Keys stadi materiallari
Talaba uchun
Bemor 35 yosh, bosh og‘rishi, yurak sohasidagi og‘riq, xansirash, siydik ajralishining sutkasiga 300 ml gacha kamayishiga, oyoqlar, yuz va qorindagi shishlarga shikoyat qiladi.
5 yildan buyon kasal. Ko‘zdan kechirganda: butun tana bo‘ylab, oyoqlarda, yuzda ifodalangan shish. Teri qoplamalari va shilliq pardalar rangpar. O‘pkaning pastki qismlarida jarangsiz nam xirillashlar. YUrakning nisbiy bo‘g‘iqlik chegarasi chapga siljigan. A/B-200/140, puls 100 ta/min. CHo‘qqida – I tonning susayishi, sistolik shovqin, aorta ustida II ton aksenti. Qorin assit hisobiga kattalashgan.
Um.qon tahlili -Nv -80 g/l, eritrotsitlar -2,4x1012/l, leykotsitlar-8,5x109/l,ECHT-30 mm/s. Um. oqsil – 56 g/l, xolesterin – 8,2 mmol/l, kreatinin –0,36 mmol/l.Um. siydik tahlili: miqdori –100 ml, nis. zich.-1003, oqsil -10 g/l, eritrotsitlar -8-12/1, gialinli -4-8/1, donador- 3-5/1, mumsimon -2-3/1 silindrlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |