tibbiyotning rasmiy vakilasi. U vrach bilan bemorni bog'lab turuvchi va shu sababli davolanish jarayonini bevosita amalga oshiruvchi vositachi, afsungardir. Vrach bemorning dardini to'g'ri aniqlab, zarur dori-darmonlarni belgilashi mumkin. Lekin bu ko'rsatmalarning qay tarzda ijro etilishi va binobarin, samarasi hamshiraga bog'liq.

Hammaga ma'lumki, O'zbekistondagi hamshiralik xizmat madaniyati Sho'ro yillarida shakllandi. Bu nima degani? Bu degani hamshiralik xizmat sohasidagi jilov millatimiz qo'lida emas edi. Shu boisdan, ko'pchiligimiz boshqa millatlarga orqa qilardik, ular tazyiqida boqimandalik, kemtiklik va norasolik hissi asirida yashadik. Endi u zamonlar o'tdi.

Demak, hamshira oddiy ijrochi emas. U tibbiyot jabuasida millatimizning obro'si va madaniyatini ko'rsatuvchi va ayni chogda, o'ta mas'ul shaxsdir.

Olamning bo'laklarini o'zaro bog'lik, bir butun holda o'rganadigan fan - falsafa. Shu nuqtai nazardan qaraganda, har bir kishi, har bir bemor butun bir olam. Sog'lom yoki bemor inson bilan qanchalik ko'p va diqqat bilan suhbatlashar ekansiz, siz uning qanchalik chukur fikrli, cheksiz bilimli, o'ziga xos xulq va fe'l-atvorga ega kishi ekanligiga ishonch hosil qilasiz. Uning jismoniy azoblari va ruhiy qiynalishlarini bilish esa sizni yanada murakkabroq muammolar olamiga olib kiradi. Shunday ekan, bemorlik davrining asosiy kismida birga bo'luvchi hamshira haqiqiy falsafiy fikr yurituvchi, masalaga keng va chuqur yondashuvchi mutaxasis bo'lmog'i zarur.

Inson qiyofasiga ega har bir odamni yaxshi anglash uchun uni o'rganmoq zarur. Har bir odam - bir butun olam. Uning jussasi -tanasining barcha qismlari bir-biriga bog'liq. Hamshira bularni inobatga olishi zarur. Xalqimiz «Molning shoxiga ursang tuyog'i zirqiraydi» deydi. Odam esa undan ming barobar murakkabroq.
HAMSHIRALIK ISHI TARIXI

Hozirgi davrda hamshiralik ishini tushunish uchun uning tarixini bilish muhim ahamiyatga ega. Aynan biz uchun «Hamshiralik ishi» zarur va avval yashagan olimlarning fikri bizga asqotadi. Tarixda buyuk kishilarning fikri katta rol o'ynaydi. Shunday ekan, biz oldimizga «Tarix nima uchun kerak?» degan savolni qo'yishimiz tabiiy. Tarix ko'p sabablarga ko'ra o'rganiladi. Xususan:

1. O'tgan voqyealar yoki avlodlarimiz tarixini bilish uchun.

2. Ilgari bo'lib o'tgan hodisalar misolida hozirgi hayotimizni to'g'ri baholash uchun.

3. Kilingan xatolarni takrorlamaslik uchun.

4. Hozirgi kunda yo'q bo'lib ketgan xalq madaniyatini o'rganish uchun.

Birlashgan amirliklar davrida Florens Naytingeyl (1829-1910) haqida, ayniqsa, uning «Hamshiralik ishi» asari bo'yicha ko'p ma'lumotlar bo'lgan. Florens Naytengeylning xizmatlari ko'pgina mamlakatlarda foyda keltirgan.

Iqtisodiyot va siyosatning o'rni tarixda katta ahamiyatga ega bo'lgan. Masalan, biror mamlakatning iqtisodi qancha pasaysa, sog'lik darajasi ham shuncha kamayib ketadi.

Bundan shuni xulosa qilamizki, avvalgi davrda yashagan olimlarning fikri hozirda katta natijalar bermoqda va bilim asoslarining kuchayishiga olib kelmoqda.

Masalan, rentgen nurlari qaysidir mamlakatda ochilgan, lekin uning foydasi butun dunyoga tarqalgan.

«Hamshiralik ishi asoslari» qismidan biz tibbiy-sanitar yordamni, ma'naviy, madaniy munosabatlarni bilishimiz mumkin. Insonlarni hamisha bir muammo qiziqtirgan: kasallikning oldini olish va sog'likni saqlash. Bugungi kunda sog'liqni saqlash borasida mamlakatlarda iqtisodiy, madaniy, ma'naviy, jismoniy tomondan yordam berilmoqda. Urf-odatlar, insonning tarixiy kelib chiqishi, uning siyosatga munosabati o'rganilmoqda.

Agar aholida qandaydir o'zgarish ro'y bersa, sog'liqni saqlash ham asta-sekin o'zgaradi. Yangi fikr va tartiblar kiritilib, yangi tibbiy yordam shakllantiriladi. Shunga ko'ra, sog'likni saklash tizimiga «Hamshiralik ishi» ham kiritildi. Bunda tibbiy-sanitar xizmat katta ahamiyatga ega, Hozirgi kunda ular zamonaviy usullarga mos holda faoliyat ko'rsatmoqsalar.

1-topshiriq. O'zingiz uchun ikki olimni tanlang va ularning yuritgan ishlari haqida yozing. Hamkasbingiz bilan maslahatlashing. Siz tanlagan olimlaringizning siyosiy ishlaridagi farqni toping. Har ikkisi fanga yangilik ochish uchun qanday ishlar qilgan?

2-topshiriq. Turar joyingizda yangiligi butun dunyoga ma'lum ko'rsatkichlardan bormi?

3-topshiriq. Hozir o'qiganingiz haqida o'ylab ko'ring va siz yashab turgan joyda tibbiy-sanitariya yordami bularga kanday ta'sir ko'rsatadi:

1. dinga;

2. urf-odatga;

3. siyosiy qarashlarga;

4. iqtisodga.

Tarixda har qanday inson kasallarga hamda o'z-o'ziga tibbiy yordam berishni o'z zimmasiga olgan. Vaqt o'tishi bilan insonlar zamonaviy davolash usullarini uylab topganlar.

«Hamshiralik ishi» sog'liqni saqlash va kasallikning oldini olishga qaraganda kechroq paydo bo'lgan.
TARIXGA VA HAMSHIRALIK ISHIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR

Kishilarning dinga ishonishi sehrli kuchlardan boshlab, ma'budlarga sig'inishi, o'zining taqdirini ularga ishonib topshirishi inson hayotiga ko'p o'zgarishlar olib kelgan. Shularga ishongan holda inson tabiatdan davo izlaydi. Sehrgarlar kishilarning ishonchini oshirgan holda duolar bilan odamlarning e'tiborini o'ziga qaratganlar, Ular mullalarga ishonishgan, o'simliklardan tayyorlangan dorilarni ichib, davo topishgan. Lekin bu davrda boshqa ko'plab kasalliklarni yaxshi tushunishmagan. Masalan, inson bir joyini kesib olsa, og'riq qayerda bo'layotganini bilgan. Lekin ichki a'zolardagi og'riqlarni, harorat ko'tarilishining sabablarini, yutalning kelib chiqishini, falaj qanday paydo bo'lishi va ularga qanday yordam berishni bilishmagan. X asrda zamonaviy asboblarsiz davolash qiyin bo'lgan, albatta. Shuning uchun tabiblar kishilarning dunyoqarashiga e'tibor berganlar. Meditsina ham ba'zan sehrgarlarga ishongan. Chunki ular bemorlar qalbiga, ruhiga yo'l topib, davolashadi. Avvalgi davrda odamlar orasida «o'tgan ruhlarga siginmagan odam kasal bo'ladi» degan tushuncha yurgan. Chunki ularda gunoh yo'q, ruhlari pok bo'ladi, deb o'ylashgan. Bundan kelib chiqadiki, ularning tanasini ko'rish, o'rganish, meditsina tekshirishlari o'tkazish mumkin emas edi. Jumladan, uqalashning tarixi ham to'satdan paydo bo'lgan. Ular odam tanasidan yovuz ruhlar uchadi deb tanani har xil harakatlar bilan uqalashgan.

Kishilar kasal bo'lganda Ollohdan madad so'rab, ibodatxonalarga borishgan va Ollohdan inoyat kutib, ushbu kasalga mullalardan yordam kutganlar. Mullalar ishini «hamshiralik ishi» deb qarasak bo'ladi, Turli jamiyatda meditsina hamshirasining o'z gigiyenik qoidalari mavjud. Bularga ayol kishining hayz paytida, tug'ayotganda gigiyenik qoidalarga amal qilish, infeksion kasalliklarga nazorat, karantin, dezinfeksiya qilishlar kiradi. Qadimgi greklarda sog'liq xudosi Appolon, uning o'g'li Asklepiy tibbiyot xudosi. uning qizi Gigiya va Panatseya sogliq va tozalik xudosi bo'lgan. Epidaurosda Asklepiy nomiga katta ibodatxona qurilgan. Uning yonida hozir katta tibbiyot markazi barpo etilgan. Gippokrat tibbiyot xudosi Asklepiy oilasiga mansub bo'lgan. Bugungi yoshlar, tibbiyot bilan hayotini bog'laganda, Gippokrat qasamyodini qabul qilayotganida din va tibbiyot o'rtasidagi aloqani unutmasligi kerak.
HAMSHIRALIK ISHINING URUSH VAQTIDAGI AHAMIYATI

Urush qurollarining ishlatilishi va ularning organizmga zararini o'rganish hamshiralik ishida ham talab etildi. Qurolli kuchlar va tibbiyot o'rtasidagi munosabot odam sog'lig'ida katta rol o'ynaydi. Urushda jarohat olib o'lishdan tashqari, yaralangan askarlarning tozalik koidalariga rioya kilmasdan epidemiyaga chalinib o'lishlari tabiiy. Qadimgi paytlarda jarohatlanganlarni qullar parvarishlagan. Imperator boshqaruvi paytida ko'plab kasalxonalar qurilgan. Bemorlar evakuatsiya qilinmasdan, shu yerning o'zida davolangan.


QIZIL YARIM OY JAMIYATINING ROLI

Qizil yarimoy jamiyatining paydo bo'lishida Genri Dunanonning roli katta. 1859 yilda Napoleon III va Avstriya armiyalari o'rtasidagi urush boshlangan, natijada yaradorlar va boshqa kasallar ko'payib ketgan. U boshqa mamlakatlar ishtirokida jamiyat tuzishni o'ylagan. Shuningdek, har tomonlama himoya qilib, mablag' berishadi, deb umid qilgan. Jamiyat 1919 yildan ish boshlagan.

Tibbiyot jamiyati ko'pgina joylarda faoliyat ko'rsatib, tibbiy-sanitar yordamga muhtoj bo'lgan kasallarga yordam ko'rsatgan.
HAMSHIRALIK ISHI VA UNING O'TISH DAVRI BILAN BOG'LIQLIGI

1899 yilda «Hamshiralik ishi» bo'yicha «Xalqaro hamshiralar jamiyati» ochildi. U Londonda bo'lib o'tdi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan bog'landi. Uning asosiy maqsadi -hamshiralar ishi faoliyatini oshirish, Sog'liqni Saqlash Vazirligi hamkorligida ish yuritish, iqtisodiy jihatdan yordam berish.

«Hamshiralik ishi»ning nafaqat kasallarga tibbiy foydasi tegmokda, balki ko'plab ma'naviy tadbirlarni o'tkazishda ham qo'l kelmoqda.

Avvallari hamshiralar diyetolog, farrosh, yuk tashuvchi sifatida ham ishlaganlar. Florensning aytishicha, «Hamshira nafaqat tibbiyot yordamchisi, balki bemorlarni parvarish qiluvchidir».



Qayta ko'rik: Bu tadbirlarga mijozning muhtojligi yoki ularda ishtirok etish kobiliyati va xohishini batafsil aniqlash (vazifalarning nisbatan hakqoniy tartibini yozing).

Qayta ko'rik: 3 hafta o'tib qayta baholanadi; balki mijozga moslashish uchun ko'prok vaqt va ko'proq ishonch kerakdir (vaqt mezonini vazifa tartibiga moslab to'g'rilanadi).

Qayta ko'rik: Mijozning kiziqishlari hakida ko'proq bilishga harakat kilish va amaldagi dasturlar hamda tadbirlarga uni moslashtirish (hamshiralik muolajalarini o'zgartirish).

Dasturlarni baholash. Mijozning vazifalarga erishishidagi har bir baholashga va hamshiralik parvarishi rejasining shundan keyingi shakllantirilishiga qo'shimcha hamshiralik parvarishi sifati kafolati uchun ko'p rasmiy mexanizmlar bor. AQShda davlat hamshiralik boshqaruvi, sog'liqni saklash tashkilotlarini akkreditlash bo'yicha qo'shma hay'at, professional standartlarni qayta ko'rish tashkiloti bor. Bu tashkilotlarning barchasi davolash sifatini nazorat kilish bilan shug'ullanadi. Maksadi hamshiralik parvarishining yuqori sifatini himoyalash bo'lgan maxsus ishlangan dasturlar sifat kafolati dasturlari deb ataladi. Bu dasturlar kichikrok hamshiralik bo'limi hamshiralari olib boradigan darajadagi kabi keng bo'lmagan yoki katta tibbiy muassasalarda, shtatlarda, provinsiya yoki mamlakatda o'tkaziladigan keng bo'lishi mumkin. Sifat kafolati dasturlari hamshiraga jamiyatning hamshiralik parvarishida ma'suliyatli bo'lish imkonini beradi.

O'z-o'zini baholash. Sifatli parvarishlash ma'suliyatini olgan hamshirapar o'z-o'zini baholashni o'z hamshiralik amaliyotining integral qismi sifatida bajaradilar. O'z-o'zini baholash ko'nikmalari professional takomillashishni ta'minlaydi, shaxsiy burch sezgisini oshiradi va o'z-o'zini anglashni rivojlantiradi.

O'zbekistonda esa nisbatan yaqinda kiritilgan. «Nursing»-bokmoq, ovqatlantirmoq ma'nosini bildiradi.

Hamshiralar orasida Verjiniya Xenderson (1955) nazariyasi juda mashhur bo'lib, unda qayd etilishicha, ayrim shaxslar, bemorlar va sog'lom kishilarni parvarishlash hamshiraning asosiy vazifasidir va bu vazifa bemorning o'z Salomatligiga bo'lgan munosabatini baholashda yetarli darajada kuch, iroda hamda bilimga ega bo'lgan holda o'z sog'lig'ini mustahkamlash va tiklash uchun bemorga o'zi bajara oladigan ishlarni amalga oshirishida yordam berishdan iboratdir.

D.Orem hamshiralik ishi bo'yicha o'zining nazariyasini quyidagicha bayon etadi: «Hamshiralik ishida asosiy e'tibor ehtiyojlar va salomatlik, kasallik yoki jarohatdan keyingi sog'ayish hamda asoratlarni bartaraf etishga qaratish lozim. Hamshira faoliyatining maqsadi bemorning o'z-o'ziga g'amxo'rlik qila bilishini qo'llab-quvvatlashdan iborat».

Hamshiralik ishi quyqsagicha ham ta'riflanadi: «Tibbiyot hamshirasi tibbiy-sanitariya va ijtimoiy yordam ko'rsatishda muhim rolga ega, u kommunikabel bo'lishi, o'zining kasbiy faoliyatida tarmoqlararo aloqani amalga oshirishi zarur».

Shuni ham ta'kidlash lozimki, tibbiyot hamshirasini shifokorning yordamchisi, deb faraz qilish, hamshiralarning past ijtimoiy va kasbiy mavqyei sog'liqni saqlash tizimida mavjud muammolarning paydo bo'lishiga olib keldi.

Tibbiyot hamshiralarini tayyorlash tizimining markazlashtirilishi va inertligi, bilim yurtlari texnika-moddiy bazasining pastligi, chet el mutaxassislarining tajribasini tan olmaslik sobiq Sovet Ittifoqida hamshiralar o'quv tizimidagi samarali o'zgarishlar uchun jiddiy to'sqinlik qildi. Tabiiyki, bu hol sobik Ittifoq Respublikalarida, jumladan, Uzbekistonda ham tibbiyot hamshiralarini malakali tayyorlashga salbiy ta'sir ko'rsatdi.

XIX asr boshida Turkiston hududida 192 nafar shifokor va 234 ga yaqin o'rta tibbiy xodimlar bor edi.

1920 yildan boshlab turli tibbiyot o'rta bilim yurtlari tashkil etildi.

1928-1929 yillarda tibbiyot o'rta bilim yurti qoshida bemorlarni parvarishlash bo'yicha tibbiyot texnikalari bo'limi, 1929-1930 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilish bo'yichatibbiyottexniklari bo'limi ochilgan.

1926-1927 yillarda Toshkent, Farg'ona va Samarqandda tibbiyot texnikumlari ochilgan.

1955 yilga qadar 21601 nafar, 1957 yilda esa 27417 nafar tibbiyot o'rta kadrlari tayyorlangan.

1993 yilda Respublikada 44 ta o'rta tibbiyot bilim yurtlari mavjud bo'lgan.

Hozirgi vaqtda Uzbekistonda tibbiyot kadrlari bilan ta'minlanganlik 1000 nafar aholiga 10,3 foizni tashkil kiladi.

Bizning Respublikamizda sog'liqni saqlash va o'rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashdagi o'zgarishlar jarayonini rejalashtirish 1992 yildan boshlandi.

Venada 1998 yilda hamshiralik ishi bo'yicha bo'lib o'tgan birinchi Yevropa konferensiyasida Yevropa xududida hamshiralik ishini rivojlantirishga strategik yondoshishni targ'ib etuvchi deklaratsiya qabul qilindi. 1992 yilda esa Butun Jahon Sog'liqni Saqlash Asambleyasi uni «Hamshiralik ishi va xodimlar rolini barchaning salomatligiga erishish strategiyasiga ko'maklashish uchun mustahkamlash» rezolyutsiyasini qabul qilgan.

O'rta Osiyo va Qozog'iston hukumati bshi tibbiyot hamshiralarining 1993 yilda Olma-otada bo'lib o'tgan birinchi yigilishida, 1994 yilda Bishkekda bo'lgan ikkinchi yig'ilishida va 1995 yil Shvetsiyadagi yig'ilishida mamlakatlarda hamshiralik ishi yetakchilarining milliy guruhlarini tashkil etish tavsiya qilinib, ular hamshiralik ishi bo'yicha faoliyatning milliy rejasini ishlab chiqishlari va tatbiq etishlari lozim edi.

O'zbekiston Respublikasida bunday guruh 1995 yil tashkil etilib, u amaliy tibbiyot hamshirasi, tibbiyot bilim yurtlarining hamshiralaridan iborat edi.

1995 yilda Toshkentda tibbiyot bosh hamshiralarining BEST vakillari bilan birgalikda birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish ittifoqchilari tomonidan quyidagi masalalarni ko'zda tutgan deklaratsiya qabul qilindi:

1. Muvofiq qonun chiqaradigan va qonunga bo'ysunadigan chegaralarni belgilash.

2. Viloyatlar shifoxonalari tibbiyot bosh hamshiralarining javobgarligi va rolini qayta ko'rib chiqish.

3. O'rta halqa xizmatchilarining kasbiy tuzilmasini qayta ko'rib chiqish va har bir bosqichda ularning roli hamda vazifasiga aniqlik kiritish.

4. Ta'limni islohlashtirish va o'rta halqani tayyorlash.

5. Tibbiyot Hamshiralari Uyushmasini yaratish. Respublikada islohot o'rta tibbiyot ta'limining yangi konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishdan boshlanib, ushbu loyiha (xamshiralik oliy malumotini olguncha) kadrlar tayyorlashning ko'p bosqichli tizimini ko'zda tutgan.

Ta'limning yangi tizimi o'rta tibbiyot xizmatchilari o'z kasbiy darajalarini doimo oshirib borishlariga imkoniyat yaratadi. Ilgari mavjud bo'lgan bazaviy ta'lim bir xil darajadagi tibbiyot hamshiralarini tayyorlashni ko'zda tutar edi.

Tibbiyot hamshiralarini tayyorlashning yangi yo'nalishi 4 ta ixtisoslikni o'z ichiga olgan:

1. Feldsher-laborant.

2. Sanitariya feldsheri.

3. Feldsher.

4. Tibbiyot hamshirasi.

Oliy ma'lumotli hamshiralarni tayyorlash zaruriyati hayot voqyeliklari. sog'liqni saqlash amaliyoti va xalqaro tajriba asosida tasdiqlanadi.

Kadrlar tayyorlashning ko'p bosqichli tizimiga o'tish, ya'ni hamshiralik oliy ta'limini olgunga qadar, DPM (davolash-profilaktika muassasasi) faoliyatini yaxshilash omillaridan biriga aylanadi.

Tibbiyot oliy ta'limining islohoti yangi kadrlarni tashkil etishni ko'zlaydi:

1. Ixtisoslashgan hamshira.

2. Hamshira-menedjer.

3. Hamshira-muallima.

Jarrohlikda hamshiralik ishi. terapiyada hamshiralik ishi, hamshiralik ishining asoslari kabi maxsus fanlar o'qitiladi.

Hamshiralik ta'limining yangi tuzshshasini kiritish natijasida quyidagilarga erishiladi:

1. Hamshira sog'liqni saqlash tizimining birinchi halqasi mutaxassisisiga aylanadi.

2. Hamshira tashxis qo'yishni, favqulodda holatlarda to'g'ri yo'l tutishni o'rganadi.

3. O'z vazifalari doirasida zarur tibbiy yordam ko'rsata oladi.

Hozirda Davlat Ta'lim Standarti ishlab chiqilgan bo'lib, u quyidagilarni ko'zlaydi:

1. Umumiy intellektual riaojlanish.

2. Umumiy kasbiy tayyorgarlik.

3. Hamshiralik ishi mutaxassisligining maxsus tayyorgar-ligi.

Hamshiralik ishi mutaxassisining kvalifikatsion tavsifnomasi ishlab chiqilgan.

Mutaxassisning vazifalari:

Hamshiralik ishi bo'yicha mutaxassislar davolash-profilaktika (diagnostika markazlari. tug'ruqxonalar, ayollar maslahatxonalari, tajribaxonalar, QVP), ilmiy-tadqiqot muassasalari, SES, sanitariya-oqartuv ishlarini olib borish uchun tayyorlanadi.

Kunduzgi statsionarlar, uy sharoitidagi statsionarlar, ambulatoriya, jarrohlik markazlari, qishlok vrachlik punktlarini yaratgan holda ambulatoriya, poliklinika yordamini kuchaytirish orqali kasalliklarning oldini olish hozirgi kunda ham O'zbekistonda ustivor yo'nalish bo'lib qolmokda.

Hozirgi davrda bizning Respublikamizda hamshiralik ishi mutaxassislarining majburiyatlari ro'yxatiga vrachlarning quyidagi vazifalari kiritilgan:

1. Bemorlarni operatsiyadan keyin parvarishlash, operatsiya jarohatining holatiga baho berish, chok iplarini olish va boshqalar,

2. Hushini yo'qotgan bemorlar nafas olmayotgan holda yurak, o'pka reanimatsiyasini o'tkazish.

Tayyorlanayotgan yuqori malakali tibbiyot hamshirasi reanimatolog, anesteziolog, operatsiya xonasi hamshirasi, tug'ruqxonaning doyasi sifatida ishlashi mumkin.

Respublikamizda kasbiy mahoratga ega bo'lgan va tibbiyot texnikasi doimo yangilanib turadigan sharoitga tez moslasha oladigan, madaniy-intellektual saviyasi yuqori bo'lgan, yuridik huquqlarni anglagan va maxsus qonunchilik bilan himoyalangan mutaxassislarga ehtiyoj sezilmokda.

Tashxis qo'yishga, davolash-diagnostika jarayonining teng huquqli ishtirokchisi bo'lishga qodir rahbarlik darajasiga ko'tarilishga imkoniyati bo'lgan hamshiralik ishi mutaxassislarini tayyorlash vaqti keldi.


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish