Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti


Sanitariya ta'limoti xodimi misoli



Download 1,12 Mb.
bet12/18
Sana05.04.2017
Hajmi1,12 Mb.
#6079
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18

Sanitariya ta'limoti xodimi misoli. Misol uchun olaylik, vrach-diyetolog, lekin o'zining vazni juda og'ir (chekadi), hamshira (chekadi), oila shifokori jismoniy mashqlar bilan shug'o'llanmaydi. Shu 3 kishi bizga sog'lom hayot haqida gapirsa-yu, o'zlari shunga rioya qilmasalar, bu vaziyatda:

• Bu masala bo'yicha gaplashmaslik;

• O'z muammosini yashirish;

• O'zining muammosi haqida bemor bilan gaplashish;

• O'zining muammosi bilan faol tarzda shug'ullanayotganligini bildirish;

• Shu muammolarni yechib, bemorlarga o'rnak bo'lish kerak,

Shunday kamchiliklarga ega xodimlar bemorlar oldida obro'yi tushishiga sabab bo'ladi. Kamdan-kam tibbiy xodimlar men sog'lom tarzdagi hayot kechiraman, deb aytishi mumkin. Haqiqatda, biz professional nuqtai nazardan qaraganimizda, quyidagilarni bilishimiz kerak:

• Mijozlar sog'lom shifokordan ko'prok, maslahat oladi.

• Tibbiy xodimlarning beparvoligi bemorlarda boshqacha tasavvur paydo qiladi: bu ularda men ham chekishim, jismoniy mashqlar qilmasligim mumkin. degan fikrlarni tug'diradi.

Shuning uchun kamchiliklari bo'lgan shifokorning o'zi bemorga tushuntirib, kamchiligini ham aytib, shu bemorda ishonch hosil qilib, barcha bilimini ishga solib, davolashi kerak.

Sanitariya ishlari eng muhim ahamiyatga ega va bularning ko'pchiligini tibbiy hamshira bajaradi. Tibbiy hamshiralar aholi ichida ish olib boradilar. Shuning uchun hamshiralar qolaversa, butun millat salomatligiga ma'lum, deydi hamshiralik ishining mashhur professori va asoschisi Florens Ninchel. Shifoxonada ishlaydigan hamshiralar, profilaktik ish bizning ish doiramizga kirmaydi, deb aytishi mumkin. Lekin maslahat ham profilaktika hisoblanadi. Misol: diabet bilan og'rigan bemorga inyeksiya qilish, astma bilan og'rigan bemorga ingalatorni ishlatish - bularning barchasi profilaktikadir.

Sanitariya profilaktikasining asosiy maqsadi -bemorlarga to'g'ri bilim berish, ularni to'g'ri fikr yuritishga yo'naltirish.



Sanitariya-tushuntirish ishlarini olib borish. Sanitariya-tushuntirish ishlarida birinchi bo'lib bemor yoki mojoz bilan tanishiladi, keyin sanitariya xodimi, rejaga asosan, bemorga yordam berishga harakat qiladi.

Guruhda ish olib borish. Guruh bilan ish olib borish oddiy darsdan biroz farq qiladi.

Guruh ishi

Doimiy o'qitish

Guruh a'zolari - faol o'quvchilar


O'qituvchi boshliq hisoblanadi. U o'kuvchilarga tushuntirish ishlarini olib boradi. Asosiy masala o'quvchilarga tushuntirish, ularda mustaqil fikrlashni uyg'otish va bilimlarni mustahkamlashdir.

Asosiy maqsad - fikr yuritish

Dars jarayoni o'kuvchining uyida ham 6o'lishi mumkin.


Guruh a'zolari - sustkash

O'qituvchi - dars beradi.

Asosiy masala — bilim berish

A'zolar gapirish xuquqiga ega emas.


Dars maxsus markazlarda o'tkaziladi.



Bundan xulosa: boshliq va a'zolar aniq vazifalarni bajaradilar.

Boshliq vazifalari.

• Guruhga yordam berish.

• O'kuvchilar orasida barcha sharoitlarni yaratib berish.

• O'quv jarayoni uchun hamma sharoitlarni yaratish va kerakli suhbatlar olib borish.

• Gurux muammolarini hal etish bo'yicha guruhning har bir a'zosi bilan maslahatlashish.

• Muammoni yakka yoki jamoada hal etish.



Guruh a'zolarining vazifalari.

• Darsning mavzusini tanlash.

• Qatnashish darajasini aniqlash.

• Uz va o'zga muammolarini aniqlash.

• Muammolarni hal qilish-qilmaslikni aniqlash.

Yangi kelgan a'zolarga qoidalani tushuntirish, unga e'tibor bilan qarash kerak. Kelgan insonning maqsadini aniqlash kerak. Keyin har haftada bo'ladigan mavzularni aniqlash zarur.



Odamlar soni. Guruh a'zolari ko'pi bilan 8 tadan - 12 tagacha. Agar tinglovchilar soni 8 tadan kam bo'lsa, ular o'zlarini ochiq deb sezadilar. Agar ular ko'p bo'lsa, ishlash kiyinlashadi.

Vaqt. Guruxda vaqt juda katta ahamiyatga ega. Bir dars 1,5 soat davom etadi. Orada tanaffuslar qam kerak.

Joy. Dars o'tishda joyning axdmiyati katta. Kasalxona odamlar ko'ziga sovuq bo'lib ko'rinishi mumkin. Mehmonxona, kvartira bu neytral hol. Agar buning iloji bo'lmasa, unda biror bir xonani chiroyli qilib jihozlab, shu yerda dars o'ting.

A'zolarni o'tqazish. Bu juda katta ahamiyatga ega. Darsda asosan yumaloq shaklda o'tirish yaxshi natija beradi. Bu muloqot yaxshi olib borilishiga yo'l ochadi.

Guruhda ish olib borish. Hamma dastlab asabiylashadi, chunki guruhning boshqa a'zolari bilan tanish zmas. Shunda boshliqning dastlabki asosiy vazifasi - guruxdagilarni bir-biri bilan tanishtirish.

Uchrashuvda. Bunda har bir a'zoni alohida tanishtirish kerak. Yangi a'zoga choy yoki kofe taklif qilish mumkin, boshqalar kelguncha jurnallar ko'rishni taklif qilish kerak.

Bir-biri bilan tanishish. Bunda bir-birini tanishtirish kerak. Bu erkinlik tug'dirib, shu guruhning a'zolariga ishonch tugdiradi.


1.7. HAMSHIRALIK ISHIDA DIYETOLOGIYA ASOSLARI
PARHYEZNING MUHOFAZA VA DAVOLASHDAGI AHAMIYATI.
Hozirgi zamon tibbiyotida turli kasalliklarni davolash va salomatlikni muhofaza qilish maqsadida turfa usullar qo'llanilib, ulkan yutuqlarga erishildi. Ushbu usullar ichida parhyez-davo turi alohida ahamiyat kasb etadi, chunki inson tanasi toki faoliyat ko'rsatar ekan. u albatta tashqy muhit bilan uzviy bog'lanib turishi kerak. Kishi tashki muhit bilan ovqatlanish jarayoni orkali bog'lanadi va uning ta'siri tufayli o'ziga zarur bo'lgan ozuqaviy nutriyentlar va quvvat oladi. Shu boisdan ham, ovqatlanish inson tanasi mo'tadilligi va faoliyati bir maromda saqlanishidagi muhim vazifalarni bajaruvchi tashqi omil, deb hisoblanadi.

Ovqatlanishni kasalliklar oldi olinishi va davolash maqsadida insoniyat qadim zamonlardan qo'llab keladi. Bu masala bozor iqtisodiyotini kechirayotgan O'zbekiston Respublikasida dolzarb hisoblanib, uning asosiy qirralarini bilish hamshiralar ishi samaradorligining oshishida zarur yo'nalishlardan biridir. Shu sababdan xam, 1924 yildan boshlab O'zbekistonda ushbu masalaga katta e'tibor beriladi.

Respublikamiz parhyez ovqatlanish nazariyasi va amaliyotiga dastlab A.N. Kryukov va A.A.Askarovlar asos solgan bo'lib, ular boshchiligida chillashir (enterit), oshqozon-ichak kasalliklarida mahalliy mahsulotlarni qo'llagan holda parhyez taomnomalar (diyetalar) ishlab chiqilgan. Bularga 1-chi, 2-chi va 4-chi o'zbek parhyez taomnomalari kiradi. Ammo bu masala Sobiq SSSR davrida keng doirada hal etilmadi va O'zbekistondagi mavjud mahsulotlardan tarkib topgan taomnomalarda fanda ham, tibbiyot amaliyotida ham deyarli e'tibor bershshadi. Shifoxonalarda asosan Ovrupo oshxonasi tomonidan qo'llanilib keldi. Oqibatda kasalliklar oldi olinishi va davolash jarayoni nihoyasida kutilgan natijalarga erishish imkoni bo'lmadi. Bu yo'nalishda «Ona va farzand» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va «O'zbekiston Respublikasi Gastoroenterologiya ilmiy Markazi Diyetologiya va vazn korreksiyasi bo'limi» xodimlari tomonidan zamon talablariga javob bera oladigan murakkab tarkibli moddalar («Tabib-1», «Tabib-2»), «Saidusmon» parhyez mahsulotlari va taomlari, («Saidusmon» omixtasi, nonlari va momiqlari, parhyez xolvaytari, parhyez sumalagi va parhyez xalimi, parhyez mastavasi, salomatlik choylari va xokazo) ishlab chiqildi va dastlabki klinik tekshiruvlar ularning samaradorligi yuqori bo'lganligini ko'rsatdi. Ushbu moddalar va taomlar hozirda ham qo'llanilayotgan prof. M.I.Pevzner taomnomasi (diyetasi) tarkibiga qo'shib qo'llanilmoqda. Respublikamiz shifoxonalarida kelajakda yangi milliy taomnomalar ishlatish maqsadida izlanishlar olib borilmoqda.

1-a parhyez. Buyuriladigan vaqti: Oshqozon-ichak yarasi kasalligi qo'ziganda davolashning dastlabki 8-10 kuni davomida va qon ketayotgan mahallarda, sekretsiya kuchayishi bilan o'tayotgan gastrit qo'ziganda, qizilo'ngach kuyib qolganda buyuriladi. Buyurishdan maqsad: me'dani imkon boricha avaylab, kimyoviy, mexanik va termik ta'sirotlarni bartaraf etish. Umumiy xususiyati: me'da shirasi sekretsiyasini qo'zg'atadigan moddalar cheklanadi. Ovqat asosan surq va yarim suyuq holda beriladi. Kalxoriya asosan uglevodlar hisobiga cheklanadi. Oo tuzi cheklab qo'yiladi. Tarkibi va kaloriyasi: oqsillar 80 g, shulardan kamida 60 g hayvon oqsili, yog'lar 80-90 g, uglevodlar 200g, quvvati 2000 kkal. Ovqatlanish tartibi: ovqat oz-ozdan, bot-bot (har 2-3 soatda) yeb turiladi, kechasiga sut yoki chuchuk qaymoq buyuriladi.

1-b parhyez. Buyuriladigan vaqti: Buyurishdan maqsad, umumiy xususiyati 1-a parhyez bilan bir xil. Biroq, 1-a parhyez tasnifida ko'rsatilgan masalliqlarga qoq ok non, quruk biskvit, sut mahsulotlaridan ezilgan tvorog qo'shiladi, pishirilgan go'shtli va baliqli taomlar miqdori ko'paytiriladi. Tarkibi va kaloriyasi: oqsillar 100g, yog'lar 100g, uglevodlar 300g, quvvati 2600 kkal. Ovqatlanish tartibi: ovqat tez-tez (har 2-3 soatda) yeb turiladi, kechasiga sut yoki qaymoq buyuriladi.



1-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Oshqozon-ichak yarasi kasalligining qo'zishi tugayotganda, yara bitayotganda, shuningdek, 2-3 oy davomidagi remissiya maxalida buyuriladi.

Buyurishdan maqsad; me'da va o'n ikki barmoq ichakni avaylash, kimyoviy ta'sirlarni bartaraf etish va mexanik ta'sirlarni cheklash, bu - yaraning bitish jarayonini osonlashtiradi. Umumiy tasnifi: me'da sekretsiyasini qo'zg'atadigan moddalar cheklanadi (kuchli baliq va go'sht sho'rvalari, qo'ziqorin, qovurilgan yog'li masalliqlar, kofe, o'tkir gazaklar, qora non, o'simlik xujayrasi, spirtli ichimliklar, xom sabzavotlar). Ovqat asosan qaynatib yoki bugda pishirylgan holda beriladi. Bu parxez kaloriyalar normal, oqsillar, yog'lar va uglevodlarning nisbati normal, vitamin V va S miыdori ko'proq bo'ladi. Osh tuzi cheklanadi. Tarkibi va kaloriyasi: oqsillar 100g, yog'lar 100g, uglevodlar 400g. Quvvati - 3000 kkal.

Ovqatlanish tartibi: ovqat tez-tez (kuniga 6 mahal) yeb turiladi, uykudan oldin sut, qaymoq yoki suyuq qahva buyuriladi.

2 - parxez. Buyuriladigan vaqti:

Sekretor yetishmovchilik bilan o'tayotgan surunkali gastrit, surunkali enterokolit, chaynov a'zolari kasalliklari, operatsiyadan va o'tkir infeksiyadan tuzalish davrida, me'da-ichak yo'lini bir qadar avaylaol kerak bo'lgan mahallarda buyuriladi. Umumiy xususiyati: me'da shirasi ajralishiga yordam beruvchi va me'da shilliq pardasiga shikast yetkazmaydigan, ekstraktiv va boshqa moddalari saqlab qolingan, fiziologik jihatdan bekamu ko'st bo'lgan parxez. Dag'al biriktiruvchi to'qimali go'sht va o'simlik hujayrasi bo'lgan masalliqlar asosan maydalangan, qiymalangan xolda beriladi. Dukkakli o'simliklar - loviya, yashil no'xot kabilar cheklanadi.

Tarkibi va kaloriyasi: oqsillar 80-100, yog'lar 80-100 g, uglevodlar 400g. Quvvati - 3000 kkal. Vitamin S 100mg, boshqa vitaminlar oshirilgan miqdorda.

3-parxez. Buyuriladigan vaqti. Turli sabab oqibatida kelib chiqqan qavziyat - ich qotish holatlarida: taom sababli, ichak asab-Harakat a'zolarini sust qo'zg'atuvchanligi, ko'yunda bavosil va yorilish va h.q. holatlarida.

Umumiy tasnifi: odatdaki kundalik o'rtacha taomnoma bo'lib, unda qaymoq suyuqliklar, ayniqsa achchiq choy, kahva, o'simlik xujayrasi kam bo'lgan maxsulot va taomlar: sutli taomlar, oliy navli oq non, qandolot mahsulotlari (tortlar, pishiriqlar va hokazolar) va boshqa osongina sinadigan, tozalangan mahsulotlar cheklanadi.

O'simlik hujayrasi - kletchatkaga boy bo'lgan mahsulotlar (sabzavotlar, mevalar, tar-mevalar, achitilgan-sirkalangan karam va hokazolar), hamda ichak harakatini rag'batlantiruvchi ovqatni mahsulotlar tavsiya etildi. Jumladan, «Saidusmon ivitmasi» (1:1 nisbatda olinib, qaynatib, iliq xarfli suvda 8-12 oat mobaynida ivitilgan turshak va qora quritilgan olxo'ri).

Undan tashqari suvda pishirilgan qizil-lavlagi, qatiqli ichimliklar, asal va hokazolar ham buyuriladi.



4-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Gastroenterokolitlar, o'tkir enterokolitlar va kasallik qo'zigan surunkali enterokolitlar, o'tkir davrdagi dizenteriya, ichakdagi operatsiyalardan keyingi holatda. Buyurishdan maqsad: ichakni mexanik va kimyoviy jihatdan anchagina avaylash, ichak peristaltikasini va.ichakdagi bijg'ish jarayonlarini kuchaytiradigan masalliqlarni cheklash. Umumiy xususiyati: uglevodlar va yog'lar hisobiga kalloriyasi cheklangan, oqsillari fiziologik normaning pastki chegarasi doirasida. Sut, kofe, meva sharbatlari, zirovarlar, eritilgan pishloq, o'simlik hujayrasi bo'lgan masalliqlar (karam, qizilcha, sholg'om, ismaloq, shovul, tuzlangan, dudlangan taomlar) cheklanadi. Tarkibi va kaloriyasi: oqsillar -80g, yog'lar - 70g, uglevodlar-50g. Quvvati- 2000 kkal. Vitamin S 100mg. Ovqatlanish tartibi: ovqat cheklangan miqdorda kuniga 5-6 mahal beriladi. Issiq choy, qora qahva, sho'rva, na'matak qaynatmasi 1,5 l. va boshqa suyuqliklar buyuriladi.

4-b parhyez. Buyuriladigan vaqti: Surunkali enterokolitlarning o'tkir davri boshlanayotgan mahalda, me'da kasalligi bilan o'tayotgan ichki kasallik, dizenteriyaning o'tkir holatlari o'tayotgan davrida. Buyurishdan maqsad: surunkali enterokolit bir qadar qo'zib turgan davrda bekamu ko'st ovqatlanishni ta'minlash, yallig'lanish xolati kamayishiga va me'da-ichakdagi buzilgan faoliyatlarning asliga kelishiga yordam berish. Umumiy tasnifi: fiziologik jihatdan bekamu ko'st bo'lgan bu parhyezda uglevodlar va osh tuzi miqdori bir qadar cheklanadi. Oshqozon ichak shilliq pardasining mexanik, kimyoviy jihatdan ta'sirlanadigan va ichakdagi bijg'ish-chirish jarayonlarini kuchaytiradigan masalliqlar man etiladi. Tarkibi va quvvati: oqsillar -100-120g, yoglar 2100g, utlevodlar-300-350g. Quvvati - 2600 kkal. Ovqatlanish tartibi: kuniga 5-6 mahal.

5-a parxez. Buyuriladigan vaqti: O'tkir xoletsistit yoki surunkali xoletsistitning huruji payti, o'tkir pankreatit yoki surunkali pankreatitning qo'zigan payti, yara kasalligi borligiga qo'shilgan surunkali xoletsistit, o't yo'llari operatsiyasidan keyingi 5-6 kun. Buyurishdan maqsad: buzilgan jigar faoliyatining asliga kelishiga, jigarda glikogen to'planishiga yordam berish, jigar faoliyatlarini, o't ajrashini kuchaytirish, me'da va ichakning mexanik ravishda ta'sirlanishini cheklash. Umumiy tasnifi: yog'lar cheklanadi, oqsillar bilan uglevodlar me'yor doirasida, lipotrop omillar miqdori ko'proq bo'ladi. Barcha taomlar ezilib, maydalangan masalliqlardan qaynatib yoki bug'da pishirib tayyorlanadi.

5-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Jigar va o't yo'llari kasalligining susaygan va ustiga me'da-ichak dardlari qo'shilmagan surunkali kasalliklari - xoletsistit, gepatit, jigar sirrozi, tuzalish davriga kirgan Botkin kasalligida. Buyurishdan maqsad: buzilgan jigar faoliyatining asliga kelishiga yordam berish. Umumiy tasnifi: oqsillar fiziologik me'yorda, uglevodlar bir qadar ko'paytirilgan, yog'lari o'rtacha cheklangan va xolesterinsiz. Qo'ziqorin, ismaloq, shovul, ziravorlar, kakao, shokolad, qarogat ham cheklanadi. Bu parhyezda lipotrop omillar va vitaminlar miqdori ko'paytirilgan. Osh tuzi 10-12 g. Tarkibi va quvvati: oqsillar -80-100 g, yog'lar 60-70 g, uglevodlar 450-500 g. Quvvati - 2900 kkal. Bemorlarda yog'lar almashinuvi buzilgan bo'lsa, uglevodlar cheklanadi. Ovqatlanish tartibi: ovqat tez-tez (2-2,5 soat oralab) berib turiladi va mo'l-ko'l - 2 litrgacha suyuqlik iliq holda ichdiriladi.

6 - parhyez. Buyuriladigan vaqti: Podagra, urat diatezi va eritremiyada go'sht hamda baliq mahsulotlarini cheklab qo'yish kerak. Buyurishdan maqsad: purin almashinuvining asliga kelishiga va endogen yo'l bilan urat kislota hosil bo'lishini kamaytirishga yordam berish. Umumiy xususiyati: yog'lar va purin birikmalariga boy mahsulotlar man qilinadi (mol va qo'y yog'i, jigar, buyrak, miya, qovurilgan go'sht va baliq hamda bularning kuchli sho'rvalari, souslar, ismaloqlar, yashil no'xot, shokolad, kofe, kakao, alkogolli ichimliklar). Tarkibida ishqor radikallari bo'ladigan masalliqlar beriladi (sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar va sut), osh tuzi bir qadar cheklanadi.

Tarkibi va kuvvati: oqsillar 80-100g, yog'lar 80g, uglevodlar 400g. Quvvati - 2700 kkal. To'la bemorlarga uglevodlar cheqlangan.

Ovqatlanish tartibi: kuniga 5 mahal, choy, meva sharbatlari, ishqoriy suvlar mul-ko'l (2-2.5 l) suyuqlik ichish buyuriladi.

7-a parxez. Buyuriladigan vaqti: O'tkir glomerulonefritda guruch, olma, kartoshka yoki buyrak yetishmovchiligi davriga o'tgan surunkali nefritda buyuriladi. Buyurishdan maqsad: buyraklarni mumkin qadar ko'proq avaylaydigan sharoitlar yaratish, osh tuzini cheklab qo'yish yo'li bilan gipertoniya va shishlarga ijobiy ta'sir ko'rsatish. Umumiy xususiyati: oqsillari keskin cheklanadi. Yog'lar va uglevodlar fiziologik me'yor atrofida bo'ladi. Bu parhyez tuzsiz va unda natriy elementi kam. Bunday kasallarga oldingi kunda qancha miqdorda siydik chiqargan bo'lsa, xuddi shuncha suyuqlik berib turish ruxsat etiladi. Sabzavot, mevalar yetarli miqdorda, qisman tabiiiy holda, pishirmasdan beriladi. Tarkibi va quvvati: oqsillar 5-30g, yog'lar 80-100g, uglevodlar 400-500g. Quvvati 2550-2600 kkal. Vitamin S va V ko'proq beriladi. Ovqatlanish tartibi: kuniga 5 mahal.

7- b parhyez. Buyuriladigan vaqti:

O'tkir nefritda 7-a parhyezdan keyin, shuningdek, nefritning surunkali o'tkir, badanda shishlar bo'lib turgan, arterial bosim ko'tarilganda, ammo buyraklar faoliyati saqlanib qolganda buyuriladi. Buyurishdan maqsad: 7-a parhyezda qanday bo'lsa, bunda xam shunday. Umumiy tasnifi: oqsillar miqdori 7-a parhyezga nisbatan 45-50g gacha oshirilib, qaynatib pishirilgan go'sht, baliq va 200g sut va chuchuk kefir qo'shiladi. Mahsulotlardagi osh tuzi miqdori 1.5g gacha ko'paytiriladi.

Tarkibi va quvvati: oqsillar 45-50g, yoglar 100g, uglevodlar 450-500g. Quvvati 3000 kkal.

7-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Tuzalish davriga o'tgan o'tkir nefrit, siydik cho'kmasidagi o'zgarishlar kam seziladigan surunkali nefrit, homiladorlar nefropatiyasi, xafaqonlik-gipertoniya kasalligi va tuzsiz ovqat zarur bo'ladigan boshqa holatlarda. Buyurishdan maqsad: buyraklar funksiyasini bir qadar avaylash, ko'tarilib ketgan arterial qon bosimi va shishlarga ijobiy ta'sir ko'rsatish. Umumiy tasnifi: tuzsiz, masalliklarning xili pishirish jihatidan olganda, 7a va 76 parhyezlardan farq qilmaydi. Oqsillarning miqdori 80g gacha ko'paytirilib, qaynatib pishirilgan go'sht, baliq va churigan-tvorog qo'shiladi. Dukkakli o'simlik mahsulotlari, kuchli go'sht sho'rvalari, pishiriq va kremlar, gazlangan va spirtli ichimliklar, qovurilgan go'sht, pivo man qilinadi. Tarkibi va kuvvati: oqsillar 80g, yog'lar 100g, uglevodlari 400-500g. Quvvati 2800-3200 kkal. Vitamin S, R, shuningdek V guruh vitaminlari ko'prok mikdorda buyuriladi..

Buyraklari amiloidozga uchragan, ammo faoliyatlari saklanib qolgan bemorlar bilan nefrozli bemorlarga oqsillarning mivdori 140g gacha ko'paytirilgan, lipotrop omillari, to'yinmagan va o'ta to'yinmagan yog' kislotalari va vitaminlari mo'lroq bo'lgan 7 - parhyez buyuriladi.



8-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Hazm a'zolari, jigar va yurak - qon tomirlari tizimida maxsus ovqatlanish tartibini talab qiladigan kasalliklarsiz o'tayotgan semizlik.

Buyurishdan maqsad: ortiqcha yog' to'planib borishining oldini olish va uni bartaraf etish uchun moddalar almashuviga ijobiy ta'sir ko'rsatish.

Umumiy tasnifi: asosan uglevodlar va qisman yog'lar hisobiga ovqatdagi quvvatni cheklash. Oqsillar miqdori fiziologik me'yordan yuqoriroq. Sabzavot va mevalar yetarli miqdorda berib turiladi. Osh tuzi cheklanadi, ta'm kiritish uchun ziravorlar hamda ishtaxani ochadigan azotli va ekstraktiv moddalar, yog'li, go'sht, xamir va makarondan tayyorlanadigan ovqatlar, tuzlangan, dudlangan taomlar, shokolad, kakao man qilinadi, qand o'rniga ksilit, sorbit steviya choyi beriladi. Beriladigan suyuqlik miqdori erkin - 1000ml. kartoshka, oq non sal cheklanadi.

Tarkibi va quvvati: oqsillar 100-120g, yog'lar 60-70g, 1 uglevodlar 180-200g. Quvvati 1800-1850 kkal. S vitamini ko'proq miqdorda berib turiladi, boshqa vitaminlar fiziologik me'yorda.

Ovqatlanish tartibi: ovqat kam kuvvatli bo'lgani uchun ochlik hissini bartaraf qilishga kifoya qilarli darajada hamda tez-tez berib turiladi.

9-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Atsidoz va ichki kasalliklar bo'lmasdan turib o'tayotgan qandli diabet. Buyurishdan maqsad: musbat uglevodlar mutanosibligi (balansi)ni quvvatlab turadigan sharoitlar yaratish, oqsillar almashinuvini izdan chiqishiga yul qo'ymaslik. Umumiy tasnifi: oqsillar fiziologik me'yordan ko'proq miqdorda bo'ladigan, yog'lar bilan uglevodlar bir qadar cheklab ko'yiladigan. Bu parxezda lipotrop ta'sirga ega moddalar qo'shiladi. Ovqatda sabzavotlar yetarlicha bo'ladi. Tuz va xolesterinli .masalliqlar cheklanadi. Masalliqlar odatdagicha pishiriladi.

Tarkibi va quvvati: oqsillar 100-120g, yog'lar 70g, uglevodlar 300g. Quvvati 2400 kkal.

Ovqatlanish tartibi: kuniga 6 mahal, uglevodlar butun kunga taqsimlanib chiqiladi. Qandli diabet bilan og'rib, ichki a'zolarida hamshira yo'ldosh kasalliklar paydo bo'lgan bemorlarga 9 parxezda ko'rsatilgan parhyez bilan birga aralash parhyez buyuriladi.

10-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Yurak-qon tomirlari tizimi kasalliklari, nerv tizimi kasalliklari siydik cho'kmasida o'zgarishlar borligi bilan o'tayotgan surunkali nefrit va piyelonefrit, o'tkir va surunkali piyelitda. Buyurishdan maqsad: qon aylanishi uchun qulay sharoit yaratish, asab tizimini qo'zg'atadigan moddalarni cheklash, azotli moddalarning chiqib turishini yaxshilash va siydik yo'llariga ta'sir qiluvchi mahsulotlarni cheklash.

Umumiy tasnifi: osh tuzi cheklanib, azotli ekstraktiv moddalar cheklangan parhyez. Ichak ishini rivojlantiradigan masalliqlar hujayrasi mayin bo'lgan sabzavotlar,. mevalar, kepakli bug'doy va yopilgan non beriladi. Masalliqlar mayin qilib pishiriladi.

Tarkibi va kuvvati: oqsillar 80g, yog'lar 65-70g, uglevodlar 350-400g. Quvvati 2500-2800 kkal.

Ovqatlanish tartibi: ovqat kam-kamdan, kuniga 5-6 mahal berib turiladi, uyquga yotishdan 3 soat ilgari kechki ovqat yeyiladi. Suyuqlik miqdori cheklangan 1000-1200ml gacha.

10-a parxez. Buyuriladigan vaqti:

II va II-III darajadagi qon aylanishi yetishmovchiligi bilan o'tayotgan yurak kasalligi, qon aylanishi yetishmovchiligi yoki miyada qon aylanishining buzilishi bilan kechayotgan hafaqon kasalligi, o'tkir va yarim o'tkir davrdagi miokard infarktida.



Buyurishdan maksad: osh tuzini keskin cheklab qo'yish va ovqatdagi kaliy bilan izdan chiqqan yurak faoliyati hamda ishlarga ijobiy ta'sir ko'rsatish, hazm a'zolariga tushadigan yukni kamaytirish.

Umumiy tasnifi: uglevodlar bir qadar cheklangan, ovqatlar tuzsiz pishiriladi, alohida tuzsiz non yopiladi, erkin suyuqlik cheklanadi. Masalliqlar ezib maydalanadi, qaynatilgan yoki . bug'da pishirilgan holda beriladi.

Tarkibi va quvvati: oqsillar 70-80g, yog'lar 60g, uglevodlar - 80g. Quvvati 2000-2100 kkal. Ovkatlanish tartibi: ovqat kam-kamdan, tez-tez berib turiladi.

10-b parhyez. Buyuriladigan vaqti:

Asosan yurak, miya yoki boshqa a'zolar tomiri zararlangan holda o'tayotgan arteriyalar aterosklerozi, et olish davriga kirgan miokard infarkti, hafaqon kasalligida.



Buyurishdan maqsad: aterosklerozning yana ham avj olib ketishiga yo'l qo'ymaslik, semizlikda tana og'irligini kamaytirish.

Umumiy tasnifi: asosan oson singadigan uglevodlar va Hayvonlardan olinadigan yog'lar hisobiga quvvatni cheklash: xolesterin va vitamin D ga boy mahsulotlarni man qilish. Masalliqlar azotli ekstraktiv moddalar xosil bo'lmaydigan va Dag'al o'simlik hujayrasi qolmaydigan qilib pishiriladi.

Tarkibi va quvvati: oqsillar 80-100g, yog'lar 60-70g, O'simlik moylari 35%, uglevodlar 250-300. Quvvati 2000-2200 kkal. Osh tuzi cheklanadi. erkin suyuqlik 1000-1200 ml gacha kamaytiriladi.

Ovqatlanish tartibi: ovqat o'rtacha miqdorda kuniga 5-6 mahal, kechki ovqat uyquga yotishdan 3 soat oldin beriladi.

11-parhyez. Buyuriladigan vaqti: Bosilib kelayotgan, surunkali yoki o'tkir shaklga o'tgan davrdagi o'pka sili, bu parhyez ichki organlarda, boshqa kasalliklar bo'lmagan paytlarda sanitariya sharoitlarida buyuriladi.

Buyurishdan maqsad: sil infeksiyasiga tana qarshiligini kuchaytirish, bemor vaznining ortishi, vitamin mutanosibligining asliga kelishiga yordam berish.

Umumiy tasnifi: oqsillari, vitaminlari mo'l-ko'l, yog'lari va uglevodlari o'rtacha parhyez. Ovqat ratsioniga kalsiyga boy sut mahsulotlari qo'shiladi. Osh tuzi va suyuqlik me'yor atrofida. Masalliqlar odatdagicha pishirilib, azotli ekstraktiv moddalar saqlab qolinadi: ziravorlarga ruxsat beriladi. Spirtli ichimliklar man qilinadi.

Tarkibi va quvvati: oqsillar 120-140g, yog'lar 100-120g, uglevodlar 500-550g. Kuvvati 3800-4000 kkal. Vitaminlar ko'p mikdorda beriladi.

Ovqatlanish tartibi: kuniga 4-5 mahal.

12- parhyez. Buyuriladigan vaqti: Asab tizimi kasalliklari. Buyurishdan maqsad: asab tizimini ortiqcha qo'zg'amaslik.

Umumiy tasnifi: o'tkir taomlar va ziravorlar, shuningdek, achchiq choy, qahva, shokolad, spirtli ichimliklar cheklab qo'yilgan aralash ovqatlar.

13-parhyez. Buyuriladigan vaqti: O'tkir isitma davridagi infeksion kasalliklar, murtak bezlari yallig'lanish anginalar, operatsiyadan keyingi holat.

Buyurishdan maqsad: o'tkir isitma paytida yoki operatsiyadan keyingi davrda bemor organizmining umumiy kuchlarini quvvatlab turish, me'da-ichak yo'lini avaylash.

Umumiy tasnifi: oqsillar miqdori fiziologik me'yorning pastki chegarasida bo'ladi, yog'lar, uglevodlar va quvvatlar miqdori bir qadar cheklanadi. Masalliqlarni pishirish: ovqat mayin qilib pishiriladi, kimyoviy ta'siri kamroq bo'ladigan holda beriladi.

Tarkibi va quvvati: oqsillar 70-80g, yog'la) 70g, uglevodlar 400g. Quvvati 2200 kkal. Vitamin S va boshqa vitaminlar ko'proq miqdorda berib turiladi.

Ovqatlanish tartibi: ovqat kuniga 6 marta beriladi.

14-parxez. Buyuriladigan vaqti:

Siydik ishqoriy reaksiyali, cho'kmasida fosfor, kal .siyli tuzlar bo'ladigan fosfaturiya.

Buyurishdan maqsad: kislotali siydik reaksiyasining tikl; dashiga yordam berish va shu tariqa cho'kmatushishiga yo'l qo'ymaslik.

Umumiy tasnifi: parhyezga siydik reaksiyasini kislota tarafga qarab o'zgartirishiga yordam beradigan masalliiqlar qo'shiladi. Ishqorlaydigan ta'sir ko'rsatuvchi va kalsiyga boy masalliqlar, dukkakli o'simliklar, kuchli go'sht sho'r alari, shokolad, qahva man qilinadi. Erkin suyuqlikning miqdori 1,5-2 litr, masalliqlar odatdagicha pishiriladi.

Tarkibi va quvvati: oqsillar 80-100g, yog'lar 100g, uglevodlar 400g. Quvvati 2800 kkal.

Ovqatlanish tartibi: kuniga 4-5 mahal.

15-parhyez. Buyuriladigan vaqti:

Davo uchun maxsus parhyez buyurishni taiab qilm; zdigan har xil kasalliklar, bu parhyezda hazm a'zolari f; zliyati me'yor holda bo'lishi shart.



Buyurishdan maqsad: davolash muassasasi sharoi tarida bemorning fiziologik me'yorlarga muvofiq ovqatlanib turishini ta'minlash.

Umumiy_tasnifi: oqsillar, yog'lar, uglevodlar miqdori va quvvati jismoniy mehnat bilan band bo'lmagan sog'lom odam ovqatining me'yorlariga to'g'ri keladi. Vitaminlar ko'proq miqdorda berib turiladi. Ovqat xilma-xil masallig pardan iborat bo'ladi. Qiyinchilik balan singadigan yog'li taomlar, yog'li go'sht, ko'y va mol yog'i, shakar qo'shib sutga qoriladigan xamirdan pishiriladigan taomlar man qilinadi. Ziravorlar o'rtacha miqdorda bo'ladi. Masalliqlar odatdagicha, vitam shlari saqlab qolinadigan qilib pishiriladi.

Tarkibi va quvvati: oqsillar 80-100g, yog'lar 80-100g, uglevodlar 400-500g. Quvvati - 3000 kkach.

Ovqatlanish tartibi: kuniga 4-5 mahal.
1.8. UMUMIY KLINIK TASHXISOT ASOSLARI
Kasallikni aniqlash to'g'risidagi ta'limot tashxisot (diagnostika) deb ataladi. Diagnostika (grekcha - Diagnosis -aniqlashga qodir), tibbiyot fani bo'limi bo'lib, bemor tekshirilishi jarayoni va usullarini ifodalaydi.

Diagnoz (tashxis) (grek. Diagnos aniqlash), hozirgi tibbiyot fani atamashunosligida ifodalanishicha, shifokorning bemor holati va kasallik mohiyatini bildiruvchi qisqacha xulosasidir. Yana aytish kerakki, tashxisot — bemor a'zosining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi.

Tashxisot ilmiy fan sifatida uch bo'limdan iborat:

1. Bemorni tekshirish va kuzatuv usullarini o'rganish hamshiraning tashxis qo'yish texnikasi.

2. Kasallik belgilari (simptomlar va semiologiya)ning tashxisotdagi axamiyatini o'rganish.

3. Diagnoz usuli - kasallik aniqlanishida fikrlash va mulohaza qilish xususiyatlarini o'rganish.

Tashxisotning rivojlanish tarixi bir necha ming yillarga borib taqaladi. Tashxisning rivojlanishida qadimgi Gretsiya tibbiyotining ahamiyati juda katta (xususan, Buqrotning). Ma'lumki, ilmiy-klinik tibbiyot Buqrotdan boshlanadi. Buqrotning tashxisiy tekshirishlari bemorni diqqat bilan kuzatishga asoslangan, ya'ni «ko'rish, eshitish, hidlash, ta'mni sezish va h.k» ni sog'lom holat bilan taqqoslangan. Bukrot ba'zan kasallik belgisini aniqlash uchun bemorni harakatlantirgan, masalan, ko'krak qafasidagi suyuqlikni u ko'krak qafasini harakatga keltirib aniqlagan. O'sha vaqtlarda ham tashxis qo'yish uchun ba'zi asboblar qo'llanilgan. Masalan: bachadon tekshiraladigan zond bachadon va rektal oyna. Buqrot o'pkani eshitib xirillashlarni plevra ishqalanish shovqinini aniqlagan. Jigar va taloqni paypaslab, tashxis qo'ygan.

Tibbiyot rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan olim, faylasuf Abu Ali Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari XVI asrgacha ham Sharqda, ham G'arbda 500 yil davomida shifokorlar uchun qo'llanma bo'lib kelgan.

XVIII - XIX asrlarda klinikaga yangi, bebaho tekshirish usullari kirib keldi. Jumladan, 1758 yilda termometriya paydo bo'ldi (Gayen). 1761 yilda L.Auenbrugter tomonidan tukillatish (perkussiya)ning hamda 1819 yilda R.Laennek tomonidan stetoskopning kashf etilishi va auskultatsiya usulining shllab chiqilishi tibbiyotda juda katta yutuq hisoblanadi. Tashxis qo'yish uchun muhim bo'lgan kasallik anamnezini yig'ish (bemorni yeurab - surishtirish) Ar - Roziy tomonidan boshlangan bo'lib, 749-ta kasallik bayonini yozib qoldirgan. Keyinchalik bu M.YA.Mudrov, G.N.Zaxarin, A.A.Ostroumov va boshqalar tomonidan rivojlantirildi. V.P.Obrazsov va Strajesko qorin bo'shligidagi a'zolarii metodik paypaslash (palpatsiya) usulini ishlab chiqdi.


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish