Toshkent davlat agrar unversiteti termiz filiali


-rasm. DEM-3,6 don seyalkasini tuzilishi



Download 30,46 Mb.
bet107/211
Sana02.04.2022
Hajmi30,46 Mb.
#525045
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   211
Bog'liq
QXM va A ma\'ruza (2) (3)

11.4-rasm. DEM-3,6 don seyalkasini tuzilishi:
1-rama; 2-urug’ o’tkazgich;
3-diskli ekkich; 4-g’altaksimon me’yorlagich; 5-bunker;6-zanjirli ko’mgich.



Seyalka harakatlanganda bunkerdagi 5 urug’lar o’z oqimi bilan ekish apparatlarining qabul kameralarini to’ldiradi. Ekish apparatlarining g’altaklari 4 urug’larni ilintirib, urug’ o’tkazgichga 2 tashlab beradi va urug’lar diskli ekkichlarga 3 borib tushadi va yo’naltirgichlar orqali ekkich disklari xosil qilayotgan ariqchalar tubiga qadaladi va zanjirli ko’mgichlar 6 yordamida tuproq bilan ko’miladi.
Pushtalarga ekishda ekilgan urug’larni ko’mish pushta yuzasini qamrovchi maxsus zanjirli moslamadan foydalaniladi. Diskli ekkichlar egat o’rtasidan pushtaga qarab o’rnatilgan bois tuproq yuqoriga qaratib ag’dariladi va uning pastga qayta to’kilishi hisobiga urug’larni ko’milishi ta’minlanadi.Diskli ekkichlar 12 ta kalta va 12 ta uzun tortqichlarga bir-biridan 150 mm masofada shaxmat tartibida o’rnatiladi. Ularning tuproqqa botish chuqurligi tortqich prujinalari yordamida sozlanadi.
Don seyalkasini urug’ ekishga sozlash. Don seyalkalariga asosan g’altaksimon miqdorlagichlar o’rnatiladi. .
Hamma g’altaksimon miqdorlagich tublarini eqiladigan urug’ o’lchamlariga mos bir xil holatga qo’yiladi, ya’ni to’kish tirqishi sozlanadi. Kerak bo’lsa, urug’ni g’altakning “pastdan” hamda “ustidan” ajratadigan qilinadi. CHunki o’ta mayda va to’kiluvchan (sirti o’ta silliq bo’lgan) urug’ni ekishda, uning ayrim qismi g’altak bilan tub orasidagi tirqishdan o’z –o’zidan chiqib ketishi mumkin. SHu sababli, bunday urug’ni ekishda g’altak teskari tomonga aylantirilib, g’altak “ustidan” ajratib chiqaradigan bo’ladi.
Sozlovchi richag yordamida valni surib, hamma g’altaklar bir xil ishchi uzunlikda bo’lishiga erishiladi. Seyalkaning 12 ta miqdorlagichini bunday sozlash uchun, seyalka ramasini ko’tarib, taglikka qo’yib sozlanadi.
Bunkerdan ajratib olinadigan urug’ miqdori g’altakning ishchi uzunligiga bog’liq bo’ladi. Val bilan birgalikda o’ng tomonga to’liq siljilgan g’altakning chap cheti urug’ kamerasidan chiqqan bo’lishi kerak. Hamma g’altakni urug’ kameralariga nisbatan bir xil joy egallagan bo’lishlari kerak. Ayrim g’altaklar farqlansa, ularning yon tomonlariga qistirmalar qo’yilib, boshqalariga tenglashtiriladi.
Mevazorlarni tashkil etishda va ko’chatlarni tuproqqa o’tqazish ishlari ularni keng va tor qatorlab usulda maxsus ko’chat o’tqazish mashinalari yordamida bajariladi.
Ushbu mashinalarning ishlash jarayoni quyidagi ishlarni o’z ichiga oladi: egat olgich yordamida egat olinadi; olingan egatga qo’lda yoki o’tqazish apparatida (mexaniq usulda) belgilangan vaqt oralig’ida urug’ko’chat, ko’chat yoki qalamchalar qadaladi; ekish apparatidan keyin o’rnatilgan ko’mgich-shabbalagich bilan ko’chatlarni ildizi ko’miladi va atrofidagi tuproq tekislanadi: egat ochishda ankerli, bir va ikki diskli, ag’dargichli yoki boshqa turdagi ekkichlardan foydalaniladi.
O’tqazish apparatlari diskli, richakli, remenli, zanjirli turlarga bo’linadi.
Ko’chatlar egatga qadalgandan so’ng uning ildizini tuproq bilan ko’mishda maxsus g’altaksimon ko’mgichlar qo’llaniladi. Ularning ishchi yuzalari sferik disk, konussimon, silindrsimon yoki aralash yuzali g’altaklar iborat bo’lib, ular ekilgan ko’chatlar ildizini ikki tomonidan tuproqni zichlab ketadi.

Download 30,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish