10.2-rasm. 1-RMG-4A mineral o’g’it sepish mashinasi: a – texnologik ish jarayoni; b – o’g’it bo’lgichni ko’rinishi; 1-kuzov; 2-transportyor; 3-gidrosilindr; 4-sepish normasi regulyatori; 5-sepuvchi disk; 6-shamoldan himoyalash qurilmasi; 7-rezinali rolik; 8-yurish g’ildiragi; 9-tirkash qurilmasi; 10-o’g’it yo’naltirgich;11-sharnirli devor bo’lgichlar; 12-kurakchalar. Transportyor zanjirli uzatma va gidrosilindr 3 bilan g’ildirakka siqilgan rezina rolik 7 vositasida chap yurish g’ildiragidan harakatga keltiriladi. O’ngdagi disk traktor gidrosistemasiga ulangan shesternyali gidromotor, chapdagi disk ponasimon tasmasi uzatma yordamida ungdagi disk orqali aylanadi.
Kuzovning ketingi tomonida o’g’it bo’lgich o’rnatilgan bo’lib, u o’g’itlarni ikki okimga bo’ladi va disklarga yo’naltiradi. O’g’it bo’lgichning ichki devorlari 11 sharnirli maxkamlangan va buriladigan bo’lib, u disklarga o’g’it uzatish joyini o’zgartiradi. O’g’it yo’naltirgich 10 ni kuzov bo’ylab surib va devorlar 11 holatini o’zgartirib o’g’itlarni qamrash kengligi bo’yicha bir tekis taqsimlanishiga erishiladi.
1-RMG-4 mashinasini ishga tayyorlash.O’g’it bo’luvchi moslamani sozlash tartibi quyidagi usulda, ya’ni moslamani agregat harakat yo’nalishi bo’yicha yoki unga teskari tomonga surish hamda uning ichki devorlari holatini o’zgartirish bilan o’g’itlarni dala yuzasida bir tekis taqsimlanishiga erishiladi.
O’g’it sepish miqdori esa mashina transportyorining tezligi va tirqishning balandligini o’zgartirish orqali sozlanadi. Tirqishning balandligi 25 mm dan 250 mm gacha rostlanadi. O’g’itning turiga va belgilangan miqdoriga qarab mashinaning qarama-qarshi aylanuvchi disklari uni 11 - 14 metr kenglikda sepa oladi.
Mahalliy o’g’it sepish mashinalari va ularni ishga tayyorlash tartibini o’rganish Mahalliy o’g’itlar qattiq (go’ng, torf, kompost va b.), suyuq (suyuq go’ng) va sideral ( turli xildagi tez o’sar ko’k o’tlar) turlarga bo’linadi.
Mahalliy qattiq va suyuq o’g’itlar asosan yer haydashdan oldin tuproqqa sepilsa, dalalarga ekilgan tez o’sar ko’k o’tlar yetarli miqdorda o’sgandan keyin maydalanib yer yuzasiga sepiladi va pluglar bilan haydalib, tuproqqa aralashtiriladi.
Hozirgi paytda eng asosiy mahalliy o’g’itlar sifatida hayvonlar chiqindilari (go’ng) va kompost (go’ng, o’simliklar poyasi va turli chiqindilar aralashmasi) dan keng foydalanib kelinmoqda.
Qattiq mahalliy o’g’itlarni tayyorlash va solish ishlari ikki usulda: to’g’ridan-to’g’ri (ferma-dala) va bir joyga yig’ish (ferma-saqlash joyi-dala) ko’rinishida amalga oshiriladi. Bunda mahalliy o’g’itlar asosan chorvachilik fermyerlarining saqlash joylaridan transport vositasiga ortiladi va ular dala boshida tayyorlangan saqlash joyiga tashiladi. So’ngra ular solish muddati kelguncha o’sha joyda saqlanadi va kerakli paytda tuproqqa solinadi.