Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti



Download 1,12 Mb.
bet5/18
Sana05.04.2017
Hajmi1,12 Mb.
#6079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

1.4.1. MA'LUMOTLAR TO'PLASH

Ma'lumotlar to'plash ma'lumotlarning tartibli va davomli to'planishi, tasdiqlanishi va axborotidir. Bu ma'lumotlar salomatlik holati qanchalik sog'liqni himoya kilish bo'yicha ko'rilgan choralar bilan yaxshilanganligi yoki kasallik bilan mavhumlashganligini aks ettiradi. Ma'lumotlar yig'masi mijoz uchun har tomonlama va effektiv davolash rejasini ishlab chiqish hamda yo'lga qo'yishga imkon beradigan tibbiy hamshira va sog'liqni saqlashning boshqa mutaxassislari tomonidan mijoz haqida to'plangan ma'lumotlarga kiritilishi mumkin bo'lgan barcha axborotlarni o'z ichiga oladi. Mijoz haqqsa ma'lumotlar to'plash keyingi barcha ma'lumotlarning to'liqligi va aniqpigi bilan bog'liq bo'lganligi sababli hamshiralik jarayonida zarur qadam hisoblanadi. Ma'lumotlarni har tomonlama to'plash natijasida hamshira mijozning o'z salomatligini kuzatish kobiliyati va hamshiralik parvarishiga ehtiyojini, hamshira uchun mijoz sog'ligi holati to'g'risida mulohaza kilish, zarurat bo'yicha uni vrach yoki boshqa mutaxassis maslahatiga yuborish, unga individual davo rejasi tuzish va bajarish imkonini beradigan ma'lumotlar asosini yaratadi. Mijoz salomatligi holatining birlamchi bahosiga qo'shimcha qilib hamshira joriy baholashni bajaradi.

Salomatlik holati bo'yicha mijoz munosabati yoki kasallik uzgarishida joriy baho hamshiraga ko'mak bo'ladi va boshqa mutaxassis tavsiya etgan hamshiralik parvarishi yoki davolash choralariga zarur o'zgarishlar kiritishni mo'ljallaydi.

Xamshiralik jarayonining ma'lumotlar to'plash bosqichida hamshira anamnez yig'ish uchun so'rov yo'li, hamshiralik fizikal ko'rik usullari bilan ma'lumot yig'adi. Mijozning ko'makchilari, tibbiy varaqasi, davolanishi bilan shug'ullanuvchi boshqa mutaxassislar ham ma'lumotlar to'plash manbalari bo'la oladi. Hamshira tomonidan tuzilgan ma'lumotlar yig'masi mijoz salomatligi holatining tez o'zgarishi munosabati bilan keyinchalik to'ldirilishi va yangilanishi mumkin. Ishga aloqador barcha ma'lumotlar varakdga kiritiladi, shuningdek, qiziqqan shaxslarga zarur bo'lganda og'zaki tarzda axborot beriladi.

Ma'lumotlar ikki xil bo'ladi - obyektiv hamda subyektiv. Obyektiv ma'lumotlar - bu sog'lom fikr bilan qabul qilinishi mumkin bo'lgan axborotdir. Bemorni bir kishi kuzatib olgan ma'lumotlari ayni bemorni boshqa kishi kuzatganda, xuddi shu ma'lumotlar tasdiqlanadi. Obyektiv ma'lumotlarga tana haroratining ko'tarilganligi, teri namligi, ovqat qabul qilmaslik misol bo'la oladi. Obyektiv ma'lumotlarni belgilar yoki qiziq ma'lumotlar deb atash mumkin. Subyektiv ma'lumotlar - bu faqat ayni og'rigan odamgina qabul kila olishi mumkin bo'lgan axborotdir. Bu ma'lumotlarni boshqa kishi qabul qila olmaydi yoki tasdiqlay olmaydi. Subyektiv ma'lumotlarga asabiylashganlik, ko'ngil aynashi yoki og'rik misol bo'la oladi. Subyektiv ma'lumotlar simptomlar yoki yashirin ma'lumotlar ham deyiladi.

Ma'lumotlarning xususiyatlari

Mijoz to'g'risida to'planayotgan ma'lumotlar to'liq, aniq, o'rinli va ishonchli ko'rsatmalarga asoslangan bo'lishi lozim.

Ma'lumotlar to'liqpigi. Ma'lumotlar mijoz sog'ligini tushunish va uni yaxshilash bo'yicha hamshiralik parvarishi rejasini tuzish uchun zarur. Masalan, mijoz vazni kamaygan hisoblaylik. Buni bilish hamshira vazn biror belgi (simptom) yoki maqsadli kamaytirilganligini (1), uning parhyez o'zgartirilishi, jismoniy zo'riqish yoki patologiya asosi bilan bog'likligini (2), vazn kamayishiga mijoz kanday karayotganligini aniklamaguncha ahamiyatsiz, foydasizdir.

Ma'lumotlarning anik va ishonchligi. Mijoz ham. hamshira ham ma'lumotlarni maqsadli yoki bilmagan holda noto'g'ri tasvirlashi mumkin. Masalan, ozg'inlikni yoqtiradigan mijoz vaznini kamaytirib aytishi mumkin. Hamshira so'rov yo'li bilan eshitgan va kuzatganlarini doimiy tarzda turli usullardan foydalanib tasdiqlab borishi kerak, ikkilanish holatlarida boshqa hamshira bilan maslahatlashishi zarur bo'ladi. Kuzatilgan holatdan xulosa qilishdan uni yozib qo'ygan ma'kul bo'ladi. Masalan, kuyidagicha yozib ko'yish mumkin: «Mijoz devorga qarab yotgan holatni tez-tez kuzatish mumkin. Uni suhbatga tortib bo'lmaydi. U bugungi tushlikdan bosh tortdi, kechki ovqatga faqat sho'rva ichdi». Hamshira mijozning ahvolini «Mijozda depressiv holat» deb interpretatsiya qilishi hakikiy formulirovka hisoblanmaydi. Mijoz ahvoli haqidagi yozuv tibbiy xodimlarga holatning boshqa sabablarini axtarishga imkon yaratadi.
Ma'lumotlar to'plash uslublari

Har tomonlama to'liq ma'lumotlarni to'plash mushkul vazifa ekanligi sababli hamshira mijoz haqidagi ma'lumotlarning qaysilari yoki qanchasi olinishi kerakligi (zarur ma'lumotlar)ni aniqlashi lozim. Fakdt tajribali o'qituvchilar hamshiralarni har bir muayyan holat uchun kanday ma'lumotlar to'planishi zarurligini o'rgatishadi. Quyida ma'lumotlar to'plash uslublari bayon etiladi.



Kuzatuv. Kuzatuv - bu ma'lumotlar to'plash uchun besh xil sezgi a'zolaridan ongli va maqsadli foydalanishdir. Tajribali hamshira har bir ko'rikdan mijozni kuzatish va ma'lumotlarni interpretatsiya qilish uchun foydalanadi. Tapabalar mashk kilib, sinchiklab kuzatib o'zlarida mutaxassislikning quyidagi ko'nikmalarini mustahkamlashlari mumkin:

- Mijozning o'z ahvoliga munosabati qanday (jismoniy va emotsional)? Nohushlik belgilari qiyin nafas olish, kon ketishi, og'riq, o'ta notinchlik va, shuningdek, me'yordan har qanday chiqish hollari - to'satdan toshma chiqishi, anglash darajasining o'zgarishlari va boshkalarga e'tiborda bo'ling.

- Mijozning o'z sog'ligini kuzatish kobiliyati kanday (qo'shimcha axborot yoki hamshiralik parvarishiga ehtiyoj)?

- Atrof holati kanaqa? Atrof holat muhofazasi - qirralar, keskin joylar borligini, shuningdek, ish jihozlari (qon tomirlar muolajasi bo'yicha, kislorodli terapiya, drenajlash) ahvolini qarab chiqing. Xonada bemor bilan kim bo'ladi? Xona havosining harorati, hidi.



Hamshirshshk anamnezi. Hamshiralik anamnezi . oldindan rejalashtirilgan suhbat bo'lib, intervyu olish ham deyiladi. Ma'lumotlar to'plash boskichida hamshira mijoz bilan hamshiralik anamnezi yig'ish maqsadida suhbatlashadi, individual parvarishni rejalashda barcha ehtiyojlarni hisobga olishni mo'ljallab ayni mijoz sog'lig'i holati xususiyatlarini yig'adi va tibbiy varaqadagi yozuvga kiritadi. Hamshiralik anamnezi qisqa vaqt ichida yig'iladi va fizikal nazorat etiladi. Hamshiralik anamnezi, masalan,. irsiyat yoki atrof-muhit omillari kabi mijozning mustahkam va zaif tomonlarini, salomatlikka taxdid omillarini, shuningdek, salomatlikning ayni muammolarini ravshan ko'rsatishi kerak. Hamshiralik anamnezining vazifasi -kishini chukurroq o'rganish. Mijoz haqidagi zarur ma'lumotlarni to'plash muomala va intervyuning maxsus ko'nikmalaridan foydalanishni tal:ab etadi.

Hamshira intervyu olishi to'rt davrga bo'linadi tayyorlanish, kirishish, ishchi vatugatish davrlari.

Tayyorlanish davrida hamshira avvaliga mijozning tibbiy varakasida keltirilgan ma'lumotlar bilan tanishadi. Bu davrda hamshira-mijoz munosabatini erkinlovchi tajribaga berilmaslik zarur. Hamshiraning shaxsiy hissiyotlari bemalol e'tirof etilishi kerakmas. Mutaxassis hamshiralar turli shakllarda Ifodalanuvchi ochik ko'ngillik bilan yondashishga va mijozning ehtiyojlarini tushunishga o'rganadilar. Tayyorlanish davrida hamshira suhbat o'tkaziladigan sharoit tinch va shinam bo'lishiga ishonch hosil qilishi kerak. Oila a'zolari yoki ko'makchilari ishtirok etishini mijoz talab kilmagan hollarda suhbat yakkama-yakka, alohida joy yoki xonada o'tkazilishi lozim. Kreslolar Qo'yilganligi va xamshira bilan mijoz oralig'i qandayligiga ham e'tibor berish kerak. Suhbatlashishga qulay bo'lishi uchun kreslolar bir-biriga nisbatan 90-120 sm masofada va to'g'ri burchak hosil qilib joylashishi zarur. Agar mijoz yotgan holatda bo'lsa, hamshira o'tiradigan stul unga nisbatan 45° burchak hosil kilib joylashtiriladi. Suhbat vaqtini shunday tanlash kerakki, hamshira ham, mijoz ham chalg'imasdan savol-javob kila olishlari lozim. Suhbat davomiyligiga ba'zida 10-15 daqiqa yetarli, ba'zi hollarda buning uchun bir soat va undan ko'p vaqt zarur bo'ladi. Shuningdek, hamshira mijozda ayniqsa og'riq, charchashni sezgan bo'lsa, ma'lumotlarni bir necha uchrashuv o'tkazib to'plash mumkin.

Kirishish davri fakatgina suhbat jarayoniga emas, balki hamshira-mijoz munosabatining keyingi ahvoliga ham ta'sir etishi bilan ahamiyatlidir. Bu davrdan so'ng mijoz hamshiraning ismini bilishi, uning o'z ishiga puxta ekanligiga ishonch hosil kilishi kerak. Hamshira suhbatda o'zi va lavozimi bilan tanishtirishdan, suhbatning maqsadini, hamshira va mijoz o'rnini tushuntirishdan boshlaydi.



Suhbat uuyidagi tarzda boshlanishi mumkin:

«Assalomu-alaykum. Men bu shifoxonadagi Sizning hamshirangiz Abdullayeva Shahnozaman. Hamshiralik parvarishini rejalashimiz uchun hozir-Sizdan ba'zi narsalarni so'ramoqchi edim. Bu, taxminan, 20 dakiqacha vaqtni oladi. Siz toliqib qolmaysizmi? Suhbat boshlashimiz oldidan qanday zarurat bo'lsa, bemalol kirishishingiz mumkin.»

Hamshira qoldirgan ilk taassurot, ayniqsa, mijoz birinchi marta shifoxonaga kelgan bo'lsa, juda ahamiyatlidir. Keyingi hamshiralarga mijoz ilk taassurot asosida munosabatda bo'ladi. Agar suhbat vaqtida hamshira mijozga o'z hurmatini bildirsa, chin dildan tashvishlanayotganligini sezdira olsa, mijoz ham o'z muammolarini bemalol mulohaza etadi. Kirishish davrida hamshira mijozning qulayliklari va suhbatlasha olish kobiliyatini baholay bilishi ahamiyatlidir. Shuningdek, ba'zi ma'lumotlar sir tutilishi kafolati, yozuvlar kayerda saqlanishi, ulardan qanday foydalanilishi, ularni olishga kimga ruxsat etilishi kabilarni mijoz bilishga haqli. Ba'zi hamshiralar yozuvni mijoz bilan suhbat vaqtida, ba'zilari keyinroq bajarishadi. Ma'lumotlarni qayd etish suhbat vaqtidagi axborot almashinuviga halal bermasligi kerak.

Ma'lumotlar aniqligi, to'liqligi va o'rinliligi hamshiraning muomala va suhbat texnikasiga bog'lik. Hamshiralik intervyu olishning zarur komponentlarini keltiramiz:

- Suhbat vaqtida butun e'tiborni mijozga karatishingiz, mijoz muammolari bilan tashvishlanayotganligingizni, unga juda kizikib kirishayotganligingizni ifoda eta olishingiz kerak: mijozga ismini aytib, ko'ziga qarab, uni shoshiltirmasdan muomalada bo'lishingiz lozim;

- mijozni diqqat bilan tinglang, o'z navbatida sizning aytganlaringizga u ham tushunsin;

- dastlab mijozga tanish atamalar bilan uning asosiy muammosi to'g'risida so'rang, shaxsiy va masaladan tashqari savollarni o'zaro yaxshi munosabatlar o'rnatilguncha koldiring. Shukingdek, kam ahamiyatli savollarni ham, agar mijozning umumiy ahvoli og'ir yoki kayfiyati yomon bo'lsa, keyingi suhbatga koldirishingiz mumkin;

- savollar va izohlarni shunday beringki, u ayni vaziyatga mos bo'lsin va o'zaro ijobiy muomala kuchayishiga olib kelsin;

- yashirin savollar maxsus axborotlar yig'ishga yordam beradi;

- ochiq savollar mijozning erkinroq gapirishiga yordam beradi;

- tahlil qilish shaklidagi savollar mijozga o'z fikr va tushunchalarini o'ylab ko'rishga yordam beradi;

- bevosita savollar axborotni tasdiqlash yoki voqyealarning ahamiyati bo'yicha ketma-ketlik tartibi tuzilishi uchun ko'llaniladi.

«Qanday qilib ...» va «nima uchun ...» kabi cho'chituvchi, «Ha» yoki «Yo'q» javobinigina talab etuvchi, muomalaga to'siq bo'luvchi izohlar va savollar bermang. Chalgituvchi ishontirishlar yasab maslahat berishlar, xulosa chiqarishlar, suhbat mavzusini o'zgartirishlar ko'llamang.

Suhbatni tugatishga ehtiyotlik bilan yondashish kerak bo'ladi. Mijozga suhbat tugayotganligi bildiriladi, aytib o'tilganlarning Diqqatga loyiqlarini eslatib yakunlash foydalidir. Mijoz ham, Hamshira ham eng zarur ma'lumotlar yig'ilganligiga qanoat hosil Kilishlari kerak. Yakuniy natijalar keltirilgach, mijozdan Quyidagicha so'rab to'ldirish kiritish mumkin: «Davolash rejasiga biror qo'shimcha taklifingiz bormi?» Bu, hamshira kiritishni o'ylamagan ma'lumotlarning qo'shilishiga imkon beradi. Ketish oldidan mijozga keyingi safar kachon uchrashishlari eslatiladi. «Savollarga javob berganingiz uchun Sizga katta rahmat. Agar biror ko'shimcha qilmokchi bo'lsangiz, marhamat, tortinmang, uni biz ham bilishimizga imkon qiling. Birozdan so'ng men ketaman, lekin ertaga erta bilan ishga kelganimda Siz bilan davolashning tugal rejasini kelishib olamiz. Tushlikdan so'ng men band bo'laman, rentgenga yo'llanma tayyorlashim, qon tahlillarini ko'rib chikishim kerak. Tuningiz tinch o'tadi, deb umid kilaman. Qanday savollaringiz bo'lsa, marhamat. Biror yordam zarurmi?»
Fizikal baholash

Ahvoli va hamshiralik parvarishi rejasi tuzilishini belgilab beradigan obyektiv ma'lumotlar olinishi uchun mijozning tekshirilishi fizikal baholashdir. Fizikal baqolash anamnez yig'ish va suhbat vaqtida bajarilib, subyektiv ma'lumotlarni tasdiqlashi hamda yangi axborotlar taqsim etishi mumkin, Tibbiy yondosh tekshiruvchilar hisoblanganlari uchun hamshiralarning fizikal ko'rik olib borishlari haqida ko'p bahslashadilar. Fizikal ko'rikni, tibbiy xizmat tartibnga yo'l boshlab berishi va tibbiy davolash uchun asos bo'lishi hisobga olinib, odatda vrachlar bajaradilar. Ba'zi hamshiralar har tomonlama fizikal tekshiruvni bajaradilar. Har qanday vaziyatda ham tibbiy hamshiralar fizikal ko'rikning hamshiralik maqsadlari uchun tanlangan hamma aspektlarini bajaradilar.

Vrach patologiya va uning sabablarini topish uchun bajargan fizikal ko'rikdan hamshiralik fizikal ko'rik mijozning funksional qobiliyatlarini aniqlash uchun bajarilishi bilan farq qiladi. Nevrologik yetishmovchilik bo'lganda hamshira sezuv-harakat qobiliyatga qanday tarzda ta'sir bo'lganligini aniqlaydi. Masalan, insul't o'tkazgan mijoz tushunish va axborot berish qobiliyatini aniqlash bo'yicha tekshiriladi; undan tashkdri, uning kundalik vazifalarni bajarish kobiliyati ham o'rganiladi.

Hamshiralik fizikal ko'rik maqsadlari salomatlik holati baholanishini, kasalliklar aniqlanishini va hamshiralik muolajalari uchun ma'lumotlar asosi tuzishni o'z ichiga oladi. Tibbiy muassasalarda amaliyot o'tayotgan hamshiralar har xil maqsadlarda fizikal baholashning turlicha uslublarini qo'llaydilar. Yuragi xasta bemorlarni parvarishlovchi hamshiralar mijozni fizikal baholashda yuqori texnologiyalarni qo'llaydilar. Reabilitatsiya markazi hamshiralari bo'lsa, mehnatga layoqatsizlik funksional va nofunksional javob belgilarini aniqlash bo'yicha mutaxassislikning keng qamrovli ko'nikmalaridan foydalanadilar. Hamshiralik fizikal baholash boshdan tovongacha barcha a'zolar tizimi tartibli tekshiruvini o'z ichiga oladi. Bu ma'lumotlar alohida yoki ma'lumotlar asosining umumiy varaqasida yuritiladi.


Ma'lumot manbalari

Mijoz. Mijoz axborotning birlamchi va odatda eng ma'qul manbasi hisoblanadi. Agar boshqa shartlar bo'lmasa, tibbiy varaqaga mijozdan olingan ma'lumotlar kiritilishi tavsiya etiladi. Mijozlar axborotni o'z foydasiga ekanligini tushunsalar, bemalol suhbatlashadilar. Mijozdan olingan ma'lumotlar odatda anik hisoblansa-da, hamshiralar ba'zi qiyinchiliklarni bilishlari kerak. Masalan, agar mijoz og'ir ahvolda bo'lsa, u og'riq yoki nohushlik to'g'risida mos axborot bera olmaydi. Bezovta mijoz axborotni chigallashtirishi mumkin: u cho'chigan, chunki kasalligi ishi yoki xayotiga xavf solishi va mijoz ba'zi simptomlarni inkor etishi yoxud chalg'ituvchi dalillar keltirishi mumkin. Agar hamshira mijoz bayon etgan simptomlar fizikal ko'rik natijalari va boshqa manbalar ma'lumotlari bilan mos kelmayotganligini sezsa, bu nomutanosiblikka e'tibor berishi va uning sabablarini axtarishi kerak. Aklan zaif yoki juda yosh mijoz bergan ma'lumotlarga tayanib bo'lmaydi. Bunday holatlarda bemorning karovchilari, karindoshlari yoki do'stlari ko'magidan foydalanish mumkin.

Mijozga ko'makchi shaxslar. Mijoz go'dak yoki aqlan zaif bo'lsa, uning oila a'zolari, do'stlari va qarovchilari axborotning foydali manbalari hisoblanadilar. Er yoki xotin o'zining turmush O'rtog'i uchun axborot bera oladi. Do'stlari mijozni shifoxonaga olib kelishlari va doimo zarur axborot yetkazishlari mumkin. Bunday axborot olinishiga mijozning ham, do'stlarining ham Qarshiliklari yo'kligini aniqlab qo'yish kerak. Undan tashkari, Xamshira mijoz, uning oilasi va do'stlarini olingan ma'lumotlar bo'yicha o'zaro sir saqlanishiga (konfidensiallikka) ishontirishi kerak. Agar ma'lumotlar mijozning ko'makchi shaxslaridan olingan bo'lsa, bu tibbiy varaqada ko'rsatiladi.

Tibbiy yozuvlar. Tibbiy jamoaning turli xodimlari tomonidan yozilgan ma'lumotlar ko'p qirrali tibbiy yordam ko'rsatishga zarur axborotni beradi. Hamshira ma'lumotlar to'plashni boshlaguncha. ba'zan mijoz bilan dastlabki uchrashuv oldidan tibbiy yozuvlarni ko'rib chikishi kerak. Bu, hamshiralik baholashda puxta yondashishga va boshqa manbalardan olingan axborotni tasdiklash va to'ldirishga yordam beradi.

Shifoxonadagi mijozning yoshi, jinsi, kasbi, diniy karashi, moddiy ahvoli kabi axborotlar yozilgan varaka tibbiy hujjatlarning bir turi xisoblanadi. Tibbiy varaka o'zida turli mutaxassislar, masalan, vrach, ijtimoiy xodim, diyetolog, fizioterapevt, laborantlarning yozuvlaridan iborat axborotni saqlaydi. Hamshira faqatgina hamshiralik davolash rejasi hujjatlari va hamshiralik yozuvlarini emas, balki keltirilgan barcha ma'lumotlarni sinchiklab kuzatib borishi kerak. Tibbiy hamshira uchun ma'lumotlarning asosiy manbalari quyidagilardir:

- Tibbiy anamnez, fizikal ko'rik va o'zgarishlar to'g'risidagi kaydlar. Bu yozuvlar mijozni baholash va davolash jarayonida vrach tomonidan bajariladi; diqqat markazida patologiya va uning sabablarini aniklash hamda davolash tartibi bo'yicha tavsiyalar turadi.

Maslahataar. Vrach mijozini davolash bo'yicha tor mutaxassisga yordam so'rab murojaat etishi mumkin. E'tibor tibbiy tashxis qo'yishda, shuningdek, davolash tartibini rejalashtirish va bajarishda yordam beradigan tekshiruv natijalarini hujjatlashtirishga karatiladi.

Diagnostik tekshiruvlar to'g'risidagi hisobotlar. Laborator tekshiruvlar va rentgen kabi nazoratlar to'g'risidagi hisobot hamshiralik anamnez yoki ko'rik jarayonida to'plangan ma'lumotlarni tasdiqlovchi yoxud ularga qarshi obyektiv ko'rsatkichlarni takdim etadi. Diagnostik tekshiruvlar natijalari vrachlarga diagnoz ko'yish va davolashga mijoz organizmi javobini kuzatishda yordam beradi. Xuddi shu tekshiruvlar natijalari hamshiralarga hamshiralik davolash effektivligini baholashda yordam berishi mumkin.

Top mutaxassislar yozuvlari. Mijozni davolashda ko'maklashayotgan boshka mutaxassislar ham o'z sohalari bo'yicha tekshiruv natijalari va davolash jarayonidagi, masalan, ovkatlanish, fizioterapiya, nutk to'g'rilanishi kabi o'zgarishlarni yozib boradilar.

Bu yozuvlar hamshiraga davolashdagi umumiy o'zgarishlarni baholashda hamda bemor shifoxonadan chiqarilish muddatini va uning o'z sog'ligini mustaqil parvarish qilish qobiliyatini aniklashda yordam beradi.

Boshqa muassasalar, masalan, ijtimoiy yordam xizmati yoki uyda tibbiy yordam ko'rsatuvchi tashkilot yozuvlari ham axborotning qimmatli manbalari hisoblanadi. Bu yozuvlarda mijozning avvalgi kasalliklari, holati xaqida ma'lumotlar bo'lib, ular joriy davolash rejasini aniqlashga yordam berishi mumkin.


Ma'lumotlar to'plashni rejalash

Ma'lumotlar to'plashda xamshira keltirilayotgan har tomonlama (ma'lumotlar asosi) yoki bir yo'nalishli ma'lu-motlarga e'tibor kilishi mumkin. Mijoz bilan dastlabky uchrashuvda har tomonlama ma'lumotlar to'planadi, Hamshira salomatlikka aloqador ma'lumotlar asosini to'plar ekan, joriy ma'lumotlarning ilgarigilarga nisbatan ustivorligini aks ettirishi lozim. Bir yo'nalishli ma'lumotlar to'plash joriy to'plashning tarkibiy qismidir va u mijoz bilan dastlabki uchrashuvda ham bajarilishi mumkin.



Ma'lumotlar to'tashning ustivorligi. Sifatli tibbiy davolash rejasi tuzish maqsadida hamshira ma'lumotlar to'plash oldidan kuyidagi zarur ma'lumotlarni belgilab qo'yishi kerak:

- Mijoz hakida biografik qisqacha ma'lumot (F.I.SH., manzili, jinsi, yoshi, madaniyati, dini, ma'lumoti, kasbi).

- Rivojlanganlik darajasi va tarakkiyot masalalaridagi qobiliyati.

- Oilaviy, ruhiy-ijtimoiy anamnezi.

- Sog'ligi va kasalligiga nisbatan qarashi (jismoniy va emotsional).

- Xavfli omillari.

- Mijozning ichki (mexanizmlarni bosuvchi) va tashqi (ko'makchi shaxslari, moddiy ta'minlanishi, tibbiy yordam) manbalari.

Kutilayotgan va ma'qul ko'rilayotgan davo usullari ma'lumot turi va miqdorini talab etadi. Ma'lumotlar to'plash ustivorligiga mijozning hayot tarzi, rivojlanganlik darajasi va hamshiralik parvarishiga ehtiyoji katta ta'sir ko'rsatadi. Mijozning hayot tarzini salomatligi holatidan sezish mumkin. Xill va Smit (1990) ma'lumotlar to'plash uchun diqqat markazida o'zaro munosabatlar, ruhiy va jismoniy holat, bo'shashish (relaksatsiya), axloq, o'yin-kulgilar, harakat va sport, uyku va tush ko'rish, ovqatlanish, jinsiy hayot nazarda tutilgan bir qancha usullarni tavsiya etadilar. Bunday ma'lumotlar davolash uchun qimmatli ahamiyatga ega. Mijoz hayet bosqichiga ko'ra uning holatini baholash ham mos bo'ladi. Masalan, chakaloq to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plashda asosiy e'tibor uning og'irligi va jismoniy o'sishi, emishi va hojati, uyku va uyg'oq vaqtlari, ota-onasi va atrofidagi shaxslar uni parvarishlashlari kabilarga karatiladi. Bolalarda esa o'z-o'ziga karay olish qobiliyati (hojat, kiyinish, shaxsiy gigiyena), nimalar o'ynashi, hojatga borishi kerakligini kanday tushuntirishi e'tiborga olinadi. Ma'lumotlar to'planishiga hamshira-mijoz muloqoti davbmiyligi va mijozga hamshiralik parvarishi xususiyati ta'sir etadi. Ma'lumotlar to'plash umumiy tavsiyalariga ko'ra rejalashti-rilayotgan davo choralariga mos so'rov olib borish maqsadga muvofikdir. Masalan, bosh miya chayqalishi bo'yicha yotqizilgan bemordan jinsiy hayot anamnezi yig'ish shart emas; tibbiy varaqada keltirilgan ma'lumotlarni, zarurat bo'lmasa, qayta-qayta so'rayverish mijoz va mutaxassis o'rtasidagi muomalaga salbiy ta'sir etishi mumkin.

Hamshira mijoz xaqida to'plagan turli ma'lumotlarni o'rganib, ularga aniq tartib berish zarurligini ko'rish mumkin. Bu tartib hamshiralik tashxisi qo'yilishini osonlashtiradi. Ma'lumotlar to'plash bo'yicha Gordon (1987) taklif etgan standart struktura har kanday mijozga va barcha hamshiralik nazariyalariga mos keladi. Ma'lumotlar asosini noto'g'ri keltirish, zarur ma'lumotlarning qoldirib ketilishi yoki o'rni bo'lmagan axborotlar berish, ma'lumotlarni xato yoki juda kam bayon etish kabilar ma'lumot to'plashda muammolarga olib keladi.

Tasdiqlash ma'lumotlar to'plashning asosiy shartlaridan biridir. Bundan maqsad xato, noto'g'ri talqinlarni bartaraf etishdir. Ma'lumotlarda nomutanosiblik bo'lsa, hamshira axborotni tasdiqlab olishi kerak. Masalan, mijoz o'zini yaxshi his etishiga qarshi . o'laroq hamshira uning mushaklari taranglashganini aniklaganda ma'lumot tasdiqlanishi shart. Bunda tasdiqlash og'zaki bajariladi. Hamshira mijozdan: «Siz menga o'zingizni yaxshi his etishingizni aytyapsiz. Lekin tanangiz va o'zingizni tutishingiz buning teskarisini tasdiklamokda», -deb so'rashi mumkin. To'plangan ma'lumotdar ishonarli bo'lgandan so'nggina hamshira ularni taxdil qilishga kirishishi mumkin.


Xabar kilish

Agar ma'lumotlar to'g'risida kerak bo'lgan tarzda xabar qilinmasa, u mijoz uchun ham, tibbiy jamoa uchun ham befoyda bo'lib qolaveradi. Axborotning vaqtida yetkazilishi va hujjatlarni to'g'ri yuritish asosiy talablardan hisoblanadi. Masalan, tashrixga tayyorlanayoggan bemorning tana harorati balandligi to'g'risida hamshira mutaxassislarga tashrix boshlanguncha xabar berishi ko'rsatmalarsiz tashrix boshlamaslik imkonini beradi. Xuddi shuningdek, yozuvlarni mazkur muassasa standart varakasiga, vaqtida, ravshan, bexato va ma'lum tibbiy qisqartmalar bilangina bajarish tibbiy xizmat sifatini oshiradi.

Ma'lumotlar to'plashdagi odatiy xatolar, ularning mumkin bo'lgan sabablari va bartaraf etilish usullari.

Xato

Mumkin bo'lgan sabablar

Bartaraf etish usullari

Noto'g'ri tuzilgan ma'lumotlar asosi.

Kerakli ma'lumotlar koldirilib ketishi.

Ma'lumotlarii takror to'plash.

Noo'rin ma'lumotlar to'plash.

Ma'lumotlar to'plashda noto'g'ri talqin.

Ma'lumotlarning kamligi

Kuzatilganlar o'rniga ma'lumotlar interpretatsiya

sining yozilishi.

Ma'lumotlar asosi

to'ldirilmaganligi.



Baholashni rejalash uchun zarur ma'lumotlarning yo'qligi; ma'lumotlar to'plashda nomutanosib

uslub qo'llash.

Ma'lumotlar to'plash vaqtida ko'rsatmaga (instruksiyaga) karamaslik; nomutanosib ko'rsatma.

Ma'lumotlar to'plash

maqsadining o'ziga xos tomonlarini aniqlay bil-

maslik; avvaldan tibbiy

varaqaga qaramaganlik;

ma'lumotlar to'plashda

nomunosib usullar ko'llash
To'plash jarayonida

ma'lumotlarni tasdiqlay

olmaslik yoki diqkat bilan

kuzatmaganlik; xodim

tushunchasining birxilligi

(stereotipligi) yoki

oldindan ishonish

Mijoz bilan muomalaga kirisha olmaslik; qaysi axborot zarurligini

bilmaslik.

Hamshiraning mijoz

xulqiga nisbatan (xulosa

qilishga shoshib) mumkin

bo'lgan sabablarni tekshi-rish imkoniyatidan

mahrum bo'lishi; ma'lumot-

ning tasdiqlanmagailigi.

Ma'lumotlar to'plash

birlamchi axborotlar

yig'ilib, tibbiy varaqaga

kiritilgach xatoni anglash.


Zarur ma'lumotlarning anikligini bilish uchun instruksiyalarni karab chikish. Ma'lumotlar to'plash usuli o'zgartirilishi ehtimolligini ko'rish yoki

alternativ usul tanlash.

Eng zarur ma'lumotni

oldindan aniklash. Intervyu olish tajribasini orttirish.

Har bir mijozda ma'lumotlar to'plani ining konkret maqsadini aniqlash. Ma'lumotlar to'plashni boshlaguncha bo'lgan ma'lumotlarni hisobga olish. Ma'lumotlar

to'plash usulining o'zgartirilishi yoki alternativlar tanlashni

karab chiqish. Mustaqil hamda jamoa bilan ishlab kuzatuv natijalarini solishtirish va kuzatuv

bo'yicha ko'nikmalarni

oshirish. Ma'lumotlarni tasdiklash texnik malakasi bo'yicha o'yin.

Muomala ko'nikmalarini

ko'rib chiqish. Ma'lumotlar to'plash maqsadiga qaratilgan vosita. Zarur ma'lumotni avvaldan aniklash.

Ma'lumotlar va ularning tahlili nomutanosi-bliklarini tekshirish. Mijoz axloqi haqida qisqacha yozuvlar qaydi.

Mijozga sog'ligi holatidagi

barcha o'zgarishlarni bilmay

yuqori sifatli tibbiy

individual parvarish berish mumkin emasligi

tushungiriladi. Joriy

malumotlar to'plash mijozdagi yanga kasalliklarii aniklash va

eskilarinish shakli to'g'ri-

sida axborot berish uchun

zarur.



1.4.2. TASHXISLASH
Hamshira mijoz to'g'risida ma'lumotlar to'plab yozib bo'lgach, hamshiralik jarayonining ikkinchi boskichini — tashxis qo'yishni boshlaydi. Diagnostika maqsadi mijozning salomatligi muammolari hamda kasalligi va salomatligi holatiga uning munosabatini (1), kasallikni keltirib chiqargan omillar (etiologiyasi) ni (2) va mijozning kasallikka qarshi chidamli tomonlariki (3) aniklash. Bu bosqichda hamshira to'plaigan ma'lumotlarni tahlil qilib, mijozdagi muammolar va kasallikka qarshi kurashda asqotadigan murakkab tomon (resurs)larni aniqlaydi. Salomatlik muammolari bu kasallikning oldi olinishi yoki yo'qotilishi mumkin bo'lsa, muolaja talab etuvchi holatdir. Kasallikni aniqlab, hamshira mijozni qaysi mutaxassisga yuborilishini hal qiladi. Hamshira tashxisi doirasidagi ba'zi kasalliklarni mustakil muolaja bajarish bilan hal etishi mumkin. Hamshiralik tashxisi ustivorlik bo'yicha ketma-ketlik tartibida tuziladi.
Hamshiralik tashxisining xususiyatlari

Tashxisot bosqichida xdmshira salomatlikning nisbatan ahamiyatli tomonlarini aniklaydi (tibbiy va jismoniy davolashga qarshi o'laroq hamshiralik parvarishi nima uchun zarurligi), ya'ni hamshira tashxisi mijozping hamshira mustaqil hal eta oladigan muammolarni bayon etadi. Mijoz ma'lumotlarini interpretatsiya va tahlil qilib, hamshiralar salomatlikning vrach tomonidan (tibbiy tashxis) yoki hamshira va boshka mutaxassislar hamkorligida (muammolarni hal etishda boshka mutaxassislar bilan hamkorlik) hal etiladigan muammolarni aniqlashlari mumkin. Bunday hollarda hamshira vrach yoki tibbiy jamoaning boshqa mutaxassisiga tekshiruv natijalari to'g'risida ma'lumot berib, shu muammolarni hal kilish bo'yicha ular bilan hamkorlikda ish olib boradi.



Hamshiralik tashxisining tibbiy tashxisdan farki. Tibbiy tashxis kasalliklarni aniqlaydi, xamshiralik tashxisida esa kasallikka yoki salomatlik holatiga nosog'lom reaksiyani aniqlash mo'ljallangan. Tibbiy tashxis birlamchi davolash qaratilgan muammoni yfodalasa, hamshiralik tashxisi hamshiralik amaliyoti doirasida hamshira mustaqil hal eta oladigan muammoni ifodalaydi. Tibbiy tashxis bu kasallik toki bor ekan o'zgarishsiz qoldirilaveradi, hamshiralik tashxisi mijoz reaksiyasi o'zgarishi bilan har kuni o'zgartiriladi.

Hamshiralik tashxisi va murakkab muammolar. Hamshiralik tashxisi va murakkab muammo birga hamshiralikning hamshiralar o'nglay olgan nozik tabiatli reaksiyalar sohasidir. Karpentino murakkab muammoni: «... qolatdagi boshlanish va o'zgarishlarni aniqlash uchun hamshiralar nazorat qiladigan ma'lum fiziologik asorat. Hamshiralar murakkab muammo bilan kasallik asoratlarini minimumga yetkazish uchun vrach yoki hamshira tavsiyalarini qo'llab ishlaydilar», deb ta'rif etgan.

Tibbiy tashxis misoliga qarshi o'larok, murakkab muammo tavsiya etilgan davolash tibbiyotga ham, hamshiralikka ham aloqador holatni ifoda etadi. «Hamshira maqsadga erishish uchun mijozning albatta tibbiy tavsiya talab etadigan natijalarini yozishi hamshiralik tashxisi emas, balki hamkorlik muammosi hisoblanadi» (Karpentino, 1992). Murakkab muammo potensial asoratlar bilan bog'liq bo'lganligi uchun oldini olish maqsadida ularni hamshiralik parvarishining dastlabki bosqichida aniklash lozim. Bu muammolar tibbiy kasallik, tibbiy davolash va diagnostik tekshiruv bilan bog'lik. Alfaro murakkab muammoni o'z o'rnida potensial asorat atamasidan foydalanib ifodalashni tavsiya etadi. Muammo va uning sababi bog'liq bo'lishi kerak -ikkilamchi gki nima bilandir boglik.

Masalan, potensial asorat - anoreksiya - tuxumdon raki natijasida ozish sindromi. Quyida xdmshiralik tashxisi, murakkab muammo va tibbiy tashxis muvaffaqiyatlariga olib kelgan turli ma'lumotlar samarali interpretatsiyasining sxemasi keltirilgan. Birinchi sxemada — hamshiralik tashx,isi ko'yilib muvaffaqiyatli davolangan. Keyingi sxemada - hamshira murakkab muammoni anglagan va hamshiralik amaliyoti doira (kompetensiya) siga kiruvchi tibbiy yordamni boshlagan. Barcha muolajalar muvaffaqiyatsiz chiqqach, dori vositalar yoki kateterizatsiya tavsiyasi uchun vrachga yordam so'rab murojaat etgan. Keyingi holatda muammoni vaqtida anglash va natijalarni vrachga yetkazish sistit tibbiy tashxisi to'g'ri ko'yilishyga hamda uning antibiotiklar bilan samarali davolanishiga olib kelgan.


Ma'lumotlar taxlili

Tajribali hamshiralar ma'lumotlarni to'plash jarayonidayok interpretatsiya va tahlil kiladilar. Ma'lumotlar interpretatsiyasi va tahliliga ma'lum ko'rsatkichlar ta'sir etadi. Bu ko'rsatkichlar anik, potensial va taxminiy hamshiralik tashxisidan darak beruvchi ma'lumotlar majmuasi yoxud belgilar axtarayotgan hamshira uchun axborot bo'lib xizmat qilishi mumkin.



Hakikiy ko'rsatktlarni anglash. Mijozning soglom reaksiyasini nosoglsshlaridan osonlik bilan ajratib bo'lmaydi. Hamshira nosog'lom odatlarni anik bilmagan holda apohida sog'lom odatlarni xat.o talqin etmasligi va ularni nosog'lomlardan hisoblamaslik uchun ma'lumotlarninig interpretatsiyasi va tahlili uchun qo'llaniladigan qiyosiy standartlar bilan tanish bo'lishi kerak.

Ma'lumotlarni standartlar bilan kiyospash. Standart yoki me'yor - bu bir sinf yoki toifaga oid ma'lumotlar kiyoslanishida ko'llash mumkin bo'lgan kdbul kilingan umumiy qoida, o'lchov, namuna yoki turdir. Masalan, mijozning AQB ko'rsatkichi axamiyatyni anikdashda mos standartlar mijoz yoshi guruhi, irki va kasallik toifasi me'yor ko'rsatkichlaridan iborat. Ma'lumki, mijoz me'yor ko'rsatkichlari standart hisoblanadi. Odatiy AQB ko'rsatkichlari 120/70 bo'lgan kishi uchun 150/90 (s.u.b. mm da) baland, lekin gipertoniyali mijoz uchun bu me'yor hisoblanadi. Quyida haqiqiy belgilarni anglash uchun standartlar ko'llashga misollar keltiriladi:

Sog'lom odatlarning o'sish va rivojlanish nuqtai nazaridan tushuntirib bo'lmas o'zgarishlari.

- Aholining mos guruhi me'yorlaridan ogishlar.

- Shaxsga butunlay nomunosib xulq

- Rivojlanishda orkada kolish yoki disfunksiya belgilaridan darak beruvchi xulk.

Belgilar yoki belgshar majmuasini anglash. Ma'lumotlar majmuasi mijozda kasallik borligini ko'rsatuvchi belgilar guruhidir. Hamshiralik tashxisi belgilarning bittasigagina emas, guruhiga asoslanishi kerak.
Mijozning mustaxkam tomonlarini aniqlash

Agar mijoz standartlarga javob bersa, hamshira uning yaxshi sifatlari darajasini tutib turuvchi mustahkam tomonlari bor, degan xulosaga keladi. Masalan, munosib. to'g'ri parhyez tutuvchi mijoz kam oziqlanuvchi mijozga nisbatan kasalliklardan yengil o'nglanadi.

Mijozning mustahkam tomonlari sog'lom fiziologik funksiyalarni, emotsional salomatlikni, ilg'ash kobshshyatini, yengish ko'nikmalarini, axlokiy boylikni o'z ichiga olishi mumkin. Yaqin kishilari qo'llashi, xos moliyaviylik va sog'lom atrof-muhit kabi resurslar borligi mijozga qo'shimcha xizmat qiladi.
Mijozning muammoli (zaif) tomonlarini aniklash

Salomatlikning ma'lum standartlariga javob bermaydigan odam sog'liqning mazkur aspekti bo'yicha cheklangan bo'lishi va unga professional tibbiy xizmat yordam berishi mumkin. Masalan, anamnezida uzoq vaqt qabziyatlar bo'lgan mijoz bu muammoni yengish uchun tibbiy xizmatga muhtoj. Aytib o'tilganidek, hamshira ma'lumotlar asosida hamshiralik tashxisi ko'yysh mumkinligi yoki bu hol murakkab muammo ekanligi yoxud tibbiy tashxis ko'yish uchun vrachga ma'lumot berish zarurati borligini hal kiladi.



Mijozda bo'lshi ehtimoli bor muammolarni anglash. Hamshira salomatlikning potensial muammolarini anglashi juda ahamiyatludir. Masalan, yara infeksiyasi belgilari aniqlansa, lekin laboratoriya tahlili konda leykotsitlar soni oshganligini ko'rsatmasa hamshira, bunda organizmiing himoya kuchlari infeksiya bilan kurashish uchun yetarli emas, degan xulosaga kelishi kerak. Hamshira yaraning kancha vaqtda bitishini taxminan biladi. Bu taxmin hamshiralik parvarishiga bevosita aloqadordir va mijozning parhyezini suyuklik iste'moli hamda peshob ajralishini tekshirish bilan sinchiklab kuzatish Rejalashtiriladi.
Xulosa chiqarish

Mijoz ma'lumotlari interpretatsiyasi va tahlilidan so'ng Hamshira quyidagi asosiy to'rt xulosalardan biriga keladi. Har bir xulosa uchun hamshira harakati alohida bo'lishi mumkin.

1. Muammo yo'q:

- hamshira harakatiga ko'rsatma yo'k;

- mijozning sog'lom odatlarini kuchaytirish;

- salomatlikni himoya kilish va kasallikning oldini olish tadbirlarini boshlash yoki hamkorlikda yukoriroq 'samaraga intilish;

- samara tashxisi ko'yish.

2. Ehtimoli bor muammo:

taxmin kilinayotgan tashxisni tasdiklovchi yoki tasdiklamaydigan ko'shimcha ma'lumotlar to'plash.

3. Anik yoki potensial muammo:

- mijoz muammo borligini inkor etishi va davolanishdan bosh tortganligiga ko'ra davolashning iloji yo'k (mijoz mumkin bo'lgan oqibatni tushunganligiga ishonch hosrl qiling);

- muammoning oldi olinishi, kamaytirilishi yoki bosilishi bo'yicha hamshiralik parvarishining rejalash, amalga oshirish va baholash jarayonini boshlash.

4. Hamshiralik tashxisi emas, klinik muammo paydo bo'lsa:

- xos mutaxassislar bilan maslahatlashish va ular bilan mazkur muammo bo'yicha hamkorlikda ishlash;

- dori vositalari tavsiya etish.

Hamshiralik tashxisining tasditspanishi va tartibga solshishi (formulirovkasi). Hamshira mijozning hamshiralik muolajalari yordamidagina o'nglanadigan hamshiralik muammolarini ko'rsatadigan ma'lumotlari guruhini to'plab bo'lishi bilan hamshiralik tashxisini tartibga solishi -mumkin. Ko'pchilik hamshiralik tashxislari mijoz muammolarini ko'rsatuvchi ikki tartibdan yoki shuningdek muammolarning xususiyatlarini ko'rsatish bilan uch tartibdan iborat bo'ladi. Ilk marta hamshiralik tashxisi qo'yishga kirishayotgai hamshiralar uchun Shimoliy Amerika hamshiralik tashxisi uyushmasi (NANDA) qabul qilgan tibbiy kasalliklar ro'yxatidan foydalangan ma'kuldir. Bu ro'yxatda hamshira mustaqil anglay oladigan va davolaydigan taxminiy muammolar bo'yicha atamalar kelt;irilgan. Har bir diagnostik toifa uch komponent tutadi: (1) tashxisni tartibga solish imkonini beruvchi, muammoning aniq ifodasi hisoblangan nomi (2) sabab va olib keluvchi omillar hamda (3) xususiyatlarni aniqlovchilar. Hamshiralik tashxisini tartibga solish uchun umumiy atamalardan foydalanishda ma'lum ustunliklar bor.

Birinchidan, tashxisning qabul kilingan umumiy ro'yxa-tidan foydalanish hamshiralar bir-birlarini yaxshi tushunish-lariga yordam beradi. Agar qo'llanma mualliflari, o'kituvchilar va klinikachilar bir xil atamalardan foydalanishsa, hamshiralarni o'qitish yengil bo'ladi. Ikkinchidan, barcha uchun umumiy atamalarni qo'llash tibbiy tashxisga ko'ra xdmshiralik tashxisiga to'g'rilashlar kiritish yengilroq bo'lganligidan hamshiralik ishida kompyuterlardan foydalanish osonroq. Uchinchidan, diagnostik toifalarning kabul qilingan umumiy ro'yxati hamshira ishini faqat tibbiy tashxis bo'yichagina emas, balki hamshiralik tashxisiga mos holda ham e'tibor bilan ta'min etish imkonini beradi. To'rtinchidan, barcha hamshiralar hamshiralik parvarishi yaxshilanishi uchun diagnostik toifalar rivojlantirilishi va nazorati bo'yicha birga ishlaydilar hamda baholash va hamshiralik muolajalari mezonlarini aniqlaydilar.


Hamshiralik tashxisi tartibi.



Aniqlash

Maqsad

Misol

Muammo



Uzgartirishlar zarur-

ligini ko'rsatuvchi pa-

tologiyani aniqlaydi

(mijoz salomatligi-

ninig qisqa, mazmunli

tartibi)



Mijozga vazifa

tavsiya etadi



Vannaga

yiqilish

qo'rquvi bilai

bog'lik shaxsiy

gigiyena

kamchiligi



Etiologiya

Sabab omillariii

aniklash





Mos hamshiralik

parvarishini tavsiya

etadi


Semizlik

Xususiyat-

larni


aniqlov-

chilar




Muammo borligidan

darak beruvchi

obyektiv va subyektiv

ma'lumotlarni

aniqlash


Baholash mezonlarini

tavsiya etadi





Badan va siydik

hidi sezilishi.

sochlarning

iflosligi






Muammo. Muammoni tartibga solishdan maqsad mijoz salomatligi holatini iloji boricha mazmunli, kisqa shaklda ifoda etishdan iborat. Hamshiralik tashxisining bu davrida salomatlik holatidagi muammolar va o'zgarishlar aniqlanishi mijoz oldiga vazifalar ko'yishga olib keladi. NANDA muammo holatini tartibga solish uchun quyidagi xususiyatlarni taklif etadi: o'zgargan, yomonlashgan, ozgan, kamchilik, ortiqcha, disfunksional, buzilgan, samarasiz, suyeaygan, oshgan, o'tkir, surunkali va o'tkinchi.

Etiologiya. Etiologiya kasallik bilan bog'liq fiziologik,. ruhiy, ijtimoiy, axloqiy va atrof-muhit omillari yoki kasallik paydo kiluvchi sabab va sharoitlarni aniklaydi. Organizmning kasallik holatini ko'llovchi omillarni aniqlashi va bu holatni o'zgartirish uchun oldini olish choralari lozimligidan hamshiralik muolajalari etiologiya orkali boshqariladi. Agar kasallik etiologiyasi ishonchsiz bo'lsa, hamshiralik tadbirlari samarasiz bo'lishi mumkin. Masalan, giperglikemiya bo'yicha ovkatlanish va tavsiya etilgan dorilar kabul kilish tartibini bajarmaydigan qandli diabet bilan og'rigan bemorga tavsiyalar tartibini bajarmaydigan mijoz tashxisi ko'yiladi. Tavsiyalar tartibini bajarmaslik tushunmaslikdan hisoblansa, bemorni qandli diabet qanday nazorat etilishiga o'rgatish foydali bo'ladi.

Xususiyatlarni aniguyuvchilar. Anik, yoki potensial muammolar borligidan darak beruvchi subyektiv va obyektiv ma'lumotlar hamshiralik tashxisining uchinchi komlonentidir. NANDA qabul kilgan har bir hamshiralik tashxisi bo'yicha xususiyatlarni aniqlovchilar keltiradi. Bu xususiyatlarni bilish hamshiralarga muhim ma'lumotlar guruhini anglashda yordam beradi.
Nima hamshiralik tashxisi hisoblanmaydi

Hamshiralik tashxisi tartibi (formulirovkasi) mijozning birlamchi tibbiy yordam qaratilgan muammolarini, salomatligi holati o'zgarishini yoki mustahkam tomonlarini ifoda etadi. Quyidagilar hamshiralik tashxisi hisoblanmaydi: tibbiy tashxis, tibbiy patologiya, diagnostik testlar, davolash. Shu tarzda navbatdagilarning, hamshiralik tashxisini aniqlashda ularning barchasi ko'rib chikishga muhtoj bo'lsa-da, diagnostik tartibga aloqasi yo'k: mijozning terapevtik ehtiyojlari, mijozning terapevtik vazifalari, yagona belgi yoki simptom.



Anik, potensial (yukori darajada xavfli) va extimoli bo'lgan hamshiralik tashxisi. Mijoz yealomatligi muammosi dolzarb (muammo bor), potensial (muammo paydo bo'lishi mumkin) va ehtimolli (kasallik extimoli bor) bo'lishi mumkin. Agar hamshira mos choralar ko'rmaganda kasallik paydo bo'lishi ehtimolligi bo'lsa, potensial hamshiralik tashxisi chiqariladi. NANDA «potensial» hisoblagan tashxislar keyinchalik «yuqori darajada xavfli» ga o'zgartirilgan. Yuqori darajada xavfli hamshiralik tashxisi mazkur shaxs, oila yoki jamoada bu muammo bir xil holatlarda boshkalarga nisbatan ko'prok paydo bo'lishiga moyillik bor, degan klinik fikr hisoblanadi. Yuqori darajada xavfli hamshiralik tashxisi hamshiralik muolajalarini kasallikning kamaytirilishi yoki . oldi olinishi uchun yo'naltirilgan xavf omillari bilan tasdiqlanadi, Ehtimoli bo'lgan hamshiralik tashxisi hamshira muammo borligini taxmin qilayotganda, lekin tashxisni tasdiklash uchun qo'shimcha ma'lumotlar to'plashga muhtoj hollarda qo'yiladich Ko'p terlash, diareya va qusishli aniq hamshiralik tashxisi - patologik suyuqlik yo'qotish bilan bogliq suyuqlik hajji defitsitidir. Agar diareya to'xtamasa va quvvatsnzlik tufayli oraliq parvarish qilinmasa, teri shikastlanishi xavfi bo'ladi. Buni teri butunligi buzilishiga yutsori darajadagi xavf potensial tashxisi shaklida yozish mumkin. Agar hamshira ong buzilishi borligiga taxmin qilayotgan bo'lsa. lekin tasdiqlash uchun zarur ma'lumotlar (xususiyatlarni aniqlovchilar) bo'lmasa, quyidagicha ehtimolli tashxis yozish mumkin: Ong buzilganligi ehtshyuli. Bu mijozning ongi to'g'risida ko'shimcha ma'lumotlar to'plash zaruratidan darak beradi.
Samara tashxisi

Mijozning fakat salomatligi muammolarinigina aks ettiruvchi xamshiralik tashxisi uning cheklangan doirada Qo'llanishi sababli sog'lom kishilar bilan ishlaydigan Hamshiralik muassasalarida doimo tanqidga uchraydi. Shuning Uchun hozirgi vaqtda keng qabul qilingan samara tashxisi atamasi taklif etilgan edi. Shimoliy Amerika hamshiralik tashxisi UYUshmasi ta'rifi bo'yicha «Samara tashxisi individual shaxs, oila yoki jamoa maxsus darajadan yukoriroq darajadagi samaraga o'tish Davri to'g'risidagi klinik mulohaza hisoblanadi».


Hamshiralik tashxisini tasdiklash

Vaqtinchalik hamshiralik tashxisi tartibga solingach, uni tasdiqlash kerak. Quyidagi savollar vaqtinchalik hamshiralik tashxisini tasdiqlaydi:

- Ma'lumotlar yetarlimi, anikmi yoki hamshiralik ishi konsepsiyasini aks ettiradimi?

- Ma'lumotlar majmuasi muammo borligidan darak beradimi?

Subyektiv va obyektiv ma'lumotlar aniqlangan muammolarga xosmi?

Sinov hamshiralik tashxisi ilmiy hamshiralik bilimlarga va klinik tajribaga asoslanadimi?

- Bu sinov tashxisni mustaqil to'g'rilab bo'ladimi?

- Tajribali boshqa mutaxassislar ham ayni ma'lumotlarga asoslanib shunday tashxis qo'yishiga ishonamanmi?

Bundan tashqari, bir qarorga kelishda ishtirok eta sshgan mijozdan qo'yilgan tashxis ma'qul hisoblashini so'rab qo'yish lozim: «Bilishimcha, vanna qabul qilish Siz uchun muammo. chunki Siz vannada yiqilishdan qo'rqasiz. Siz qanday fikrdasiz?»
Hamshiralik tashxisida ustivorlik bo'yicha ketma-ketlik tartibi. Hujjatlash.

Hamshiralik tashxisini ustivorlik bo'yicha ketma-ketlik tartibiga keltirishda hamshira tashxisning yukori, o'rta yoki past ustivorlikka alokadorlik instruksiyasidan (ko'rsatmasidan) foydalanishi kerak. Yukori darajadagi ustivorlik mijoz hisobiga xavfli hisoblanadi. Hayotga xavfsiz holatdagi tashxisni o'rta ustivorlikka kiritish mumkin, ayni kasallik yoki okibat bilan bog'liq bo'lmagan tashxisni esa past ustivorlik darajasida ifodalanadi. Barcha darajalarda ham ruhiy-ijtimoiy, ham jismoniy ehtiyojlarni hisobga olish lozim. Mijoz ehtiyojlari to'g'risidagi Maslov nazariyasi muammolarni oldindan sezish va mijoz fikrini tashxis qo'yishda qo'llash uchun Atkinson va Murrey tomonidan taklif etilgan.



Kishi ehtiyojlari to'zrisida Maslov nazariyasi. Yuqoriroq ehtiyojlardan avval elementar extiyojlarni qondirish kerak, ya'ni mijoz ehtiyojlari quyidagi iyerarxiyaga ko'ra ustivorlik ketma-ketligi tartibiga tushadi: fiziologik ehtiyojlar - xavfsizlik -

sevish va sevilish ehtiyoji - o'z-o'zini baholash ehtiyoji - o'zini dolzarb hisoblash ehtiyoji.



Mijoz fikri. Dastlab mijoz zarur hisoblagan ehtiyoj-larni, agar ularning navbati boshqa davolashlarga qalal bermasa, kondirgan ma'qul.

Misol. Ortopediya bo'limiga bir ayol avtomobil halokati okibatida tos sinshii va bir qancha yorilishlar bilan keltiril-gap. Hshyukatdan keyingi kun erta bilan vannada u ogrikka shikoyat kildi va yordam chakirdi, uning yorilgan joylari ham yordamga muostoj edi, lekin uyiga ko'ngiros kilib, uning 15 oylik egizak-lariga karashayotganliklariga ishonch hosil silmasdan, biror chora ko'rishgau karshklik kildi.

Hamshiralik tashxisi: tanqid. Hshshiralnk tashxisi to'g'risidagi adabiyotlarda hamshiralik tashxisi klinik amaliyotlarda qanchalik yordam berayotganligi haqida ko'plab misollar keltirilgan, xamshiralik tashxisi batafsil bayon etilgan maqolalarni ham topish mumkin. Ammo hamshiralik tashxisining tor ekanligi va hamshiralarni hamshiralik tashxisi ularning amaliyoti cheklanib qolishiga olib kelmasligi ehtiyotida bo'lishlariga chaqiruvchi maqolalar ham bor.

Avvalambor, hamshiralik tashxisi mijozga individual qarashni tavsiya etadi.



Masalan, hamshira sut beei raki bo'yicha radikal mastektomiyadan keyingi uch ayolni bir vaqtda parvarishlashi mumkpn. Bu bemorlarning tashrixdan keyingi davolanshilari o'xshash bo'lsa-da, parvarshilash ustivorliklari turlicha bo'lishi mumkin. Hamshiralik tashxisiiing ustivorlikro'yxati bu turlicha ustivorlikdan mijozlarga hamshira o'z. kuchini to'gri taksimlashini belgilaydi:

A mijoz - Tana ko'rinishi o'zgarishi. Samarasiz individual natija.

B mijoz — Ozrik. O'z-o'ziga xizmat noto'likpigi.

V mijoz - Jinsiy disfunkst xavfi. Quvvatsizlik.

Hamshiralik tashxisi qo'llanishi uning tasdiqlanishi va ustivorlik bo'yicha ketma-ketlik tartibiga keltirilishi uchun Mijoz xabardor etilishi hamda davolash jarayoniga ko'shilishini talab etadi. Hamshira bilan boshqa tibbiy xodimlar o'rtasida O'rnatilgan o'zaro aloqa tashxisning aniq va o'z vaqtida qo'yilishiga imkon beradi. Bunday aloqa rejalashda, tibbiy varakdlar to'ldirilishida, mijoz ma'lumotlariga o'zgartirishlar kiritilishida va mijozni keyingi kuzatuvda hamda hamshira qo'ygan tashxis bo'yicha muammolar hisoboti tuzishda yordam beradi. Hamshiralik tashxisi ko'yishning boshqa afzalliklari sog'liqni saklash ma'muriyati va xodimlariga hamshiralik ishi ta'sir doirasi aniklanishidan iborat, bu hamshiralik ishi uchun vositalar yoki hamshiralik xizmatining rag'batlantirilishida juda ahamiyatlidir. Hamshiralik tashxisidan, shuningdek, o'quv rejasi mazmunini aniqlash, hamshiralik ishida mutaxassislik va malakani oshirish hamda.ilmiy tekshiruvlar uchun foydalaniladi.

Tashxisot jarayoni noto'g'ri olib borilayotgan bo'lsa, mijozga to'liq tashxis ko'ymaslik mumkin. Eng ko'p xatolik to'liq bo'lmagan ; ma'lumotlar asosiga tayangan, erta qo'yilgan tashxisda uchraydi, xato tashxis - ma'lumotlarni yetarli tahlil kilmaslik yoki noaniq ma'lumotlar asosiga tayanish, ko'p martalab bir xil tashxis qo'yish - hamshirada mijozga xos eqtiyojlar bo'yicha ma'lumotlar to'plash va tahlil kilishni rejalash kobiliyati bo'lmaganligi natijasidir. Mijoz salomatligi holati o'zgarishi bilan tashxisni shakllantirish va yangi tashxis qo'yishga qobiliyatsizlik ham muammo hisoblanadi. Sanab o'tilganlarning barchasi hamshiralik tashxisi ko'yishda kuchli cheklashlar emas, balki noto'g'ri tashxis ko'yayotgan hamshiraning cheklangan imkoniyatlari

hisoblanadi.

Tashxis ko'yish bo'yicha tajribasi kam hamshiralar standart hamshiralik tashxisi qo'yishda standartni ko'llash zaruratida adashish va buni qanday bajargan ma'qulligi tarzida hayajonlanishlari mumkin. Birga ishlaydigan hamshiralar hamshiralik tashxisiga turlicha yondashishlari va hamshiralik tashxisini amaliyotda turlicha ko'llashlari mumkin. Hamshira tashxis qo'yish va uni amaliyotda ko'llash professional ko'nikmalariga ega bo'lishi bilan bu qiyinchiliklar minimumgacha kamayishi mumkin.

Shuningdek, hamshiralik tashxisini standartlashtirish fikrlash qobiliyatini toraytiradi, deb hisoblaydigan hamshiralar hamshiralik tashxisini yanada jiddiy tanqid kiladilar.




Xato

Misol

To'g'rilash

Misol

Tashxisning

reaksiyalarni

emas, balki

extiyojlarni

ifodsholovchi

atamalarda

qo'yilishi.

Maksadga

nomuvofiq

tartibga solish

(formulirovka).

Nosoglom

reaksiya

hisoblanmagan muammo aniqlanishi.


Kasallikning

belgilari va

simptomlari

ni muammo

sifatida



Yetoq tartibi

sababli yuvinishda

yordamga muhtoj.

Tavsiyalar tartibini

hamshiralik

mutaxassisiga

gumonsirash

oqibatida

bajarmaslik

(oqibat atamasi)

o'zaro munosabatning

bevosita sababini bildiradi.

Erning to'liq

yetilmaganlik yoki

qo'pol xususiyat bilan bog'liq bo'lgan rafiqaga qo'pol munosabati.

Teri butuyligining

mijoz tuni bilan

orqacha yotishiga

bog'liq buzilishi.


Bo'ladigan tashrix bilan bog'liq yengil notinchlik.

Uzoq chekish bilan

boglik yo'tal.


Tashxisning ehtiyojni emas, balki reaksiyani

ifodalovchi atamalarda

qo'yilishi.

Muammolarning

etiologiyasi va

tartibini bog'lash

uchun «oqibatda» yoki

«chaqirilgan» emas,

balki «bog'liq»

atamasidan foydalangan

ma'kulrok.

Tashxisni tushunarli va bajariladigan atamalarda yozish: tuhmat tarzida interpretatsiya lash yoki hamshiraning loqayd munosabatini bildirishi mumkin bo'l-

gan yoxud mijozni

parvarishlashda xukuqiy xavfli hisoblangan tartibga solish.


Hamshirachik tashxisi tartibiga faqat mijoz reaksiyasini yoki faqat u

xoxlagan o'zgartirishni kiritish.

Hamshiralik

tashxisida muammo

tartibiga kasallik

belgilari va simptomlarini kiritmaslik.


Uz-o'ziga xizmat

kamchiligi:

xarakatsizlik

bilan bog'liq

suv muolajalari.

Tavsiyalarning

tartibini

hamshirapik

mutaxassisiga

munosabatda

gumonsirashdan

bajarmaslik

(muammo va

etiologiya

orasidagi

bog'liqlikni

biddiradi,

lekin albatta

sababli bog'liqligi bildirilmaydi).

Zo'rlik xavfi:

erning boshqarib

bo'lmaydigan

hulqi sababli

rafiqasiga

qo'pol munosabati.

Teri


butunligining

o'z-o'ziga xizmat

kamchiligi

bilan bog'liq

buzilishi.

Hamshiralik

tashxisiga zaru.

rat yo'q: tashrix

oldidan yengil

notinchlik me'yoriy reaksiya xisoolanadi.

Nafas yo'llarining 20 yillik chekish bilan bog'liq samarasiz tozalanishi.


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish