Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti


Yurak-qon tomirlari kasalliklari



Download 1,12 Mb.
bet4/18
Sana05.04.2017
Hajmi1,12 Mb.
#6079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Yurak-qon tomirlari kasalliklari

Yevropa regionidagi barcha mamlakatlarda kon aylanishi sistemasi kasalliklari o'limning eng ko'p tarqalgan sababi hisoblanadi. Yurak-qon tomirlari kasalliklari paydo bo'lishidagi qabul qilingan asosiy xavfli omillarga, jumladan, gipertoniya, qondagi xolesterinning yukori bo'lishi, shuningdek, tamaki chekish kiradi. Uzaro bog'lik omillarga semizlik, kam jismoniy faollik va ovqatda konsentratsiyalangan yog'lar. va tuzlarning ortikcha miqdorda bo'lishi kiradi. Butun aholi orasidagi yurak-qon tomirlari kasalliklari etiologiyasida atrof-muhit omillari roli unchalik katta emas. Ammo bu hol muayyan kasb kishilarini (garaj xizmatchilari, tonnel ishchilari va shuningdek, ko'cha intensiv harakatidagi yo'lovchilarni ham) zararlovchi ortiqcha darajadagi uglerod oksidi ta'sir qilganda yomonlashishi mumkin.


Rak

Yevropa regioni mamlakatlarida o'smali kasalliklar o'limga sabab bo'luvchi eng tarqalgan kasalliklar katorida qon aylanishi sistemasi kasalliklaridan keyingi ikkinchi o'rinda turadi. Erkaklardagi o'pka raki o'limga olib keluvchi eng keng tarkalgan rak shakli hisoblanadi, asosiy xavf omili esa - tamaki chekishdir.

Ayollardagi ko'krak raki rakdan o'lish sababining eng ko'p tarqalgani hisoblanadi. Ko'krak rakini paydo qiluvchi xavfli omillar noma'lum, birok turli gormonal va reproduktiv omillar bunga olib kelishi mumkin. Rakning ikkala jinsda ham tarkalgan yana bir shakli oshqozon, yo'g'on ichak raklaridir. Rakning bu shakllari paydo bo'lishi xavfiga ovqatlanish omillari ta'sir etadi, degan taxminlar bor.

Turmush tarzi (chekish, alkogol iste'mol kilish, ovqatlanish, reproduktiv axlok), genetik va gormonal omillar - rak paydo bo'lishining xavfini oshiruvchi omillar hisoblanadi. Atrof-muhit omillari ham ba'zi rayonlar yoki aholi guruhlarida alohida tarzda rol o'ynashi mumkin. Masalan, ishlab chiqarish faolmyati, mahalliy odatlar va sharoitlar, atrof-muhitning yomon holati teri, nafas olish a'zolari va peshob yo'llarvda rak paydo bo'lish xavfini oshirishi mumkin.


Ionlovchi radiatsiya

Bir necha o'n yilliklar mobaynida salomatlikka ionlovchi radiatsiyaning ta'siri jamoat xavotiriga asoye bo'lmokda. Uran tutuvchi tog' jinslari rodoni, professional nurlanish, yadro falokatlari yoki yadro qurolini sinash kabilar e'tibor qaratilishi zarur bo'lgan o'ta zararli omillardir.


Noion radiatsiya

Noion radiatsiyaning asosiy manbalari quyoshning ultrabinafsha nurlari (UBN), sun'iy yoritish manbalari, shuningdek, tabiiy va sun'iy elektromagnit maydonlaridir. Quyosh UBN bilan teri raki o'rtasidagi bog'liqlik anik bo'lsa-da, rak paydo bo'lishida UBN ustunligi darajasini baholash qiyin. Teri rakining tarkalgan shakllari bilan kasallanish yiliga 2-3% ga oshmokda. Yomon sifatli melanoma rakning kam uchraydigan shakli bo'lishiga qaramay, unda-o'lim hollari yuqori (30-50%). Oxirgi o'n yilliklarda melanoma sezilarli ko'paydi (masalan, Angliyada 1980 va 1986 yillar oralig'ida 50% gacha). Quyosh UBN ning zararli komponentlarini tutib qoluvchi stratosfera ozon qatlamining xlorflyuorouglevodlar va shu kabi agentlar ta'sirvda yupqalashishi teri raki sonining bunday oshishiga sabab bo'lishi mumkinligi sarosima uyg'otmovda. Ammo hozirgi vaqtda asosiy xavf o'z ixtiyori bilan ortiqcha darajada UBN qabul kilinayotganligidadir. Zararli omillarga qarshi axloqni tuzatish yo'li bilan ham sezilarli ta'sir kilish mumkin.


1.4. HAMSHIRALIK JARAYONI BOSQICHLARI VA MONITORINGI

Tibbiy hamshiralarning yaralarni bog'lash, dorilar tarqatish, cho'miltirish, ovqatlantirish va yurishga yordam berysh kabi muolajalarni bajarib, byomor parvarish qilishlaridan faxrlanishlar odatiy hol bo'lib qolgan. Lekin bu muolajalar asosan vrach tomonidan tavsiya etiladi. Endilikda tibbiy yordam ko'rsatish tizimi o'zgardi, shu bilan birga tibbiy hamshiralar ham o'zgardilar. Hozirgi paytda tibbiy hamshiralar xususiy muassasalarda va davlat muassasalarida sog'lom hamda bemor mijozlar bilan ishlamoqdalar. Hamshiralar tibbiy yordam ko'rsatishdan tashqari koordinator, o'kituvchi, maslahatchi, advokat tekshiruvchi vazifatarini ham bajarmoqdalar. Amaliyot murakkablashishi bilan hamshiralar o'z ishi natijasini tushunish va yaxshilash uchun hamshiralik jarayonini tadqiq eta boshladilar.

1955 yilda Xoll tomonidan hamshiralik jarayoni atamasi ishlatila boshlashi bilan ko'pgina tibbiy hamshiralar «hamshiralik ishi» nimani anglatishi va bunda nimalar hamshiralar muvaffakiyatiga imkon bo'la olishini aniqlashga kirishdilar. 60-yillar nazariyachilari hamshiralik. sog'liqni saqlash mutaxassisliklari orasida alohida o'ringa ega ekanligini ta'kidlay boshladilar. Shuningdek, hamshiralik amaliyoti jarayoniga maxsus qadamlar yozdilar. Yura va Walsh larning hamshiralik bo'yicha to'rtta qadam - ma'lumotlar to'plash, rejalash, davolash va baholashlari yoritilgan birinchi kitobi 1967 yilda chikdi. Bunda hamshira tashxisi elementi ma'lumotlar to'plash bosqichining mantiqiy yakuni deb qaralgan. Shu bilan bir vaqtda Gebbie va Lavin lar (1974) hamshira tashxisini jarayonning alohida qadami deb hisobladilar. Bu va boshqa izlanishlar bugungi kunda ma'lulyutlar to'plash, tashxis, rejalash, amalga oshirish va baholash kaby besh bosqichli xamshiralik jarayonining ishlab chiqilishiga olib keldi. Hamshiralik jarayoni bosqichlari 1973 yilda Amerika tibbiy hamshiralari uyushmasi Kongressi hamshiralik jarayoni ijro etilishidagi rahbarlik uchun hamshiralik amaliyoti standartlarini ishlashi vaqtida qonunlashtirildi. Bu standartlar 1991 yilda kayta ko'rib chiqildi. Sog'liqni saqlash tashkilotlarini akkreditlash bo'yicha qo'shma hay'at tibbiy yordam ko'rsatish jarayoni hamshiralik jarayoniga mos hujjatlashtirilishini talab qilayotgan bo'lsa, Milliy hamshiralik ligasi ta'lim dasturlariga hamshiralik jarayoni tatbiq etilishini yuklamokda. 1982 yidsa professional hamshiralik amaliyoti bo'yicha davlat nazorat hay'ati kayta ko'rib chiqildi. Qayta ko'rilgan nazoratlar bemorlardan ma'lumotlar to'plash, hamshiralik tashhisi qo'yish, hamshiralik parvarishini rejalash. amalga oshirish va baholash amaliy ko'nikmalarini tekshirish tartibida tuzilgan.

Hamshiralik tashxisi atamasi adabiyotlarda birinchi marta 50-yillarda paydo bo'ldi. 1976 yilda Aspinal hamshira tashxisini hashiralik jarayonidagi «zaif bo'g'in» sifatida ta'rif etdi. 1966 yilda Hammond hamshiralar axborot izlashda sinchkov va nazariy bilimlarning mustahkam asosiga ega bo'lishlari lozimligi, anamnez yig'ish va aniq tashxis qo'yish shunga bog'liqligini e'tirof etgan. Hamshiralik jarayonining integral komponenti bo'lgan hamshiralik tashxisi evolyutsnyasidagi asosiy elementlar quyidagilar hisoblanadi:

• 1972 yilda hamshiralik amaliyoti bo'yicha Nyu-York Davlat aktlari tashxis professional hamshiralik qonuniy doirasining bir qismi ekanligini belgiladilar. Keyinchalik ko'plab shtatlarda hukuk va burch shu tarzda qayta ko'rildi.

• 1973 yilda Amerika tibbiy hamshiralari uyushmasi Am.aliyot yetandartlariga professional hamshiralik funksiyasi sifatida diagnostikani kiritdi. 1973 yilda, Gebbie va Lavin (Shim. Luis universiteti) tibbiy hamshiralar kompetensiyasiga kirgan kasalliklarni aniklash, standartlash va tasniflash milliy tadbirlari boshlanishi hisoblangan hamshiralik tashxisini tasniflash bo'yicha Birinchi milliy konferensishsl chakirdilar. Konferensiya ikki yilda bir o'tkazilib, hamshiralik tashxisining bayoni, tasnifi va tavsifi bo'yicha ijobiy siljishlarga erishildi.

Keyinchalik Hamshiralik tashxisi bo'yicha Amerika uyushmasi deb nom olgan Milliy guruh 1973 yildagi birinchi majlisida o'z oldiga kuyidagi masalalarni qo'ydi:

• Axborot yig'ish va uni hisob palatalari orqali tarkatish.

• Hamshiralik tashxisi yo'lga qo'yilishini yengillashtirish uchun regional va davlat darajasidagi ta'lim tadbirlarini ko'llash. Bu tadbirlar tarkibiga qo'shimcha diagnostik nomlarni aniqlash bo'yicha yig'ilishlar va tibbiy hamshiralarni hamshira tashxisiga o'qitish amaliy seminarlarining tashkillashtirilishi kiradi.

• Hamshiralik tashxisining qayta ishlanishi, tasniflanishi, ilmiy sinovdan o'tkazilishi davom ettirilishi tadbirlarini tashkillashtirish va qo'llash. Bu tadbirlar tashxis uchun mezonlar aniqlanishi bo'yicha milliy konferensiyalarni rejalash, joriy ilmiy tadqiqotlarni nazorat qilish va tasniflashning turli usullarini o'rganishdan iborat.
HAMSHIRALIK JARAYONI TAVSIFI

Hamshiralik jarayoni hamshira bilan mijoz birgalikda hamshiralik parvarishiga ehtiyojni (1), davolash rejasi hamda amalga oshirilishini-(2) va natijalar bahosini (3) aniklashlari uchun lozim bo'lgan tartibli usuldir. Bu jarayon boskichlari mijoz bilan bog'liq bo'lib, besh boskichning har biri avvalgisi aniq bajarilishini talab etadi. Jarayon hamshira bilan mijozga quyidagilarni bajarishga imkon beradi:



  • Mijoz haqida tartibli ma'lumotlar to'plash (anamnez yig'ish).

  • Mijozning mustahkam (kuchli, chidamli) va zaif (kuchsiz, beriluvchan) tomonlarini to'g'ri topish (diagnostika).

  • Bemorga vazifalarni bajarishda yordam beruvchi tadbirlar va hamshira xarakatlarini belgilaydigan davolashning individual rejasini ishlab chiqish.

  • Davolash rejasini ijro etish (amalga oshirish).

  • Davolash rejasining bajarilishi effektivligini baholash (baholash).

Bu jarayonning har bir bosqichida mijoz va tibbiy hamshira partnyorlar sifatida hamkor bo'lib ishlashadi. Bunda mijozning ishtirok etish darajasiga uning salomatligi holati va resurslari ta'sir kiladi. Agar mijoz go'dak, hushsiz holdagi yoki hamkorlikka . imkonsiz kishi bo'lsa, jarayon bosqichlari mijozning oila a'zolari yoxud ko'makchi shaxslari yordamida bajariladi.

Hamshiralik jarayoiidagi birlamchi maksad har tomonlama ilmiy asoslangan tibbiy xizmatni bajarishda hamshiraning ijodiy yondashishiga yordam berishdan iborat. Maqsadga to'lik erishilishi uchun hamshira intellektual shaxslararo muomalaga va psixomotor ko'nikmalarga, bu ko'nikmalardan mijozlar bilan ishlashda kasalliklarning oldi olinishi, yaxshi tugashi, salomatlik va yo'kotilgan funksiyalar tiklanishi jarayonlari-ning tezlashishi uchun ijodiy foydalanish xohishiga ega bo'lishi kerak.



MA'LUMOTLAR TO'PLASH

Hamshiralik jarayonidagi birinchi qadam - ma'lumotlar to'plash, Mijoz ma'lumotlarini tartibli va davomli yig'ish, baqolash va xabar kilish hamshiralik ishining birlamchi vazifasidir. Ma'lumotlar to'plash bo'yicha ko'llanma mazkur muassasa hamshiralik nazariyasini aks ettiradi. Umuman, hamshiralar salomatlikni himoyalash choralari ko'rish bilan kishilar funksional faolligi yaxshilanishi yoki kasallik yoxud betoblikka duchor bo'lishi masalalari bilan shug'ullanadilar. Hamshiralik parvarishidash keyingi bosqichlar ma'lumotlarning to'likligi, aniqligi va o'rniga bog'likdir. Ma'lumotlar to'plashda hamshira quyidagilarni bajaradi:

• Hamshiralik anamnezi, fizikal baholashlar, tibbiy varaqa va hamshiralik adabiyotlari ko'rigi, sog'liqni saqlash mutaxassislari va mijozning ko'makchilari bilan maslahatlarni o'z ichiga olgan ma'lumotlar asosini tuzadi.

• Ma'lumotlar asosiga doimiy yangiliklar kiritib turadi.

• Ma'lumotlarni baholaydi.

• Ma'lumotlar haqida xabar qiladi.



DIAGNOSTIKA

Diagnostika — bu mijozdagi muammolardan darak beruvchi, o'zgarishlar yoki kasalliklar sabablari paydo bo'lishiga olib keluvchi, shuningdek, mijozning zaif va mustahkam tomonlarini ko'rsatuvchi ma'lumotlar tahlilidir. Shundan so'ng hamshira qaysi muammo bilan tibbiy qamshira, qaysi biri bilan boshqa tibbyy xodim shug'ullanishini aniqlaydi. Tahlil natijasida salomatlikning tibbiyot hamshirasi hal sila opishi ma'kul topshgan muammolari hamshira tashxisi deyiladi. Tashxisot bosqichida hamshira quyidagilarni bajaradi:

• Mijoz ma'lumotlarining tahlili va interpretatsiyasi.

• Mijozning kasalligi va mustahkam tomonlarini aniqlash.

• Hamshira tashxisini asoslash va tartibga solish (formulirovkasi).

• Hamshira tashxisi qatorini ustivorlik bo'yicha ketma-ketlik tartibida ishlash.


REJALASH

Rejalash - bu hamshira tomonidan tashxisot jarayonida aniqlangan va salomatlik bilan bog'liq muammolarni kamaytirish, yo'qotish, oldi olinishi, bajarilishiga shu tarzdagina to'g'ri imkon beradigan hamshiralik amallari hajmini aniqlash bo'yicha mijoz vazifalarini tuzishdir. Undan tashqari, har tomonlama davolash tadbiri mijoz ehtiyojlarini qondirish uchun zarur hamshiralik yordami (1) va tibbiy davolash rejasi bo'yicha hamshiralik amallari (2) ni belgilaydi. Rejalash bosqichida hampshra kuyidagilarni bajaradi:

• Ustivorlikni hal etadi.

• Mijoz vazifalari va baholashni ishlab chiqadi-

• Hamshiralik choralarini tanlaydi.

• Hamshiraning parvarish rejasi axborotini beradi.


AMALGA OSHIRISH

Amalga oshirish davolashni reja bo'yicha bajarishdir. Uning tarkibiga sog'liqni himoya qilish, kasalliklarning oldini olish, salomatlikni tiklash va yo'qotilgan funksiyalar qaytarilishini tezlatish bo'yicha tibbiy hamshira bajaradigan barcha tadbirlar kiradi. Bu bosqichda tibbiy hamshira quyidagilarni bajaradi:

• Hamshiralik davolashni reja bo'yicha bajaradi.

• Ma'lumotlar to'plashni davom ettiradi va zarurat bo'lganda davo rejasiga o'zgartirish kiritadi.

• Hujjatlash ishlarini yuritadi.
BAHOLASH

Baholash bu mijoz ehtiyojlarining kondirilishi darajasini o'lchashdir. Hamshira va mijoz birgalikda davolash rejasida qo'yilgan masalalar qanchalik hal etilganligini o'lchashadi hamda ijobiy yoki salbiy ta'sirga ega bo'lgan omillarni aniqlashadi. Mijozning davolash rejasiga munosabati bu reja davom ettirilishi, o'zgartirilishi yoki to'xtatslishini belgilaydi. Agar baholash hamshira parvarishi o'zgartirilishi zarurligini ko'rsatsa, anamnez ma'lumotlari, tashxis va tibbiy muolajalarning bu ma'lumotlarga mosligini batafsil ko'rib chikish kerak bo'ladi. Baholash bosqichida hamshira quyidagilarni bajaradi:

• Mijoz xohishiga ko'ra vazifalarning bajarilganligi darajasini o'lchash.

• Vazifalarning bajarilishiga ijobiy yoki salbiy ta'sir kiluvchi omillarni aniqlash.

• Zarurat bo'yicha hamshiralik parvarishi rejasini o'zgartirish.

Hamshiralik jarayoni tasviri

Bosqich

Izoh

Maqsad

Tadbirlar

Ma'lumotlar to'plash.

Ma'lumotlar to'plash mijoz haqida axborot holati, uning berish va tasdiklash.

Mijoz salomatligi holati, uning qobiliyati tug'risida xulosa chikarish. Hamshira tomonidan parvarish qilinishi va hamshira parvarishiga muhtojlikni nazorat etish.

Mijozning sog'ligi holati, o'zgarishlari xisobga olingan har tomonlama individual tibbiy parvarishni rejalashtirish.



I .Malumotlar

asosini tuzish:

-hamshiralik

anamnezi;

-fizikal baholash;

- mijoz tibbiy varakasi va adabiyotlarni

-sogliqni saqlash mutaxassislari va mijozning ko'mak chi shaxslari bilan maslahatlashish.

2.Tibbiy varaqani

yangi ma'lumotlar

bilan to'ldirib

borish.

3 .Ma'lumotlarni

tasdiqlash.

4.Ma'lumotlar

axboroti.


Tashxis qo'yish.

Mijozning hamshiramustaqil hal qila oladigan kasalliklari yoki mustaqkam va tomonlarini aniqlash uchun ma'lumotlar taxlili

Hamshiralik tashxisining ustivorlik tartibi asosining tahlili ro'yxatrdai tuznsh.

1.Ma'lumotlar asosining taxlili va interpretatsiyasi.

2.Mijozning kasalliklari va salbiy tomonlarini aniklash.

3.Hamshiralik tashxisini aniqlash tartibga solish.

4.Hamshiralik tashxisining

ustivorlik ro'yxatini ishlash


Rejalash.

Hamshiralik tashxi sida ko'rsatilgan muammolarning oldi olinishi, kamaytirilishi va yo'qotilishi bo'yicha mijoz vazifalari (1) hamda shunga mos hamshiralik muolajalari belgilanishi (2)

Individual hamshiralik parvarishi rejasini ishlab chiqish

1. Ustivorlikni tartiblash

2. Vazifalar tuzilishi va baholash uslubini ishlab chiqish

3. O'lchov tizimini tanlash

4. Hamshiralik parvarish rejasining axboroti



Amalga oshirish

Davolashni reja bo'yicha bajarish

Mijozga sog'liqni ximoyasi, kasalliklar oldi olinishi, buzilgan funksiyalarning tiklanishini tezlatish va shu ishni bajarishda yordam ko'rsatish.

1.Davolashni reja bo'yicha bajarish.

2.Ma'lumotlar to'plashni davom ettirish va zarur bo'lganda davolash rejasiga o'zgar-irish kiritish.

3.Hujjatlash


Baholash

Davolash rejasida belgilangan vazifalardan mijoz istaganini bajara olish darajasi o'lchanishini, qo'ylgan masalalar bajarilishiga ijobiy yoki salbiy ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash, zarurat bo'yicha davolash rejasini qayta ko'rib chiqish.

Davoshlashni reja bo'yicha davom ettirish, o'zgartirish yoki to'xtatish

1. Mijoz oldiga qo'yilgan vazifalarni qanchalik bajara olganligini o'lchash.

2. Maqsadga erishish yoki erishmachlikka sabab bo'luvchi omillarni aniqlash.

3. Zarurat bo'yicha davolash rejasini o'zgartirish.

Hamshiralik jarayoni bosqichlariga namunaviy illustratsiya



Ma'lumotlar to'plash

Siz, kecha qorin bo'shligi tashrixidan o'tkazshgan bemorni tekshirib, unda sezilarli ogritslar borligini aniqladingiz. Bemor dori preparatlarshing nojo'ya effektlaridai ko'rsishi tufayli ogris soldiruvchi vositalardan ehtiyotlik bilan foydalanadi. Mijozning AQB va pulsi biroz oshgan.

Tashxis

Siz yutsorida bayon etilgan ma'lumotlarni tahlil qilib, hamshiralik tashxisini huyidagicha ko'yasiz: Og'riq, qoldiruvchi preparatlarni qabul qilishdan qurqishi sababli og'riq borligi.

Bemor muammoni tushunadi.

Rejalash

Siz masalaning yechilishi bo'yicha bemor bilan ishlashni kuyidagicha hal qilasiz: Soat 3 da bemor, joyidan turish va hojatga borish imkoni darajasida, ogriqning bosilishini sezadi, Bemor bu vazifa bajarilishini istaydi. Siz sanitar-oqartuv usulini birlamchi hamshiralik muolajasi sifatida belgilab olasiz.
Amalga oshirish

Ogriq qoldiruvchi vositalardan foydalanish tajribangizdan siz bemorga bu dortarning ko'pi ortiqcha ishlatilganda o'rganib qolishga olib kelsa-da, tashrixdan keyingi davrda vrach tavsiyasi bo'yicha qabul kilinganda zarari yo'qligini tushuntirasiz. Siz, shuningdek, ogriq qoldiruvchi vositalar qabul qilish bemor uchun zarurligini, sogayish uchun chuqur nafas olish va yo'talish kabi boshqa zarur choralarni bajarish mumkinligini ham tushuntirasiz. Siz keyin dorini ogriq yuqori cho'qqisiga yetguncha qabul qilishni tavsiya etasiz. Siz dorilarni bemor qabul qilishga rozilik bildirgandagina tavsiya etasiz va berasiz.
Baholash

Ma'lum vaqt o'tgach, dori ta'siri og’puq, bosilishiga sabab bo'lganligi va vazifa bajaripganligiga ishonch hosil qilish uchun bemorni qayta tekshirasiz. Agar bemor qanoatlansa va ikkovingiz ham muammo hal etilgan deb hisoblasangiz, bu tashxis bo'yicha davolashni to'xtatasiz. Agar bemor haligacha ogriq sezayotgai bo'lsa yoki doridan qoniqish olmasa, hamshiralik jarayonining har bir bosqichini qayta ko'rib chiqish va parvarishlash rejasiga mos o'zgartirishlar kiritish lozim.
HAMSHIRALIK JARAYONINI HUJJATLASH

Avvalgiga nisbatan hozirgi vaqtda hamshiralik parvarishi hakida hujjat yuritish zarurligini hamshiralar tushunadilar. Yuridik til bilan aytganda, hamshiraning xujjatlashtirilmagan tadbirlari bajarilmagan ishlar deb hisoblanadi. Hujjatni yuritish bo'yicha o'kish mobaynida hamshiralik jarayonining har kanday vazifasini bajarish bilan tajriba orttirish foydalidir. Hamshiralik ishi mutaxassisligining boshqa ko'nikmalaridek, hujjatlarni yuritish ko'nikmasi ham - uni tajribada qo'llash jarayonida mustahkamlanadi. Hamshiralik hujjat yuritishga hamshiralik anamnez yig'ish, davolashni rejalash kabilar misol bo'ladi.


HAMSHIRALIK JARAYONIDA MUAMMOLARNI HAL ETISH

Muammolarni hal etish asosiy hayotiy ko'nikma hisoblanadi. Bunda muammolar aniklanadi va ularga ko'ra tadbirlar qabul qilinadi. Muammolarni hal etishga turlicha yondashish turli natijalarni beradi. Ularning biri boshqalariga nisbatan muvaffakiyatlirok bo'lishi kutiladi.

Muammolarni hal etishdagi sinamalar va xatolar usuli ayni holat uchun ma'kulrog'i topilmaguncha har kanday urinishlar qo'llanilaverishini bildiradi. Bu usul hamshira uchun notayin va mijozlar uchun xavfli bo'lganligi sababli hamshiralik amaliyotiga tavsiya etilmaydi. Muammolar hal etilishining ilmiy usuli muammoni aniqlash (1), ma'lumotlar to'plash (2), gipoteza (g'oya) formulirovkasi (3), harakatlar rejasi (4), g'oyani sinash (5), ko'rsatkichlar interpretatsiyasi (6) va baholanishi (7) dan iborat yetti boskichli jarayon bo'lib, uning natijasyga ko'ra xulosa qilish yoki tekshiruvni kayta ko'rib chiqish mumkin. Bu usul laboratoriyalarda qo'llaniladi.

Muammolarning hal qilishi, ilmiy usul va hamshiralik jarayoni bosqichlarini solishtirish.




Muammoni xal etish



Ilmiy usul



Hamishralik

jarayoii



Paydo bo'lgan muammo



Muammoni aniqlash



Ma'lumotlar

to'plash





Ma'lumotlarni

to'plash





Ma'lumotlarni to'plash

Tashxis ko'yish



Sabablarini animash

G'oya formulirovkasi

Rejalash

Harakat rejasini

ishlab chikish





G'oyani tekshirish uchun harakat

rejasi ishlab chiqish





Amalga oshirish.

Harakat rejasini

bajarish



G'oyani tekpshrish



Rejani baholash

natijalari: rejani

davom ettirish,

o'zgartirish yoki

to'xtatish.



Ko'rsatkichlar interpretatsiyasi

Baholash, uning natijasida

xulosa kilish yoki tekshiruvpi

qayta ko'rib chiqish mumkin.






Muammolarni xissiy hal etish. Ko'p yillar davomida nazariyachilar va hamshiralik jarayoni tahlili xizmatchilari boshqa fanlar orasida o'z o'rniga ega bo'lgan hamshiralikning tashkil etilishidagi klinik mulohazalar fakat ma'lumotlarga asoslanishi kerakligi (ilmiy usul) hakida bahslashib keldilar. Bahs klinik mulohaza qabul qilinishida muammo hissiy hal etilishining roli bo'yicha paydo bo'ldi. Tajribali hamshiralar bemor hayotini saklab kolishda «ichki hissiyot» yordam bergan \olatlarni aytganlar. Binner (1984) hissiyotni «vaziyat o'xshashligi yoki farqini tafakkur va kasbiy ko'nikma bilan bevosita oldindan sezish xolati» deb yozgan. Shreder va Fisher Hissiy sezgiga «tushuntirib bo'lmaydigan o'tkir sezgidan tushunib bo'lmasgacha keng qamrovli tajriba, bu bilan ba'zan yordam taklif etilsa, uni ba'zan eshitish foydali» deb ishonganlar.

Muammolarni hissiy hal etish tarafdorlari kuyidagilarni taklif etadilar:

- hissiyotni mantiqiy asosga ko'shimcha ravishda qo'llash;

- hissiyotni tasdiqlash; agar buning iloji bo'lmasa (masalan, hyech kanday klinik belgilar bo'lmasa-da, hamshira mijozda o'zgarish sezishi), mijozni sinchkovlik bilan kuzatishni boshlash;

- hissiyot rivojlantirilishi yo'llarini topish va natijalar (aniqlik, daslabki hamshira tashxisi, sinchkov kuzatuv, sifatlirok tibbiy xizmat ko'rsatish) dan hissiyotga ko'ra olingan axborotni hujjatlash uchun keyingi hamshiralik izlanishlarini olib borish.

Endigina ish boshlagan hamshiralar hamshiralik bilimlari va muammolarni hal etishga ilmiy yondashishdan ularning ko'rsatayotgan tibbiy yordami asosi sifatida foydalanishlari kerak. Muammolarni hal etishga hissiy yondashish amaliy tajriba va kuzatuv bilan oshadi.


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish