Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti


FIZIKAVIY TEKSHIRISH USULLARI



Download 1,12 Mb.
bet14/18
Sana05.04.2017
Hajmi1,12 Mb.
#6079
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

FIZIKAVIY TEKSHIRISH USULLARI

Bemor subyektiv tekshirilgandan, ya'ni shikoyatlari, kasallikning rivojlanish tarixi, hayot tarixi aniqlagandan keyin obyektiv tekshirish usuliga o'tiladi (STATUS. PRAESENS).

Ular asosiy klinik tekshirish usullari bo'lib, bemorni umumiy ko'zdan kechirish, paypaslash, tukillatish (perkussiya), auskultatsiya (eshitish) hamda qo'shimcha asbobiy va laborator tekshiruvlardan iborat. Obyektiv tekshirishning birinchi usuli - bemorni ko'zdan kechirish (ko'rish) hisoblanadi. Odatda ko'zdan kechirish so'rab-surishtirish bilan bir vaqtda boshlanadi. Masalan: Ambulatoriya sharoitida bemor vrach qabulxonasiga kirib kelishidan boshlab ko'zdan kechirish boshlanadi (yurishi, yuz ko'rinishi va h.k.). Ko'zdan kechirish anamnez yig'ish davrida ham davom etadi. Shuni ham aytish kerakki, shifokordagi bemorni birinchi marta ko'rishda hosil bo'lgan taassurot muhim ahamiyatga ega. Masalan: Bemorning qadam tashlashi, gavda bichimi, mimikasi, o'zini tutishi, imo ishorasi va h.k. Ko'zdan kechirish eng qadimgi tekshirish usullaridan bo'lib, oddiy va tabiiy aniqlikka ega. Ko'zdan kechirishni doimo mashq qilib turish kerak, shundagina u kasallikni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ko'zdan-kechirishni diqqat bilan, vaqtni ayamasdan bajarish kerak. Ilgari mashhur klinitsistlar ko'zdan kechirishni asosiy usul sifatida qo'llaganlar. Shifokor juda ziyrak bo'lishi kerak. Bemorni ko'rishda kichik belgiga ham ahamiyat berish kerak. Ko'zdan kechirishni aniq, batafsil o'tkazish uchun ma'lum shart-sharoitlarga rioya qilinishi lozim:

1. Ko'zdan kechirish iloji boricha kunduzgi tabiiy yorug'likda o'tkazilishi kerak. Bemorni to'g'ridan va yon tomondan ko'rish tavsiya etiladi. To'g'ridan ko'rganda tananing shakli, teri rangi, toshmalar va h.k, yondan ko'rganda esa ichki a'zolarning tebranishi aniqlanadi.

2. Ko'rish o'tkazilayotgan xona yetarli darajada iliq bo'lishi kerak, chunki past va yuqori haroratda terida ma'lum O'zgarishlar paydo bo'ladi (oqarish, qizarish, terlash, ko'karish va h.k.).

Bemorni ko'zdan kechirishda bo'y-basti, bichimi, ovqatlanishi, umumiy holati, vaziyati es-hushi to'g'risida ma'lum fikrga kelinadi. Bemorning umumiy holati qoniqarli, o'rtacha og'irlikda. og'ir, o'ta og'ir, agonal (o'lim talvasasida) bo'lishi mumkin.

Es-hushining noaniqligidagi buzilishning bir necha darajasi farq qilinadi:


  1. Es-xushi qorong'ilashgan, bemor o'ziga befarq, savolga kechikib javob qaytaradi, lekin to'g'ri aql-idrok bilan.

  2. Bemorning serrayib qotib qolishi - stupor. Chuqur uyquga ketgandek, lekin uni bu holatdan chiqarish mumkin - u holda savollarga idroksiz, noto'g'ri javob qaytarishi va yana uyquga ketishi mumkin.

3) Butunlay uquvsiz holat - sopor, savollarga javob bermaydi, lekin sezuvchanlik va reflekslar saqlanib qoladi.

4) Koma - chuqur uyquga ketadi, es-hushi, sezishi va harakat reflekslari yo'qoladi.

Koma ko'p kasalliklarda uchrashi mumkin. Masalan: qandli diabet, anemiya, uremiya, jigar kasalliklari, bosh miya kasalliklarida, har xil zaharlanishlarda va h.k. Koma holatidagi bemorga tezlik bilan intensiv yordam ko'rsatish kerak.

Bemorda qo'zg'aluvchanlik oshganligi holatini ham uchratish mumkin. Masalan: alahsirash, gallyutsinatsiya (yo'q narsalarning ko'zga bor bo'lib ko'rinishi), ruhiy hayajon va h.k.

Ko'zdan kechirish bemorning ruhiy qiyofasini ma'lum darajada aniqlashga imkon beradi (tushkunlikka tushish, hayajonlanish, qo'rqinch, apatiya, va h.k.).

Bemorning vaziyati aktiv (faol), sust (passiv) va noiloj (majburiy) bo'lishi mumkin.

Passiv vaziyat kasalning og'irligidan dalolat beradi. Noilojlik vaziyati ko'pincha og'riq va harsillash (havo yetishmaslik) natijasida kelib chiqadi. Bunday vaziyatga juda ko'p kasalliklar olib kelishi mumkin.

Bemorning qaddi-qomati to'g'ri va qiyshiq bo'lishi mumkin. Tananing qiyshiq bo'lishi umurtka pog'onasining, qovurg'alarning, oyoq-qo'llarning deformatsiyasiga bog'liq bo'ladi.

Ko'zdan kechirishda bemor konstitutsiyasini aniqlash ham ma'lum ahamiyatga ega. Konstitutsiya – funksional va morfologik belgilar yig'indisi bo'lib, tug'ma yoki orttirilgan tabiatga ega. Odam konstitutsiyasi bo'yicha M.V. Chernorutskiy tomonidan taklif qilingan tasnif qabul qilingan. Unga ko'ra uch xil konstitutsiya tipi farq qilinadi: Normostenik, astenik va giperstenik. Konstitutsiyani bilish ichki kasalliklar aniqlanishida yordam beradi. Masalan: gipersteniklarda modda almashinuvi pasaygan bo'lib, ko'pincha ularda semirish, o't-tosh, buyrak-tosh, gipertoniya, ateroskleroz kasalliklari rivojlanadi. Asteniklarda esa modda almashinuvi kuchaygan bo'lib, ularda ko'pincha o'pka kasalliklari, ichki a'zolar tushishi (splanxptoz) kuzatiladi. Lekin kasalliklar ma'lum noqulay tashki omil tasirida rivojlanadi.

Shuning uchun reja asosida sog'lomlashtirish-profilaktika chora-tadbirlarini ko'rish. katta axamiyatga ega (mehnatni, dam olishni, ovqatlanishni to'g'ri tashkil qilish, badan tarbiya va sport bilan shug'ullanish va h.k.)

Bemorning semizligi yoki ozginligini, teri osti yog' qatlami rivojlanishi ko'zdan kechirilib va paypaslash orqali aniqlanadi. Teri osti yog' qavati qorin sohasida, qovurg'a pastida me'yorda taxminan 2sm ga teng.

Terini ko'zdan kechirish katta diagnostik ahamiyatga ega. Unda rangli toshmalar bo'lishi, qon quyilishi, yaralar, chandiqlar, soch qoplamasining buzilishi hamda tirnoqlar patologiyasiga ahamiyat beriladi. Bundan tashqari, paypaslash orqali terining kurukligi, namligi, cho'ziluvchanlik darajalarini aniqlanadi. Uning rangi pigment miqdoriga, qalinligiga va qon bilan to'lishiga bog'liq. Teri rangining quyidagi o'zgarishlari farq qilinadi: oqarishi (bo'zarishi), qizarishi, ko'karishi, sarg'ayishi, yer rangida bo'lishi.

Terining oqarishi vaqtinchalik funksional (kuchli og'riq, hayajon, qo'rqish va x.k.tufayli) yoki doimiy bo'lishi mumkin (kamqonlik, buyrak kasalligi, aorta nuqsoni va h.k.tufayli).

Qizarish ham fiziologik (uyalganda, g'azablanganda, tashqi harorat ta'sirida) va patologik (Vakez kasalligi, gipertoniya, is gazi bilan, atropin, amilnitrit, afyun zaharlanishlar va h.k.da) bo'ladi.

Ko'karish doimo patologik holat bo'lib, u gaz almashinuvi buzilishi bilan kechadigan o'pka kasalliklarida, yurak-qon tomirlari kasalliklarida (qonning dimlanishi hisobiga), zaharlashanda vujudga keladi. Ko'karish ko'pincha do'ng joylar (burun uchi, quloq suprasi, labda) periferiya (barmoqlarda, tirnoqlar)da (akrotsianoz) ko'rinadi. Sarg'ayish har xil tusda ko'rinishi mumkin: och sariqlikdan (subikterik), to to'q sariqlikkacha. Sariqlik ko'p davom etganda yashilroq tusga kiradi. Sariqlik ko'zning oqida va tanglayning shilliq qavatida kuchliroq namoyon bo'ladi. Qonda karotin pigmenti ko'payib ketganda (tomat, sabzi ko'p istemol qiliiganda) yoki ayrim dorilarni ichganda qo'l kafti, oyoq panjalari, teri sarg'ayib ketadi. U haqikiy sariqlikdan farq qilib, unda ko'zning oq qavati va tanglayning shilliq qavati sargaymaydi, buyrak usti bezi yetishmovchiligi terida bronza rangiga o'xshash doglar paydo bo'lishi tarzida yuzaga chiqadi, pigment kamayishi yoki yo'qolishk natijasida terida oq dog'lar (pes) paydo bo'ladi. Ular har xil kattalikka ega va ko'pincha simmetrik bo'lib, organizmda hyech qanday funksional buzilishlarga olib kelmaydi.

Toshmaning asosiy elementlari bo'lib sariq dog' (makula), tuguncha (papula), pufakcha (vesikula), qavariq (urtika), eritema (erythem), qon quyilishi (petechia) va h.k. hisoblanadi. Qator yuqumli kasalliklar (kizamiq, qizilcha, suvchechak, ichterlama va h k.) toshma bilan kechadi. Ichki kasalliklarda uchuq toshishi (krupoz pnevmoniya, gripp), allergiyalarda har xil toshmalar bo'lishi mumkin. Teridagi chandiqlar (chechakdan keyingi chandiq, zaxmdagi chandiq, Itsengo - Kushing sindromidagi chandiqlar, operatsiyadan keyingi chandiqlar va h.k.) ham ma'lum diagnostik ahamiyatga ega. Terining quruqligi yoki namligiga ham e'tibor beriladi. Terining quruqligi (organizm suvsizlanganda, ichburug'da, qusishda, miksedemada, qandli diabetda, surunkali nefritda) kuzatiladi. Teri namligining ortishi va terlash isitma bilan kechadigan yuqumli kasalliklarga (gripp, qora oqsoq kasalligi, sil, sepsis) hamda revmatizm, Bazedov kasalligiga ko'proq xos bo'ladi.

Sochni ko'zdan kechirishda uning o'sishiga, tabiatiga, holatiga ahamiyat beramiz. U ichki sekretsiya bezlari kasalliklari diagnostikasida asosiy belgilardan biri bo'lib hisoblanadi.

Barmoqlarning va tirnoqlarning o'ziga xos o'zgarishi (nog'ora cho'pisimon barmoq, soat oynasisimon tirnoq) uzoq davom etgan yiringli kasalliklarda kuzatiladi. Bundan tashqari, ko'rishda shishlarga ahamiyat beramiz, ular mahalliy yoki butun tana bo'ylab (anasarka) tarqalgan bo'lishi mumkin. Shishlar paydo bo'lganda to'qima va a'zolarning hajmlari kattalashadi, ularning tashqi ko'rinishi o'zgaradi, Limfa tugunlarini ko'zdan kechirishda ularning katgalashganligini ko'rishimiz mumkin.



PAYPASLASH (PALPATIO) - PALPATSIYA

Paypaslash fizikaviy klinik tekshirish usullaridan biri bo'lib, u qo'limiz terisining va tekshiriluvchi a'zoning sezuvchanlignga asoslangan. Paypaslash tarixi Gippokrat (Buqrot) davriga borib takaladi. Paypaslashni Buqrot asarlarida uchratishimiz mumkin. Lekin u vaqtda faqat yuzaki a'zolar (teri, suyak, bo'g'im, o'smalar) o'rganilgan hamda tomir urishi (puls) paypaslangan. Boshka fiziologik va funksional o'zgarishlarni paypaslash XIX asrdan o'rganila boshlandi. Masalan: tovush titrashi va yurak uchi turtkisi R.Laennek, P.Piorri va I.Shkoda tomonidan o'rganilgan va klinik usulga kiritilgan. XIX asrning oxirlarida esa qorin bo'shlig'i a'zolarini sistematik paypaslash yuzaga keldi (S. P. Botkin, F.Glenar, V.P.Obrazsov va N.D.Strajesko). Paypaslash klinik qiymatga ega bo'lishi uchun yaxshi yo'lga qo'yilgan umumiy paypaslash usuli va har bir a'zoning paypaslash usuli bo'lishi kerak.

Tanani ayrim sohalar bo'yicha ko'rgan vaqtimizda, Dastavval, boshga ahamiyat beramiz. Ayrim kasalliklarda bosh Haddan tashqari katta (makrotsefaliya yoki gidrotsefaliya) va kichik (mikrotsefaliya) bo'lishi mumkin. Parkinson kasalligida bosh oldinga va orqaga chaykaladi. Aorta nuqsonida boshda Myusse -simptomi kuzatiladi.

«Yuz ko'rinishi dil oynasi». ya'ni yuz ko'rinishi bemorning ichki his-tuyg'ularini, kechinmshtarini aks ettiradi. (Yuz - Facies - lotin so'zi bo'lib, fare - so'zlamoq ma'nosini rildiradi). Patologik jarayonga sababchi bo'lgan belgilar, ko'pincha bemorlarning yuzida ifodalanadi. Yuz ko'rinishidan kasallikni aniqlab olishimiz mumkin bo'lgan rang-barang belgilarni kuzatishimiz mumkin, Masalan: «istimali yuz» «fasies febrica» qurib qolgan va yorilgan lablar terisining qizarishi hamda yuzning hayajonlangan holati ko'rinishi bilan ifodalanadi, «pnevmonik yuz» (o'pkaning krupoz yallig'lanishi), yuzning bir tomonlama qizarishi, burun va lablar atrofida uchuq toshishi, burun qanotlari nafas olishda kengayishi bilan kuzatiladi. Buyrak kasalligida (glomerulonefrit) yuz oqargan, ko'zning pastki va ustki qovoqlari shishgan (fasies nefritica) holatda bo'ladi. Yurakning ikki tavaqali klapani nuqsonida (dekompensatsiya davrida) yanoqlar ko'kimtir-qizg'ish, burun uchi va lablar ko'kimtir tusli bo'lib, xuddi kapalak qanotlarini eslatadi. Bazedov yuzi (fasies Basedovica)da yuz mimik harakatlari tezlashgan, ko'zlar chakchaygan, yaltiroq, yuz qo'rqqan ko'rinish holatida bo'ladi. Miksedema kasalligida yuz shishganrok, oqargan, terisi dag'al, ko'zlar qisilgan, yuz ko'rinishi ma'nosiz, befarq qarash holatida bo'ladi. Akromegaliya kasalligida burun, lablar, qosh usti qovog'i kattalashadi, tish oralig'i kengayadi, pastki jag' oldinga bo'rtib chiqadi. Itsengo-Kushing sindromida yuz oysimon ko'rinishda bo'lib, terisi rangi to'q-qizil, ayollarda soqol-mo'ylov o'sib chiqadi. Gippokrat yuzi - ko'zlar ichiga botgan, burun qirrasi o'tkirlashgan, teri rangi ko'kimtir - oq tusda, peshonasi sovuq ter tomchilari bilan qoplangan bo'lib, bu peritonitda, ya'ni qorin pardasining tarkalgan yallig'lanishida kuzatiladi va yomon belgi hisoblanadi.

Insult o'tkazgan bemorlarda nossimetrik yuz kuzatiladi. Ko'zlarda bir qancha sinamalar bajarishimiz mumkin. Masalan, Bazedov kasalligida Grefe, Shtelvag, Mebius, Gerner va boshqalar. Zaharlanishlarda, ko'z qovoqlari shishganligi, qovoqlar tushishi (ptoz), koma xolatida ko'z qorachigining kengayishi (midrias) yoki (myosis) kuzatiladi. Burun shaklining «o'pirilgan egarsimon» yangi zahm kasalligida, kattalashishi okromegaliyada ko'zga tashlanadi.

Batologik holatlarda lab oqarishi, ko'karishi, quruqligi, yorilishi, og'iz burchaklari bichilishi aniqlanadi. Og'izning ochiq turishi burun orqali nafas olish qiyinlashganligidan dalolat beradi. Og'iz shilliq qavati, milk qonashini, kulrang dog'larni, yallig'langan va kattalashgan bodom bezlarini aniqlashimiz mumkin. Tish va tildagi o'zgarishlarga ham ahamiyat berishimiz kerak. Bo'yin sohasini ko'rganda qalqonsimon bezning kattalashganligiga, arterial qon tomir tebranishiga, bo'yinturuq venasini bo'rtib chiqqanligiga ahamiyat berishimiz kerak.

Bemorning nafasidan yoki terisidan tarqalayotgan hidlar ham ma'lum diagnostik qimmatga ega. Masalan, zaharlanishda alkogol hidi, sirka essensiyasi, nasha va boshqalar yoki uremik, diabetik va jigar komalarida siydikchil, atseton yoki chirigan olma hidi aniqlanadi.

Kasallikka tashxis qo'yish uchun paypaslash usuli juda keng qo'llaniladi. Lekin u ma'lum reja asosida olib borilishi kerak, aks holda noaniq natijalar berishi mumkin.

Paypaslash nafas sistemasi, yurak-kon tomirlari kasalliklarida ahamiyatga ega. Lekin u qorin bo'shlig'i a'zolari patalogiyasida juda katta rol o'ynaydi. Paypaslash usullari bo'limlarning tegishli joylarida keltiriladi.


TUKILLATISH - PERKUSSIYA (PERCUSSIO)

Tukillatish - tana yuzasiga urganda chiqadigan tovushni o'zgarishiga asoslangan klinik tekshiruv usuli hisoblanadi. Bu usul L.Auenbrugger tomonidan (1761) taklif qilingan. Tananing har xil kismlarini tukillatganda har xil tovush eshitadi. Tukillatish tovushining xususiyati shu tukillatgan organning zichangiga, cho'ziluvchanligiga, tarangligiga bog'liq. Tukillatishda tebranish harakati paydo bo'lib, u bizning qulog'imizga tovush sifatida eshitiladi. Zich joylashgan, o'zida xavo tutmaydigan a'zolar mutlaq bo'g'iq tovush beradi. Shuning uchun jigar, taloq, buyrak, havosiz o'pka, suyuqliklarni tukillatishda bir-biridan farq qilish qiyin. Ko'krak qafasini va qorin bo'shlig'ini tukillatganda paydo bo'ladigan tovushlar ular tutgan havo miqdoriga bog'liq. Hozirgi vaqtda barmoqni barmoqqa urib tukillatish odat tusiga kirgan. Buni bilvosita tukillatish deyiladi. Barmoqni-barmoqqa tukillatganda faqat qo'l panjasi ishlashi kerak. Tukillatish bir xil kuch bilan, tez va qisqa, barmoq perpendikular (tik) bo'lgan holatd bajarilishi kerak.

Bevosita tukillatish ko'rsatkich barmoq bilan bajariladi Tukillatishlardagi tovushlar farqi orqali a'zoning chegaralari, kattaligi, joylashishi aniqlanadi.

Topografik tukillatish orkali har bir a'zoning joylashish shakli va kattaligi aniqlanadi. Ko'krak qafasining simmetrik sohalarini tukillatish orqali patologik o'choq qayerda joylashganligini aniqlashimiz mumkin.

Tukillatishda quyidagi maqsadga muvofiq har xil kuch bilan uriladi: kuchi bo'yicha tukillatish tovushi qattiq (tiniq) va sekin (bug'iq) bo'lishi mumkin, balandligi bo'yicha - baland va past, aks etishi bo'ykcha - timpanik, notimpanik va metall tovushini aks ettiruvchi tovushlar farqlanadi. Tovush balandligi tovush tebranishi tezligiga bog'liq. Masalan: o'pka to'qimasida havo ortib ketganda (emfizema) tukillatish tovushi past bo'ladi (tebranish tezligi 70-80 sek). Me'yoriy tebranish tezligi 100-130 sek ga teng. O'pka to'kimasi qattiqlashganda u 400 gacha ko'payadi.

Timpanik tovush nog'ora chalgandagi tovushni eslatadi. (tymponon - nog'ora). Me'yorda oshqozon va ichaklar nog'ora tovushini beradi.



Tukillatishning asosiy tartiblari

1) Tukillatish vaqtida bemorning vaziyati qulay bo'lishi kerak, u o'tirgan yoki turgan holatda bo'lishi. faqat og'ir bemorlar yotgan holatda tukillatiladi.

2) Xona iliq va jimjit bo'lmog'i maqsadga muvofiq.

3) Vrach qulay vaziyatda bo'lgani yaxshi.

4) Uriladigan barmoq tukillatish sohasiga zich qo'yilishi hamda iliq bo'lishi zarur.

5) Tukillatishda kaft xarakati bilan ishlanishi, bir xil kuch ishlatilishi, barmoqlar perpendikular (tik) bo'lishi, qisqa-qisqa urilishi kerak.

6) Topografik tukillatishda baland tovushdan past tovushga tomon boriladi va chegara chizig'i barmoq plessimetrning (anik) tiniq tovush tomonidan belgilanadi.

7) Qiyosiy tukillatish faqat simmetrik sohalarda olib boriladi.
AUSKULTATSIYA - ESHITISH (AUSCULTO)

Auskultatsiya - tanada mustaqil tabiiy hosil bo'ladigan tovushlarni eshitish bo'lib, u bevosita va bilvosita bajarilishi mumkin. Eshitish fransuz vrachi RENE LAENNEK tomonidan yozilgan va vrachlik amaliyotiga kiritilgan. (1816-1819). Birinchi stetoskopni ham u yaratgan. U o'pkadagi eshitish fenomenlarining hammasini yozgan (vezikulyar nafas, bronxial nafas, g'ichirlash, shovkinlar). Klinikada eshitishning rivojlanib borishi stetoskopning takomillashib borishi bilan bog'liq. P.Piorri, F.G.Yanovskiy bimanural stetoskop yaratishdi (1824), so'ngra N.F.Filatov fonendoskop yaratdi.

Keyinchalik eshitishning rivojlanib borishi tovushlarni yozib olish usuli (fonografiya) yaratilishi bilan bog'liq bo'ldi. (1894 y. V.Eyntxoven).

Bevosita eshitganda yurak tovushlari, bronxial nafas yaxshi eshitiladi, bu tovushlar o'zgarmagan holda yetib keladi.

Bilvosita eshitganda (stetoskop, fonendoskop orqali) tovushlar o'zgaradi, lekin tovushlar aralashib ketmaydi va har bir tovush alohida eshitiladi. Bunda juda sust tovushlarni ham eshitishimiz mumkin.

Stetoskop bilan fonendoskop o'rtasida bir oz fark bo'lib, keyingisi membranali kuchaytirishga ega. Auskultatsiya nafas va yurak-qon tomirlari sistemasifaoliyatini baholashda hamda arterial bosimni o'lchashda asosiy tekshiruv usullardan biridir.

Eshitish ma'lum tartibda olib boriladi. Xonada jimjit va iliq bo'lishi kerak. Bemor qulay vaziyatda o'tirgan yoki turgan, og'ir bemorlar esa yotgan holatda eshitiladi. Eshitayotgan vaqtda stetoskopni tanaga zich qo'yish kerak. Vrach, eshitish maqsadiga muvofiq, bemorning vaziyatini o'zgartirishi mumkin.

Eshitishda yana bir talabga rioya qilish zarur, u ham bo'lsa bemorni bitta fonondoskopda, ya'ni o'zi o'rgangan fonedoskopda eshitish hisoblanadi. Buni tajribali vrachlar yaxshi biladilar.


1.9. LABORATOR TEKSHIRUV ASOSLARI
Quyidagi jadvalda keng qo'llaniladigan laborator ko'rsatkichlarning me'yoriy kattaliklari keltirilgan. Ko'rsatkichlar Sent-Luis shahridagi Barns klinikasida qo'llaniladigan birliklarda va jahonning ko'pchilik mamlakatlarida foydalaniladigan SI birliklarida berilgan. Ayrim kattaliklar tekshirilayotgan populyatsiya va usul turiga ko'ra farq qilishi mumkin.


Ko'rsatkich

Odatda qo'llaniladigan birliklar

Qayta hisoblash koiffitsenti

SI birliklaridagi ko'rsatkichlar

Qonning biokimyoviy ko'rsatkichlari

Mochevina azoti

Albumin


Plazmadagi ammiak

Umumiy oqsil

Bilirubin umumiy

bog'lanmagan

Vitamin V12


8-25 mg %

3,6-5 g%


9-43 mkmol/l

6,5-8,5 %

0,2-1,3 mg%

0-0,2 mg%

200-800 pg/ml


0,357

10

1



10

17,1


17,1

0,738


2,9-8,9 mmol/l

36-50 g/l

19-43 mkmol/l

65-85 g/l

3,4-22,2 mkmol/l

0-3,4 mkmol/l

148-590 pmol/l


Arterial qondagi gazlar

rN

rO2


rSO2

Gaptoglobin

Plazmadagi nahorgi glukoza

Glikolizangan gemoglobin

Temir umumiy

Temirli bog'lash qobilyati

Transferrinning to'yinganligi

Plazmadagi kalsiy

umumiy

erkin


7,35-7,45

80-105 mm s.u.b

35-45 mm s.u.b

44-303 mg%


66-110 mg%
4,4-6,3%

50-175 mkg%


250-450 mkg%

20-50%
3,3-4,9 mmol/l

8,9-10,3 mg%

4,6-5,1 mg%



1

0,133


0,133

0,01
0,055


0,01

0,179
0,179

0,01
1

0,25


0,25

7,35-7,45

10,6-14,0 kPa

4,7-6,0 kPa

0,44-3,03 g/l


3,58-6,05 mmol/l
0,044-0,063

9,0-31,3 mkmol/l


44,8-80,6 mkmol/l

0,20-0,50


3,3-4,9 mmol/l

2,23-2,57 mmol/l

1,115-1,27 mmol/l


Kreatinin

Plazmadagi laktat

Magniy

Мис(umumiy)



Siydik kislota

Natriy


Osmolyarlik

Och qoringa triglitseridlar

Ferritin

erkaklar

ayollar

Folat kislotasi

Plazmada

Эритроцитларда

Fosfat

Xloridlar



Xolesterin

Me'yoriy

Chegaraviy

Yuqori


Yuz LPX (XLPVP)

Seruloplazmin

Plazmadagi SO2

Zardob fermentlari

Amilaza Kreatinin Plazmadagi laktat Magniy Mis(umumiy) Siydik kislota Natriy Osmolyarlik Och qoringa triglitseridlar Ferritin erkaklar ayollar Folat kislotasi Plazmada Eritrotsitlarda Fosfat Xloridlar Xolesterin Me'yoriy Chegaraviy Yuqori Yuz LPX (XLPVP) Seruloplazmin Plazmadagi SO2 Zardob fermentlari Amilaza


0,5-1, 7 mg%

0,3-1,3mmol/l

1,3-2,2 mekv/l

70-155mkg%

3,0-8,0mg%

135-145mmol/l

270-290 mosm/kg

< 250 mg%

36-262 ng/ml

10-155 ng/ml

1,7-12,6 ng/ml

1 53-602 ng/ml

2,5-4,5 mg%

97-110 mmol/l

< 200 mg%

200-239 mg%

>=240 mg%

27-98 mg%

21-53mg%

22-31 mmol/l

35-11 8 me/l


88,4

1

0,5



0,157

59,5


1

1

0,113



2,25

2,25


2,27

2,27


0,323

1

0,0259



0,0259

0,0259


0,0259

0,063


1

0,01667


44-150 mkmol/l

0,3-1,3mmol/l

0,65-1,1 mmol/l

1 1,0-24,3mkmol/l

1 79-476mkmol/l

135-145mmol/l

270-290 mol/kg

<2,83 mmol/l

81-590pmol/l

23-349 pmol/l

3,9- 28,6 nmol/l

347-1 367 nmol/l

0,81-1,45 mmol/l

97- 1 1 0 mmol/l

< 5,18 mmol/l

5,18-6,19 mmol/l

>= 6,22mmol/l

0,70-2,54 mmol/l

1 ,3-3.3 mmol/l

22-3 1 mmol/l

0,58-1,97mkkat/l


Aminotransferazы

AlAT


AsAT

Gamma GT

erkaklar

ayollar


Kislotali fosfataza

KFK


erkaklar

ayollar


KFK MV-fraksiyasi

LDG


Lipaza

Ishqoriy fosfotaza

5'nukleotidaza


7-53 me/l

1 1-47 me/l

20-76 me/l

1 2-54 me/l

0-0,7 me/l

30-220 me/l

20-170me/l

0-12me/l

90-280 me/l

2,3-20 me/l

38-126me/l

2-16 me/l


0,01667


0,01667

0,01667


0,01667

16,67


0,01667

0,01667


0,01667

0,01667


0,1667

0,01667


0,01667

0,12-0,88mkkat/l

0,18-0,78mkkat/l

0,33-1,27mkkat/l

0,2-0,9mkkat/l

0-1 1,6 nkat/l

0,5-3,67mkkat/l

0,33-2,83mkkat/l

0-0,20mkkat/l

1 ,50-4,67mkkat/l

0,38-3,33mkkat/l

0,63-2, Yumkkat/l

0,03-0,27mkkat/l-


Zardob gormonlari

AKTSnahorga, soat 8 da, yotgan xolda)

Aldosteron

Vitamin D




<60pg/ml 0 99
10-160ng/l

0,22
2,77





<32,2 pmol/l

28-443mmol/l



1,25-digidroksi-

xolekalsiferol

25-gidroksi- xolekapsiferol Gastrin nahorga Insulin nahorta Kortizol (zardobdagi, ertalab)

20-76pg/ml


15-30ng/mg

0-130 pg/mg

5-25me/l

8-25mkg%

2,40
2,49

1

7,18



0,0277

48-182pmol/l


37-75nmol/l

0-130ng/l

36-180pmol/l

0,22-0,68mkmol/l



Lyuteinlovchi

Gormon


erkaklar

ayollar


0-8,9me/l



1


0-8,9me/l



Follikulin fazasi

Lyutein fazasi

Sikl o'rtasi Postmenopauza

Paratireoid gormon



1,4-11,5 me/l

0,1-16,1 me/l

20,1-73,9 me/l

8,4-46,5 me/l

4-9 mkekv/ml


1

1

1



1


1,4-11,5 me/l

0,1-16,1 me/l

20,1-73,9 me/l

8,4-46,5 me/l




Progesteron

erkaklar

ayollar

Follikulin fazasi




<0,5ng/ml
0,101,5ng/ml

3,18
3,18




<1,6nmol/l
0,32-4,8nmol/l

Lyutein fazasi

Homiladorlikning birinchi 3 oyligi

Homiladorlikning

oxirgi 3 oyligi



2,5-28ng/ml

9-47ng/ml

55-255ng/ml


3,18

3,18


3,18

8-89nmol/l

29-149nmol/l

175-81 1nmol/l


Postmenopauza Prolaktin

erkaklar

ayollar

Renin, plazmadagi faolligi

STG nahorga


<0,5ng/ml
2- 12ng/ml

2-20ng/ml


0,9-3,3ng/ml/soat

<8ng/mg

3,18
1

1
0,278

1


<1,6nmol/l
2-12mkg/l

2-20mkg/l


0,25-0,91 ng/l/s

<8mkg/l

Testosteron, umumiy

erkaklar

ayollar


300-1200ng%

30-120ng%


0,0346


0,0346

10,4-41.5 nmol/l

104 nmol/l


Testosteron, erkin

erkaklar

ayollar


52-280pg/ml

1,1-6,Zpg/ml


3,46


3,46

180-970pmol/l

4,0-22pmol/l


Tiroksin, (T4) umumiy

Tiroksin, erkin

T, mumga singishi

Triyodtironin(TZ)

T4-indeks

TTG


FSG

erkaklar

ayollar

Follikulin fazasi

Lyutein fazasi

Sikl o'rtasi

Postmenopauza

3-12mkg%

1,0-2,3ng%

20-40%


80-200ng%

0,85-3,5

0,45-6,2mkme/ml

2,4-19,9me/l

3, 1-19,7 me/l

10,4-23, 1me/l

1,7-11,2me/l

18-126me/l


12,9


12,9

0,01


0,0154

1

1



1

1

1



1

1

39-155nmol/l

13-ZOpmol/l

0,2-0,4

1,2-3,1nmol/l

0,85-3,5

0,45-6,20mme/l

2,4-19,9 me/l

3,1-19,7 me/l

1 0,4-23, 1me/l

1,7-11,2me/l

18-126me/l


17-Gidroksiprogesteron

Prepubertat davr

erkaklar

ayollar


Follikulin fazasi

Lyutein fazasi

Siydikning bioximik

ko'rsatkichlari

Amilaza.

Oqsil


Umumiy gidrokenprolin

Aminolevulin

kislota

Kalsiy


Katexolaminlar

Adrenalin

VBK

Dofamin


Erkin kortizol

Kreatinin

erkaklar

ayollar


3-90ng%

27-199ng%

15-70ng%

35-290 ng%
0,04-0,30me/min

0-150mg/sut


25-77mg/sut

1,3-7,0mg/sut

0-250mg/sut

<540mkg/sut

0-13mkg/sut

2-10mg/sut

<85 mkg/sut

20-90mkg/sut

1,0-2,0g/sut

0,6-1,5g/sut


0,03


0,03

0,03


0,03
6,67

0,001
7,63

7,6

0,025


5,5

5,05


2,76

8,84


8, .84

0,1-2,7nmol/l

0,8-6nmol/l

0,5-2, 1nmol/l

1,1-8,8nmol/l
0,67-5,0 nkat/min

0-0,1 50 g/sut


1 9 1 -58 8mkmol/sut

9,9-53 mkmol/sut

0-6,25mmol/sut

0-71nmol/sut

10-51mkmol/sut

55-248nmol/l

8,8-17,7mmol/sut

5,3-13, Zmmol/sut



Mis

Oksalatlar

Porfirinlar

Koproporfirin

Uroporfirin


15-50mkg/sut

10-40mg/sut


0-72mkg/sut

0-27mkg/sut



0,0157

11,4
1,53

1,2


0,24-0,78mkmol/sut

114-456 mkmol/kub


0-110 nmol/sut

0-32nmol/sut



5gidroksindolsirka k-tasi

Qon ivishi tizimi

FQTV(ACHTV)

Qon ketish vaqti

Fibrin degradatsiyasi maxsulotlari

Protrombin vaqti


0,2-5,7 mg/sut


25-36sek

2,5-9,5min


<8mg/ml

11-14sek


5,23
1

60

1



1,0-30mkmol/sut
25-26s

150-570sek




Trombinovoye vaqti

Fibrinogen

Qonning umumiy tahlili


1 1,3-18,5 sek

150-360mg%



1

0,01


11-14 sek

11.3-18.5 sek

1.5-3.6 g/l


Gematokrit

Erkaklar


Ayollar

Gemoglobin

Erkaklar

Ayollar


40,7-50,3%

36,1-44,3%

13,8-17,2%

12.1-15,1g%



0,01

0,01


0,620

0,620


0,407-0,503

0,361-0,443

856-10,7mmol/l

7,5-9,36mmol/l



1 ta eritrotsitdagi

gemoglobin

konssntryatsiyasi

1 ta eritrotsitdagi

gemoglobin miqdori

Leyqotsitar formula

Leykotsitlarning umumiy soni

32.7-35.5 g %

26,7-33,7pg

3,8-9,8 x 103/mkl


0,060


0,062

1

20.3-22.0 mmol/l

1,66-2,07fmol

3,8-9,8x109/l


Limfotsitlar

Monotsitlar

Granulotsitlar

Eritrotsitlar o'lchamlari

Retikulotsitlar

ECHT


1,2-3,3x103/mkl

0,2-0,7x103/mkl

1,8-6,6x103/mkl
11,8-14,6%

0,5-1,5%


0-30mm/soat

1

1

1


0,01

0,01



1,2-3,3x109/mkl

0,2-0,7x109/mkl

1,8-6,6x109/mkl
0,118-0,146

0,005-0,015



O'rtacha eritrotsitar xajm

Trombotsitlar

Eritrotsitlao

Erkaklar


Ayollar

80-97,6mkm

190-405x103/mkl
4,5-5, 7x106/mkl

3,9-5,0x1 06/mkl


1

1


1

1

80-97,6 fl

190-405x109/l


4,5-5,7x1012/l

3,9-5,0x1012/l



3. Immunologik ko'rsatkichlar

Immunoglobulinlar










Ig A

Ig M


Ig G

91-518mg%

61-355mg%

805-1830mg%


0,01

0,01


0,01

0,91-5,18 g/l

0,61-3,55 g/l

8,05-1 8,3 g/l


Komplement (umumiy

Gemolitik)

SZ

S4


118-26SN50me/ml

77-156mg%

15-39mg%



0,01

0,01


0,71-1,56g/l

0,15-0,39g/l




II. HAMSHIRALIK ISHI DEONTOLOGIYASI
2.1. HAMSHIRALIK JARAYONIDA

KOMMUNIKATSIYANING AHAMIYATI
Hamshiralik ishi dialog asosida, insonning inson bilan o'zaro muloqotyani aks ettiradi.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish