O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO`JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNVERSITETI TERMIZ FILIALI
QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI SAQLASH, QAYTA ISHLASH VA MEXANIZATSIYA
KAFEDRASI
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish
fani bo‘yicha
o‘ q u v –u s l u b i y m a j m u a
Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
|
400000-Qishloq va suv xo’jaligi
400000 - Qishloq xo’jalik texnikasi
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
5430100-Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish
TERMIZ – 2020.
|
O‘quv-uslubiy majmua Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filialida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
|
ToshDAU Termiz filiali Ipakchilik, tutchilik, mexanizatsiya
va umumiy zootexniya kafedrasi assistenti CH.E Amonov
ToshDAU Termiz filiali Ipakchilik, tutchilik, mexanizatsiya
va umumiy zootexniya kafedrasi assistenti H.Sh. Ismaylov
|
Taqrizchilar:
|
TIQXMMI “Mashinalardan foydalanish va ta’mirlash” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi J. Alijanov
TIQXMMI “Traktor va avtomobillar” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi Umirov Noshir
|
MUNDARIJA
|
I.
|
O‘QUV MATERIALLAR
|
5-235
|
II.
|
MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI
|
236-240
|
III.
|
GLOSSARIY
|
240-244
|
IV.
|
ILOVALAR
|
245
|
|
Fan dasturi
|
|
|
Ishchi fan dasturi
Tarqatma material
Testlar
Baholash mezoni
Adabiyotlar3
|
|
O’quv materiallari
MA’RUZA MATNLARI
1-modul. TRAKTOR VA AVTOMOBILLAR
1-mavzu. Traktor va avtomobillrning tasnifi va asosiy qismlari.Ichki yonuv dvigatellari.
Reja:
Traktor avtomobillarning qisqacha tarixi va tasnifi.
O’zbekistonda va xorijda ishlab chiqarilayotgan traktorlarning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari.
Traktor va avtomobilarning asosiy qismlari va ularning vazifalari.
Traktor transmissiyasining vazifasi va turlari;
. Transmissiyalarning asosiy qismlari, ularning tuzilishi va ish jarayoni
Tayanch iboralar: traktor, avtomobil, dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqarish mexanizmi, ishchi jixozlari, g’ildirakli va zanjirli traktor, traktor turlariyu., ichki yonuv dvigateli, taktlar, porshen yo’li, litraj, ish hajmi, dvigatel tizimlari, ish jarayoni, dvigatel turlari
Traktor avtomobillarning qisqacha tarixi va tasnifi.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida quyidagi energetika vositalaridan foydalaniladi: 1. Traktorlar; 2. Avtomobillar; 3. Elektr energiyasi; 4. Statsionar dvigatellar; 5. Ish hayvonlari.
Traktor-grekcha so’zdan olingan bo’lib, sudragich yoki yuritgich ma’nosini bildiradi. Traktor va avtomobillarni biror ixtirochi butunlay kashf etgan emas. Ixtirochilar, olimlar va injenyerlar XVIII asrdayoq relssiz yuradigan transportlar yaratishga asos sola boshladilar. 1752 yili Nijegorod gubernasining dehqoni SHamshurenko "O’zi yurar kolyaska" yasaydi. So’nggi yillarda bug’ mashinasi, ichki yonuv dvigateli, gusenitsali va g’ildirakli traktorlar ixtiro qilinadi. 1969 yildan boshlab Toshkent traktor zavodi Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib paxtachilikka ixtisoslashtirilgan T-28X4, T-28X4M, T-28X4MA universal chopiq traktorlarni ishlab chiqara boshladi. 1976 yildan boshlab Minsk traktor zavodi bilan hamkorlikda MTZ-80X uch g’ildirakli paxtachilikka mo’ljallangan universal-chopiq traktorlarni ishlab chiqara boshladi. Respublikamiz qishloq xo’jaligi uchun yuqori quvvatli, tezyurar, tejamkor, ish unumdorligi yuqori bo’lgan traktorlar zarur. SHu maqsadda
Amerikaning "Keys" firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Magnium" traktorlari dehqonchilikda qo’llanila boshladi. Dvigatel quvvati 42. . . 315 ot kuchiga teng bo’lgan "Keys" firmasi traktorlari 3200: 5120: 7200 tamg’ali "Magnium" nomi bilan ishlab chiqarilgan. Traktorlarga "Kaminis" firmasi ishlab chiqargan dvigatellar o’rnatilgan. Bu dvigatellar juda ixcham, massasi kichik, yonilg’i sarfi tejamliligi bilan farq qiladi. 1996 yildan boshlab Toshkent traktor zavodi Angliyaning "Kaminis" va Amerkaning "Keys" firmasi bilan hamkorlikda traktorlar ishlab chiqara boshladi. Toshkentda xozirgi kunda Germaniya, Golandiya va Koreya kabi mamlakatlar bilan hamkorlikda traktorlar va boshqa ayrim qishloq xo’jalik texnikkalari ishlab chiqilmoqda. Traktorlar 2 xil maqsadda ishlab chiqariladi:
1. Qishloq xo’jalik traktorlari.
2. Sanoat traktorlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |