Umumiy ma’lumotlar: Gaz taqsimlash mexanizmi silindrlarga o’z vaqtida yonuvchi aralashmani (Karbyuratorli dvigatellarda) yoki tozalangan havoni (dizel dvigatellarda) to’ldirish va yonish jarayoni tugagandan so’ng ishlatilgan gazlarni silindrlardan tashqariga chiqarishga xizmat qiladi. Bu ishni kiritish va chiqarish klapanlarini ma’lum vaqtda ochish va yopish yo’li bilan bajariladi.
Gaz taqsimlash mexanizmi klapanli va klapansiz bo’ladi. To’rt taktli dvigatellarda klapanli gaz taqsimlash mexanizmlari ishlatiladi. Klapanli gaz taqsimlash mexanizmi klapanlar joylashuviga ko’ra 2 xil bo’ladi :
1.Silindrlar kallagiga o’rnatilgan osma klapanli.
2.Blok-karterga o’rnatilgan yon klapanli.
Osma klapanli gaz taqsimlash mexanizmi - ko’pchilik avtotraktor
dvigatellarida qo’llanilib silindrlarni havo va yonuvchi aralashma bilan yaxshiroq to’lishini ta’minlaydi. Yonish kamerasi ancha ixcham bo’ladi. Bu esa siqish darajasini oshirishga yordam beradi. Bu hildagi mehanizm kiritish va chiqarish klapanlari yo’naltiruvchi vtulkalar, prujinalar, tarelka va suhariklardan, Rostlash vintlari o’rnatilgan koromislolardan, koromislo o’qlari, tsoykalar, taqsimlash shetsernyasi, shtanglardan iborat.
2.1-rasm.Gaz taqsimlash mexanizmlarining turlari: a-bir qatorli ,klapanlari dvigatel yon tomoniga o’rnatilgan; b-bir qatorli osma klapanli; 1-gaz taqsimlash vali; 2- karter bloki; 3- klapan prujinasi; 4- vtulka; 5- klapan; 6- prujina shaybasi; 7-sozlash vinti; 8- turtkich; 9-zanjir;10-11 yuulduzchalar; 12-tirsakli val; 13- koromislo o’qi; 14-koromislo; 15-shtanga; 16 va 17-etaklanuvchi va yetaklovchi shesternya; 18-o’q. Klapanlari silindr kallagiga joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi quyidagicha ishlaydi. Taqsimlash vali aylanganda kulachoklardan biri burtgichini va u orqali shtanganiqo’tara boshlaydi. Bunda turtgich kulachokning sirtida sirpanib kulachokning tumshug’i turtgichning tarelkasiga qadalgunga qadar ko’tariladi. Taqsimlash vali burilishda davom yetganda turtgich kulachok sirtida sirpanib tusha boshlaydi. shtanga Rostlash vinti orqali ko’romisluni bosadi. Koromislo o’qi atrofida tebranadigan ikki richagdan iborat. Shtanga koromisloning qisqa yelkasini ko’targanda boshqa uzun yelkasi tusha boshlaydi va purjinani qisbklapanni ochadi. Gaz taqsimlash mehanizimi detallari qiziganda o’lchamlari o’zgarib, klapanning uyaga zich o’rnatilishi buzilmasligi uchun osma klapanlarida klapan tsterjeni bilan koromislo tumshug’i orasida zazor bo’ldi. Sovuq dvigetellarda kiritish klapanlari zazori 0,5 - 0,4 mm, chiqarish klapanlari zazori 0,20 - 0,45 mmni tashkil qiladi.
Gaz taqsimlash diogrammasi. Klapanlarni ochilish paytida yopilish paytigacha bo’lgan davr tirsakli valning burilish graduslarida ifodalaniladi va bu davr gaz taqsimlash fazalari deyiladi. Gaz taqsimlash fazalarini gaz taqsimlash diagrammasi deb ataladigan doiraviy diogramma ko’rinishda ta’svirlash munkin.
Gaz taqsimlash mexanizmlarining turlari: a)-bir qatorli ,b)-klapanlari dvigatel yon tomoniga o’rnatilgan; v)-bir qatorli osma klapanli; s)-ikki qatorli osma klapanli;
Klapan - tarelka sterjendan iborat. Tarelkadan sterjenga ravon iladigan qilingan, bu esa klapanning puxtaligini ta’minlaydi va tarelkadan issiqlikni olib ketishni yaxshilaydi.
Kiritish klapanlari yuqori sifatli xrom-nikelli yoki xromli po’latdan tayorlanadi. CHiqarish klapanlari o’ta chidamli po’latdan tayorlanadi.
SHtanga - harakatini turtgichdan koromisloga uzatadi. U yaxlit po’lat, yaxlit alyuminiy qotishma yoki ichi kovak sterjendan iborat.
Koromislo - yelkalarining uzunligi turlicha bo’lgan ikki yelkali po’lat richak. Qisqa yelkasida rezvali teshik bo’ladi. Bu teshikka vint burab kirgiziladi, bu vint yordamida koromislo uzun yelkasining yo’g’on joyi bilan klapan sterjeni orasidagi zazor rostlanadi.
Koromislo po’latdan yasaladi. Koromislo stoykalarga mahkamlangan o’qlarda tebranadi. Koromislo o’qlarining ichi kovak bo’ladi.
Taqsimlash vali - klapanlarini silindrlar ishlash tartibiga mos ravishda nisbati bo’yicha ochishga xizmat qiladi. Valda joylashgan kulachoklar yordamida klapanlarni harakatlantiradi. Taqsimlash valida tayanch bo’yinlar tsilindyerlari sonidan ikki barabar ko’p kulachoklar va shetsterniya o’rnatiladigan bo’yin bo’ladi. Kulachok profili qabul qilingan gaz taqsimlash fazalariga mos kelishi klapanning maksimal balandlikka ko’tarilishi va klapaning yetarlicha tez ochilib yopilishida uning tekis siljishini ta’minlash kerak.
Taqsimlash shetsterniyalari - tirsakli valdan aylanma harakatni taqsimlash vallariga uzatadi. Bunda tashqari yonilg’i nasosini valiga, moy nasosiga va boshqa mehanizmlarga harakatni uzatish uchun xizmat qiladi.
Gaz taqsimlash mexanizmini sozlash ishlari - klapan sterjeni bilan koromislo orasidagi zazorni noto’g’riligi tufayli klapanlarni o’z vaqtida ochilib yopilishini buzadi. Klapanlar zazorini dvigetel sovuq vaqtda rostlash kerak.
Osma klapanli dvigatellardagi zazor quyidagi ketma - ketlikda bajariladi. Siqish vaqtida birinchi tsilindir porsheni yuqori turish nuqtasiga qo’yiladi. Zazorlar shchup bilan tegshirilib Rostlash uchun koromislo rostlash vintini kontrogaygasi bo’shatilib, vint otvyorqa bilan sozlanadi. Birinchi silindr klapan zazorlarini sozlab bo’lgandan so’ng tsilndr ishlash tartibiga mos ravishda boshqa silindr klapan zazori rostlanadi. Tirsakli valni birinchi yarim aylanishiga burab uchinchi silindr klapanlari zazorlari rostlanadi va hokazo