Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti


Ma'lumotlar to'plashni davom ettirish



Download 1,12 Mb.
bet11/18
Sana05.04.2017
Hajmi1,12 Mb.
#6079
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18

Ma'lumotlar to'plashni davom ettirish


Joriy ma'lumotlar to'plash juda zarurdir. Har bir uchrashuvda hamshira mijoz sog'lig'i holatidagi sezilarli va yaqqol o'zgarishlarni hamda bu holatga mijozning karashlarini aniqlab borishi kerak. Bu ma'lumotlardan parvarishlash rejasini takomillashtirish va qayta ko'rish uchun foydalaniladi. Hamshiralik tadbirlariga mijozning munosabati va ko'yilgan vazifalarga erishishdagi uning rivojlanishini bilish hamshiraga parvarish rejasini shakllantirish imkoniyatini beradi.

Muomala vositalari


Bu bo'limda hamshiralar va tibbiy jamoaning boshka a'zolari o'rtasidagi muomala vositalari to'g'risida mulohaza yuritiladi. Sog'liqni saqlash xodimlari o'rtasidagi samarali aloqa davolash uchun juda ahamiyatlidir. Yaxshi aloqa mutaxassisga o'z xizmatini to'ldirish va mijoz parvarishlashda xatolar qilmaslikka imkon beradi.

Mulohazalar, hisobotlar va hujjatlash sog'liqni saqlash xizmatida qo'llanadigan birlamchi muomala vositalari hisoblanadi. Mulohazalar - bu odatda muammoni aniqlash yoki hal etish uslublari ishlash bo'yicha axborotlar birlashtirilishi uchun ikki va undan ko'proq shaxslarning og'zaki fikr almashishlaridir. Masalan, hamshiralarning biri boshqasidan, og'riq qoldiruvchi vosita tavsiyasi bajarilgach, mijozda og'riq yengillashganligini bilishi mumkin. Agar ikkala hamshira fikrlari mos kelsa, endi bu dorini qanday berish mulohaza qilinadi.

Hisobot bu xabar berish maqsadida mijoz ma'lumotlarining og'zaki, yozma yoki kompyuter asosidagi axborotidir. Laborator tahlillar natijalari o'zida mijoz ma'lumotlarini hisobot shaklida tutadi, masalan, sut bezi to'qimasi biopsiyasida aniqlangan yomon sifatlilik yoki atipik hujayralar borligi to'g'risidagi ma'lumot. Hisobot yoki hamshira yozuvi navbatchilik oxirida qo'yilgan masalalar erishilishi bo'yicha mijozning takomillashganligi to'g'risida ma'lumot beradi.

Hujjatlash - bu bajarilgan barcha hamshiralik tadbirlari - ma'lumotlar to'plash, diagnostika, rejalash, hamshiralik parvarishlash rejasini amalga oshirish va baholashning yozma, huquqiy qayd qilinishidir. Hujjatlash maqsadlari (1) mijoz xdkidagi zarur ma'lumotlarning kayd qilinishi va axboroti, (2) hukumat yoki sug'urta kompaniyalaridan rag'batlantirishlar va (3) turli hukukiy muomalalarda ishlatish mumkin bo'lgan huquqiy hujjat taqdim etish kabilardan iborat. Sog'liqni saqlash tashkilotlarini akkreditlash bo'yicha qo'shma hay'at mijoz ma'lumotlari to'planishi, hamshralik tashxisi ko'yilishi yoki mijoz ehtiyojlari belgilanishi, hamshiralik tadbirlari va hamshiralik parvarishlash natijalarini aks ettiruvchi hamshiralik parvarishlash ma'lumotlari klinik axborot tizimiga kiritilishini o'rnatadi. Har bir tibbiy muassasada hamshiralik yozuvi va hisobotlariga ma'suliyatni belgilaydigan o'z siyosati bo'ladi.



Mijozlarning tibbiy varaqalari


Tibbiy yozuvlar yoki tibbiy varaqa o'zida mijoz sog'ligi holati to'g'risidagi ma'lumotlarni tutadi. By mijozga hamshiralik parvarishi to'liq tasvirini takdim etuvchi yagona hukuqiy hujjatdir. Mazkur varakada turli mutaxassislarning mijoz haqidagi turli ma'lumotlari bo'ladi. Bu ma'lumotlar varaqada turli shaklda bo'ladi va xamma uchun oson tarzda yoritiladi.

Tibbiy varykaning maksadi va vazifapari. Tibbiy varaqa ko'p maqsadli vazifalarga ega.

Kommuntatsiya, Mijozning tibbiy varaqasi mijozni turli vaqtlarda kuzatgan sog'liqni saklash xizmatining turli mutaxassislari orasida aloqa vositasidir.

Tibbiy yordamni rejalash. Mijoz bilan ishlayotgan har bir mutaxassis asosiy va joriy ma'lumotlar bilan tanishish huquqiga ega va mijozning davolash rejasiga munosabatini kuzatishi mumkin. Davolash rejasi mana shu ma'lumotlar asosida shakllanadi.

Tekshiruv. Tibbiy parvarish ko'rsatayotgan hamshiralarning yordam sifati va puxtaligini baholash uchun tibbiy varaqalar retrospektiv ko'rigi bajarilishi mumkin (shifoxonadan chikarilgach). Masalan, xamshiralik tekshiruvida tekshiriladigan tibbiy yordam standartlarini hay'at oldindan belgilaydi (masalan, ma'lumotlarni to'g'ri to'plash, hamshiralik xujjatlarini yuritish yoki xavfsizlik choralari). Keyin bir nechta tibbiy varakalar tasodifiy tanlanib hamshiraning ishi standartlarga qanchalik javob berishi qaraladi. Bunda kamchiliklar topilsa, ish sifatini oshirish choralari ko'riladi.

Tadqiqot ishi. Tibbiy varakalar mazkur kasalliklarni o'rganish va samarali davolash yo'llari topilishi maqsadida ilmiy xodimlar tomonidan qarab chikiladi.

Ma'lumot. Mijozning tibbiy varakasini o'qib, mutaxassislar maxsus kasalliklarning klinik manzaralari, samarali davolash choralari va mijoz masalalarni yechishiga ta'sir etuvchi omillar haqida ko'p ma'lumotlar olishlari mumkin.

Xuqutsiy hujjat. Klinik tibbiy varaqalar sudda tibbiy xodimni oqlovchi yoki ayblovchi ashyoviy dalil sifatida takdim etiladigan hukuqiy (yuridik) hujjat hisoblanadi.

Tarixiy hujjat. Tibbiy varaqa sanalar ko'rsatilib borishi sababli tarixiy hujjat ahamiyatiga ega. Bundan keyinchalik mijozning salomatlik holati ilgari qanday bo'lganligi to'g'risida zarur ma'lumotlar olish mumkin.

Tibbiy varaqada hamshiralik yozuvlari. Hamshiralik jarayoni batafsil ijro etilgavda mijozning tibbiy varaqasidagi hamshiralik yozuvlari quyidagini o'zida tutishi kerak: qiska, har tomonlama hamshiralik bahosi - ma'lumotlarning hamshiralik anamnez va fizikal tekshiruvidan olingan birlamchi asosi hamda muayyan maqsadli ma'lumotlar to'planishi.

Mijozga individual tibbiy yordamning joriy rejasi -mijoz vazifalariga mos hamshiralik tashxisi ustivorligi va hamshiralik tavsiyalari hamda mijozning vazifalarni hal etish darajasini belgilaydi. Shakllari turlicha - davolash rejasiga ko'ra belgilangan mijoz salomatligining dalillari, muammolari bayoni bo'lib, muammo holatining mos holda hamshiralik tadbirlari, mijoz munosabati va tibbiy yordam rejasini qayta ko'rib chiqish izohlaridan iborat. Joriy yozuvlar - doimiy hamshiralik tadbirlari yozuvidir.

Grafik jadvallar — ko'rsatma bo'yicha mijozning og'irligi, suyuqlik iste'mol kilish va ajratish hajmi, qon zardobidagi glukoza darajasi, nevrologik xususiyat kabi belgilarini qayd etishdir.

Dori preparatlarini qabul qilishning qayd etilishi -mijozga tavsiya etilgan barcha dori preparatlar (preparat nomi, dozasi, sxemasi, beriladigan vaqti), dori beruvchi hamshiraning imzosi, ba'zi dorilar uchun (masalan, analgetiklar uchun) tavsiya etilish sababi va uning effekti yozilishidir.

Shifoxonadan chiqarilayotgandagi kisqacha ta'rif mijozning kasalligi holati hamda mijozni chiqaruvga tayyorlash uchun o'rgatuvchi va maslahat tadbirlari yozilishidir.

Tibbiy varaqa mazkur mijoz uchun bajarilgan hamshirshshk tadbirlarining batafsil bayoni keltirilgan yagona xuqukiy hujjat hisoblansa-da, hamshiralik hujjatlashda jiddiy kamchiliklar topilishi, mantiqsiz takror va noaniq yozuvlar uchrashi mumkin. Bunday holatlar e'tiborsiz qolishi va mijozga hyech kanday asorat keltirmasligi mumkin bo'lsa-da, ular mijoz uchun ko'rsatilayotgan tibbiy yordamga jiddiy ta'sir etishi, hamshiralik parvarishlashga ma'sul hamshira uchun huquqiy muammolar paydo kilishi mumkin. Xatolar qilmaslikda hujjatlar yuritish bo'yicha qo'llanmalar yordam beradi. Huquqiy xavfsizlik uchun Lyer (1991) quyidagicha tavsiyalar beradi:

- tibbiy varaqalarda hyech kanday to'g'rilashlar yasamaslik;

- tibbiy varaqalarda sog'likni saqlash mutaxassislarini tanqid qilmaslik;

- mutaxassislar yoki shifoxona to'g'risida mijoz yoxud uning yaqin kishilari qilgan har qanday shikoyatlarini hujjatlashtirish;

- mijozni tavsiflashda bo'rttirmaslik;

- vrachga beriladigan barcha ma'lumotlarni aniq yozish lozim.



Tibbiy varaqa turlari. Mijozning manbaga mo'ljallangan tibbiy varaqasi - har bir tibbiy jamoa o'z ma'lumotlarini alohida saqlab ko'ygan varakadir. Tibbiy varaqa bo'limlari hamshiralar. vrachlar, laboratoriya xodimlari va b. uchun ajratilgan. Ma'lumotlar xronologik tartibda kiritilib, eng oxirgilari varaqaning boshiga yaqin bo'ladi. Bunday varaqaning xususiyati shundaki, ma'lumotlarni har qanday tartib bo'yicha topish mumkin. Asosiy kamchiligi esa - mijoz to'g'risidagi tarkoq, turli mutaxassislar yozuvlari bilan keltirilgan xronologik tartibdagi muammolarni ko'zdan kechirib chiqish qiyinligidir.

Tibbiy varaqaning boshqa bir turi — mijozning muammoga mo'djallangan tibbiy varaqasidir. Uni 60-yillarda doktor lawrence Weed ishlab chiqqan bo'lib, bu varaqa axborot manbalari hakida emas, mijozning muammolari haqida axborot tutadi. Bunday varaqaning xususiyati shundaki, sog'liqni saqlash jamoasi mijoz muammolari ro'yxati aniqlanishi bo'yicha birga ishlaydilar va davolash rejasiga o'z xissasini qo'shadi. Ba'zi hamshiralar, tibbiy varaqa shakllanishida SOAP (subyektiv ma'lumotlar, obyektiv ma'lumotlar, baholash va rejalash) diqqatni tanlangan muammolarga yig'adi va dalillarning avvalgi an'anaviy izoxlanishini ko'llaydi, deb hisoblaydilar.


Muammoga mo'ljallangan tibbiy varaqaning tashkillashtirilishi

Qism

Ma'lumot

Ma'lumotlar asosi (quyida keltirilgan «Mijoz haqidagi ma'lumotlar asosining qisqacha ta'rifi» ga qarang).

Ma'lumotlar asosi - bu mijoz haqidagi birlamchi barcha ma'lumotlarning to'planishi bo'lib, u quyidagilardan iborat:

-Hamshira tayyorlagan salomatlik holati.

-Vrach bajargan tibbiy anamnez va fizikal tekshiruv.

-Ijtimoiy anamnez.

-Diagnostik testlarning birlamchi natijalari.


Muammo ro'yxati (quyidagi «Muammo Ro'yxati» jadvaliga qarang).

Tibbiy e'tibor talab etuvchi punktlar bo'yicha tuzilgan ko'p intizomli muammolar ro'yxati kuyidagilarni o'z ichiga oladi:

- Ijtimoiy-iqtisodiy, demografkk, ruhiy-ijtimoiy va fiziologik muammolar.

- Har bir muammoga nom, raqam va toifa berilgan: faol yoki nofaol.


Davolash rejasi (quyidagi «Davolash rejasi» jadvaliga qarang).

Muammo ro'yxatida davolash rejasi har bir maxsus muammo bo'yicha tartibga solingan. Hamshiralik terapevtik, diagnostik yoki o'quv rejasi hamshiralik tavsiyalari orqali ifodalangan.

Rivojlanish

to'g'risidagi yozuvlar yozuvlar (quyidagi “Rivojlanish to'g'risidagi yozuvlar” jadvaliga karang).


Dalillar bayoni.

Kiritmalar.


Shifoxonadan

Chiqarilayotgandagi yozuvlar.


Rivojlanish 1o'g'risidat-i yozuvlar dalillar bayoni, kiritmalar va shifoxonadan chikarilayotgandagi zuvlardan iborat.

SOAP shakli bo'yicha dalillar bayoni:

S - mijoz bergan subyektiv axborot.

O - tibbiy xodim bajargan obyektiv malumotlar.

A - yangi ma'lumotlar asosida baxolash.

R - mijoz muammolari bilan bog'lik rejalar yoki harakatlar.

Kiritmalar vaqt o'tishi bilan kuzatiladigan axborot yozuvi uchun foydalaniladi. Bu axborot turli vaqtlardagi mijoz holatini qiyoslash uchun ma'lumotlar beradi.

Chiqaruvdagi yozuvlar mijozning davolanish .kursi tugagach bajariladi va kuyidagi axborotni o'z ichiga oledi.

- SOAP ko'llanilganda yozilganidek muammo hal etilganligi sanasi.

- Mijoz uchun qilingan maslahatga yo'llanmalar.

- Hal etilgan va qisman hal etilgan muammolar gymichya tavsiyalao.




Mijoz haqidagi ma'lumotlar asosining qisqacha ta'rifi


75 yoshli, rangpar, yaqinda beva qolgan ayol shifoxonaga chap oyoqning vaqtinchalik paralichi va birdan yiqilganlik sababli olib kelingan. Dastlabki tashxis: Bosh miyada qon aylanishining o'tkinchi buzilishi; miokard infarktini istisno etish zarur.

1985 yildan buyon gipertoniya bo'yicha davolangan, umumiy ahvoli yaxshi; anamnezida - oxirgi olti oy mobaynida kuchayib kelayotgan bosh og'riqlari (haftada bir-ikki marta); bo'yi — 155 sm, vazni — 63,3 kg, AQB -184/120.



Muammo ro'yxati

Sana

Muammo №

Aniqlandi:

Ruxsat etilgan

9/2/93

№1. Bosh miyada qon aylanishining o'tkinchi buzilishi. Miokard infarktini istisno etish zarur.

R. Rahimov, vrach

SH.Abdullayeva, hamshira









№1A. Oyoq kuchsizligi bilan bog'liq jismoniy harakat yomonlashishi.







3/4/59

№2. Kuchli stress bilan bogliq adaptatsiya yomonlashishi.

SH. Abdullayeva,

hamshira






Davolash rejasi
Sana
Muammo

9/4/95

№2. Hayotdagi kuchli stress-omillar (kasallik ham kiradi) bilan bog'liq adaptatsiya yomonlashishi. Vazifa: Shifoxonadan chikarilguncha mijoz uyiga keta oladi. Reja:

Diagnostik: Odatdagi vositalar samarasi va to'g'riligini tekshirish, og'riqni qoldirishning yangicha uslublaripi aniqlash.

Terapevtik: 1) nima bo'layop anligini bilishni istagan mijozga barcha testlar va muolajalarni tushuntirish; 2) tinch sharoitni yaratish; 3) uyidagilari bilan maslahatlashish Urgatuv: ogriqii qoldirishning ya.ngicha ko'nikmalariga o'rgatish, masalan, relaksatsiya (bo'shashish) bo'yicha mashqlar. Bevalarni qo'llash guruhiga jo'natish. SH.Abdullayeva, hamshira.


Rivojlanish to'yarisidagi yozuvlar

Sana

Muammoga mo'ljallangan rivolanish to'g'risidagi yozuvlar

9/6/93


Oyoq madorsizligi bilan bog'liq harakat yomonlashishi

S - «Oyog'imda hali og'riq bor, sanchiklar sezyapman - lekin uni xarakatlantira olaman». O - Yotgan joyida chap oyog'ini ko'tara oladi, ijobiy bukilish, chap oyoqda mushak kuchi 3/5 (og'irlikka qarshi me'yor). A - Kuch tiklanishi bilan harakatchanlik tiklanishi, R - terapevtik: vrach bilan yotok tartibi tavsiya etish to'grisida maslahatlashish; diagnostik:

navbatchilikda бир marta mushak kuchi va harakatchanlik nazoratini davom ettirish; miyada qon aylanishi o'tkinchi buzilishi retsidivining har kanday belgilaridan ehtiyotda bo'lish; o'rgatuv: diagnostik muolajalar oxirigacha, joyidan ko'maksiz turishga qarakat qilmaslikni uqtirish; xavfsizlik choralari zarurligini yana bir bor tushuntirish.

SH. Abdullayeva, hamshira.Oyoq madorsizligi bilan bog'liq harakat yomonlashishi S - «Oyog'imda hali og'riq bor, sanchiklar sezyapman - lekin uni xarakatlantira olaman». O - Yotgan joyida chap oyog'ini ko'tara oladi, ijobiy bukilish, chap oyoqda mushak kuchi 3/5 (og'irlikka qarshi me'yor). A - Kuch tiklanishi bilan harakatchanlik tiklanishi, R - terapevtik: vrach bilan yotok tartibi tavsiya etish to'grisida maslahatlashish; diagnostik: navbatchilikda bir marta mushak kuchi va harakatchanlik nazoratini davom ettirish; miyada qon aylanishi o'tkinchi buzilishi retsidivining har kanday belgilaridan ehtiyotda bo'lish; o'rgatuv: diagnostik muolajalar oxirigacha, joyidan ko'maksiz turishga qarakat qilmaslikni uqtirish; xavfsizlik choralari zarurligini yana bir bor tushuntirish. SH. Abdullayeva, hamshira.





Tibbiy muassasalar siyosati. Ko'pgina muassasalar mijozlarning tibbiy varaqalariga nisbatan maxsus siyosat yuritadilar. Tibbiy varaqa bilan ishlaydigan barcha shaxslar (mijozga bevosita tibbiy yordam ko'rsatadigan xizmatchilar) konfidensiallik saqlashga majburdirlar. Maxsus vakil mutaxassisdan boshqa shaxslarga yoki mijozning oila a'zolariga tibbiy varaqani berishga hamshiraning hakqi yo'q. Tibbiy varaqa bilan tanishib chiqqan talabalar ham ma'lumotlar to'g'risida konfidensiallik ma'suliyatiga majbur bo'ladilar.

Shuningdek, muassasa siyosatini tibbiy varaqa shakllari to'ldirilishiga ma'sul personal (xodim) belgilaydi va bunday siyosat tibbiy varaqadagi bu shakllar tartibini o'rnatishi mumkin. Yozuvlar kiritish maromiga, vrach imzosiga, kabul qilingan qisqartmalar va xatolarni to'g'rilash bo'yicha qoidalarga tegishli qo'shimcha tartib o'rnatilishi mumkin.

Tibbiy varaqalar nozimxonada (registraturada) saqlanadi. Tibbiy varaqalarni kompakt mikrofilmlar tarzida saqlash yoki kompyuterga kiritish mumkin.

Aloqaning boshqa shakllari


Tibbiy xodimlar orasidagi aloqa shakllarining tibbiy varaqadan boshqalariga uchrashuvlar, telefon orqali o'rtoqlashishlar, yozma va audiokasseta vositasida axborot almashinuvlar kiradi. Bu shakllarning har biri o'z xususiyati yoki cheklanishlariga ega.

Rasmiy ma'lumot - eshitilgan, ko'rilgan, bajarilgan yoki ko'rib chiqilganlar to'g'risida xisobot takdim etish. Masalan, bir bo'limdan boshqasiga o'tkazilayotganda yoki har navbatchilik oxirida mijoz haqida shifoxona xamshirasi qisqa xisobot tuzadi. Hamshira, shuningdek, vrach va boshqa tibbiy xodimlarga ham hisobot tuzadi.

Uzluksiz 24 soat kuzatganligi uchun hamshira mijoz sog'lig'i holatidagi sezilarli o'zgarishlarni belgilashga javobgardir va u vrachga yoki tibbiy jamoaning tegishli a'zosiga bu o'zgarishlar haqida xabar beradi. Va, nihoyat, mijozning oila a'zolari ham hamshiradan tez-tez ma'lumot so'rab turadilar.



Navbatchilik almashishdagi hisobot. Bunday hisobotni avvalgi navbatchi hamshira keyingisiga yoki mijozga javobgar bo'lgan hamshira mijozga javobgarlikni qabul qilayotgan hamshiraga beradi. Bu hisobot yozma. uchrashuv vaqtida og'zaki yoki audiokassetada bajariladi. Ko'pgina hamshiralar, audioplyonka vositasidagi hisobotda vaqt tejaladi va batafsilroq axborot berish imkoniga ega bo'linadi, deb hisoblaydilar. Navbatchilik almashinayotgandagi hisobot quyidagilardan iborat bo'ladi:

- mijoz haqidagi asosiy ma'lumotlar — ismi, xonasining rakami, tartibi va joriy tashxis;

- mijoz sog'lig'i holatining joriy bahosi;

- tibbiy holat o'zgarishlari (tegishli diagnostik nazoratlar natijalari) va mijozning tibbiy davolashga munosabati;

- qo'yilgan hamshiralik tashxisi va vazifalarga nisbatan mijozning qarashlari;

- joriy tavsiyalar (xususan tavsiyalardagi har kanday o'zgarishlar);

- hamshira tavsiyalari;

- vrach tavsiyalari (dori preparatlari, vena ichiga suyukliklar yuborish, parhyez tavsiyalari, faollik darajasi o'zgarishlari);

- yangi kelgan har bir mijoz haqida uning tashxisi, yoshi, umumiy ahvoli va davolanish rejasi bo'yicha qisqa hisobot;

- boshka bo'limdan o'tkazylgan yoki shifoxonadan chiqarilgan mijoz haqida hisobot.

Mijoz xaqida nomutaxassislik sharhlari bermaslik kerak, bunday sharxlar hamshiraning mijozga nisbatan negativ munosabatini paydo qilishi mumkin.

Mulohaza. Mulohaza boshqalar bilan fikr almashish, axborot yoki ko'rsatmalar olish maqsadida maslahatlashish demakdir. Hamshira mijozni parvarishlash masalalari bo'yicha boshqa hamshira yoki tibbiy jamoa rahbari sifatida klinik mutaxassis bilan maslahatlashishi mumkin. Maktab hamshirasi Hulq masalari bo'yicha pedagog yoki ruhshunos bilan maslahatlashishi mumkin. Mutaxassislar axborotni tasdiklash uchun maslahatlashishlari mumkin. Hamshiralar va tibbiy jamoaning boshqa a'zolari mijozning davolanishini rejalash va mo'ljallash uchun guruh yig'ilishlari o'tkazishlari mumkin. Bunday konferensiyalar odatda talabadar va amaliyotdagi xodimlarga ko'rsatmalar tariqasida o'tkaziladi.

Hamshiralik amaliyot konferensiyalari mijozlarni hamshiralik parvarishlashning ba'zi aspektlari mulohazasi uchun uyushtiriladi. Masalan, konferensiyani og'ir bemorlarga qarayotgan bir necha hamshiralar tashabbusi bilan o'tkazish mumkin. Bunday konferensiya har bir hamshiraga mijoz muammosi va uning sababi bo'yicha o'z fikrini taklif kilishi hamda muammo hal etilishining mumkin bo'lgan variantini birga tahlil qilish imkonini beradi. Hamshiralar konferensiyaga ayni mijoz parvarishlanish xususiyatlari bo'yicha fikrlarini bilish uchun boshqa mutaxassislarni taklif qilishlari mumkin. Masalan, mijozning parhyezi bilan bog'liq muammolarni hal etish bo'yicha konferensiyaga diyetologni taklif qilish mumkin.



Hamshiralik ko'rigi. Hamshiralik ko'rigida hamshiralik. guruhi ma'lum maqsadda tanlangan mijozlarni ko'rib chiqadi. Hamshiralik ko'rigining birlamchi maqsadi mijozga hamshiralik parvarishi ko'rsatish rejalanishi va baholanishida yordam beradigan ma'lumotlar to'plash hamda mijozga hamshiralik parvarishi ko'rsatuvchi barcha xodimlar oldida mulohaza kilish imkoni berilishidan iborat. Har bir mijoz to'g'risida hamshira hamshiralik tashxisi, tavsiya etilgan vazifalar hamda hamshiralik tadbirlari bilan tanishtiradi. Hamshiralik ko'rigi ikkita asosiy xususiyatga ega: hamshira mijoz uchun nimalar kshshnganligini hisobot o'rnida kuzatadi, mijoz esa ularning parvarishlash rejasini mulohaza qilishlarida ishtirok etadi.

Maslahatga yuborish. Maslahatga yuborish mutaxassis tomonidan yordam olish yoki muolajalarni bajarish uchun amalga oshiriladi. Yordamni uy sharoitida olishi uchun shifoxona mijozni jamoa hamshiralik xizmatiga yuborishi mumkin.

O'quv muassasasining tibbiy xamshirasi talabani shoshilinch yordam bo'limiga yuborishi mumkin. Jamoa tibbiy hamshirasi mijozni sog'likni saqlash bo'limiga yuborishi mumkin. Maslahatlarga yuborish tibbiy muassasa ichida ham amalga oshirilishi mumkin. Masalan, ambulator klinika mijozni statsionarga yuborishi mumkin. Ko'pgina tibbiy muassasalar o'zining maslahatga yuborish siyosatini ishlab chiqqan. Muassasa maslahatga yo'llanmani maxsus varaqaga yozishi mumkin, Muassasa qoidalari yo'llanma tartibini boshqarishi, maslahatga yuborayotgan shaxsni belgilashi mumkin va h.k. Maslahatga yuborish ayniqsa turli mutaxassislar yordamiga muxtoj mijozlarga uzoq muddatli parvarish ko'rsatilayotganda zarur bo'ladi. Maslahatchi uzoq davomli tibbiy yordam ko'rsatishda foydali bo'lgan ma'lumot berishi zarur. Kalit savol: Agar davolashni davom ettiradigan bo'lsam, bu mijoz haqida yana nimalarni bilishim kerak? Mijoz maslahatga yuborilayotganligini bilishi lozim.

Agar sizning xususiy ehtiyojlaringiz to'liq qoniqmagan bo'lsa, mijozning ehtiyojlariga chin dildan e'tiborda bo'lish juda qiyin. Har birimiz hamma vaqt ham mutlaq sog'lom bo'la olmaganligimiz tufayli hamshiralar o'zlarini ko'prok bilib mutaxassislik faoliyatiga tayyorlanishlari kerak. Xill va Smit (1990) hamshiralar uchun ruhiy salomatlikni himoyalash psixologik treningi yozganlar. Bunga o'z-o'zini tushunish, muomala ko'nikmalari, o'z vaqtini taksimlash, kriz xolatlari va yo'qotishlarga tayyorlanish, qo'llovchi tizimga ega bo'lish va uni rivojlantirish xamda barcha sohalarda o'z-o'ziga yordam amaliyoti kiradi. Emotsional salomatlik xususiyatlari shaxsiy egalik sezgisi, o'z-o'zini bilish, shaxslararo o'zaro qoniqarli muomalalar, stresslar nazorati, ijobiy ko'rinish, hajv hissi va o'zini quvontira olish kabilardan iborat.

Puxta mutaxassis bo'lishni istagan hamshira mijozlarni parvarishlashga kirishishdan avval o'zi va boshqa hamshiralar bilan ishlash hamda ijobiy muomalada bo'la olishni o'rganishlari kerak. Sog'lom bo'lish xamshiraga mijozlar uchun nafaqat samarali tibbiy yordam berish, balki ular va ularning oilalari uchun namuna bo'la olish imkonini ham beradi.


1.4.5. BAHOLASH
Hamshiralik jarayonining beshinchi boskichi baholash vaqtida hamshira va mijoz birgalikda davolash rejasiga ko'ra belgilangan maqsadga erishilganlik darajasini baxolaydilar. Masalalarga erishilganlikni baholash jarayonida hamshira mijozning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi omillarini aniqlaydi, zarur bo'lsa davolash rejasini shakllantiradi. Baholash maqsadi mijozning vazifalarga erishganligi keyingi \amshira-mijoz munosabatiga yo'naltirishdan iborat. Mijozning hamshiralik parvarishi rejasiga munosabati asosida xamshira parvarishlashning yakuniy sanasi ko'yilishini (barcha vazifalar bajarilgan) (1), rejasi shakllantirilishini (vazifalarga erishishda mijoz qiyinchiliklarga duch keldi) (2) yoki davom ettirilishini (mijoz vazifalarga erishishi uchun vaqt kerak) (3) hal qiladi. Agar hamshiralik parvarishi shakllantirilishi zarur hisoblansa, avvalgi har bir qadam (ma'lumotlar to'plash, diagnostika, rejalash va amalga oshirish) ko'rib chiqiladi. Qisqasi, baholash bosqichida qamshira mijozning kerak bo'lgan vazifalar oxirigacha yeta olish darajasini o'lchaydi, muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik omillarini aniqlaydi, reja bajarilishining so'nggi muddatini belgilaydi, zarur bo'lsa uni uzaytiradi yoki rejani shakllantiradi.

Hamshiralik baholashning xossasi. Tibbiy jamoaning a'zosi sifatida hamshiralar turlicha baholashlar olib boradilar. Hamshira mijozlar vazifalarga qanday erishganliklariga, mijozlar guruxining maxsus vazifalarga erishishida hamshira yordami samarasi qanchaligiga, alohida hamshiralariing puxtaligiga va sog'liqni saqlash turli xizmatlari, maxsus jihozlanish yoki muolajalar, ijtimoiy-iqtisodiy kabi boshqa omillarning salomatlik va kasallikka qanday darajagacha ta'sir etishiga baho beradi, Hamshira g'amxo'rligidagi birlamchi predmet mijozdir. Hamshira muolajalarni bajarishda puxta, g'amxo'r, ijodiy yondashishi mumkin, ammo bu xamshiralik tadbiri mijozning belgilangan vazifalarga erishishida yordam bermasa, axamiyatsiz bo'lib qolaveradi. Hamshiralik baxolash maqsadi; xamshiralik parvarishlashning vazifalarga erishishida mijozga yordam beruvchi bevosita yoki bilvosita sifatidir. Ya'ni hamshiralik baholashdagi zarur harakat mijozning vazifalarga erishishini baholash hisoblanadi.

Baxolash mezonlari va standartlar. Baholashning klassik elementlari baholash mezonlari va yetandartlari, mezonlar va standartlarga mosligini aniqlash uchun ma'lumot to'planishi, baholash natijalarining interpretatsiyasi va jamlanishi xamda mos harakatlar bajarilishi hisoblanadi. Hamshiralik jarayonidagi baholash mezonlari rejalash bosqichida ishlangan mijoz vazifalaridir. Bu vazifalar mijoz xulqidagi belgilangan o'zgarishlar yoki natijalarni aks ettirishi va hamshiralik tadbirlari bu vazifalarning bajarilishiga qaratilgani uchun ularning baxolash asosi ekanligi mantiqiydir. Baholashning funksiyalari bo'lib, bu vazifalar mos hamshiralik reaksiyasi belgilanishi bilan bajarilganligini aniklash hisoblanadi. Mezonlar va standartlar atamalari baholash bosqichida turli ma'noda hisoblanadi, ularning ravshan farqlari bor. Mezonlar-professional ko'nikmalar, bilimlar yoki salomatlik xolatlarini belgilaydigan sifatlar, xossalar yoki xususiyatlardir. Ular ijroning qabul qilingan darajasini, hamshira yoki mijozning kutilayotgan harakatlarini shakllantirib, ifodalaydi. Standartlar - bu tibbiy jamoaning hamshiralik xodimi yoki boshqa a'zolari tomonidan ijroning kutilayotgan, ma'qul ko'rilgan darajasidir.

Mijozlar bajargan vazifalar o'lchovi


Baxolanadigan ma'lu.motlarni to'plash. Hamshira bahola-nadigan ma'lumotlarni mijoz belgilangan vazifalarga erishgan-ligi aniqlanishi uchun yig'adi. Agar xamshira hamshiralik baholashda mijoz muammolari ma'lumotlarini to'plasa, baholash bosqichida ma'lumotlarni mijoz muammolari vazifalarga erishish bilan yechilganligi aniqlanishi uchun to'playdi.

Vazifalarning turlari. Vazifalarga erishish bahosini qo'llash uchun mijoz xaqida to'plangan ma'lumotlar turi vazifalarning mohiyati bilan aniqlanadi. O'rganuv vazifalari mijoz bilimlari darajasining oshishini bildiradi; bu vazifalar bemordan ma'lumotlarni takrorlash yoki olingan bilimlarni kundalik vaziyatda ko'llashni so'rab baxolanishi mumkin. Psixomotor vazifalar mijoz egallagan yangi ko'nikmalarni namoyish etishi bilan baholanadi. O'zgaruv (affektiv) vazifalari mijozning qadr, ishonch va munosabati o'zgarishlariga tegishli; bu vazifalarni baholash kiyin. Ularni baxolash uchun mijoz bilan suhbat o'tkazish, mijoz xulqini kuzatishdan foydalaniladi. Vazifalarning oxirgi turi mijozdagi jismoniy o'zgarishlar maqsadning natijasi Hisoblanadi. Ularga erishganlikni baholashda dastlabkilari bilan olingan natijalar kiyoslanishi uchun zarur ma'lumotlar to'planadi.

Vaqt mezoni. Vazifalarga erishilganlik aniqlanishida, Shuningdek, ma'lumotlar qachon to'planishini ham bilish kerak. To'g'ri qo'yilgan vazifalarda mijoz xulqida maxsus o'zgarishlar bo'lganligini aniqlash uchun ishchi doira o'rnatiladi. Hamshira mijoz, uning oilasi va hamshiralik jamoasining boshqa a'zolari bilan belgilagan vaqtda uning (mijozning) berilgan ko'nikmalarni namoyish etish qobiliyatiga baho beradi. Agar vazifalar o'lchanuv va kuzatuv doiralarida ko'yilgan bo'lsa, baholash uchun ma'lumotlar to'plash vazifasi tushunarli bo'ladi. Vaqt mezonining uch turiga misollar:

- 7/8/93 da mijoz dahlizning yarmini arava yordamida bosib o'tadi.

- 7/8/93 dan boshlab mijoz vaznning istalgan darajasigacha (61 kg gacha) har oyda 1.5 kg dan kamayishiga erishadi.

- Shifoxonadan chiqarilguncha ota-onasi mijoz uchun ko'krak qafasi fizioterapiyasining to'g'ri bajarilishini ko'rsatib beradilar.

Vazifalarga erishilganlikni iloji boricha ertaroq baholash kerak. Qo'yilgan vazifalar bajarilishida mijozning muvaffaqiyatsizligi ertaroq aniqlansa, rejaga o'zgartirish kiritiladi. Hamshiralarning vazifalarga erishilganlikni baholashdagi eng ko'p xatolari baholashni mijoz shifoxonadan chiqarilayotgan kum bajarganlarida bo'ladi (bunda erishshshagan vazifalarga nisbatan biror chora ko'rish uchun juda kech).

Mijoz vazifalari hal etilgashshgini baholashga ma'lumotlar olinishi bilan hamshira natijalar jamlanishi uchun baholash tartibi (formulirovkasini) yozadi. Atkinson va Murrey baholashning zarurligini e'tirof etib, ikki qismli tartibga solish (formulirovka) tavsiya etganlar. Baholash tartibi (formulirovkasi) vazifaga erishilganlik qarori va bu qarorni tasdiqlovchi barcha ma'lumotlardan iborat. Hamshirada tanlashga uchta qaror bor - vazifa bajarilgan, vazifa qisman bajaridgan va vazifa bajarilmagan. Hamshira baholash tartibiga imzo chekadi va sana yozib qo'yadi.



Vazifalar bajarilishiga ta'sir etuvchi omillar. Mijozning vazifalarga erishishida turli omillar ta'siri bo'ladi. Bu omillarni aniqlash hamshiraga ijobiy omillarni kuchaytvdish va keyinchalik ularga tayanish hamda muammo yaratayotganlari bilan ishlash imkonini beradi. Bu omillarga hamshiraning reaksiyasi qanchalik jadal bo'lsa, ish natijalari shunchalik salmoqlidir.

Ijobiy omillarga mijozni yangi sog'lom odatlar bilishga kuchli kirishtirish, hamshiraning ishga yaxshi dam olib, mijozlar parvarishlash bo'yicha hamshiralik ishi jurnalidan o'qib olingan yangi g'oyalar bilan kelishi, sifatli hamshiralik parvarishi takdim qiladigan tibbiy muassasa kabilar misol bo'la oladi.

Hamshira berilgan vazifalarga harakat qilayotgan mijoz uchun foydalilarini aniklashi bilanoq shu omillar bilan ishlashni boshdashi mumkin. Masalan, agar mijoz tashrixdan keyin son bilan mustaqil yurishga o'rganayotgan bo'lsa va siz uning turmush o'rtog'i borligida harakatchan ekanligini sezsangiz, buni mijozning turmush o'rtog'iga eslatib qo'yishingiz kerak va mijozni turmush o'rtog'i borligida yurishga o'rgatishni rejalab qo'ying.

Parvarishlash rejasini shakllantirish. Baholash mijoz oldiga qo'yilgan vazifalar bo'yicha natijalarga sezilarsiz erishganligi yoki umuman erishmaganligini, ma'lumotlarni aniqlash harakatlari esa davolash rejasvda muammo borligini ko'rsatsa, hamshira hamshiralik jarayonining oldingi har bir boskichi qayta baholanishini o'tkazishi kerak. Bunday izlanishdan keyin yangi ma'lumotlar to'plash talab etilishi mumkin, balki tashxisga biror yangilik kiritilar va u o'zgartirilar, balki vazifalar, hamshiralik tavsiyalari o'zgartirshshshi yoki yanti tuzilishi va yakin vaqtga keyingi baholash muddati qo'yilishi mumkin.

Hamshira mijozning vazifalarni muvaffaqiyatsiz bajarishiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlashi bilan baholash tartibi davolash rejasining zaruriy qayta ko'rilishini talab etadi.



Agar mijoz oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarmagan bo'lsa, kuyidagi baholash tartibiga solish mumkin: «Mijoz 9/9/93 dan boshlab rejalashtirilgan ijtimoiy tadbirlarning haftada hyech bo'lmaganda 2 tasida ishtirok etadi». «9/27/93. Vazifa bajarilmagan. Mijoz bu haftadagi biron jamoat tadbirlarida Qatnashishdan bosh tortdi». Keyin hamshira turlicha harakatlar qilishi mumkin. Baholash tartibidan keyingi qayta ko'rikda mumkin bo'lgan tartibga solish quyidagilar bo'ladi:

Qayta ko'rik: Bu mijozning muammosi bo'lmasligi mumkin. Hamshiralik tashxisi ma'lumotlari baholanadi va tasdiqlanadi (hamshiralik tashxisi o'zgartiriladi yoki inobatga olinmaydi).

Qayta ko'rik: Bu tadbirlarga mijozning muhtojligi yoki ularda ishtirok etish kobiliyati va xohishini batafsil aniqlash (vazifalarning nisbatan haqqoniy tartibini yozing).

Qayta ko'rik: 3 hafta o'tib kayta baholanadi; balki mijozga moslashish uchun ko'prok vaqt va ko'prok ishonch kerakdir (vaqt mezonini vazifa tartibiga moslab to'g'rilanadi).

Qayta ko'rik: Mijozning kiziqishlari hakida ko'proq bilishga harakat qilish va amaldagi dasturlar hamda tadbirlarga uni moslashtirish (hamshiralik muolajalarini o'zgartirish).

Dasturlarni bssolash, Mijozning vazifalarga erishishidagi har bir baholashga va hamshiralik parvarishi rejasining shundan keyingi shakllantirilishiga qo'shimcha xamshiralik parvarishi sifati kafolati uchun ko'p rasmiy mexanizmlar bor. AQShda davlat hamshiralik boshkaruvi, sog'liqni saqlash tashkilotlarini akkreditlash bo'yicha ko'shma hay'at, professional standartlarni kayta ko'rish tashkiloti bor. Bu tashkilotlarning barchasi davolash sifatani nazorat kilish bilan shug'ullanadi. Maqsadi hamshiralik parvarishining yukori sifatini himoyalash bo'lgan maxsus ishlangan dasturlar sifat kafolati dasturlari deb ataladi. Bu dasturlar kichikrok hamshiralik bo'limi hamshiralari olib boradigan darajadagi kabi keng bo'lmagan yoki katta tibbiy muassasalarda, shtatlarda, provinsiya yoki mamlakatda o'tkaziladigan keng bo'lishi mumkin. Sifat kafolati dasturlari hamshiraga jamiyatning hamshiralik parvarishida ma'suliyatli bo'lish imkonini beradi.

O'z-o'zini baholash. Sifatli parvarishlash ma'suliyatini olgan hamshiralar o'z-o'zini baholashni o'z hamshiralik amaliyotining integral qismi sifatida bajaradilar, O'z-o'zini baholash ko'nikmalari professional takomillashishni ta'minlaydi, shaxsiy burch sezgisini oshiradi va o'z-o'zini anglashni rivojlantiradi.
11.5. HAMSHIRALIK TASHXISOTI
Hamshira tashxisi - hamshiralik jarayonining asosidir. Tibbiy tashxis (vrach tashxisi kasallikning barcha belgilari yigindisidan iborat bo'lsa, hamshira tashxisi - hamshiralik ishi mutaxassisi tomonidan qo'yilib, kasallikning kechishiga to'g'ri baho berish, bemor bilan muloqot uslubiga ega bo'lish, bemorda kasallik oqibatida paydo bo'lgan muammolarni aniqlash, shu asosda davo, parvarishlash rejasini tuzish, mustaqil ravishda bemor kuzatuv kundaligini olib borish, bemorda sog'lomlashtirishni tashkil qilishdir.

Hamshira bunday tashxisi qo'yish uchun nazariy bilimlarga ega bo'lish bilan birgalikda amaliy ko'nikmalarni ham mukammal bilishi kerak. Hamshira bemordan ma'lumot yig'ish jarayonidagi kasallikning obyektiv va subyektiv belgilarini aniqlash uchun bemor bilan muloqot (kommunikatsiya) usullarini bilishy lozim. Kommunikatsiya bemor bilan hamshira o'rtasidagi muloqot bo'lib, parvarishni, bemorning shaxsiyatini himoya kilgan holda, uninig ruhiy kechinmalarini va kasallik yengillashtirilishi usullarini aniqlab, bemorga psixoemotsional osoyishtalik yaratib, olib borishdir.

Aniqlangan belgilarga asoslanib xamshira, bemor muammosini bartaraf qilish maqsadida, parvarish va davolash rejasi tuzadi. Hamshira tuzilgan reja asosida ish olib borsa, bemorning tuzalishiga, sog'lomlashtirilishiga kafolat bo'ladi, chunki rejali parvarish kasallikka qarashli choraning kechishida asosiylaridan hisoblanadi.

Hamshira tashxisini qo'yishda laborator va funksional tekshiruvlar katta ahamiyatga ega. Hamshira bu tekshiruvlarga bemorlar tayyorlanishi, tekshiruv ahamiyati, o'tkazish usullar, natijalari va texnika xavfsizligi kabilarni bilishi kerak. Hamshira bemorning holatini to'g'ri baholay olishi kasallik kelib chiqish sabablarini, patogeiyezini, simptomatikasini, kechishini, diagnostikasini va asoratlarini bilishi zarur.

Zamonaviy hamshira doimo bu bilimlariny mustahkamlab, o'z ustida ish olib borishi, jahon tibbiyoti muammolarini, kasallik davosi, parvarish qilish va oldi olinishi usullarini bilishi kerak.

Shu maqsadda, hamshira hatti-harakatlari vrach hatti-harakatlariga bog'liq hamda mos bo'lishi kerak.

Hamshira tashxisi ko'yishda asosan 3 ta qysmga ahamiyat beriladi:

1. Kasallikning etiologiyasi - sabablari.

2. Kasallikning belgi va simptomlari.

3. Bemor muammosini aniqlash.

Etiologiya deb kasallikni keltirib chiqaradigan sabablari aytiladi. Ularning tarkibi quyidagicha:

- Ekzogen (tashqi) ta'sir. Bularga mexanik, fizik, kimyoviy ta'sirlar, mikroblar, viruslar, zamburug'lar, parazitlar zarari vaboshqalar kiradi.

- Endogen (ichki) ta'sirlar. Ichki a'zolardan kelib chiqadigan sabablar - nerv sistemasining o'zgarishlari, ichki sekretsiya bezlari hamda moddalar almashinuvining izdan chiqishi, ovkat hazm kilish, qon tomirlari va qon yaratish sistemasining buzilishi, allergik holatlar kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

- Ijtimoiy omillar - salbiy his-hayajonlar, psixoemotsional holatlar.

- Kasallikning ba'zi alomatlari va xususiyatlari nasldan naslga o'tishi mumkin. Bular irsiy kasallikka sabab bo'ladi.

Belgi va simptomlar. Organizmda ro'y bergai patologik o'zgarishlar kasallikning belgi va simptomlari ko'rinishida namoyon bo'ladi. Har bir kasallikning o'ziga xos klinik belgilari mavjud.

Masalan, o'tkir bronxit kasalligining belgi va simptomlari: istima, yo'tal, ko'krak qafasida og'riq, ishtaha pasayishi.

Muammo - aniqlangan omillar va tahlillardan kelib chiqadigan xulosadir. Muammo quyidagilardan iborat:

1. Dolzarb muammo - bemorning hozirgi muammosi bo'lib, hamshiradan birinchi navbatda shu muammoni bartaraf etish talab etiladi.

2. Potensial muammo - kasallikning oldi olinmasa, kelib chiqishi mumkin bo'lgan muammodir.

Jumladan: insultda, oldi olinmasa, yotoq yaralar paydo bo'ladi va bemorlar tuzalishida muammo ko'payadi.

3. Organizmning oldingi holatiga bog'lik bo'lgan muammo. Masalan, surunkali xasta bemorlarda o'tkir kechuvchi kasallik paydo bo'lganda shu surunkali kasallikning huruji tutishi mumkin. Hamshira o'tkir kechuvchi kasallik belgilarini aniqlab, parvarish rejasini tuzadi hamda bemorning oldingi holatiga, ya'ni surunkali xastaligiga bog'liq belgilarini ham bartaraf etishi lozim.

Hamshira muammoni aniqlash uchun Gordon jadvalidan foydalanadi. Bu jadval asosan ro'y berayotgan biron-bir patologik holatda fiziologik va biologik o'zgarishlarni nazorat qilish uchun qo'llaniladi.

Bemor muammosini aniqlashda hamshira Maslov pog'onasidan foydalanish mumkin. Bunda bemorning o'z kasaliga munosabati, kasallikni yengishiga ishonchi aniqlab olinadi, ya'ni bemorning kuchli va salbiy tomonlari belgilanishi lozimligi ko'rsatiladi. Bu shaxs badanida kasallikdan oldingi davrda, og'riq bo'lganida undan qutulishga harakat qilganmi yoki shu og'riqka chidab kelganmi? Organizmda yig'ilgan shlaklarni chiqarishga harakat qilganmi yoki bunga ahamiyat bermaganmi, evqatlanish va dam olish tartibiga rioya qilganmi yoki pala-partish ovqat yeb, tartibsiz dam olganmi, nafas olishida qiyinchiliklar bo'lganmi, bo'lgan bo'lsa uning sabablari nima?

Pog'ona - bemorning hayotda maqsadi bormi? Bu, maksadiga erishish uchun ishonchi bor-yo'qligini, ya'ni hayotida aqliy yoki jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishini, jinsiy zaiflik bor-yo'qligini, o'z-o'zini himoya qila olishi yoki yordamga muhtoj ekanligini, jamiyatga, yaqinlariga kerakligi yoki yolg'izlikka moyilligini, o'ziga ishonchi bor-yo'qligini aniqlaydi.

Pog'onaning eng yuqorisida bemorning shaxsiyatini tan olish turadi, uning shaxsiyatiga tegishga hyech kimning - vrachning ham, hamshiraning xam haqqi yo'q.

Hamshira tashxisi qo'yilishidan maqsad - xamshira bemor oldida javobgarlikni sezgan holda mavjud bo'lgan muammoni hal qilishi, parvarish rejasini tuzib, shu reja asosida malakali yordam berishi, ahvolini yengillashtirishidir; bemor shaxsiyatini himoya kilish, ruhiy kechinmalarini yengillashtirish, bemorga psixologik osoyishtalik, tinchlik yaratib berish, kasallikni yengishga va hayotga bo'lgan ishonchni oshirishdan iborat.

Masalan: Shifokor tashxisi: Ikki tomonlama o'choqli bronxopnevmoniya, o'tkir kechishi. Nafas yetishmovchilikning 1-darajasi.

Hamshira tashxisi:

- tana haroratining ko'tarilishi;

- nafas olishning qiyinlashuvi va yo'tal;

- taxikardiya;

- uyquninng buzilishi;

- ishtaha susayishi;

- holsizlanish.

Hamshira yuqorida keltirilgan simptomlarning har biriga parvarish rejasini tuzib, shu reja asosida bemorni parvarish kiladi.


NAMUNALAR:
Xirurgik amaliyotida uchraydigan hamshiralik tashxis doirasi: og'riq (to'sh suyagining orqasida, bel sohasida, bo'g'inlarda va hokazo), terining mahalliy giperemiyasi, qichishi, unda allergik toshmalar toshishi, shish paydo bo'lishi (bo'g'im sohalarida, teri osti kletkchatkasida. oyoq-qo'lda), o'tkir qon ketish, ko'ngil aynash, qusish, gipertermiya, AZV ko'tarshshshi, AZB pasayishi, operatsiyadan so'nggi holat, puls (taxikardiya, bradikardiya, ipsimon). teri qoplamining shikastlanishi, mustaqil siydik chiqara olmaslik gematuriya, meteorizm, qorindagi og'rik.

Terapiya sohasidagi hamshiralik tashxisi doirasi: yurak sohasida og'riq, bel sohasida og'riq, bo'g'imlar sohasida shish va og'riq. nafas yetishmovchiligi, majburiy holat, ishtaha susayishi, surunkali qabziyat, yo'tal, balg'am ajralishining qiyinlashishi, xolsizlanish, uyquning buzilishi, stress holatlari, o'z-o'zini eplay olmaslik, so'zlash qobiliyatining buzilishi.

Pediatriyada: bezovtalik, gipertermiya, diareya, ona sutining yetishmovchiligi, ko'p terlash, ensa sohasidagi sochlarning tushishi, ishtahaning pasayishi, katta liqildokning bitmasligi, emlashdan keyingi asorat, jismoniy rivojlanish yetishmovchiligi, ruhiy rivojlanish yetishmovchiligi.

Hamshira tashxis qo'yishi, bemor muammosi asosida parvarish rejasini tuzishi bilan birgalikda bemorga kuzatuv kundaligini ham olib boradi.

Hamshira bemorni har kuni kuzatib boradi. Kuzatuv jarayonida hamshira bemor bilan bevosita muloqotda bo'ladi. Har kuni bemorning xaroratini o'lchaydi, pulsini sanaydi, qon bosimini o'lchaydi, bemorning shikoyatlari va umumiy ahvoliga jadval tuzib, baho beradi. Shuningdek, bemorning hamma laborator tekshiruvi natijalarini ham shu jadvalda aks ettiradi va qo'shimcha laboratoriya tekshiruvlarini yozib boradi.

Hamshira bemorning kundalik kuzatuvini olib borishi natijasida kasallikning kechishi, kutilayotgan ko'rsatkichlar bemorda paydo bo'layotgan yangi muammolar ko'zga yaqqol tashlanib turadi.

Hamshira bemor muammosiga asoslanib, kundalik parvarish rejasi tuzadi va bajaradi.

Reja tuzilganda quyidagilarga e'tibor berish kerak:

1. Qaysi ishni tez va birinchi o'rinda bajarish kerak?

2. Qaysi ishni keyinga qoldirsa bo'ladi?

3. Bemor birinchi galda nimaga muhtoj?

4. Yordam berilmasa va muammo yechilmasa, bemor hayoti uchun xavf qay darajada bo'lishi mumkin?

5. Qo'yilgan maqsadni shoshilinch ravishda hal qilish kerak.

Hamshira tuzgan rejasini amaliy ravishda bajarishi kerak va qilingan ish natijasini baholashi zarur, ya'ni bemorning ahvoliga qarab kasallikdagi o'zgarish natijasini baholashi kerak.

Natijalar 3 xil bo'ladi:

1. Ijobiy.

2. Salbiy.

3. O'zgarishsiz.

Eng samarali natija - bu optimal darajada jonbozlik ko'rsatib, istalgan maksimal natijaga erishishdir.

Hamshira hisobotida quyidagi omillarga ahamiyat berishi kerak:

1. Reja bajarildimi?

2. Bajarylgani haqida yozuv bormi?

3. Hamma prinsiplarga amal qilindimi?

4. Maqsad va muammolarning hammasi aniqlandimi?

5. Muammo hal qilindimi?

6. Qo'shimcha reja kiritildimi?

7. Bemor o'zining kasali haqida tushunchaga ega bo'ldimi va u o'zini parvarish qila oladimi?

Hamshira ish faoliyati mobaynida bemor bilan vrachga nisbatan ko'proq muloqotda bo'ladi. Agar hamshira bemor bilan kommunikatsiya, ya'ni yaxshi munosabat o'rnata olsa, bemorning shaxsiyatini himoya qilgan holda ruhiy kechinmalari aniqlasa, bemorga osoyishtalik va psixoemotsional tinchlik yarata olsa, bemor parvarishi rejasini aniq va to'liq qilib tuzib, ish olib borsagina uning ahvolini yaxshilaydi va sog'ayishini tezlatadi.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan yetuk hamshira:

- Mustaqil fikrlay olishi;

- Chuqur bilimga ega bo'lishi;

- Zamonaviy tibbiyot asboblari bilan ishlay olishi;

- Davo va parvarish rejasini mustaqil ravishda tuzishi;

- Bemorga malakali, kechiktirib bo'lmaydigan shoshilinch yordam ko'rsata olishi va p arvarishlashi;

- Bemorninng kuzatuv kundaligini olib borib. vrach yordamchisi hisoblanishi kerak.

Hamshira bemor sog'ligi oldida javobgar hisoblanishi shart.


Ilova №1.

GORDON JADVALI


1. Bemorlaring fiziologik rejimini saqlash.

a) dam olish va uyqu;

b) qulay va mos kiyim;

v) tananing gigiyenik holatini saqlash, terini parvarish

qilish;

g) bo'sh vaqtini to'g'ri taqsimlash;



2. Normal nafas olish.

3. Normal ovqatlanish va suyuqlik ichish.

4. Normal fiziologik ajralishlar.

5. Tana haroratini saqlash.

6. Atrof-muhitda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan xavfli holatlardan o'zini saqlay bilish.

7. Bemorning yaqin odamlari bilan muloqotda bo'lish.

8. Xudojo'ylik.

9. Maqsadga erishish uchun qilinadigan ishlar.

10. Aqliy talabni qondirish.

11. Seksual talab va o'zini tuta bilish.


Ilova №2.

KUZATUV KUNDALIGI:

Sana Vaqti

Harorat

AQB mm/Ng ustuni

Puls 1 daqiqada … ta

Bemorlar shikoyati

Umumiy ahvol

Labarator tashxis

Qo'shimcha tahlilga yo'llanma

10.04 10 00

36,7

140/80

84

Bemorda kuchli bosh og'rig'i, uyqusizlik, nutq buzilishi. O'ng taraflama sezgi sustligi.

Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli.

Qon




10.04 15 00

36,3

130/70

78

Bosh og'rig'i kamaygan, uyqusi yaxshi. O'ng taraflama sezgi tiklanmoqda.

Umumiy axvol yaxshilanyapti.




Rentgen grafiyaga yo'llanma


1.6. SOG'LOMLASHTIRISH VA SANITARIYA

-OQARTUV ISHLARI
1978 yil 12 sentabrida Almati shahrida o'tgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo'yicha Xalqaro konferensiya, dunyo xalqlarining sog'ligini mustahkamlash va himoyalash uchun Butundunyo sog'liqni saqlash xodimlariga tezkor yordam harakatlarining zarurligini ta'kidlab, quyidagi deklaratsiyani qabul qildi.

• Inson sog'ligini saqlash va himoyalash uchun davlatlararo chaqiriq.

• Hamma uchun sog'liqning har xil turda bo'lishi.

• Hamma uchun sog'liq maqsadida ijtimoiy iktisodyi rivojlantirish. Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar orasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoni o'rtasidagi farkni qisqartirish.

• Ijtimoiy haqikat ruhi. Deklaratsiyaning VII bandida 7 konsepsiya to'liq keltirilgan.

• Tibbiy-sanitar yordam ko'rsatish masalasi juda muhim, chunki bu bizning sog'lig'imiz mustahkamligini ifodalaydi. Bunda quyidagi masalalar aks ettirilgan:

• Sog'liqni saqlash maqsadida tahlillarni qo'llash.

• Sog'liqni saqlash muammolari yechilishi uchun sog'liq mustahkamlanishi, kasallik oldi olinishi. davolanishi xizmatlarini nazoratlash.

• Bu muammolar yechilishida mustaqil ish yuritishga insonlarni qiziqtirish.

• Tibbiy-satsitar ishni yangilash va yordam ko'rsatish.

• Sog'liqni saqlash xodimlari birinchi navbatda tibbiy-sanitar ehtiyojlarni aks ettirishlari kerak.

• Malaka oshirish zarurati.

• Malakani oshirishda asosiy maqsadlar ikkita: birinchidan sog'liqni saqlashda kasallikning oldini olish va kasalliklarga qarshi ish olib borish. Ikkinchidan - jamoaga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish darajalari. Birinchi xalqaro konferensiya sog'liqni mustahkamlash bo'yicha Ottavada (Kanada) 1986 yilda o'tkazilgan edi. Butun yer yuzida shu masala bo'yicha muammolar paydo bo'ldi. Shuning uchun BSST tomonidan deklaratsiya qabul qilindi. Bu konferensiyaning asosiy shiori «sog'liqni mustahkamlash» bo'ldi.

Sog'liqni saqlash Ottavada qabul qilingan hujjatda quyidagicha aks ettiriladi.

Bu jarayon insonlarning sog'lig'i to'liq nazorat qilinishi imkoniyatini yaratadi. Agar inson jismoniy va ijtimoiy to'liq ta'minlansa u sog'lom, deb hisoblanadi. Sog'lom turmush tarzida ijtimoiy va jismoniy imkoniyatlarni oshiradi. Salomatlikni mustahkamlash nafaqat sog'likni saqlash sohasining balki, har bir insonning vazifasidir. «Sog'liqni mustahkamlash» va sanitariya-tushuntirish ishlarini olib borish» doimiy amalda bo'lishi kerak. Sanitariya yuzasidan ish olib borish bilan birga, respublikamizda turmush tarzi va atrof-muhitni yaxshilash masalalari birinchi o'rinda yechilishi kerak.

Bir misol: Agar biz aholini parhyez ovqatlar iste'mol qilishga chaqirsak, do'konlarda shu xilma-xil oziq-ovqatlarni sotib olishga imkon yaratilishi kerak. Sog'liqni mustahkamlash deganda umumiy tushuncha nazarda tutiladi. Bu jarayon bir necha bosqichlardan iboratdir. Sanitariya va gigiyena ta'minoti Lemon dasturining birinchi qysmida to'liq bayon qilingan.



Bilishdan maqsad. Har bir mijozga dasturdagi ma'lumotlar, uning maqsadlari ahamiyatini tushuntirib borish.

Yuqorida keltirilgan misol orqali bemorlarga dorilarni o'z vaqtida ichishga undovchi fikr kelib chiqadi. Shu bilan birga onalarga vaksinatsiya (emlash) zarurligi haqida, uning «yaxshi» va «yomon» taraflarini tushuntirish kerak.



Hissiyotga oid maqsadlar. Bu maqsadlar ishonch, kadriyat, fikr kabi tushunchalarni aks ettiradi. Bu barcha murakkab jarayonlar psixologlar tomonidan o'rganilgan. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, bu tushunchalar insonlarning his qilishiga bog'liqdir. Misol: Munosabat informatsiyani qabul qilish va emotsiyalardan bilinadi. Agar insonning shu narsaga qobiliyati bo'lsa, shaxsning qanday javob berishini u taxminan biladi, harakatga bog'liq masalalar. Sanitariya ta'minoti bu majmuaga o'rganadigan fandir.. Aytaylik, tibbiy sanitariya xodimi onaga bolani ovqatlantirish xaqida maslahat berayapti. Xodim o'z oldiga bir necha maqsad qo'yadi: 1) qaysi oziq-ovqatlar bolaga to'g'ri kelishi haqida; 2) bolaga kerakli mikdorda shakar berishni (chunki shu mahsulot energiya manbai); 3) bola yaxshi ko'radigan taomni kamroq berishga harakat qilish kerakligini (chunki bu kasallikka olib kelishi mumkin); 4) bolani qanday ovqatlantirishni tushuntirish kerak.

Sanitariya ta'minotining vazifalari. Sog'liqqa nisbatan aql bilan ish yuritish, har bir insonda o'z sogligi haqida, uni muhofaza qilish haqida tushunchalar uyg'otish va rivojlantirish.

Bilim masalasi. Barcha masalalar misolida kishilar ongiga sog'liq haqida ma'lumot kiritish, bilimlarini oshirish.

Bilim olish masapasiga kelsak, har bir inson sog'liq muammolarini yechishga harakat qilishi, insonlarga yordam berishi' va maslahat kilishi kerak.



Fikr yuripgish masalalari insonlarni to'g'ri fikrlashga o'rgatish demakdir.

Ijtimoiy o'zgarish masalasi. Masala kompleks xarakterga ega va sog'liq masalalarini qulay tarzda yechilishiga qaratilgan. Atrof-muhit o'zarishi masalasi har bir kishining o'ziga bog'liq bo'lgan masala. Ijtimoiy o'zgarishlarni vujudga keltirish uchun bir necha masalalarni yechishga to'g'ri keladi.

Odamlar ichida yordam ishlarini olib borish va ularni qo'llab-quvvatlash.



Masalalar-sanitariya ta'minoti maqsadi


Maqsad

Ichkilikka qarshi

Jismoniy mashqlar tashviqoti

Sog'liqqa ziyon ekanligini va uning oqibatlarini tushuntirish

Men ko'p ichkilik iste'mol qilish zararligini anglayman.

Men mashqlar foydaliligi xaqida eshitgan edim

Bilim

Men ichkilik qanday ta'sir etishini bilaman.

Jismoniy mashq mening mushaqlarimni va yuragimni mustaxkamla-shini bilaman. Men o'zimga befarq bo'lib qolganimni sezdim. Tez charchayman, o'zimni yaxshi his qilishni xohlayman.

Fikrni o'zgartirish



Men o'ylaymanki, ichkilikni tashlash kerak.



Avval men, sport mashqlari faqat sport-chilarga kerak, deb o'ylardim. Lekin hozir fikrim o'zgargan. Men ham mashqlar qilsam o'zimni yaxshiroq his qilaman.

O'zgarishlar

Men ichkilikni kam iste'mol qilishimni sezyapman.

Men sog'lomlashtirish badantarbiyasiga bormoqchiman.

Ijtimoiy o'zgarishlar

Spirtli ichimliklarga sog'liqlarni oshirish, barlarda alkogolsiz ichimliklarni ko'pay-tirish. Alkogol ichim-liklar sotilishini nazoratga olish. Alkogol ichimliklar reklama qilishni man qilish.

Sport majmualarining ko'pligi. Maktabdagi sportzallar, basseynlar, kattalar uchun kechqurun va yakshanba kunlari. Sport sinflari. Tushlikdagi tanaffuslar.

Sanitar targ'ibotini tahlil qilish. Sog'liq va targ'ibot juda keng tushuncha, turli kishilar buni har-xil tushunadilar. Shuning uchun sanitar targ'ibot tushunchasida aniqlik yo'q va har bir hamshira uning yo'nalish chegarasini aniqlashi kerak. Sanitar targ'ibot hamshiraning kasbiy tajribasiga bog'liq.



Birinchi, ikkinchi va uchinchi sanitar ta'limi olish



Misollar: birinchi, ikkinchi va uchinchi ta'lim olish



Ovqatlanish

Yo'l-transport falokatlari

1-sanitariya ta'limi berish

Oziq-ovqatning kerakli miqdorda va xilma-xil tayyorlanishi xamda unda organizmga kerakli moddalar to'laligi haqida

YTF profilaktikasi yo'l va avyumobillarni yaxshilash, yo'l qoidalarini o'rnatish

2-saiitariya ta'limi berish

Bemorlarni to'g'ri ovqatlantirish xdqida. Qanli diabet, semirish kasalliklari bormi?

Birinchi to'g'ri yordam ko'rsatishni o'rganish.

3-sanitariya ta'limi berish

To'g'ri ovqatlanishni rejalashtirish quyidagi kasalliklarda: semirishda va boshqalarda, qandli diabet yoki ovqat allergiyasi.

Reabilitatsion mashqlar bajarish. Falokatdan keyin hayotga qaytish. Misol uchun oyoq amputatsiyasi yoki paralichidan keyin.

Birlamchi sanitariya ta'limi berish, eng avvalo, sog'lom odamlarga va sog'liq yo'qotilishining oldini olishga karatilgan. Bu kategoriyaga sanitariya, gigiyena kontratsepsiya, ovqatlanish haqidagi suhbatlar kiradi. Birlamchi sanitariya ta'limining asosiy maqsadi kasalliklarning oldini olish va sog'liqni yaxshilash. Ikkilamchi sanitariya ta'limi birinchi bo'lib tibbiyot xodimi orqali amalga oshiriladi. Bunda odam kasallanganda kasalliknyng o'tkir shaklini surunkaliga o'tkazib yubormaslik. Ba'zida sog'liqni tiklash uchun zararli odatlarni tashlashga to'g'ri keladi. Nogironlar bilan ish olib borish sanitariya ta'limining uchinchy bosqichiga kiradi. Bunday bemorni parvarish qilish bo'yicha qarindoshlar ichida ish olib borish zarur. Uchinchi sanitariya ta'limi reabilitatsiya ishlarini o'z ichiga oladi.



Sanitariya ta'limining 7 o'lchovi:

1. Inson sog'lig'i sanitariya bilan bog'liq bo'lib, jismoniy, ijtimoiy, emotsional va ruhiy tomonlarni o'z ichiga oladi.

2. Ijtimoiy ta'lim hayot davomida ko'rsatilgan yordamni aks ettiradi.

3. Sanitariya-tushuntirish ishlari kasallikning har xil davrlarida olib borilishi va bunda bemorlar ruhini ko'tarish kerak.

4. Sanitariya-tushuntirish ishlari oila, guruh va butun jamiyat uchun ahamiyatlidir.

5. Sanitariya xizmatining asosiy vazifasi odamlarga yashash uchun barcha sharoitlarni yaratish va insonlarni o'z sog'ligi boshqarilishiga o'rgatish.

6. Sanitariya ishlarini 2 usulda olib borish mumkin: bu rasmiy va norasmiy usullardir. Shu bilan birgalikda uning usullari juda ko'p.

7. Sanitariya ishining asosiy vazifalaridan biri ma'lumot berish, ijtimoiy sharoitni yaxshilash.



Tibbiy yopdashish. Tibbiy yondashiishing eng birinchi maqsadi sog'liqni saqlash va kasallik oldini olishdir. Bunda asosan so'z bilan ta'sir qilish ahamiyatlidir. Misol: onalarga bolalar uchun vaksinatsiya zarurligini, o'rta yoshdagi erkaklarga arterial bosimini o'lchab turish zarurligini tushuntirish.

Tushuntirish ishlari. Bundan asosiy maqsad sog'liqni saqlash tizimi tushuntirilishi va sog'lik haqidagi ma'lumotni yloji boricha neytral holda yetkazilishidir.

Mijozlarga tayanish. Eng avvalo, mijozga tanlash uchun sharoit yaratib berish va mustaqil fikr yuritish huquqini anglatishimiz kerak. Bunda mijozning o'zi paydo bo'lgan muammolar bilan sanitariya ishini olib boruvchi tibbiy xodimga murojaat qiladi.

Ijtimoiy o'zgarishlarga yondashgan mo'ljal. Bu yondashishning maqsadi atrof-muhitni o'zgartirish, hayotni yengillashtirish, sog'lom tarzda yashash.

Sanitariya-tushuntirish ishlariga 5 yondashuv

Tibbiy

Maqsad kasallik-ning oldini olish

Kasallikning oldini olishga yordam berish

Maqsad - o'pka va yurak kasallikla-rini kamaytirish (agar bu chekish bilan bog'liq bo'lsa).

O'zgarishlar

Insonning xarakati sog'liqni

saqlashga bog'likligi, insonlardagi bilim mustaqil ishlashga undaydi.



Sog'lom hayot tarzi

haqida suhbatlar

olib borish. Inson organizmiga zarar hakida ran yuritish.


Maqsad-xarakterni o'zgartirish: chekadigan va chekmaydigan. Harakat tushuntirish ishlari (chekadiganlarga tashlash, chekmaydiganlarga esa boshlamaslik). Ular shunga qarab ish tutadilar.

Mijozga

yondashish



Mijoz bilan ish

olib borish



Ijtimoiy va siyosiy tadbirlar o'tkazish.

Mijozlarni chekish zararli ekanligiga ishontirish. Chekishni tashlash usullarini o'r-

gatish (chekish muammosini yechish, faqat mijoz buni kerak deb hisoblasa).



Ijtimoiy o'zgarishlarga mo'ljal

Sog' jismoniy, ijtimoiy atrof-muxit. Mijozga sog'lom turmush tarzini tanlashga imkon yaratish.

Jismoniy va ijtimoiy atrof- muhitni o'zgarti-

rish uchun



Maqsad-chekishni ijtimoiy noqulay narsa qilib ko'rsatish, Sigaret sotadigan joylarni kamaytirish.

Bolalar va o'smirlar uchun shior: chekmaslik - bu ijshmoiy norma. Tamakiga reklamani man etish va kontrpropaganda olib borish. Sportni qo'llab-quvvatlash.



Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish