SCHX-4 chigit seyalkasi (13.1-rasm) rama 1, ekish apparati 4, iz ko’rsatgich (markyor) 7 lar, sirpanuvchi ekkich 4 uyalovchi apparati bilan, ko’mgich 5 va tuproq shabbalagich 6 dan iborat.
Tukli chigitni ekish texnologik jarayoni(13.2-rasm) quyidagicha amalga oshiriladi. Ekish agregati oldinga qarab harakatlanganda seyalkaning yuruvchi g’ildiragi 1 bilan bog’langan zanjirli uzatma 3 va yulduzchali uzatma 10 orqali harakat g’altaksimon miqdorlagich 6 va to’dalagich 12 uzatiladi.
|
11.1-rasm. Chigit ekish seyalkasining umumiy tuzilishi:
1-rama; 2-bunker; 3-urug’ o’tkazgich; 4-ekish apparati;5- ko’mgich; 6-shabbalagich; 7-iz ko’rsatich
|
G’altaksimon miqdorlagich o’z navbatida bunkerdagi 4 chigitni talab etilgan miqdorda urug’ o’tkazgichga 8 tashlaydi. So’ngra urug’ o’tkazgich urug’ni to’dalagichga 12 yetkazib beradi, to’dalagich o’z navbatida urug’larni 3-4 dona qilib to’dalaydi va sirpang’ichli ekkich 13 ochgan egat tubiga tashlaydi. Botiruvchi g’ildirak 14 chigitni egat ostiga qadaydi va ko’mgich 15 yordamida tuproq bilan ko’madi hamda shabbaligich 16 bilan tuproq ustidan shabbalanadi.
|
11.2-rasm. Seyalkaning texnologikish jarayoni:
1-zanjirliharakat uzatmasi; 2-val, 3-zanjirli uzatma,4-bunker,5-to’zitkich, 6-miqdorlagich, 8-urug’ o’tkazgich, 9-yurituvchi g’ildirak,10 - konussimon shesternya,11-teles-kopik val, 12-to’dalagich,13-sirpang’ichli ekkich,14-botiruvchi g’ildirakcha,15-ko’mgich, 16-shabbalagich.
|
Seyalkalarni ishga tayyorlash va sozlash. SCHX-4, SXU-4, SMX-4 rusumli seyalkalarning ekish apparatlariga tukli chigitlardan ma’lum miqdorda solib, yer sharoitiga qarab har bir metrga 30 dan 50 donagacha tushadigan qilib sozlash kerak.
Buning uchun seyalka ko’tarib qo’yiladi va uning g’ildiraklari aylantirilib, ekish apparatlariga harakat beriladi hamda 1metrga tushayotgan chigit miqdori aniqlanadi. Agar sarf qilinadigan urug’ miqdori belgilangan miqdordan ortiq bo’lsa, g’altaksimon miqdorlagichdagi tirqishni toraytirish, kam bo’lsa kengaytirish kerak.
CHigit uyalab ekilganda uyalar orasidagi masofa uyalovchi apparatni harakatga keltiruvchi valdagi tishli yulduzchalar va to’dalovchi disk parraklari sonini o’zgartirish orqali sozlanadi.CHigitni ko’mish chuqurligi sirpang’ich 5 ni ko’tarib-tushurish yo’li bilan 3-8 sm atrofida sozlanadi (11.3 a-rasm). Yer obi-tobida bo’lsa,chigitni 4-5 sm chuqurlikka ko’mib ketadigan qilib sozlash maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |